XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (I qism) · 332–339-m.

Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik hajmini cheklash (2/2)

Iii Bo‘Lim

332-modda. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik hajmini cheklash

Majburiyatlarning ayrim turlari bo‘yicha hamda muayyan faoliyat turi bilan bog‘liq majburiyatlar bo‘yicha qonunda zararni to‘la qoplashga bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi mumkin (cheklangan javobgarlik).

Qo‘shilish shartnomasi yoki kreditor iste’molchi sifatida ish olib boruvchi fuqaro bo‘lgan boshqa shartnoma bo‘yicha qarzdorning javobgarlik hajmini cheklash to‘g‘risidagi kelishuv haqiqiy emas, basharti majburiyatlarning ushbu turi yoki ushbu tartibbuzarlik uchun javobgarlik hajmi qonun bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lsa va agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni keltirib chiqaradigan vaziyatlar yuz berguncha kelishuvga erishilgan bo‘lsa.

333-modda. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari

Qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.

Aybning yo‘qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi.

Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo‘qligi, qarzdorda zarur pul mablag‘larining bo‘lmaganligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi.

Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish yoki cheklash to‘g‘risidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas.

334-modda. Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun qarzdorning javobgarligi

Basharti, qonunchilik yoki shartnomada bevosita ijrochi bo‘lgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi.

335-modda. Kreditorning aybi

Agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo‘lmasligi yuz berishiga yoki bajarmaslik tufayli yetkazilgan zarar miqdorining ko‘payishiga ko‘maklashgan bo‘lsa, shuningdek kreditor majburiyatni bajarmaslikdan yetkazilgan zararni kamaytirish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli ko‘rmagan bo‘lsa, sud ishning holatlariga qarab to‘lanadigan haq miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq to‘lashni batamom rad etishga haqli.

336-modda. Ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibatlari

Agar ikki taraflama shartnomada bir taraf o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyat tufayli uni bajarishi mumkin bo‘lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olishga haqli.

337-modda. Ijroning qarzdor va kreditor tomonidan kechiktirib yuborilishi

Ijroni kechiktirib yuborgan qarzdor kechiktirib yuborish tufayli yetkazilgan zarar uchun va kechiktirib yuborish davrida tasodifan ijroni bajarish mumkin bo‘lmasligi vujudga kelganligi uchun kreditor oldida javob beradi.

Agar qarzdor ijroni kechiktirib yuborganligi tufayli kreditor uchun uning ahamiyati qolmagan bo‘lsa, u ijroni qabul qilishdan bosh tortishi va zararni to‘lashni talab qilishi mumkin.

Agar kreditor qarzdor tomonidan taklif qilingan lozim darajadagi ijroni qabul qilishdan bosh tortgan bo‘lsa yoki o‘zi amalga oshirishi kerak bo‘lgan va amalga oshirilgunicha qarzdor o‘z majburiyatini bajara olmagan harakatlarni qilgan bo‘lmasa, kreditor muddatni kechiktirib yuborgan hisoblanadi.

338-modda. Kreditorning ijroni kechiktirib yuborish oqibatlari

Kreditorning shartnoma bo‘yicha o‘ziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib yuborishi qarzdorga kechiktirib yuborish tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqini beradi va keyinchalik majburiyatni ijro etish mumkin bo‘lmay qolsa, uni javobgarlikdan ozod qiladi, qarzdorning qasddan ish tutishi yoki qo‘pol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan mustasno.

Pul majburiyati bo‘yicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt uchun qarzdor foiz to‘lashga majbur emas.

339-modda. Ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun kreditorni javobgarlikdan ozod qilish

Agar kreditor ijroning kechiktirib yuborilishi qonunga muvofiq yoki kreditorning topshirig‘i bilan ijroni qabul qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar qasddan ish tutganligi yoki ehtiyotsizligi tufayli kelib chiqqanligini isbotlasa, u ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 332-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun qarzdorning javobgarligi
  2. Majburiyatning qarzdor hisobidan bajarilishi
  3. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik hajmini cheklash
  4. Ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibatlari

To‘g‘ri javob: Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik hajmini cheklash. 332-modda: Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik hajmini cheklash.

Fuqarolik kodeksi (I qism): «Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik hajmini cheklash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 334-modda
  2. 328-modda
  3. 336-modda
  4. 332-modda

To‘g‘ri javob: 332-modda. 332-modda: Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik hajmini cheklash.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qonunda zararni to‘la qoplashga bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi mumkin bo‘lgan javobgarlik nima deb ataladi?
  1. Cheklangan javobgarlik
  2. Subsidiar javobgarlik
  3. Solidar javobgarlik
  4. Neustoyka tarzidagi javobgarlik

To‘g‘ri javob: Cheklangan javobgarlik. Majburiyatlarning ayrim turlari bo‘yicha zararni to‘la qoplash huquqi cheklangan bo‘lsa, bu cheklangan javobgarlikdir (332-modda).

Dilnoza savdo markazidan maishiy texnika sotib oldi: shartnoma markaz tayyorlagan standart shaklda tuzilgan va Dilnoza uni faqat butunlay qabul qilishi mumkin edi. Shartnomada markaz javobgarligi hajmi qonunda belgilanganidan ancha kam qilib cheklangan, bu kelishuvga buzilish yuz berguncha erishilgan. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Kelishuv to‘liq kuchga ega, chunki Dilnoza shartnomani imzolagan
  2. Kelishuv faqat Dilnozaning keyingi roziligi bilan haqiqiy bo‘ladi
  3. Kelishuv haqiqiy, faqat neustoyka undirilmaydi
  4. Bunday cheklash haqidagi kelishuv haqiqiy emas

To‘g‘ri javob: Bunday cheklash haqidagi kelishuv haqiqiy emas. Qo‘shilish shartnomasida yoki iste’molchi fuqaro kreditor bo‘lgan shartnomada qonun bilan belgilangan javobgarlik hajmini cheklash kelishuvi haqiqiy emas (332-modda).

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 333-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik
  2. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari
  3. Ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun kreditorni javobgarlikdan ozod qilish
  4. Kreditorning ijroni kechiktirib yuborish oqibatlari

To‘g‘ri javob: Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari. 333-modda: Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari.

Fuqarolik kodeksi (I qism): «Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 327-modda
  2. 338-modda
  3. 339-modda
  4. 333-modda

To‘g‘ri javob: 333-modda. 333-modda: Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qarzdor qanday holatda aybsiz deb topiladi?
  1. Majburiyat bajarilmaganini kreditorning ham o‘z majburiyatini bajarmaganiga bog‘liq ekanligini isbotlasa
  2. Majburiyatni bajarishga faqat shartnoma muddati tugaguncha urinib ko‘rganligini isbotlasa
  3. Majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa
  4. Majburiyatni bajarish uchun kreditorga yozma xabar yuborganligini isbotlasa, choralardan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa. Qarzdor lozim bajarish uchun hamma choralarni ko‘rganini isbotlasa, aybsiz deb topiladi (333-modda).

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, majburiyatni buzishda aybning yo‘qligini kim isbotlaydi?
  1. Kreditor
  2. Majburiyatni buzgan shaxs
  3. Sud o‘z tashabbusi bilan
  4. Prokuror

To‘g‘ri javob: Majburiyatni buzgan shaxs. Aybning yo‘qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi (333-modda).

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQarzdorning zararni to‘lash majburiyati (1/2)Keyingi →Majburiyatlarning bekor bo‘lish asoslari (1/2)