Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish p … (2/2)
Ii Bo‘Lim
222-modda. Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish payti
Umumiy mulk huquqidagi ulush shartnoma bo‘yicha oluvchiga, agar taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘tadi.
Umumiy mulk huquqidagi ulushning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tish payti ushbu Kodeks 185-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
223-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish
Ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o‘rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin.
Ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga haqli.
Ulushli mulk ishtirokchilari umumiy mol-mulkni taqsimlash yoki ulardan birining ulushini ajratish usuli va shartlari to‘g‘risida kelishuvga erisha olmasalar, ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qilishga haqli.
Agar ulushni asl holida ajratib olishga qonun yo‘l qo‘ymasa yoki uni umumiy mulk bo‘lgan mol-mulkka nomutanosib zarar yetkazmasdan ajratib olish mumkin bo‘lmasa, ajralib chiqayotgan mulkdor ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari tomonidan ulushining qiymati to‘lanishini talab qilish huquqiga ega.
Ushbu modda asosida ulushli mulk ishtirokchisiga asl holida ajratib berilayotgan mol-mulkning uning mulk huquqidagi ulushiga nomutanosibligi tegishli pul summasini to‘lash yoki boshqacha kompensatsiya to‘lash yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Ulushli mulk ishtirokchisiga uning ulushini asl holida ajratib berish o‘rniga boshqa mulkdorlar tomonidan kompensatsiya to‘lanishiga ishtirokchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Mulkdorning ulushi arzimas bo‘lgan, amalda ajratib berilishi mumkin bo‘lmagan va u umumiy mol-mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega bo‘lmagan hollarda sud ushbu mulkdor rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur mulkdorga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin.
223-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish (davomi)
Ushbu moddaga muvofiq mulkdor kompensatsiya olganidan keyin umumiy mol-mulkdagi ulushiga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi.
224-modda. Imtiyozli sotib olish huquqi
Mulkdorlardan biri o‘z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtida qolgan mulkdorlar sotilayotgan ulushni u sotiladigan narxda va boshqa teng shartlarda imtiyozli sotib olish huquqiga egadirlar, kimoshdi savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno.
Umumiy mulkdagi ulushni sotuvchi o‘z ulushini o‘zga shaxsga sotish niyati haqida boshqa mulkdorlarga yozma ravishda ma’lum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa shartlarini ko‘rsatishi shart.
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishdan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan e’tiboran ko‘chmas mulkka nisbatan bir oy davomida, boshqa mol-mulkka nisbatan esa — o‘n kun davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi o‘z ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli bo‘ladi.
Ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan taqdirda, boshqa mulkdorlar uch oy mobaynida sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o‘zlariga o‘tkazishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Ulushni sotib olishning imtiyozli huquqini boshqa shaxsga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat organi yoki boshqa yuridik shaxs umumiy mulk bo‘lgan uy-joy (xonadon)dagi o‘z ulushini sotgan vaqtida uyning (xonadonning) tegishli qismida ijaraga oluvchilar sifatida yashayotgan shaxslar ushbu modda qoidalari asosida imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘ladilar, ular bu huquqdan voz kechsalar yoki uni amalga oshirmasalar — boshqa mulkdorlar bu huquqqa ega bo‘ladilar.
224-modda. Imtiyozli sotib olish huquqi (davomi)
Ushbu moddaning qoidalari ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha ulushni boshqa shaxsga berish chog‘ida ham qo‘llaniladi.
225-modda. Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish
Agar birgalikdagi mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuv bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular umumiy mulkka birgalashib egalik qiladilar va undan foydalanadilar.
Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulk barcha ishtirokchilarning roziligi bilan tasarruf etiladi, mol-mulkni tasarruf etish xususidagi bitim ishtirokchilardan qaysi biri tomonidan tuzilayotgan bo‘lishidan qat’i nazar, bunday rozilik talab qilinadi.
Birgalikdagi mulkning har bir ishtirokchisi, agar barcha ishtirokchilarning kelishuvidan boshqacha tartib anglashilmasa, umumiy mol-mulkni tasarruf etish xususida bitimlar tuzishga haqli. Birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan biri tuzgan umumiy mol-mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq bitim uni tuzgan ishtirokchining zarur vakolatlari yo‘qligi sababli, bitimdagi ikkinchi taraf buni bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan taqdirdagina qolgan ishtirokchilarning talabiga muvofiq haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Birgalikdagi mulkning ayrim turlari uchun ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ushbu moddaning qoidalari qo‘llaniladi.
226-modda. Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish
Umumiy mol-mulkni birgalikdagi mulk ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash, shuningdek ulardan birining ulushini ajratish dastlab ishtirokchilardan har birining umumiy mulk huquqidagi ulushi aniqlanganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy mulk taqsimlanganida va undan ulush ajratilganida, agar qonunda yoki ishtirokchilarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ularning ulushlari teng hisoblanadi.
Umumiy mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish asoslari hamda tartibi ushbu Kodeks 223-moddasi bilan, birgalikdagi mulkning ayrim turlari uchun esa — boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
227-modda. Undiruvni umumiy mol-mulkdagi ulushga qaratish
Ulushli yoki birgalikdagi mulk ishtirokchisining kreditori mulkdorda boshqa mol-mulk yetarli bo‘lmaganida undiruvni qarzdorning umumiy mol-mulkdagi ulushiga qaratish uchun bu ulushni ajratishni talab qilishga haqli.
Agar bunday hollarda ulushni asli holida ajratish mumkin bo‘lmasa yoki ulushli yoxud birgalikdagi mulkning qolgan ishtirokchilari bunga e’tiroz bildirsalar, kreditor qarzdor o‘z ulushini umumiy mulkning qolgan ishtirokchilariga ushbu ulushning qiymatiga mutanosib narxda sotib, sotishdan tushgan mablag‘larni qarzni uzishga qaratishini talab qilishga haqli.
Umumiy mulkning qolgan ishtirokchilari qarzdorning ulushini sotib olishdan voz kechgan taqdirda kreditor undiruvni qarzdorning umumiy mulk huquqidagi ulushiga ushbu ulushni kimoshdi savdosi orqali sotish yo‘li bilan qaratishni sud orqali talab qilishga haqli.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 222-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish payti
- Ulushli mulkdagi mol-mulkdan foydalanish natijasida keladigan hosil, mahsulot va daromadlar
- Undiruvni umumiy mol-mulkdagi ulushga qaratish
- Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish
To‘g‘ri javob: Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish payti. 222-modda: Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish payti.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish payti» qaysi moddada belgilangan?
- 219-modda
- 222-modda
- 227-modda
- 220-modda
To‘g‘ri javob: 222-modda. 222-modda: Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish payti.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, umumiy mulk huquqidagi ulush shartnoma bo‘yicha oluvchiga, taraflar boshqacha kelishmagan bo‘lsa, qaysi paytdan boshlab o‘tadi?
- Shartnoma tuzilgan paytdan boshlab
- Ulush haqi to‘liq to‘langan paytdan boshlab
- Ulush amalda topshirilgan paytdan boshlab
- Shartnoma sudda tasdiqlangan paytdan boshlab
To‘g‘ri javob: Shartnoma tuzilgan paytdan boshlab. 222-moddaga ko‘ra, ulush shartnoma tuzilgan paytdan boshlab oluvchiga o‘tadi.
Umumiy mulk huquqidagi ulushning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tish payti Kodeksning qaysi moddasi qoidasiga muvofiq belgilanadi?
- 185-moddasining ikkinchi qismi
- 224-moddasining birinchi qismi
- 207-moddasining ikkinchi qismi
- 216-moddasining uchinchi qismi
To‘g‘ri javob: 185-moddasining ikkinchi qismi. 222-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, bu payt Kodeks 185-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 223-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ulushli mulkdagi mol-mulkni tasarruf etish
- Mol-mulk boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olinganda daromadlar va xarajatlarni to‘lash
- Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish
- Undiruvni umumiy mol-mulkdagi ulushga qaratish
To‘g‘ri javob: Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish. 223-modda: Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish» qaysi moddada belgilangan?
- 218-modda
- 223-modda
- 227-modda
- 230-modda
To‘g‘ri javob: 223-modda. 223-modda: Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkdan o‘z ulushi bilan bog‘liq qanday talabni qo‘yishga haqli?
- Umumiy mol-mulkni to‘liq o‘ziga berishni
- Boshqa ishtirokchilarning ulushini bekor qilishni
- Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishsiz sotishni
- O‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni
To‘g‘ri javob: O‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni. 223-moddaga ko‘ra, ishtirokchi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga haqli.
Ulushli mulk ishtirokchilari ulushni ajratish usuli va shartlari to‘g‘risida kelishuvga erisha olmadilar. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra ishtirokchi nima qilishi mumkin?
- Ulushni davlat organi orqali ajratib berishni talab qiladi
- O‘z ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qiladi
- Ulushidan voz kechishdan boshqa yo‘li yo‘q
- Boshqa ishtirokchilarning mol-mulkini qarshilik qilmasdan egallaydi
To‘g‘ri javob: O‘z ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qiladi. 223-moddaga ko‘ra, kelishuvga erishilmasa ishtirokchi ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qilishga haqli.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash