XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 600–608-m.

Uy-joy ijarasi (1/2)

Ikkinchi Qism

600-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf –– uy-joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi) –– boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga uy-joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi.

Uy-joy yuridik shaxslarga ijara shartnomasi yoki boshqa shartnoma asosida egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Yuridik shaxs uy-joydan faqat fuqarolarning yashashi uchun foydalanishi mumkin.

601-modda. Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi

Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joylar fuqarolarga uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan beriladi. Uy-joyni ijaraga berishning bunday shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi bilan birga yashaydigan uning oila a’zolari uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha barcha huquqlardan ijaraga oluvchi bilan teng foydalanadilar va barcha majburiyatlarni bajaradilar.

Ijaraga oluvchi va uning oila a’zolarining talabiga binoan shartnoma oila a’zolarining bittasi bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki uy-joydan chiqib ketgan taqdirda, shartnoma uy-joyda yashab turgan oila a’zolarining biri bilan tuziladi.

Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar, shartlar va tartibda tuziladi. Bunday shartnomaga nisbatan ushbu Kodeks 603, 604, 607, 609, 610-moddalarining, shuningdek 613-modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarining qoidalari qo‘llanadi. Ushbu Kodeksning boshqa qoidalari, agar uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo‘llanadi.

602-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti

Doimiy yashash uchun yaroqli bo‘lgan alohida uy-joy (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismi) uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti bo‘lishi mumkin.

Uy-joyning yashash uchun yaroqliligi uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Ko‘p kvartirali uydagi uy-joyni ijaraga olgan shaxs undan foydalanish bilan bir qatorda ushbu Kodeksning 211-moddasida ko‘rsatilgan mol-mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

603-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shakli

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

604-modda. Uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganida uy-joyni ijaraga berish shartnomasining saqlanishi

Ijara shartnomasi bo‘yicha egallab turilgan uy-joyga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi shartnomaning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib bormaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.

605-modda. Uy-joyni ijaraga beruvchining majburiyatlari

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga doimiy yashash uchun yaroqli bo‘sh uy-joyni berishi lozim.

Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada foydalanishni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmat ko‘rsatishi yoki xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi, ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan kommunal xizmat ko‘rsatish qurilmalari ta’mirlanishini ta’minlashi shuningdek uy-joydan faqat ijara shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishni ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim.

606-modda. Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar

Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga binoan faqatgina fuqaro ijaraga oluvchi bo‘lishi mumkin.

Shartnomada uy-joyda ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ko‘rsatilishi lozim. Shartnomada bunday ko‘rsatmalar bo‘lmasa, mazkur fuqarolarni uy-joyga qo‘yish ushbu Kodeks 608-moddasining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar uy-joydan foydalanish bo‘yicha u bilan teng huquqlarga egadirlar. Ijaraga oluvchi bilan bunday fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar qonunda belgilanadi.

Ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashab, uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shartlarini buzayotgan fuqarolarning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘ladi.

Ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda uy-joyda doimiy yashaydigan fuqarolarning hammasi ijaraga oluvchi bilan birga ijaraga beruvchi oldida solidar javobgar ekanliklari to‘g‘risida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday holda ushbu fuqarolar birgalikda ijaraga oluvchi bo‘ladilar.

607-modda. Uy-joyni ijaraga oluvchining majburiyatlari

Ijaraga oluvchi uy-joydan faqat uning vazifasi bo‘yicha foydalanishi, uy-joyning saqlanishini ta’minlashi va uni yaxshi holda tutishi shart.

Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz uy-joyni qayta qurishga va tuzilishini o‘zgartirishga haqli emas.

Ijaraga oluvchi uy-joy haqini o‘z vaqtida to‘lab turishi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi kommunal xizmatlar haqini mustaqil to‘lashi shart.

608-modda. Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga ijaraga oluvchining yangi oila a’zolarini kiritish

Uy-joyni ijaraga oluvchi, shuningdek uning oila a’zolari boshqa fuqarolarni oila a’zosi sifatida uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga kiritishni talab qilishga haqli. Bunday fuqarolarni uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga kiritish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 600-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi
  2. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shakli
  3. Mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan buzilishi xavfining lizing oluvchiga o‘tishi
  4. Lizing oluvchining majburiyati va javobgarligi

To‘g‘ri javob: Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi. 600-modda: Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 600-modda
  2. 603-modda
  3. 593-modda
  4. 597-modda

To‘g‘ri javob: 600-modda. 600-modda: Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchining asosiy majburiyati nima?
  1. uy-joyni ijaraga oluvchining mulkiga o‘tkazish
  2. uy-joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish
  3. uy-joyni tekin foydalanishga berib, kommunal xizmat haqini o‘zi to‘lash
  4. uy-joyni faqat vaqtincha saqlash uchun ijaraga oluvchiga berish

To‘g‘ri javob: uy-joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish. 600-moddaga ko‘ra ijaraga beruvchi uy-joyni yashash uchun haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, yuridik shaxs ijaraga olgan uy-joydan qanday foydalanishi mumkin?
  1. faqat fuqarolarning yashashi uchun
  2. o‘z ofisi va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
  3. savdo va xizmat ko‘rsatish maqsadlarida
  4. istalgan maqsadda, shartnomada boshqacha belgilanmagan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: faqat fuqarolarning yashashi uchun. 600-modda ikkinchi qismiga ko‘ra yuridik shaxs uy-joydan faqat fuqarolarning yashashi uchun foydalanishi mumkin.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 601-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga ijaraga oluvchining yangi oila a’zolarini kiritish
  2. Uy-joyni ijaraga oluvchining majburiyatlari
  3. Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi
  4. Sotuvchining javobgarligi

To‘g‘ri javob: Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi. 601-modda: Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 607-modda
  2. 601-modda
  3. 598-modda
  4. 608-modda

To‘g‘ri javob: 601-modda. 601-modda: Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 602-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi
  2. Uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganida uy-joyni ijaraga berish shartnomasining saqlanishi
  3. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti
  4. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi

To‘g‘ri javob: Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti. 602-modda: Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti» qaysi moddada belgilangan?
  1. 600-modda
  2. 602-modda
  3. 604-modda
  4. 601-modda

To‘g‘ri javob: 602-modda. 602-modda: Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMulk ijarasi (7/7)Keyingi →Uy-joy ijarasi (2/2)