XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (I qism) · 278–287-m.

Garovga oluvchining garov narsasiga bo‘lgan o‘z huquqlarini himoya qil … (3/6)

Iii Bo‘Lim

278-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga bo‘lgan o‘z huquqlarini himoya qilishi

Garovga oluvchi o‘z ixtiyorida bo‘lgan yoki bo‘lishi lozim bo‘lgan garovga qo‘yilgan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egallashidan, shu jumladan garovga qo‘yuvchining egallashidan talab qilib olishga haqli (ushbu Kodeksning 228, 229, 230, 232-moddalari).

Shartnoma shartlariga ko‘ra garovga oluvchiga o‘ziga topshirilgan garov narsasidan foydalanish huquqi berilgan hollarda u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qo‘yuvchidan ham, o‘z huquqining har qanday buzilishini bartaraf etishni, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham (ushbu Kodeksning 231, 232-moddalari), talab qilishi mumkin.

279-modda. Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish asoslari

Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish mumkin.

Agar garov bilan ta’minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas bo‘lsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Garov bilan ta’minlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi:

280-modda. Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish tartibi

Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.

Garovga oluvchining talabini garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qo‘yuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yo‘l qo‘yiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning da’vosiga ko‘ra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Agar garovga qo‘yuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga oluvchining talablari garovga qo‘yilgan ko‘char mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin.

Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin:

280-modda. Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish tartibi (davomi)

281-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish

Ushbu Kodeksning 280-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qo‘yilgan mol-mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.

Garovga qo‘yilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, bo‘lib-bo‘lib sotish yo‘li bilan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin.

Garovga qo‘yilgan mol-mulkning kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich sotish narxi garovga qo‘yuvchi va garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi. Garovga qo‘yuvchi va garovga oluvchi o‘rtasida mol-mulk narxi bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, mustaqil baholovchi tashkilot jalb etiladi va garovning dastlabki qiymati bozor qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda baholash bilan bog‘liq barcha xarajatlar mustaqil baholovchi tashkilotni jalb qilgan taraf tomonidan qoplanadi.

Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda (undiruv garovga qo‘yilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan taqdirda) garovga oluvchi garovga qo‘yuvchi bilan kelishuvga ko‘ra, garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan ta’minlangan o‘z talablari hisobiga o‘tkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.

281-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish (davomi)

Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich sotish narxidan ko‘pi bilan yigirma besh foiz kamroq summada baholab, o‘zida olib qolishga haqli.

Agar garovga oluvchi garov narsasini o‘zida olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida foydalanmasa, garov to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinadi.

Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chog‘ida tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.

Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chog‘ida tushgan summa garovga oluvchilarning garov bilan ta’minlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.

Qarzdor yoki uchinchi shaxs bo‘lgan garovga qo‘yuvchi garov narsasi realizatsiya qilinguniga qadar istalgan vaqtda garov bilan ta’minlangan majburiyatni yoki uning muddati o‘tkazib yuborilgan qismini bajarib, undiruvni garov narsasiga qaratishni va uni realizatsiya qilishni tugatishga haqli. Bu huquqni cheklaydigan kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.

282-modda. Garov bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarish va undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish

Garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatni quyidagi hollarda muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli:

Garovga oluvchi quyidagi hollarda garov bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratishga haqli:

283-modda. Garovning bekor bo‘lishi

Garov quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:

Garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilishi natijasida yoki garovga qo‘yuvchining talabi bilan garov bekor bo‘lganida (ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismi) ixtiyorida garovga qo‘yilgan mol-mulk bo‘lgan garovga oluvchi uni darhol garovga qo‘yuvchiga qaytarib berishi shart.

284-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganida garovning saqlanishi

Garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovga qo‘yuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov huquqi o‘z kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.

Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lmasa, garovga qo‘yuvchining huquqiy vorisi garovga qo‘yuvchining o‘rniga o‘tadi va uning hamma burchlarini bajaradi.

Agar garovga qo‘yuvchining garov narsasi bo‘lgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga o‘tgan bo‘lsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmaslikning gapovdan kelib chiqadigan oqibatiga mazkur mol-mulkning o‘ziga o‘tgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi bo‘linmasa yoki boshqa asoslarga ko‘ra huquqiy vorislarning umumiy mulki bo‘lib qolsa, ular solidar garovga qo‘yuvchilarga aylanadilar.

285-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni majburiy ravishda olib qo‘yishning oqibatlari

Agar garovga qo‘yuvchining garov narsasi bo‘lgan mol-mulkka mulk huquqi qonun bilan belgilangan asoslar va tartibda, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi (qayta sotib olish), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya oqibatida bekor bo‘lsa, garovga qo‘yuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli haq (kompensatsiya) to‘lanadi. Bunday holda o‘rniga-o‘rin berilgan mol-mulkka garov huquqi tatbiq etiladi yoki tegishincha, garovga oluvchi garovga qo‘yuvchiga tegishi kerak bo‘lgan haq summasidan (kompensatsiyadan) o‘z talabini imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.

Garov narsasi bo‘lgan mol-mulk aslida ushbu mol-mulkning egasi boshqa shaxs ekanligi (ushbu Kodeksning 228-moddasi) asosida garovga qo‘yuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilgan hollarda ushbu mol-mulkning garovga qo‘yilishi bekor bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli.

Garov narsasi bo‘lgan mol-mulk garovga qo‘yuvchidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganda, garovga oluvchida o‘z talablarini ushbu mol-mulk hisobidan ustuvor tarzda qanoatlantirish huquqi saqlab qolinadi.

286-modda. Garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish

Garovga oluvchi talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yo‘li bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga berish haqidagi qoidalarga (ushbu Kodeksning 313-321-moddalari) rioya qilgan holda garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlarini boshqa shaxsga berishga haqli.

Garovga oluvchining garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan ta’minlangan asosiy majburiyat bo‘yicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham o‘sha shaxs foydasiga voz kechilgan bo‘lsa, haqiqiy bo‘ladi.

Agar boshqacha hol isbotlangan bo‘lmasa, ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishini ham anglatadi.

287-modda. Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish

Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarz boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan, agar garovga qo‘yuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bergan bo‘lmasa (ushbu Kodeksning 322-moddasi), garov bekor bo‘ladi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 278-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Navbatdagi garov
  2. Garov to‘g‘risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish
  3. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni saqlash va asrash
  4. Garovga oluvchining garov narsasiga bo‘lgan o‘z huquqlarini himoya qilishi

To‘g‘ri javob: Garovga oluvchining garov narsasiga bo‘lgan o‘z huquqlarini himoya qilishi. 278-modda: Garovga oluvchining garov narsasiga bo‘lgan o‘z huquqlarini himoya qilishi.

Fuqarolik kodeksi (I qism): «Garovga oluvchining garov narsasiga bo‘lgan o‘z huquqlarini himoya qilishi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 278-modda
  2. 271-modda
  3. 273-modda
  4. 274-modda

To‘g‘ri javob: 278-modda. 278-modda: Garovga oluvchining garov narsasiga bo‘lgan o‘z huquqlarini himoya qilishi.

Garovga oluvchi o‘z ixtiyorida bo‘lishi lozim bo‘lgan garov narsasini kimning qonunsiz egallashidan talab qilib olishga haqli?
  1. Faqat uchinchi shaxsning, garovga qo‘yuvchining emas
  2. Faqat garovga qo‘yuvchining, uchinchi shaxsning emas
  3. Faqat davlat organining, garovga qo‘yuvchining emas
  4. Boshqa shaxsning, shu jumladan garovga qo‘yuvchining ham

To‘g‘ri javob: Boshqa shaxsning, shu jumladan garovga qo‘yuvchining ham. 278-moddaga ko‘ra garovga oluvchi mol-mulkni boshqa shaxsdan, shu jumladan garovga qo‘yuvchidan ham talab qilib olishga haqli.

Garov bilan ta’minlangan majburiyat buzilishi juda arzimas hisoblanishi uchun qoplanmagan majburiyat summasi garov qiymatining necha foizidan kamroq bo‘lishi kerak?
  1. yigirma besh foizidan
  2. yigirma foizidan
  3. o‘n besh foizidan
  4. o‘n foizidan

To‘g‘ri javob: o‘n besh foizidan. Qoplanmagan summa garov qiymatining o‘n besh foizidan kam bo‘lishi buzilish juda arzimas sanalishining shartlaridan biri.

Garov bilan ta’minlangan majburiyat buzilishi juda arzimas hisoblanishi uchun majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket qancha muddatdan oshmagan bo‘lishi kerak?
  1. olti oydan
  2. bir oydan
  3. ikki oydan
  4. uch oydan

To‘g‘ri javob: uch oydan. Majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket uch oydan oshmasa, buzilish arzimas sanalishi mumkin.

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 279-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Garovga oluvchining huquqlari joriy qilinadigan mol-mulk
  2. Garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganida garovning saqlanishi
  3. Garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
  4. Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish asoslari

To‘g‘ri javob: Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish asoslari. 279-modda: Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish asoslari.

Fuqarolik kodeksi (I qism): «Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish asoslari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 279-modda
  2. 284-modda
  3. 286-modda
  4. 272-modda

To‘g‘ri javob: 279-modda. 279-modda: Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish asoslari.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, garov bilan ta’minlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyat summasi garov qiymatining qancha qismidan kam bo‘lsa, buzilish (kechikish sharti bilan birga) juda arzimas hisoblanadi?
  1. O‘n besh foizidan
  2. O‘n foizidan
  3. Yigirma foizidan
  4. Ellik foizidan

To‘g‘ri javob: O‘n besh foizidan. 279-moddaga ko‘ra qoplanmagan summa garov qiymatining o‘n besh foizidan kam bo‘lishi kerak.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiGarov bilan ta’minlanadigan talab (2/6)Keyingi →Muomaladagi tovarlar garovi (4/6)