Kafillikning bekor bo‘lishi (5/6)
Iii Bo‘Lim
298-modda. Kafillikning bekor bo‘lishi
Kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bekor bo‘lgach, shuningdek ushbu majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda o‘zgartirilgan taqdirda kafillik bekor bo‘ladi.
Kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarz boshqa shaxsga o‘tkazilganida, agar kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo‘lish haqida kreditorga rozilik bergan bo‘lmasa, shuningdek kafil ta’minlagan majburiyatni bajarish muddati kelganida kreditor qarzdor yoki kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortsa, kafillik bekor bo‘ladi.
Shartnomada ko‘rsatilgan kafillik muddati o‘tganidan keyin kafillik bekor bo‘ladi. Agar bunday muddat belgilangan bo‘lmasa, kreditor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab bir yil davomida kafilga da’vo qo‘zg‘atmagan taqdirda kafillik bekor bo‘ladi. Agar asosiy majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan va belgilanishi mumkin bo‘lmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan bo‘lsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan da’vo qo‘zg‘atmagan taqdirda kafillik bekor bo‘ladi.
5-§. Kafolat
299-modda. Kafolat tushunchasi
Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug‘urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga yozma majburiyat beradi.
300-modda. Prinsipalning majburiyatlarini kafolat bilan ta’minlash
Kafolat prinsipalning benefitsiar oldidagi o‘z majburiyatini (asosiy majburiyatni) lozim darajada bajarishini ta’minlaydi.
Kafolat berilgani uchun prinsipal kafilga haq to‘laydi.
301-modda. Kafolatning asosiy majburiyatdan mustaqilligi
Kafilning benefitsiar oldidagi kafolatda nazarda tutilgan majburiyati ular o‘rtasidagi munosabatlarda bajarilishini ta’minlash uchun shu kafolat berilgan asosiy majburiyatga, garchi kafolatda ushbu majburiyatga havola qilingan bo‘lsa-da, bog‘liq emas.
302-modda. Kafolatning chaqirib olinmasligi
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u kafil tomonidan chaqirib olinishi mumkin emas.
303-modda. Kafolat bo‘yicha huquqlarning boshqa shaxsga o‘tkazilmasligi
Kafolat bo‘yicha benefitsiarga tegishli bo‘lgan kafilga talab qo‘yish huquqi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas.
304-modda. Kafolatning kuchga kirishi
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
305-modda. Kafolat bo‘yicha talab taqdim etish
Benefitsiarning kafolat bo‘yicha pul summasini to‘lash haqidagi talabi kafolatda ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda kafilga yozma ravishda taqdim etilishi kerak. Talabda yoki unga ilovada benefitsiar prinsipalning ta’minlash uchun kafolat berilgan asosiy majburiyatni buzishi nimadan iboratligini ko‘rsatishi kerak.
Benefitsiarning talabi kafolatda belgilangan muddat tugaguncha kafilga taqdim etilishi kerak.
306-modda. Benefitsiarning talabini ko‘rib chiqishda kafilning majburiyatlari
Kafil benefitsiarning talabini olganidan so‘ng bu haqda darhol prinsipalni xabardor qilishi va unga talabning nusxasini barcha tegishli hujjatlar bilan topshirishi kerak.
Kafil benefitsiarning talabini unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga kafolatda ko‘rsatilgan muddatda ko‘rib chiqishi, muddat ko‘rsatilmaganda esa — mutanosib muddatda bu talab hamda unga ilova qilingan hujjatlar kafolat shartlariga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlash uchun oqilona jonkuyarlik ko‘rsatishi kerak.
307-modda. Kafilning benefitsiar talabini qondirishni rad etishi
Agar benefitsiarning talabi yoki unga ilova qilingan hujjatlar kafolat shartlariga mos kelmasa yoxud kafilga kafolatda belgilab qo‘yilgan muddat tamom bo‘lganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa, kafil benefitsiarning talabini qondirishni rad etadi.
Kafil benefitsiarning talabini qondirishni rad etganligi haqida uni darhol xabardor qilishi shart.
Agar benefitsiarning talabi qondirilgunga qadar kafolat bilan ta’minlangan asosiy majburiyat batamom yoki uning tegishli qismi bajarilganligi yoxud boshqa asoslarga ko‘ra bekor bo‘lganligi yoinki haqiqiy emas deb topilganligi kafilga ma’lum bo‘lib qolsa, u bu haqda darhol benefitsiarga va prinsipalga xabar berishi shart.
Bilimingizni sinang
Kafillik muddati belgilanmagan bo‘lsa, kreditor majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab qancha vaqt davomida kafilga da’vo qo‘zg‘atmasa, kafillik bekor bo‘ladi?
- bir yil
- uch yil
- ikki yil
- olti oy
To‘g‘ri javob: bir yil. Kafillik muddati yo‘q bo‘lsa, bajarish muddati kelgan kundan bir yil davomida da’vo qo‘zg‘atilmasa, kafillik bekor bo‘ladi.
Asosiy majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab qancha muddat mobaynida kafilga da’vo qo‘zg‘atmasa, kafillik bekor bo‘ladi?
- ikki yil
- bir yil
- olti oy
- uch oy
To‘g‘ri javob: bir yil. Asosiy majburiyat muddati belgilanmagan bo‘lsa, kafillik shartnomasi tuzilgan kundan bir yil ichida da’vo qo‘zg‘atilmasa, kafillik bekor bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 298-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Talablarni ushlab qolingan ashyo hisobidan qondirish
- Prinsipalning majburiyatlarini kafolat bilan ta’minlash
- Kafillikning bekor bo‘lishi
- Kafolat bo‘yicha huquqlarning boshqa shaxsga o‘tkazilmasligi
To‘g‘ri javob: Kafillikning bekor bo‘lishi. 298-modda: Kafillikning bekor bo‘lishi.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Kafillikning bekor bo‘lishi» qaysi moddada belgilangan?
- 300-modda
- 298-modda
- 291-modda
- 303-modda
To‘g‘ri javob: 298-modda. 298-modda: Kafillikning bekor bo‘lishi.
Kafil Karim kredit majburiyatiga kafil bo‘lgan. Keyin kreditor va qarzdor Karimning roziligisiz kredit foizini oshirdilar, bu Karimning javobgarligini oshiradi. Kafillik taqdiri qanday?
- Kafillik o‘z kuchida qoladi
- Kafillik bekor bo‘ladi
- Kafillik faqat avvalgi hajmda saqlanadi
- Kafillik garovga aylanadi
To‘g‘ri javob: Kafillik bekor bo‘ladi. 298-moddaga ko‘ra majburiyat kafil roziligisiz javobgarlik oshadigan tarzda o‘zgartirilsa, kafillik bekor bo‘ladi.
Kafillik muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, kreditor asosiy majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab qancha vaqt davomida kafilga da’vo qo‘zg‘atmasa, kafillik bekor bo‘ladi?
- Olti oy
- Bir yil
- Uch yil
- Besh yil
To‘g‘ri javob: Bir yil. 298-moddaga ko‘ra kreditor muddat kelgan kundan boshlab bir yil davomida da’vo qo‘zg‘atmasa, kafillik bekor bo‘ladi.
Kafil Nodira ta’minlagan majburiyatni bajarish muddati kelganida, kreditor Nodira taklif qilgan ijroni qabul qilishdan bosh tortdi. Kafillik haqida qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Kafillik to‘liq saqlanadi, Nodira esa neustoyka to‘laydi
- Kafillik faqat sud qarori bilan bekor bo‘ladi
- Kafillik bekor bo‘ladi
- Kafillik kreditorning boshqa mol-mulkiga o‘tadi
To‘g‘ri javob: Kafillik bekor bo‘ladi. 298-moddaga ko‘ra kreditor kafil taklif qilgan ijroni qabul qilmasa, kafillik bekor bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 299-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Kafolat tushunchasi
- Benefitsiarning talabini ko‘rib chiqishda kafilning majburiyatlari
- Kafolat bo‘yicha huquqlarning boshqa shaxsga o‘tkazilmasligi
- Qarzdor majburiyatini bajarganligi haqida kafilni xabardor qilish
To‘g‘ri javob: Kafolat tushunchasi. 299-modda: Kafolat tushunchasi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash