Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari
Iii Bo‘Lim
382-modda. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari
Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
- 1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
- 2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda.
Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi.
383-modda. Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish
Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‘lgan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Vaziyatning taraflar oldindan ko‘ra bilganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari mumkin bo‘lgan darajada o‘zgarishi uning jiddiy o‘zgarishi hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani jiddiy o‘zgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo‘lsalar, shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra esa — o‘zgartirilishi mumkin, agar ayni vaqtda quyidagi shartlar mavjud bo‘lsa:
- 1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday o‘zgarish yuz bermaydi, deb hisoblagan bo‘lsalar;
- 2) vaziyatning o‘zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo bo‘lganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va muomala shartlariga ko‘ra o‘zidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan bo‘lishiga qaramay, bu sabablarni yenga olmagan bo‘lsa;
- 3) shartnomani uning shartlarini o‘zgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘lsalar;
383-modda. Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish (davomi)
- 4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning o‘zgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini ular o‘rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaning o‘zgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid bo‘lgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan o‘zgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
384-modda. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi, basharti qonunchilikdan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa.
Bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
385-modda. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishning oqibatlari
Shartnoma o‘zgartirilganida taraflarning majburiyatlari o‘zgartirilgan holda saqlanib qoladi.
Shartnoma bekor qilinganida taraflarning majburiyatlari bekor bo‘ladi.
Shartnoma o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar kelishuvdan yoki shartnomani o‘zgartirish xususiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, taraflar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga kelishgan paytdan boshlab, shartnoma sud tartibida o‘zgartirilgan yoki bekor qilinganida esa — sudning shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab majburiyatlar o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
Agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, taraflar shartnoma o‘zgartirilguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat bo‘yicha o‘zlari bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar.
Agar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga taraflardan birining shartnomani jiddiy buzishi asos bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish tufayli yetkazilgan zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 382-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Boshqa shartlar asosidagi aksept
- Kimoshdi savdosini o‘tkazish qoidalarini buzish oqibatlari
- Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari
- Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishning oqibatlari
To‘g‘ri javob: Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari. 382-modda: Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari» qaysi moddada belgilangan?
- 381-modda
- 375-modda
- 382-modda
- 385-modda
To‘g‘ri javob: 382-modda. 382-modda: Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari.
Kodeks, boshqa qonunlar yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma qanday o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin?
- Taraflarning kelishuviga muvofiq
- Faqat sud qarori bilan
- Faqat bir taraf arizasi bilan
- Faqat davlat organining ruxsati bilan
To‘g‘ri javob: Taraflarning kelishuviga muvofiq. Boshqacha tartib bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin (382-modda).
Taraflardan birining talabi bilan sud shartnomani o‘zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin bo‘lgan asosiy hol qaysi?
- Taraflardan biri shartnomadan pushaymon bo‘lsa
- Shartnoma muddati bir kunga kechiksa
- Taraflardan birining mulkiy ahvoli yaxshilansa
- Ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa
To‘g‘ri javob: Ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa. Sud shartnomani, xususan, ikkinchi taraf uni jiddiy buzsa, o‘zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin (382-modda).
«Gul» MChJ «Sanoat» korxonasidan ishlab chiqarish liniyasini 400 million so‘mga buyurtma qildi. Korxona liniyani shunday nuqsonli yetkazdiki, MChJ liniyadan umid qilgan foydaning deyarli hammasidan mahrum bo‘ldi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bu shartnomani jiddiy buzish hisoblanmaydi, chunki liniya yetkazilgan
- Bu faqat neustoyka undirish uchun asos
- Bu shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi
- Buning uchun «Gul» MChJ shartnomani o‘zgartirish huquqiga ega emas
To‘g‘ri javob: Bu shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi. Shartnoma buzilishi ikkinchi tarafni shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum qilsa, jiddiy buzish hisoblanadi (382-modda).
Bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortsa va qonun yoki taraflarning kelishuvi bunga yo‘l qo‘ysa, shartnoma qanday hisoblanadi?
- Faqat sud tomonidan bekor qilingan hisoblanadi
- Tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan
- Bajarilishi to‘xtatilgan, ammo o‘zgarmagan
- O‘z kuchida qolgan, hech narsa o‘zgarmagan
To‘g‘ri javob: Tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan. Qonun yoki kelishuv yo‘l qo‘ysa, bir tarafning bosh tortishi bilan shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi (382-modda).
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 383-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishning oqibatlari
- Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish
- Kimoshdi savdosini o‘tkazish qoidalarini buzish oqibatlari
- Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari
To‘g‘ri javob: Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish. 383-modda: Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 383-modda
- 385-modda
- 382-modda
- 381-modda
To‘g‘ri javob: 383-modda. 383-modda: Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash