XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 609–616-m.

Uy-joy ijarasi (2/2)

Ikkinchi Qism

609-modda. Vaqtincha yashovchilar

Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar umumiy kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) uy-joyda bepul yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Basharti, qonunchilikning jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo‘yishi mumkin. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak.

Vaqtincha yashovchilar uy-joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar. Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir.

Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o‘tganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi yoki u bilan birga doimiy yashaydigan har qanday fuqaro tomonidan tegishli talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan yetti kun ichida uy-joyni bo‘shatishlari shart.

610-modda. Ijaraga berilgan uy-joyni ta’mirlash

Ijaraga berilgan uy-joyni joriy ta’mirlash, agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchining zimmasidadir.

Ijaraga berilgan uy-joyni kapital ta’mirlash, agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga beruvchining zimmasidadir.

Ijaraga berilgan uy-joy joylashgan uyni qayta jihozlashga, agar bunday qayta jihozlash uy-joydan foydalanish shart-sharoitlarini jiddiy ravishda o‘zgartirsa, ijaraga oluvchining roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi.

611-modda. Uy-joy uchun to‘lanadigan haq

Uy-joy uchun to‘lanadigan haqning miqdori taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan uy-joyni ijaraga berish shartnomasida belgilab qo‘yiladi. Basharti qonunga muvofiq uy-joy uchun to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdori belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, shartnomada belgilangan haq ana shu miqdordan oshib ketmasligi lozim.

Uy-joy uchun to‘lanadigan haqning miqdori bir tomonlama o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda to‘lab turilishi lozim. Agar shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan bo‘lmasa, haq ijaraga oluvchi tomonidan har oyda qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lab turilishi shart.

612-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddati

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi.

Bir yilgacha muddatga tuzilgan uy-joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeks 606-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 609-moddasida, ushbu moddaning uchinchi qismida, 613 va 614-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanmaydi.

Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega.

Agar ijaraga beruvchi uy-joyni bir yildan kam bo‘lmagan muddatda ijaraga bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa, u yangi muddatga shartnoma tuzishni rad qilishga haqli.

613-modda. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish

Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan o‘zi ijaraga olgan binoning bir qismini yoki hammasini muayyan muddatga ikkilamchi ijaraga oluvchiga beradi. Ikkilamchi ijaraga oluvchi uy-joydan mustaqil foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi.

Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilikning jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilgan taqdirdagina tuzilishi mumkin.

Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi haq evaziga amalga oshiriladi.

Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda bir vaqtning o‘zida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor qilinadi.

Yangi muddatga shartnoma tuzishga bo‘lgan imtiyozli huquq to‘g‘risidagi qoida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

614-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasida ijaraga oluvchini almashtirish

Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning talabiga binoan va ijaraga beruvchining roziligi bilan uy-joyni ijaraga berish shartnomasidagi ijaraga oluvchi u bilan birga doimiy yashaydigan voyaga yetgan boshqa bir fuqaro bilan almashtirilishi mumkin.

Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki u uy-joydan ketib qolgan taqdirda, shartnoma avvalgi shartlarda amal qilaveradi, avvalgi ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolarning umumiy kelishuviga binoan ulardan biri ijaraga oluvchi bo‘ladi. Agar bunday kelishuvga erishilgan bo‘lmasa, uy-joyda birgalikda doimiy yashaydigan fuqarolarning hammasi birgalikda ijaraga oluvchi bo‘ladilar.

615-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi:

agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq to‘lash muddati o‘tganidan keyin ikki martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa;

ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;

uy-joydan g‘ayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan bo‘lsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi:

agar uy-joy doimiy yashash uchun yaroqli bo‘lmay qolsa, shuningdek avariya holatiga kelib qolsa;

uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda shartnomadagi istalgan tarafning talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

Agar uy-joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmasalar yoxud muntazam ravishda qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarliklarga barham berish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirishi mumkin.

615-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish (davomi)

Agar ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar ogohlantirish olganlardan keyin ham uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmaslikni yoki qo‘shnilarning huquq va manfaatlarini buzishni davom ettirsalar, ijaraga beruvchi uy-joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

616-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilishning oqibatlari

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan taqdirda, ijaraga oluvchi va shartnoma bekor qilingan vaqtda uy-joyda yashab turgan boshqa fuqarolar sudning qaroriga asosan uy-joydan ko‘chirib chiqarilishi lozim.

Bilimingizni sinang

Uy-joy ijarasida ijaraga oluvchining ruxsati bilan bepul yashab turuvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati qancha muddatdan oshmasligi kerak?
  1. uch oydan
  2. olti oydan
  3. bir oydan
  4. bir yildan

To‘g‘ri javob: olti oydan. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak.

Vaqtincha yashovchilar uy-joyni bo‘shatish haqidagi talab qo‘yilgan kundan e’tiboran, yashash muddati kelishilmagan bo‘lsa, ko‘pi bilan qancha vaqt ichida uni bo‘shatishlari shart?
  1. bir oy
  2. uch kun
  3. o‘n besh kun
  4. yetti kun

To‘g‘ri javob: yetti kun. Kelishilgan muddat bo‘lmasa, vaqtincha yashovchilar talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan yetti kun ichida uy-joyni bo‘shatishlari shart.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, vaqtincha yashovchilarning uy-joyda yashab turish muddati qancha vaqtdan oshmasligi kerak?
  1. uch oydan
  2. olti oydan
  3. bir yildan
  4. ikki oydan

To‘g‘ri javob: olti oydan. 609-moddaga ko‘ra vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak.

Vaqtincha yashovchilarga yashab turish muddati kelishilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi talab qo‘ygan kundan e’tiboran ular uy-joyni qancha muddat ichida bo‘shatishlari shart?
  1. ko‘pi bilan o‘n kun ichida
  2. ko‘pi bilan o‘ttiz kun ichida
  3. ko‘pi bilan ikki kun ichida
  4. ko‘pi bilan yetti kun ichida

To‘g‘ri javob: ko‘pi bilan yetti kun ichida. 609-moddaga ko‘ra talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan yetti kun ichida uy-joy bo‘shatiladi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 610-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Vaqtincha yashovchilar
  2. Ijaraga berilgan uy-joyni ta’mirlash
  3. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasida ijaraga oluvchini almashtirish
  4. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilishning oqibatlari

To‘g‘ri javob: Ijaraga berilgan uy-joyni ta’mirlash. 610-modda: Ijaraga berilgan uy-joyni ta’mirlash.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Ijaraga berilgan uy-joyni ta’mirlash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 609-modda
  2. 614-modda
  3. 610-modda
  4. 616-modda

To‘g‘ri javob: 610-modda. 610-modda: Ijaraga berilgan uy-joyni ta’mirlash.

Shartnomada ta’mirlash tartibi haqida hech narsa yozilmagan. Ijaraga oluvchi Sherzod ijaradagi uyning eshik va oynalarini joriy ta’mirlashni ijaraga beruvchi Malikadan talab qildi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. joriy ta’mirni tomonlar teng ulushda bajaradi
  2. joriy ta’mir ijaraga beruvchining zimmasida, shuning uchun Sherzod haq
  3. joriy ta’mir ijaraga oluvchining zimmasida, shuning uchun talab asossiz
  4. joriy ta’mirni mahalla fuqarolar yig‘ini bajaradi

To‘g‘ri javob: joriy ta’mir ijaraga oluvchining zimmasida, shuning uchun talab asossiz. 610-moddaga ko‘ra shartnomada boshqacha tartib bo‘lmasa joriy ta’mirlash ijaraga oluvchining zimmasidadir.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga berilgan uy-joyni kapital ta’mirlash kimning zimmasida?
  1. ijaraga beruvchining
  2. ijaraga oluvchining
  3. vaqtincha yashovchilarning
  4. ikkala tarafning teng ulushda

To‘g‘ri javob: ijaraga beruvchining. 610-moddaga ko‘ra kapital ta’mirlash, boshqacha tartib bo‘lmasa, ijaraga beruvchining zimmasidadir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiUy-joy ijarasi (1/2)Keyingi →Tekin foydalanish (1/2)