Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati (1/2)
Iii Bo‘Lim
324-modda. Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati
Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo‘lmasa, — da’vo qo‘zg‘atilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni to‘lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlarni e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.
Boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomonidan uni olish uchun ko‘rilgan choralar va shu maqsadda ko‘rilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi.
325-modda. Neustoyka va zarar
Agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan bo‘lsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi to‘lanadi.
Qonunda yoki shartnomada zararni emas, balki faqat neustoykani undirib olishga yo‘l qo‘yiladigan; zarar ham neustoykadan tashqari to‘la hajmda undirib olinishi mumkin bo‘lgan; kreditorning tanloviga ko‘ra yoki neustoyka yoxud zarar undirib olinishi mumkin bo‘lgan hollar belgilanishi mumkin.
326-modda. Neustoykani kamaytirish
Agar to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka kreditorning majburiyatini buzish oqibatlariga nomutanosibligi ko‘rinib tursa, sud neustoykani kamaytirishga haqli. Bunda qarzdor majburiyatni qay darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, shuningdek kreditorning manfaatlari e’tiborga olinishi kerak.
Sud alohida hollarda qarzdor va kreditorning manfaatlarini hisobga olib, kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoykani kamaytirish huquqiga ega.
327-modda. Pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik
Boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga foiz to‘lanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs bo‘lganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizining hisob stavkasi bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida sud kreditorning talabini da’vo qo‘zg‘atilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu qoidalar qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilangan bo‘lmasa qo‘llaniladi.
Kreditorning pul mablag‘laridan qonunsiz foydalanish tufayli unga yetkazilgan zarar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga asosan unga tegishi kerak bo‘lgan foizlar summasidan oshib ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha bo‘lgan qismini to‘lashni talab qilishga haqli.
328-modda. Majburiyatning qarzdor hisobidan bajarilishi
Qarzdor ashyoni tayyorlash va kreditorga mulk qilib operativ boshqarishga topshirish yoxud ashyoni foydalanish uchun kreditorga berish yoxud uning uchun muayyan ishni bajarish yoki unga xizmat ko‘rsatish majburiyatini bajarmagan taqdirda kreditor, agar qonunchilikdan, shartnomadan yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, uchinchi shaxslarga majburiyatni oqilona muddatda oqilona baholarda ijro etishni topshirishga yoinki uni o‘z kuchlari bilan bajarishga hamda qarzdordan qilingan zarur xarajatlarni va boshqa zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
329-modda. Subsidiar javobgarlik
Qonunchilik yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor bo‘lgan boshqa shaxsning javobgarligiga qo‘shimcha ravishda javobgar bo‘lgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qo‘yishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qo‘yishi kerak.
Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qo‘yilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan bo‘lsa, bu talab subsidiar javobgar bo‘lgan shaxsga qo‘yilishi mumkin.
Kreditor asosiy qarzdorga bo‘lgan o‘z talabini qondirishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga o‘tkazish yoki mablag‘larni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yo‘li bilan qondirilishi mumkin bo‘lsa.
Subsidiar javobgar shaxs o‘ziga kreditor tomonidan qo‘yilgan talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor o‘zining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qo‘yish huquqiga ega.
330-modda. Javobgarlik va majburiyatni asl holida bajarish
Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat lozim darajada bajarilmagan taqdirda neustoyka to‘lash va zararni qoplash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.
Basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va uning bajarilmaganligi uchun neustoyka to‘lash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
Kechiktirib yuborish oqibatida o‘zi uchun ahamiyatini yo‘qotgan (ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismi) ijroni kreditorning qabul qilishdan bosh tortishi, shuningdek voz kechish haqi tarzida belgilangan neustoykani to‘lash (ushbu Kodeksning 342-moddasi) qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
331-modda. Xususiy belgili ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari
Xususiy belgili ashyoni kreditorning mulki qilib, operativ boshqaruviga yoki foydalanishiga topshirish majburiyati bajarilmagan taqdirda kreditor bu ashyoni olib qo‘yishni va majburiyatda nazarda tutilgan shartlar asosida o‘ziga topshirishni talab qilishga haqli. Bu huquq ashyo bir xil huquqqa ega bo‘lgan uchinchi shaxsga topshirilgan bo‘lsa, bekor bo‘ladi. Agar ashyo hali topshirilmagan bo‘lsa, vaziyat qaysi kreditorning foydasiga oldinroq vujudga kelgan bo‘lsa, o‘sha kreditor ustunlikka ega bo‘ladi, basharti buni aniqlash mumkin bo‘lmasa, oldin da’vo qo‘zg‘atgan kreditor ustunlikka ega bo‘ladi.
Kreditor majburiyat narsasi bo‘lgan ashyoni o‘ziga topshirishni talab qilish o‘rniga, zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 324-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xususiy belgili ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari
- Pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik
- Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shakli
- Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati
To‘g‘ri javob: Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati. 324-modda: Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati» qaysi moddada belgilangan?
- 331-modda
- 320-modda
- 324-modda
- 327-modda
To‘g‘ri javob: 324-modda. 324-modda: Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qarzdorning talabi ixtiyoriy qanoatlantirilmagan bo‘lsa (o‘zgacha tartib bo‘lmasa), kreditorga yetkazilgan zararni aniqlashda qaysi kunda mavjud bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi?
- Da’vo qo‘zg‘atilgan kunda
- Shartnoma tuzilgan kunda
- Majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan muddat tugagan kunda
- Sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunda
To‘g‘ri javob: Da’vo qo‘zg‘atilgan kunda. Talab ixtiyoriy qanoatlantirilmasa, da’vo qo‘zg‘atilgan kundagi narxlar e’tiborga olinadi (324-modda).
Fuqarolik kodeksiga muvofiq, sud vaziyatga qarab zararni to‘lash haqidagi talabni qaysi kunda mavjud bo‘lgan narxlarni e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin?
- Majburiyat vujudga kelgan kunda
- Zarar yetkazilgan kunda
- Kreditor talab yo‘llagan kunda
- Qaror chiqarilgan kunda
To‘g‘ri javob: Qaror chiqarilgan kunda. Sud zararni qaror chiqarilgan kundagi narxlarga qarab to‘lashga hukm qilishi mumkin (324-modda).
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, boy berilgan foydani aniqlashda nimalar hisobga olinadi?
- Qarzdorning o‘z foydasi va uni olish uchun sarflagan xarajatlari hamda choralari
- Faqat kreditor oldindan to‘lagan soliq va yig‘imlar hamda shu maqsadda tuzilgan shartnomalar
- Kreditor uni olish uchun ko‘rgan choralar va shu maqsadda ko‘rilgan tayyorgarliklar
- Bozordagi o‘rtacha foyda me’yori va kreditorning ko‘rgan choralaridan qat’i nazar tayyorgarliklar
To‘g‘ri javob: Kreditor uni olish uchun ko‘rgan choralar va shu maqsadda ko‘rilgan tayyorgarliklar. Boy berilgan foydani aniqlashda kreditorning choralari va tayyorgarliklari hisobga olinadi (324-modda).
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 325-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Subsidiar javobgarlik
- Pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik
- Neustoyka va zarar
- Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartlari
To‘g‘ri javob: Neustoyka va zarar. 325-modda: Neustoyka va zarar.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Neustoyka va zarar» qaysi moddada belgilangan?
- 325-modda
- 327-modda
- 329-modda
- 319-modda
To‘g‘ri javob: 325-modda. 325-modda: Neustoyka va zarar.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, majburiyat buzilgani uchun neustoyka belgilangan bo‘lsa, zararning qaysi qismi to‘lanadi?
- Zararning butun miqdori neustoykaga qo‘shib to‘lanadi
- Neustoyka bilan qoplanmagan qismi
- Zararning yarmi
- Zarar umuman to‘lanmaydi
To‘g‘ri javob: Neustoyka bilan qoplanmagan qismi. Neustoyka belgilangan bo‘lsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi to‘lanadi (325-modda).
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash