Mulk ijarasi (6/7)
Ikkinchi Qism
585-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasiga bitimlarning haqiqiy emasligi hamda shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish oqibatlari haqidagi qoidalarning tatbiq etilishi
Ushbu Kodeksning bitimlar haqiqiy emasligining oqibatlari to‘g‘risidagi, shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish haqidagi shartnoma bo‘yicha olingan narsani bir tarafdan yoki har ikkala tarafdan qaytarib olishni yoki asli holida undirib olishni nazarda tutuvchi qoidalari, agar bunday oqibatlar ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining kreditorlarining, boshqa shaxslarning muhim huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini jiddiy buzmasa va ushbu Kodeks 116-moddasining qoidalariga zid kelmasa, korxonani ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo‘llanadi.
586-modda. Ijaraga olingan korxonani qaytarish
Korxonani ijaraga berish shartnomasi bekor bo‘lganida, ijaraga olingan mulkiy kompleks ushbu Kodeksning 579 va 581-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda ijaraga beruvchiga qaytarilishi shart.
6-§. Lizing
587-modda. Lizing shartnomasi
Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi.
588-modda. Lizing obyekti
Iste’mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing obyekti bo‘lishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari bundan mustasno.
589-modda. Lizing subyektlari
Kelajakda lizing oluvchiga lizing bo‘yicha topshirish maqsadida mol-mulkni o‘ziga mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi.
Egalik qilish va foydalanish uchun lizing obyektini oladigan shaxs lizing oluvchi deb hisoblanadi.
Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi deb e’tirof etiladi.
Lizing beruvchi mol-mulkni bo‘lajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni sotuvchiga lizing bo‘yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida uni mablag‘ bilan ta’minlagan taqdirda bir shaxsning o‘zi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
590-modda. Lizing to‘lovi
Lizing to‘lovi lizing beruvchiga lizing obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat bo‘ladi.
591-modda. Mol-mulkni lizingga topshirish to‘g‘risida sotuvchini xabardor qilish
Lizing beruvchi lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olayotganda mol-mulk muayyan shaxsga lizingga berishga mo‘ljallanganligini sotuvchiga bildirishi shart.
592-modda. Lizing shartnomasi narsasini lizing oluvchiga topshirish
Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu shartnoma obyekti bo‘lgan mol-mulk sotuvchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga u turgan joyda topshiriladi.
Agar lizing shartnomasining narsasi bo‘lgan mol-mulk shu shartnomada ko‘rsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, oqilona muddatda lizing oluvchiga topshirilmagan bo‘lsa, lizing beruvchi javobgar bo‘ladigan holatlar tufayli muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, lizing oluvchi shartnomani bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
593-modda. Mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan buzilishi xavfining lizing oluvchiga o‘tishi
Lizing bo‘yicha ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan buzilishi xavfi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing oluvchiga bu mol-mulkni topshirish paytida o‘tadi.
594-modda. Lizing beruvchining majburiyati va javobgarligi
Lizing beruvchi lizing obyektini lizing oluvchiga shartnoma shartlariga javob beradigan holatda va unda kelishilgan muddatda topshirishi shart.
Agar lizing beruvchining aybli harakatlari yoki yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli mol-mulk yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mol-mulk yetkazib berilgan bo‘lsa, buning uchun u lizing oluvchi oldida javobgardir.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 587-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ijaraga oluvchining korxonani saqlash va uni ishlatish xarajatlarini to‘lash bo‘yicha majburiyatlari
- Lizing to‘lovi
- Lizing shartnomasi
- Lizing beruvchining majburiyati va javobgarligi
To‘g‘ri javob: Lizing shartnomasi. 587-modda: Lizing shartnomasi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Lizing shartnomasi» qaysi moddada belgilangan?
- 594-modda
- 587-modda
- 582-modda
- 590-modda
To‘g‘ri javob: 587-modda. 587-modda: Lizing shartnomasi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchi lizing beruvchiga nima uchun nima majburiyatini oladi?
- Mol-mulkni tekinga qaytarish majburiyatini
- Lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini
- Sotuvchi bilan hisob-kitob qilish majburiyatini
- Mol-mulkni davlatga topshirish majburiyatini
To‘g‘ri javob: Lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini. 587-modda: lizing oluvchi lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 588-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Lizing obyekti
- Ijaraga olingan korxonani qaytarish
- Mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan buzilishi xavfining lizing oluvchiga o‘tishi
- Lizing shartnomasi
To‘g‘ri javob: Lizing obyekti. 588-modda: Lizing obyekti.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Lizing obyekti» qaysi moddada belgilangan?
- 587-modda
- 593-modda
- 588-modda
- 586-modda
To‘g‘ri javob: 588-modda. 588-modda: Lizing obyekti.
Tadbirkor Alisher o‘z biznesi uchun yer uchastkasini lizing shartnomasi bo‘yicha olmoqchi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bu mumkinmi?
- Mumkin emas, yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari lizing obyekti bo‘lolmaydi
- Mumkin, yer uchastkalari ham iste’mol qilinmaydigan ashyo sifatida lizing obyekti bo‘ladi
- Faqat sud ruxsati bilan mumkin, yer uchastkasi sud qarori asosida lizingga beriladi
- Faqat yuridik shaxslar uchun mumkin, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa taqiqlanadi
To‘g‘ri javob: Mumkin emas, yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari lizing obyekti bo‘lolmaydi. 588-modda: yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari lizing obyekti bo‘lishidan mustasno.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 589-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Lizing subyektlari
- Ijaraga olingan korxona mol-mulkidan foydalanish
- Qo‘shimcha lizing
- Lizing shartnomasi
To‘g‘ri javob: Lizing subyektlari. 589-modda: Lizing subyektlari.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Lizing subyektlari» qaysi moddada belgilangan?
- 583-modda
- 589-modda
- 596-modda
- 587-modda
To‘g‘ri javob: 589-modda. 589-modda: Lizing subyektlari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash