Pudrat (6/8)
Ikkinchi Qism
676-modda. Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishi
Buyurtmachi, pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, ishlarning bajarilishini va sifatini, ularni bajarish muddatlariga (grafikka) rioya etilishini, pudratchi bergan materiallarning sifatini, shuningdek buyurtmachining materialidan pudratchi to‘g‘ri foydalanayotganligini tekshirishga va nazorat qilishga haqli.
Buyurtmachi ishlarning bajarilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirayotganda qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan ishlar sifatini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan darajada chekinishni yoki boshqa kamchiliklarni aniqlasa, bu to‘g‘rida darhol pudratchiga xabar berishi shart. Buni xabar qilmagan buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yo‘qotadi.
Agar pudratchi buyurtmachidan qurilish jarayonida olgan ko‘rsatmalar qurilish pudrati shartnomasi shartlariga zid bo‘lmasa va pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatiga aralashishdan iborat bo‘lmasa, pudratchi bunday ko‘rsatmalarni bajarishi shart.
Ishni tegishli darajada bajarmagan pudratchi buyurtmachining bu ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini vaj qilib keltirishga haqli emas, qonunchilikda bunday tekshirish va nazoratni amalga oshirish buyurtmachining zimmasiga yuklangan hollar bundan mustasno.
677-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi taraflarning hamkorlik qilishi
Agar qurilishni va u bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda qurilish pudrati shartnomasini tegishli darajada bajarishga to‘siqlar borligi ma’lum bo‘lsa, taraflarning har biri bunday to‘siqlarni bartaraf etish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taraf tegishli to‘siqlar bartaraf etilmaganligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bir taraf ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarish uchun qilgan xarajatlarni boshqa taraf to‘lashi lozim.
678-modda. Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari
Pudratchi qurilish va u bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirayotgan vaqtda atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonunchilikning talablariga rioya etishi shart va bunday talablar buzilganligi uchun uchinchi shaxslar oldida javobgar bo‘ladi.
Agar buyurtmachi bergan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan va uskunalardan ishni bajarish jarayonida foydalanish yoki uning ko‘rsatmalarini bajarish atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish to‘g‘risidagi taraflar uchun majburiy bo‘lgan talablarning buzilishiga olib kelsa, pudratchi bu materiallar va uskunalardan foydalanishga, ko‘rsatmalarni bajarishga haqli emas.
679-modda. Qurilish konservatsiya qilinganda buyurtmachining majburiyatlari
Agar taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha ishlar to‘xtatilgan bo‘lsa va qurilish obyekti konservatsiya qilingan bo‘lsa, buyurtmachi pudratchiga konservatsiya qilingan paytga qadar bajarilgan ishlar haqining hammasini to‘lashi, shuningdek ishlarni to‘xtatish va qurilishni konservatsiya qilish zaruriyati tufayli qilingan xarajatlarni to‘lashi shart.
680-modda. Ishlarni topshirish va qabul qilib olish
Pudratchidan qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishlar natijasi yoki, agar shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ishlarning bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi to‘g‘risida xabar olgan buyurtmachi darhol uni qabul qilib olishga kirishishi shart.
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishni o‘z hisobidan tashkil etadi va amalga oshiradi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ishlarni qabul qilib olishda davlat organlarining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari ishtirok etishi lozim.
Ishlarning alohida bosqichlarini oldindan qabul qilib olgan buyurtmachi ularning pudratchi aybdor bo‘lmagan holda nobud bo‘lish yoki shikastlanish xavfini, shu jumladan qurilish pudrati shartnomasida ishning pudratchi tomonidan tavakkal qilib bajarilishi nazarda tutilgan hollarda ham, o‘z zimmasiga oladi.
Ishlar natijasining pudratchi tomonidan topshirilishi va buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinishi ikkala taraf imzolagan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Taraflardan biri dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu to‘g‘rida ushbu dalolatnomaga yozib qo‘yiladi va dalolatnomani ikkinchi taraf imzolaydi.
Sud dalolatnomani imzolashdan bosh tortish sabablarini asosli deb topsagina, ishlar natijasini topshirish yoki qabul qilishning bir taraflama dalolatnomasini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
680-modda. Ishlarni topshirish va qabul qilib olish (davomi)
Qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan yoki shartnoma yuzasidan bajariladigan ishning xususiyatidan kelib chiqqan hollarda ish natijasini qabul qilib olishdan oldin dastlabki sinov o‘tkazilishi kerak. Bunday hollarda ishlar faqat dastlabki sinov ijobiy natija bergandagina qabul qilib olinishi mumkin.
Bajarilgan ishda undan qurilish pudrati shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadda foydalanish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar borligi aniqlangan va ularni pudratchi, buyurtmachi yoki uchinchi shaxs bartaraf etishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishdan bosh tortishga haqli.
681-modda. Ishning sifati uchun pudratchining javobgarligi
Pudratchi qurilish pudrati shartnomasida, texnikaviy loyihada va taraflar uchun majburiy bo‘lgan qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yo‘l qo‘yilganligi, shuningdek qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlariga, jumladan korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga erishilmaganligi uchun buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladi.
Bino yoki inshoot rekonstruksiya qilinganida (yangilangan, qayta qurilgan, restavratsiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi pasaygani yoki yo‘qolgani uchun javobgarlik pudratchi zimmasiga yuklanadi.
Pudratchi buyurtmachining roziligisiz loyiha hujjatlaridan buyurtmachining jiddiy manfaatlariga ta’sir qilmaydigan tarzda ozgina chetga chiqish hollariga yo‘l qo‘yganligi uchun, basharti bu hol qurilishning sifatiga ta’sir etmaganligini isbotlab bera olsa, javobgar bo‘lmaydi.
682-modda. Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlari
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab o‘n yilni tashkil etadi.
Agar pudratchi kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar (nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning noto‘g‘ri ishlatilishi yoxud buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qo‘llanmaning noto‘g‘riligi, obyektni buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada ta’mirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu kamchiliklar uchun javobgar bo‘ladi.
Kafolat muddati pudratchi javobgar bo‘lgan kamchiliklar natijasida obyektdan foydalanish mumkin bo‘lmagan butun vaqtga to‘xtatib turiladi.
Kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 681-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buyurtmachi kamchiliklar aniqlangandan keyingi oqilona muddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.
683-modda. Kamchiliklarni buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish
Qurilish pudrati shartnomasida pudratchining u javobgar bo‘lmagan kamchiliklarni buyurtmachining talabi bo‘yicha va buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Kamchiliklarni bartaraf qilish ishi qurilish pudrati shartnomasining narsasiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan yoki bu ishni pudratchi o‘ziga aloqasi yo‘q sabablarga ko‘ra bajara olmaydigan hollarda pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortishga haqli.
684-modda. Yer uchastkasining ipotekasi
Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan har qanday majburiyatlarni bajarishi, shu jumladan bajarilgan ishlar haqini to‘lashi, shartnomada nazarda tutilgan hollarda pudrat narsasini ushlab qolish bilan bir qatorda qurilish yoki unga bog‘liq ishlar olib borilayotgan yer uchastkasining ipotekasi bilan ham ta’minlanishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qurilish pudratida buyurtmachi ishlarning bajarilishini tekshirishda va nazorat qilishda qanday shart bilan ish tutishi kerak?
- pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatini to‘liq boshqargan holda
- pudratchining ishini vaqti-vaqti bilan to‘xtatib turgan holda
- pudratchi bilan birga ishlarni o‘zi bajarib borgan holda
- pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda
To‘g‘ri javob: pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda. 676-moddaga ko‘ra buyurtmachi pudratchining operativ-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda tekshirish va nazorat qilishga haqli.
Buyurtmachi Shavkat tekshiruv paytida qurilish shartnomasi shartlaridan chekinishni aniqladi, lekin buni pudratchi Karimga xabar qilmadi va keyinchalik shu kamchilikni vaj qilib keltirmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- buni xabar qilmagan buyurtmachi kamchiliklarni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yo‘qotadi
- Shavkat kamchilikni keyinchalik istalgan vaqtda, xabar qilmagan bo‘lsa ham, vaj qilib keltirishga haqli
- Karim kamchilik uchun to‘liq javobgar bo‘ladi, chunki buyurtmachi xabar berish majburiyatiga ega emas
- kamchilik uchun javobgarlik ikkala tarafga teng bo‘linadi, chunki Shavkat bu haqda sukut saqlagan
To‘g‘ri javob: buni xabar qilmagan buyurtmachi kamchiliklarni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yo‘qotadi. 676-moddaga ko‘ra kamchilikni xabar qilmagan buyurtmachi ularni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yo‘qotadi.
Ishni tegishli darajada bajarmagan pudratchi nimani vaj qilib keltirishga haqli emas (qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan hollarda)?
- buyurtmachining materiallarni o‘z vaqtida yetkazib bermaganini
- buyurtmachining noto‘g‘ri ko‘rsatmalari haqida pudratchi ogohlantirganini
- buyurtmachining bu ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini
- tabiiy ofat tufayli ish bajarilishi mumkin bo‘lmay qolganini
To‘g‘ri javob: buyurtmachining bu ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini. 676-moddaga ko‘ra pudratchi buyurtmachining ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini vaj qilib keltirishga haqli emas.
Qurilish pudrati shartnomasini bajarishga to‘siqlar borligi ma’lum bo‘lsa, taraflar qanday majburiyatga ega? Majburiyatni bajarmagan taraf nimaga ega bo‘lmaydi?
- faqat buyurtmachi to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart; bajarmagan taraf shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum bo‘ladi
- har bir taraf o‘ziga bog‘liq hamma choralarni ko‘rishi shart; bajarmagan taraf bu to‘siqlar tufayli zararni undirish huquqidan mahrum bo‘ladi
- faqat pudratchi o‘ziga bog‘liq barcha choralarni ko‘rishi shart; bajarmagan taraf pudrat haqini olish huquqidan mahrum bo‘ladi
- taraflar to‘siqlarni bartaraf etish uchun sudga murojaat qilishi shart; bajarmagan taraf shartnoma bahosining yarmini to‘laydi
To‘g‘ri javob: har bir taraf o‘ziga bog‘liq hamma choralarni ko‘rishi shart; bajarmagan taraf bu to‘siqlar tufayli zararni undirish huquqidan mahrum bo‘ladi. 677-moddaga ko‘ra har bir taraf to‘siqlarni bartaraf etishga o‘ziga bog‘liq choralarni ko‘rishi shart, aks holda zararni undirish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 678-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Qurilish pudratini huquqiy jihatdan tartibga solish
- Ishlarni topshirish va qabul qilib olish
- Yer uchastkasining ipotekasi
- Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari
To‘g‘ri javob: Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari. 678-modda: Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 680-modda
- 685-modda
- 684-modda
- 678-modda
To‘g‘ri javob: 678-modda. 678-modda: Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari.
Pudratchi qurilish ishlarini amalga oshirayotganda atrof muhitni muhofaza qilish va xavfsiz ish olib borishga doir talablar buzilganligi uchun kim oldida javobgar bo‘ladi?
- faqat buyurtmachi oldida
- faqat davlat organi oldida
- hech kim oldida, chunki bu buyurtmachining majburiyati
- uchinchi shaxslar oldida
To‘g‘ri javob: uchinchi shaxslar oldida. 678-moddaga ko‘ra pudratchi bunday talablar buzilganligi uchun uchinchi shaxslar oldida javobgar bo‘ladi.
Buyurtmachi bergan uskunadan foydalanish atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha majburiy talablarni buzishga olib keladi. Pudratchi Doniyor bu uskunadan foydalanishi kerakmi?
- ha, buyurtmachi bergan uskunadan foydalanishi shart, javobgarlik buyurtmachida qoladi
- ha, agar buyurtmachi bu haqda yozma ko‘rsatma bergan bo‘lsa, foydalanishga haqli
- yo‘q, pudratchi bunday materiallar va uskunalardan foydalanishga haqli emas
- yo‘q, faqat davlat organi yozma ruxsat bergandagina foydalanishi mumkin
To‘g‘ri javob: yo‘q, pudratchi bunday materiallar va uskunalardan foydalanishga haqli emas. 678-moddaga ko‘ra bunday holda pudratchi bu materiallar va uskunalardan foydalanishga haqli emas.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash