Mulk ijarasi (5/7)
Ikkinchi Qism
575-modda. Bino yoki inshoot ijaraga berilganida ular joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga bunday ko‘chmas mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini topshirish bilan bir vaqtda yer uchastkasining ana shu ko‘chmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga bo‘lgan huquqlar ham topshiriladi.
Ijaraga beruvchi ijaraga berilayotgan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lsa, ijaraga oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga bo‘lgan ijara huquqi yoxud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq topshiriladi.
Agar ijaraga oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga bo‘lgan huquq shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, yer uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va ulardan o‘z vazifasiga muvofiq foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismidan foydalanish huquqi bino yoki inshoot ijaraga berilgan muddatga ijaraga oluvchiga o‘tadi.
Ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lmagan yer uchastkasida joylashgan bino yoki inshootni ijaraga berishga, agar bunday uchastkadan foydalanishning qonunda yoki yer uchastkasining mulkdori bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlariga zid bo‘lmasa, ushbu uchastka mulkdorining roziligisiz yo‘l qo‘yiladi.
576-modda. Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi
Ijaraga olingan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasi boshqa shaxsga sotilgan hollarda yer uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismidan foydalanish huquqi ushbu yer uchastkasi sotilguniga qadar amalda bo‘lgan shartlar bilan ana shu bino yoki inshootni ijaraga oluvchi shaxsda saqlanib qoladi.
577-modda. Ijara haqining miqdori
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida ijara haqining miqdori nazarda tutilishi lozim. Ijara haqining miqdori to‘g‘risida taraflar yozma shaklda kelishgan shartlar bo‘lmagan taqdirda, bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Bunda ushbu Kodeks 356-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan narx belgilash qoidalari qo‘llanmaydi.
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida belgilangan bino yoki inshootdan foydalanganlik haqiga, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasidan yoxud yer uchastkasining bino yoki inshoot bilan birga topshirilayotgan tegishli qismidan foydalanganlik haqi ham kiradi.
Shartnomada bino yoki inshootning ijara haqi bino (inshoot) maydonining birligi yoki uning boshqa o‘lchov ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan bo‘lsa, ijara haqi ijaraga oluvchiga topshirilgan bino yoki inshootning haqiqiy o‘lchoviga qarab aniqlanadi.
578-modda. Bino yoki inshootni topshirish
Bino yoki inshootni ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va ijaraga oluvchi tomonidan qabul qilib olish taraflar imzolaydigan topshirish dalolatnomasi yoki topshirishga doir boshqa hujjat bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar qonunda yoxud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga beruvchining bino yoki inshootni ijaraga oluvchiga topshirish majburiyati bino yoki inshoot ijaraga oluvchining egaligiga yoki foydalanishiga topshirilganidan va taraflar topshirish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni imzolaganlaridan keyin bajarilgan hisoblanadi.
Taraflardan birining bino yoki inshootni shartnomada nazarda tutilgan shartlarda topshirish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdan bosh tortishi tegishli bo‘lishiga qarab, ijaraga beruvchining mol-mulkni topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini, ijaraga oluvchining esa, mol-mulkni qabul qilib olish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortishi deb qaraladi.
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganida ijaraga olingan bino yoki inshoot ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda ijaraga beruvchiga qaytarilishi lozim.
5-§. Korxonani ijaraga berish
579-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasi
Korxonani ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korxonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaxslarga o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Ijaraga beruvchi o‘z qarzlarini ijaraga oluvchining zimmasiga o‘tkazishi haqida kreditorlarini yozma ravishda ogohlantirishi shart, kreditorlar bunga rozi bo‘lmasalar, ogohlantirishni olgan vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va shu tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar shu muddatda mazkur talablardan birontasi bildirilmasa, kreditor tegishli qarzning ijarachiga o‘tkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Ijaraga beruvchidan majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va zararni qoplashni talab qilgan kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyingina korxona ijarachiga topshirilishi mumkin.
Korxona mulkiy kompleks sifatida ijaraga berilganidan keyin ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchi topshirilgan korxona tarkibiga kiritilgan va ijaraga oluvchiga kreditorning roziligisiz o‘tkazilgan qarzlar bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga beruvchining tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari ijaraga oluvchiga berilishi mumkin emas. Ijarachi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)si bo‘lmaganligi sababli bajara olmaydigan majburiyatlarni shartnoma bo‘yicha topshirilayotgan korxona tarkibiga kiritish ijaraga beruvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi.
580-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakli
Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
581-modda. Ijaraga olingan korxonani topshirish
Ijaraga olingan korxona ijaraga oluvchiga topshirish dalolatnomasi bo‘yicha topshiriladi.
Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga olingan korxonani topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish ijaraga beruvchining zimmasidagi majburiyat hisoblanadi va uning hisobidan amalga oshiriladi.
582-modda. Ijaraga oluvchining korxonani saqlash va uni ishlatish xarajatlarini to‘lash bo‘yicha majburiyatlari
Korxonani ijaraga oluvchi ijara shartnomasi amal qilib turgan butun vaqt mobaynida korxonani tegishli texnik holatda saqlab turishi, shu jumladan uni joriy ta’mirlashi va shartnomada nazarda tutilgan hollarda kapital ta’mirlashi shart.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga olingan korxonani ishlatish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek ijaraga olingan mol-mulkni sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ijaraga oluvchi zimmasiga yuklatiladi.
583-modda. Ijaraga olingan korxona mol-mulkidan foydalanish
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan korxona mol-mulki tarkibiga kiruvchi moddiy boyliklarni ijaraga beruvchining roziligi bilan sotish, ayirboshlash va uning roziligisiz vaqtincha foydalanishga yoxud qarzga, qo‘shimcha ijaraga berishga, shuningdek korxona bahosini pasaytirmaslik va ijara shartnomasining boshqa bandlarini buzmaslik sharti bilan bunday boyliklarga nisbatan ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxslarga o‘tkazishga haqli.
Agar korxonani ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan korxonani ijaraga beruvchining roziligisiz qayta qurishga, uni kengaytirib, texnik qayta jihozlab qiymatini oshirishga haqli.
584-modda. Ijarachining ijaraga olingan korxonani yaxshilashi
Korxonani ijaraga olish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, korxonani ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining ruxsatidan qat’i nazar, ijaraga olingan mol-mulkni ajratib bo‘lmaydigan tarzda yaxshilash qiymatini olishga haqli.
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining bunday yaxshilashga qilgan xarajatlari ijaraga olingan mol-mulkning qiymatini uning sifati va (yoki) undan foydalanish xususiyatlarini yaxshilashga qaraganda beqiyos darajada oshirib yuborganligini yoki bunday yaxshilashni amalga oshirish vaqtida halollik va oqilonalik tamoyillari buzilganligini isbotlasa, sud uni bunday yaxshilash haqini ijaraga oluvchiga to‘lash majburiyatidan ozod qilishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bino yoki inshoot ijaraga berilganda ijaraga oluvchiga bino bilan bir vaqtda yana qanday huquqlar topshiriladi?
- Bino joylashgan mahalladagi barcha yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqlari
- Yer uchastkasining bino atrofidagi butun hududiga bo‘lgan doimiy mulk huquqlari
- Yer uchastkasining bino joylashgan va foydalanish uchun zarur qismiga bo‘lgan huquqlar
- Binoning yer osti kommunikatsiyalari va qazilma boyliklariga bo‘lgan egalik huquqlari
To‘g‘ri javob: Yer uchastkasining bino joylashgan va foydalanish uchun zarur qismiga bo‘lgan huquqlar. 575-modda birinchi qismi: yer uchastkasining zarur qismiga bo‘lgan huquqlar ham topshiriladi.
Anvar do‘kon binosini ijaraga oldi. Shartnomada yer uchastkasiga bo‘lgan huquq haqida hech narsa yozilmagan. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, Anvar yerning bino joylashgan va foydalanish uchun zarur qismidan qanday foydalanadi?
- Foydalanish uchun alohida shartnoma tuzilishi kerak bo‘ladi
- Bino ijaraga berilgan muddatga foydalanish huquqi unga o‘tadi
- Yer uchastkasining zarur qismiga mulk huquqi unga to‘liq o‘tadi
- Foydalanish huquqi unga faqat bir yilga o‘tadi, keyin yangilanadi
To‘g‘ri javob: Bino ijaraga berilgan muddatga foydalanish huquqi unga o‘tadi. 575-modda uchinchi qismi: huquq shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, foydalanish huquqi bino ijaraga berilgan muddatga ijaraga oluvchiga o‘tadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 576-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ijara haqining miqdori
- Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi
- Bino yoki inshoot ijaraga berilganida ular joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar
- Ijaraga olingan korxona mol-mulkidan foydalanish
To‘g‘ri javob: Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi. 576-modda: Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi» qaysi moddada belgilangan?
- 575-modda
- 583-modda
- 577-modda
- 576-modda
To‘g‘ri javob: 576-modda. 576-modda: Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi.
Ijaraga olingan bino joylashgan yer uchastkasi boshqa shaxsga sotildi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bino ijarachisining yerdan foydalanish huquqi nima bo‘ladi?
- Ijaraga oluvchi shaxsda saqlanib qoladi
- Yangi mulkdor foydasiga bekor bo‘ladi
- Yangi mulkdorga to‘liq o‘tib ketadi
- Mahalla fuqarolar yig‘ini ixtiyoriga o‘tadi
To‘g‘ri javob: Ijaraga oluvchi shaxsda saqlanib qoladi. 576-modda: huquq yer sotilguniga qadar amalda bo‘lgan shartlar bilan ijaraga oluvchida saqlanib qoladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 577-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ijara haqining miqdori
- Korxonani ijaraga berish shartnomasi
- Transport vositasi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
- Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi
To‘g‘ri javob: Ijara haqining miqdori. 577-modda: Ijara haqining miqdori.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Ijara haqining miqdori» qaysi moddada belgilangan?
- 577-modda
- 579-modda
- 576-modda
- 571-modda
To‘g‘ri javob: 577-modda. 577-modda: Ijara haqining miqdori.
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida taraflar ijara haqi miqdori to‘g‘risida yozma shaklda kelishmagan. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bunday shartnoma qanday hisoblanadi?
- Ijara haqi sud tomonidan belgilanadi va shartnoma haqiqiy
- Shartnoma tuzilmagan hisoblanadi
- Shartnoma bo‘yicha haq bozor narxida belgilanadi
- Shartnoma bir yilga tuzilgan hisoblanadi
To‘g‘ri javob: Shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. 577-modda birinchi qismi: ijara haqi yozma kelishilmasa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash