Garov bilan ta’minlanadigan talab (2/6)
Iii Bo‘Lim
268-modda. Garov bilan ta’minlanadigan talab
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garov talabning uni qondirish paytidagi hajmini ta’minlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar to‘lanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qo‘yilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari to‘lanishini ta’minlaydi.
269-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi
Agar shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yilgan mol-mulk garovga qo‘yuvchida qoladi.
Garovga qo‘yilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi.
Garov narsasi garovga oluvchi tomonidan qulflangan va muhrlangan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) holda garovga qo‘yuvchida qoldirilishi mumkin.
Garov narsasi garovga qo‘yilganligini bildiruvchi belgilar qo‘ygan holda garovga qo‘yuvchida qoldirilishi mumkin (qat’iy garov).
Garovga qo‘yuvchi tomonidan egalik qilish yoki foydalanish uchun vaqtincha uchinchi shaxsga topshirilgan garov narsasi garovga qo‘yuvchida qoldirilgan hisoblanadi.
Qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovga qo‘yilganida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga oluvchiga yoki notarius depozitiga topshiriladi.
270-modda. Garov huquqining vujudga kelishi
Garov huquqi garov to‘g‘risida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart bo‘lsa — notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lganida esa — u ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Basharti, garov narsasi qonunga yoki shartnomaga asosan garovga qo‘yuvchida bo‘lishi lozim bo‘lsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytdan, basharti bunday topshirish shartnoma tuzilishidan avval amalga oshgan bo‘lsa — shartnoma tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
271-modda. Garov to‘g‘risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish
Garov to‘g‘risidagi shartnomada garov narsasi va uning bahosi, garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati yoxud garov narsasini hamda garov bilan ta’minlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Unda garovga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham ko‘rsatilishi kerak.
Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin.
Garov bilan ta’minlanadigan majburiyat garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin bo‘lgan majburiyatning eng ko‘p summasini ko‘rsatish yo‘li bilan identifikatsiya qilinishi mumkin.
Garov to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma tegishli mol-mulkka doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Ushbu moddaning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi qoidalarga rioya qilmaslik garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
272-modda. Garovga oluvchining huquqlari joriy qilinadigan mol-mulk
Garov narsasi bo‘lgan ashyoga garovga oluvchining huquqlari (garov huquqi), agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyoning kimga mansubligiga qarab joriy qilinadi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan hosil, mahsulot va daromadlarga garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda joriy qilinadi.
Butun korxona yoki boshqa mulkiy kompleks ipotekasida garov huquqi uning tarkibiga kiruvchi ko‘chmas va ko‘char mol-mulkning hammasiga, shu jumladan talab qilish huquqi va mutlaq huquqlarga, shu bilan bir qatorda ipoteka davrida olingan huquqlarga ham, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, joriy qilinadi.
Bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir vaqtning o‘zida o‘sha shartnoma bo‘yicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu uchastkaning garovga qo‘yilayotgan obyekt ishlashini ta’minlaydigan qismini yoki garovga qo‘yuvchiga qarashli bo‘lgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini bir vaqtda ipotekaga qo‘ygan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Yer uchastkasini ipotekaga qo‘yishda garov huquqi, agar shartnomada boshqacha shart nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yuvchining ushbu uchastkada bo‘lgan yoki qurilayotgan binolari va inshootlariga joriy qilinmaydi.
Shartnomada bunday shart bo‘lmasa, undiruv garovga qo‘yilgan yer uchastkasiga qaratilgan taqdirda garovga qo‘yuvchi yer uchastkasi uning bino yoki inshootdan o‘z o‘rnida foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini saqlab qoladi. Uchastkaning bu qismidan foydalanish shartlari garovga qo‘yuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvi asosida, nizo chiqqan taqdirda esa — sud tomonidan belgilanadi.
272-modda. Garovga oluvchining huquqlari joriy qilinadigan mol-mulk (davomi)
Agar garovga qo‘yuvchiga emas, balki boshqa shaxsga qarashli binolar yoki inshootlar joylashgan yer uchastkasiga ipoteka belgilangan bo‘lsa, garovga oluvchi undiruvni ushbu uchastkaga qaratganida va u kimoshdi savdosida sotilganida garovga qo‘yuvchining ushbu shaxsga nisbatan huquq va burchlari uchastkani sotib oluvchiga o‘tadi.
Garov to‘g‘risidagi shartnomada, qonun asosida paydo bo‘ladigan garovga nisbatan esa — qonunda, garovga qo‘yuvchi kelajakda ega bo‘ladigan ashyolarni va mulkiy huquqlarni garovga qo‘yish nazarda tutilishi mumkin.
273-modda. Navbatdagi garov
Garovda turgan mol-mulk garovga qo‘yuvchi tomonidan boshqa talablarni ta’minlash uchun garovga (navbatdagi garovga) berilishi mumkin.
Navbatdagi garovga, agar u garov to‘g‘risidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan bo‘lsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Garovga qo‘yuvchi har bir navbatdagi garovga oluvchiga ushbu mol-mulkning mavjud bo‘lgan barcha garovlari haqida ma’lum qilishi shart va u ushbu majburiyatni bajarmaslik tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin bo‘lgan shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday garov shartnomasi oldingi shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Ko‘rsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashni garovga qo‘yuvchidan talab qilishga haqlidir.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulk boshqa talablarni ta’minlash uchun yana bir garovning (navbatdagi garovning) narsasiga aylansa, navbatdagi garovga oluvchining talablari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mazkur mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.
274-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni saqlash va asrash
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yuvchi yoki garovga oluvchi garovga qo‘yilgan mol-mulk kimdaligiga qarab (ushbu Kodeksning 269-moddasi):
- 1) garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning to‘la qiymati bo‘yicha, bordi-yu mol-mulkning to‘la qiymati garov bilan ta’minlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam bo‘lmagan summaga garovga qo‘yuvchi hisobidan sug‘urtalashi;
- 2) garovga qo‘yilgan mol-mulkning asralishini ta’minlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishi;
- 3) garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ikkinchi tarafni darhol ogohlantirishi shart.
Garovga oluvchi va garovga qo‘yuvchi ikkinchi tarafdagi garovga qo‘yilgan mol-mulkning mavjudligini, miqdorini, holatini va uni saqlash sharoitlarini hujjatlar asosida va amalda tekshirishga haqli.
Garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan burchlarni garovga qo‘yilgan mol-mulkning yo‘qolish yoki shikastlanish xavfini tug‘diradigan darajada qo‘pol suratda buzganida garovga qo‘yuvchi garovni muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
275-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishining oqibatlari
Agar garov to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini o‘z zimmasiga oladi.
Agar garovga oluvchi ushbu Kodeksning 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, u o‘ziga topshirilgan garov narsasining butunlay yoki qisman yo‘qolganligi yoxud shikastlanganligi uchun javob beradi.
Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chog‘ida qancha summaga baholangan bo‘lishidan qat’i nazar, garovga oluvchi garov narsasi yo‘qolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasiga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lmaydigan darajada o‘zgargan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchi undan voz kechishga va uning yo‘qolganligi uchun haq talab qilishga haqli.
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yo‘qolishi yoki shikastlanishi tufayli garovga qo‘yuvchiga yetkazilgan boshqa zararni to‘lash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzdor bo‘lgan garovga qo‘yuvchi garov narsasining yo‘qolishi yoki shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash to‘g‘risidagi talabni garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.
276-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga oluvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Agar garov narsasi nobud bo‘lgan yoki shikastlangan yoxud unga bo‘lgan mulk huquqi qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa — sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.
277-modda. Garov narsasidan foydalanish va uni tasarruf etish
Agar shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qo‘yuvchi garov narsasidan uning vazifasiga ko‘ra foydalanishga, shu jumladan undan hosil va daromadlar olishga haqli.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qo‘yuvchi faqat garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berishga, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshipishga yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.
Garovga qo‘yuvchining garovga qo‘yilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.
Garovga oluvchi o‘ziga topshirilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina foydalanishga haqli bo‘lib, garovga qo‘yuvchiga undan foydalanish to‘g‘risida muntazam hisobot berib turadi. Shartnomaga muvofiq garovga oluvchi zimmasiga asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qo‘yuvchining manfaatlarini ko‘zlab, garov narsasidan hosil va daromadlar olish burchi yuklab qo‘yilishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 268-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi
- Garov bilan ta’minlanadigan talab
- Garov narsasi
- Garov turlari
To‘g‘ri javob: Garov bilan ta’minlanadigan talab. 268-modda: Garov bilan ta’minlanadigan talab.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Garov bilan ta’minlanadigan talab» qaysi moddada belgilangan?
- 265-modda
- 267-modda
- 269-modda
- 268-modda
To‘g‘ri javob: 268-modda. 268-modda: Garov bilan ta’minlanadigan talab.
Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, garov talabning qaysi hajmini ta’minlaydi?
- Uni qondirish paytidagi hajmini, jumladan foizlar, neustoyka va ijro kechikishidan yetkazilgan zararni
- Faqat asosiy qarz hajmini, foizlar, neustoyka va yetkazilgan zararni hisobga olmasdan
- Uni garov berilgan paytdagi hajmini, jumladan foizlar va neustoyka, ammo zararni emas
- Uni qondirish paytidagi hajmini, ammo foizlar va neustoykani emas, faqat yetkazilgan zararni
To‘g‘ri javob: Uni qondirish paytidagi hajmini, jumladan foizlar, neustoyka va ijro kechikishidan yetkazilgan zararni. 268-moddaga ko‘ra garov talabning uni qondirish paytidagi hajmini ta’minlaydi.
Garovga oluvchi Sanjar garovga qo‘yilgan jihozni saqlash uchun zarur xarajat qildi. Qarzdor majburiyatni bajarmadi, garov hajmi haqida shartnomada boshqacha tartib yo‘q. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Saqlash xarajatlari garov bilan ta’minlanmaydi, ular alohida da’vo bilan undiriladi
- Saqlashga qilingan zarur xarajatlar ham garov bilan ta’minlanadi
- Xarajatlar faqat garovga qo‘yuvchining roziligi bilan ta’minlanadi
- Xarajatlar faqat notarial tasdiqlangan hollarda ta’minlanadi
To‘g‘ri javob: Saqlashga qilingan zarur xarajatlar ham garov bilan ta’minlanadi. 268-moddaga ko‘ra garov saqlashga qilingan zarur xarajatlar va undiruv xarajatlarini ham ta’minlaydi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 269-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Navbatdagi garov
- Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi
- Garovga qo‘yilgan mol-mulkni saqlash va asrash
- Garov huquqining vujudga kelishi
To‘g‘ri javob: Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi. 269-modda: Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi» qaysi moddada belgilangan?
- 269-modda
- 273-modda
- 274-modda
- 270-modda
To‘g‘ri javob: 269-modda. 269-modda: Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi.
Shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga qo‘yilgan mol-mulk kimda qoladi?
- Garovga oluvchida
- Notarius depozitida
- Garovga qo‘yuvchida
- Garov reyestrini yurituvchi organda
To‘g‘ri javob: Garovga qo‘yuvchida. 269-moddaga ko‘ra boshqacha tartib bo‘lmasa, mol-mulk garovga qo‘yuvchida qoladi.
Garovga qo‘yilgan muomaladagi tovarlar haqida qaysi hukm to‘g‘ri?
- Ular garovga oluvchiga albatta topshiriladi
- Ular notarius depozitiga topshiriladi
- Ular garov reyestrini yurituvchi organga topshiriladi
- Ular garovga oluvchiga topshirilmaydi
To‘g‘ri javob: Ular garovga oluvchiga topshirilmaydi. 269-moddaga ko‘ra garovga qo‘yilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash