Pudrat (5/8)
Ikkinchi Qism
667-modda. Pudrat obyektining tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi
Agar pudrat obyekti nobud bo‘lsa yoki shikastlansa, obyekt qabul qilib olingunga qadar uning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi pudratchi zimmasida bo‘ladi.
668-modda. Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun javobgarlik
Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi javobgar bo‘ladi.
669-modda. Qurilish obyektini sug‘urtalash
Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qo‘ygan bo‘lmasalar, shartnomada nazarda tutilgan obyektni yoki ishlar majmuini pudratchi o‘z hisobidan sug‘urtalashi shart.
Sug‘urtalash majburiyati yuklatilgan taraf qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan tartibda ikkinchi tarafga shartnoma shartlariga muvofiq sug‘urta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi dalillarni, shu jumladan sug‘urta qiluvchi, sug‘urta summasi miqdori va sug‘urtalangan tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak.
Sug‘urtalash tegishli tarafni sug‘urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish majburiyatidan ozod qilmaydi.
670-modda. Loyiha-smeta hujjatlari
Pudratchi qurilish va u bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni ishning hajmi, mazmuni va ularga qo‘yiladigan boshqa talablarni belgilaydigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart.
Qurilish pudrati shartnomasida boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, pudratchi loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan hamma ishlarni bajarishi shart, deb taxmin qilinadi.
Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi va mazmuni aniqlangan, shuningdek qaysi taraf va qancha muddatda tegishli hujjatlarni taqdim qilishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Pudratchi qurilish davomida loyiha-smeta hujjatlarida hisobga olinmagan ishlarni va shu munosabat bilan qo‘shimcha ishlarni bajarish va qurilishning smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlasa, bu to‘g‘rida buyurtmachiga xabar berishi shart.
Pudratchi buyurtmachidan o‘n kun ichida o‘z xabariga javob olmagan taqdirda, agar qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida buning uchun boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, tegishli ishlarni to‘xtatib, bekor turib qolish natijasida ko‘rilgan zararni buyurtmachining zimmasiga yuklashi shart. Agar buyurtmachi qo‘shimcha ish bajarish zarurati yo‘qligini isbotlasa, bu zararni qoplashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida belgilangan majburiyatlarni bajarmagan pudratchi, agar buyurtmachining manfaatini ko‘zlab, xususan ishning to‘xtatilishi qurilish obyektining nobud bo‘lishiga yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lganligi munosabati bilan darhol harakat qilish zarur bo‘lganligini isbotlay olmasa, u bajargan qo‘shimcha ishi uchun buyurtmachidan haq to‘lashni va shu tufayli ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.
670-modda. Loyiha-smeta hujjatlari (davomi)
Qo‘shimcha ish bajarish va unga haq to‘lashga buyurtmachi rozi bo‘lsa, bu ishlar pudratchining kasb faoliyati sohasiga kirmaydigan yoki u o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ularni bajara olmagan hollardagina pudratchi mazkur ishlarni bajarishdan bosh tortishga haqli.
671-modda. Loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish
Agar texnik hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish tufayli bajarilishi kerak bo‘ladigan qo‘shimcha ishlar qiymati jihatidan smetada ko‘rsatilgan qurilish umumiy qiymatining o‘n foizidan oshib ketmasa va qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan ishlarning xususiyatini o‘zgartirmasa, buyurtmachi texnik hujjatlarga o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Texnik hujjatlarga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilganiga nisbatan kattaroq hajmda o‘zgartishlar kiritish taraflar kelishgan qo‘shimcha smeta asosida amalga oshiriladi.
Agar ishning qiymati pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra smetadan kamida o‘n foiz oshgan bo‘lsa, pudratchi ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq smetani qayta ko‘rib chiqishni talab qilishga haqli.
Pudratchi loyiha-smeta hujjatlaridagi kamchiliklarni aniqlash va yo‘qotish bilan bog‘liq oqilona xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli.
672-modda. Qurilishni materiallar va uskunalar bilan ta’minlash
Agar shartnomada butun qurilishni yoki uning muayyan qismini moddiy ta’minlash buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo‘lmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruksiyalar, shuningdek uskunalar bilan ta’minlash majburiyati pudratchi zimmasida bo‘ladi.
Qurilishni ta’minlash majburiyatini zimmasiga olgan taraf o‘zi topshirgan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan, shuningdek uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanib bo‘lmasligi vujudga kelganligi uchun, agar foydalanib bo‘lmaslik ikkinchi taraf javob beradigan vaziyatlar tufayli vujudga kelganligini isbot qilmasa, javobgar bo‘ladi.
Buyurtmachi bergan materiallar yoki uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanish mumkin emasligi aniqlangan va buyurtmachi ularni almashtirishdan bosh tortgan taqdirda, pudratchi qurilish pudrati shartnomasidan voz kechishga va buyurtmachidan ishning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda shartnoma narxini to‘lashni talab qilishga haqli.
673-modda. Ishga haq to‘lash
Buyurtmachi pudratchining bajargan ishi uchun smetada nazarda tutilgan miqdorda, qonun yoki qurilish pudrati shartnomasida belgilangan muddatda va tartibda haq to‘laydi. Qonun yoki shartnomada tegishli ko‘rsatmalar bo‘lmasa, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun ushbu Kodeksning 638-moddasiga muvofiq haq to‘lanadi.
Qurilish pudrati shartnomasida ishlarga obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilinganidan so‘ng bir yo‘la va to‘liq hajmda haq to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
674-modda. Qurilish uchun yer uchastkasi berish
Buyurtmachi qurilish uchun yer uchastkasini qurilish pudrati shartnomasida ko‘rsatilgan kattalikda va holatda o‘z vaqtida berishi shart. Shartnomada bular ko‘rsatilgan bo‘lmasa, yer uchastkasining maydoni va holati ishning o‘z vaqtida boshlanishi, normal olib borilishi va muddatida tugallanishini ta’minlashi shart.
675-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi buyurtmachining qo‘shimcha majburiyatlari
Buyurtmachi qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bino va inshootlarni foydalanishga berishi, uning manziliga yuklarning tashib berilishini, vaqtinchalik elektr ta’minoti tarmoqlari, suv va bug‘ quvurlari o‘tkazilishini ta’minlashi va boshqa xizmatlar ko‘rsatishi shart.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 667-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun javobgarlik
- Bajarilgan ishda kamchiliklar borligini aniqlash oqibatlari
- Ishni pudratchining materialidan foydalanib bajarish
- Pudrat obyektining tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi
To‘g‘ri javob: Pudrat obyektining tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi. 667-modda: Pudrat obyektining tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Pudrat obyektining tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi» qaysi moddada belgilangan?
- 668-modda
- 660-modda
- 663-modda
- 667-modda
To‘g‘ri javob: 667-modda. 667-modda: Pudrat obyektining tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, pudrat obyekti nobud bo‘lsa yoki shikastlansa, obyekt qabul qilib olingunga qadar tasodifan nobud bo‘lish yoki shikastlanish xavfi kimning zimmasida bo‘ladi?
- buyurtmachining zimmasida
- sug‘urta tashkilotining zimmasida
- pudratchining zimmasida
- davlatning zimmasida
To‘g‘ri javob: pudratchining zimmasida. 667-moddaga ko‘ra obyekt qabul qilib olingunga qadar tasodifan nobud bo‘lish yoki shikastlanish xavfi pudratchi zimmasida bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qurilish pudratida bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun kim javobgar bo‘ladi?
- buyurtmachi
- pudratchi
- loyihachi
- mahalliy hokimiyat
To‘g‘ri javob: pudratchi. 668-moddaga ko‘ra bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi javobgar bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 669-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish
- Bajarilgan ishda kamchiliklar borligini aniqlash oqibatlari
- Qurilish obyektini sug‘urtalash
- Loyiha-smeta hujjatlari
To‘g‘ri javob: Qurilish obyektini sug‘urtalash. 669-modda: Qurilish obyektini sug‘urtalash.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Qurilish obyektini sug‘urtalash» qaysi moddada belgilangan?
- 671-modda
- 663-modda
- 669-modda
- 670-modda
To‘g‘ri javob: 669-modda. 669-modda: Qurilish obyektini sug‘urtalash.
Taraflar shartnomada boshqacha tartib belgilamagan bo‘lsa, qurilish obyektini yoki ishlar majmuini kim sug‘urtalashi shart?
- buyurtmachi o‘z hisobidan
- davlat sug‘urta jamg‘armasi
- ikkala taraf teng ulushda
- pudratchi o‘z hisobidan
To‘g‘ri javob: pudratchi o‘z hisobidan. 669-moddaga ko‘ra boshqacha tartib bo‘lmasa, obyektni yoki ishlar majmuini pudratchi o‘z hisobidan sug‘urtalashi shart.
Qurilish obyektini sug‘urtalash tegishli tarafni qaysi majburiyatdan ozod qiladimi?
- ozod qilmaydi: sug‘urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish majburiyati saqlanadi
- ha, sug‘urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish majburiyatidan to‘liq ozod qiladi
- ha, faqat bajarilgan ishning sifati bo‘yicha majburiyatdan ozod qiladi, qolgan majburiyatlar saqlanadi
- ha, buyurtmachi ham, pudratchi ham barcha ishlar bo‘yicha javobgarlikdan to‘liq ozod bo‘ladi
To‘g‘ri javob: ozod qilmaydi: sug‘urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish majburiyati saqlanadi. 669-moddaga ko‘ra sug‘urtalash tarafni sug‘urta hodisasi oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish majburiyatidan ozod qilmaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash