XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 709–717-m.

Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish (1/2)

Ikkinchi Qism

709-modda. Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari

Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish (quyida tashish deb yuritiladi) tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Tashishning umumiy shartlari ushbu Kodeks, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi.

Transportning ayrim turlarida yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartlari, shuningdek taraflarning ularni tashish bo‘yicha javobgarligi, agar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.

710-modda. Yo‘lovchi tashish shartnomasi

Yo‘lovchi tashish shartnomasi bo‘yicha tashuvchi yo‘lovchini, yo‘lovchi bagaj topshirgan bo‘lsa — bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda yo‘lovchi belgilangan yo‘l haqini, bagaj topshirgan bo‘lsa, bagaj tashish haqini ham to‘lash majburiyatini oladi.

Yo‘lovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli chipta va bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi.

Yo‘lovchi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda:

o‘zi bilan bolalarni bepul yoki boshqa imtiyozli shartlarda olib yurish;

belgilangan miqdor doirasida o‘zi bilan bepul bagaj olib yurish;

belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa — tarif bo‘yicha haq to‘lab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.

711-modda. Yuk tashish shartnomasi

Yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.

Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk jo‘natuvchiga topshirish yo‘li bilan tasdiqlanadi.

712-modda. Charter (fraxtlash) shartnomasi

Charter (fraxtlash) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (fraxtchi) ikkinchi tarafga (fraxtlovchiga) haq evaziga bir yoki bir necha transport vositasi sig‘imining hammasini yoki bir qismini yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish uchun bir marta yoki bir necha marta qatnashga berish majburiyatini oladi.

Charter (fraxtlash) shartnomasini tuzish tartibi, uning shakli va turlari transport ustavlari va kodekslarida belgilab qo‘yiladi.

713-modda. Bir yo‘nalishda har xil transportda tashish

Har xil transportda yagona transport hujjati asosida yo‘lovchi, bagaj va yuk tashilganida (bir yo‘nalishda har xil transportda tashish) transport tashkilotlarining o‘zaro munosabatlari, shuningdek bunday tashishni tashkil qilish tartibi bir yo‘nalishda har xil (aralash) transportda tashishga doir qonunchilikka muvofiq tegishli turdagi transport tashkilotlari o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi.

714-modda. Umumiy foydalanishdagi transportda tashish

Tijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan tashish, agar qonunchilikdan yoki ushbu tashkilotga berilgan ruxsatnomadan (litsenziyadan) uning har qanday fuqaro yoki yuridik shaxs murojaatiga muvofiq yo‘lovchi, bagaj va (yoki) yuk tashishi shartligi anglashilsa, umumiy foydalanishdagi transportda tashish deb e’tirof etiladi.

Umumiy foydalanishdagi transportda tashish shartnomasi ommaviy shartnomadir.

715-modda. Kira haqi

Agar qonunchilikda boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashiganlik uchun taraflar kelishuvi bilan belgilangan miqdorda haq olinadi.

Umumiy foydalanishdagi transportda yo‘lovchi, bagaj va yuk tashiganlik uchun olinadigan haq transport ustavlari va kodekslarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tariflar asosida joriy etiladi.

Tashuvchi tomonidan yuk egasining talabi bilan bajariladigan va tariflarda nazarda tutilmagan ish va xizmatlar uchun taraflarning kelishuviga muvofiq haq to‘lanadi.

Agar qonunchilikda, tashish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tashuvchi tashish uchun topshirilgan yuklarni o‘ziga tegishli kira haqini va tashish bo‘yicha boshqa to‘lovlarni ta’minlash maqsadida ushlab turish huquqiga ega.

716-modda. Transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish)

Tashuvchi yuk jo‘natuvchiga tegishli yukni tashishga yaroqli shay holdagi transport vositalarini jo‘natuvchidan qabul qilingan talabnoma (buyurtma)da, tashish shartnomasida yoki tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatda yuk ortish uchun berishi shart.

Berilgan transport vositalari tegishli yukni tashishga yaroqsiz bo‘lsa, yuk jo‘natuvchi bunday transportni rad etishga haqli.

Yuk ortish (tushirish) transport tashkiloti yoki jo‘natuvchi (oluvchi) tomonidan tashish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda transport ustavlari, kodekslari hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Yuk jo‘natuvchi (oluvchi)ning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk ortish (tushirish) ishlari tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddatlar transport ustavlari va kodekslarida hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, bajarilishi kerak.

717-modda. Yo‘lovchi, bagaj va yukni eltib qo‘yish muddati

Tashuvchi yo‘lovchi, bagaj yoki yukni belgilangan manzilga transport ustavlari, kodekslari yoki shartnomada nazarda tutilgan tartibda belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmagan taqdirda esa, oqilona muddatda eltib qo‘yishi shart.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 709-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Yo‘lovchi tashish shartnomasi
  2. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini huquqiy jihatdan tartibga solish
  3. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish
  4. Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari

To‘g‘ri javob: Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari. 709-modda: Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 710-modda
  2. 709-modda
  3. 707-modda
  4. 708-modda

To‘g‘ri javob: 709-modda. 709-modda: Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, tashishning umumiy shartlari qaysi manbalar bilan belgilanadi?
  1. Faqat transport tashkilotining ichki qoidalari va tashuvchi tomonidan bir tomonlama tasdiqlangan tariflar bilan
  2. Faqat hokimning qarori va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilangan tashish qoidalari bilan
  3. Fuqarolik kodeksi, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan
  4. Faqat taraflarning kelishuvi va transport tashkilotlari xalqaro assotsiatsiyasining tavsiyalari bilan

To‘g‘ri javob: Fuqarolik kodeksi, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan. 709-moddaning ikkinchi qismi tashishning umumiy shartlari qaysi hujjatlar bilan belgilanishini sanaydi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 710-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi
  2. Umumiy foydalanishdagi transportda tashish
  3. Yo‘lovchi tashish shartnomasi
  4. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bajarish

To‘g‘ri javob: Yo‘lovchi tashish shartnomasi. 710-modda: Yo‘lovchi tashish shartnomasi.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Yo‘lovchi tashish shartnomasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 704-modda
  2. 710-modda
  3. 714-modda
  4. 706-modda

To‘g‘ri javob: 710-modda. 710-modda: Yo‘lovchi tashish shartnomasi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, yo‘lovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi nima bilan tasdiqlanadi?
  1. Transport yukxati bilan
  2. Konosament bilan
  3. Tashuvchining og‘zaki va’dasi bilan
  4. Tegishli chipta va bagaj pattasi bilan

To‘g‘ri javob: Tegishli chipta va bagaj pattasi bilan. 710-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra shartnoma chipta va bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 711-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Yuk tashish shartnomasi
  2. Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik
  3. Yo‘lovchi tashish shartnomasi
  4. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi

To‘g‘ri javob: Yuk tashish shartnomasi. 711-modda: Yuk tashish shartnomasi.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Yuk tashish shartnomasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 718-modda
  2. 711-modda
  3. 710-modda
  4. 706-modda

To‘g‘ri javob: 711-modda. 711-modda: Yuk tashish shartnomasi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHaq evaziga xizmat ko‘rsatishKeyingi →Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish (2/2)