XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 718–725-m.

Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish (2/2)

Ikkinchi Qism

718-modda. Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik

Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli suratda bajarmagan taqdirda, taraflar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, shuningdek taraflarning kelishuvida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.

Transport tashkilotlarining yo‘lovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining qonunda belgilab qo‘yilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlari haqiqiy emas.

719-modda. Tashuvchining transport vositalarini bermaganlik, jo‘natuvchining esa berilgan transport vositalaridan foydalanmaganlik uchun javobgarligi

Tashuvchi yuk tashish uchun transport vositalarini qabul qilingan talabnoma (buyurtma)ga yoki boshqa tashish shartnomasiga muvofiq bermaganligi uchun, jo‘natuvchi esa yukni taqdim etmaganligi yoki berilgan transport vositalaridan boshqa sabablarga ko‘ra foydalanmaganligi uchun transport ustavlari va kodekslari, shuningdek taraflarning kelishuvlari bilan belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.

Agar transport vositalarini bermaslik yoki o‘z vaqtida bermaslik, yoxud transport vositalaridan foydalanmaslik:

yengib bo‘lmas kuch yoki boshqa stixiyali hodisalar, shuningdek harbiy harakatlar tufayli;

muayyan yo‘nalishlarda yuk tashish tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda to‘xtatib yoki cheklab qo‘yilganligi tufayli yuz bergan bo‘lsa, yuk tashuvchi va yuk jo‘natuvchi javobgarlikdan ozod qilinadi.

720-modda. Yo‘lovchini jo‘natib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi

Yo‘lovchi tashish uchun transport vositasini kechiktirib jo‘natganlik yoki bunday transport vositasi manzilga kechikib kelganligi uchun, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish bundan mustasno, tashuvchi, agar kechikish yengib bo‘lmas kuch yoxud tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar tufayli yuz berganini isbot qilib bermasa, yo‘lovchiga jarima tariqasida neustoyka to‘laydi. Jarima miqdori va uni to‘lash tartibi transport ustavlari va kodekslari bilan belgilanadi.

Yo‘lovchiga jarima to‘lash tashuvchini transport vositasini jo‘natish kechikkanligi yoki manzilga kechikib yetib kelganligi sababli yo‘lovchi ko‘rgan zararni unga to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.

Transport vositalarini jo‘natish kechikkanligi sababli yo‘lovchi ularda jo‘nashdan bosh tortgan taqdirda, tashuvchi yo‘lovchiga kira haqini va u qilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart.

721-modda. Yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi

Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) o‘zining aybi yo‘qligini isbot qilib bera olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk va bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar bo‘ladi.

Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda to‘lanadi:

yuk yoki bagaj yo‘qolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yo‘qolgan yoki kam chiqqan yuk yoxud bagajning qiymati miqdorida;

yuk yoki bagajga shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni tiklash mumkin bo‘lmaganida esa, uning qiymati miqdorida;

bahosini e’lon qilgan holda tashishga topshirilgan yuk yoki bagaj yo‘qolgan taqdirda — yuk yoki bagajning e’lon qilingan qiymati miqdorida.

Transport tashkiloti real zararni to‘lash bilan birga yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yukni tashish uchun olgan kira haqini, agar u yukning bahosiga kirmasa, jo‘natuvchi (oluvchi)ga qaytarib beradi.

Jo‘natuvchi tashuvchidan yuklar yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi (buzilishi) tufayli yetkazilgan boshqa zararni ham to‘lashni talab qilishga haqli.

Yuk yo‘qolganligi, kam chiqqanligi, shikastlanganligi (buzilganligi) uchun bir yo‘nalishda har xil transportda tashuvchilar yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi) oldida solidar javobgar bo‘ladilar.

721-modda. Yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi (davomi)

Agar oxirgi tashuvchi yukning kechikib kelishida tashuvchilarning aybi yo‘qligini isbot qilib bera olmasa, yukning kechikib kelganligi uchun javobgar bo‘ladi.

722-modda. Tashishni tashkil etish shartnomalari

Tashuvchi bilan yuk egasi muntazam tashishni amalga oshirish zarur bo‘lganida tashishni tashkil etish haqida uzoq muddatli shartnomalar tuzishlari mumkin.

Yuk tashishni tashkil etish shartnomasi bo‘yicha tashuvchi shartlashilgan hajmdagi yuklarni belgilangan muddatlarda qabul qilib olish, yuk egasi esa — topshirish majburiyatini oladilar. Yuk tashishni tashkil etish shartnomasida tashish uchun beriladigan transport vositalarining va topshiriladigan yuklarning hajmi, ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlari, hisob-kitob qilish tartibi, shuningdek tashishni tashkil etishning boshqa shartlari belgilab qo‘yiladi.

723-modda. Transport tashkilotlari o‘rtasidagi shartnomalar

Har xil transport tashkilotlari o‘rtasida yuk tashishni ta’minlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish haqida shartnomalar (asosiy kelishuvlar, yuklarni markazlashtirilgan tartibda tashib keltirish (tashib ketish) shartnomalari va boshqalar) tuzilishi mumkin. Bunday shartnomalarni tuzish tartibi transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi.

724-modda. Yuk tashishga nisbatan talab va da’volar

Tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da’voni qo‘zg‘atishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qo‘yilgan bo‘lishi shart.

Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni to‘liq yoki qisman rad etsa yoki o‘ttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishi mumkin.

Yuk tashishdan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atish muddati ushbu Kodeksning 154-moddasiga muvofiq belgilanadigan paytdan boshlab bir yil qilib belgilanadi.

Ushbu moddaning qoidalari yo‘lovchi yoki bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga taalluqli emas.

725-modda. Yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi

Yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi, agar qonunda yoki shartnomada kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalari bo‘yicha belgilanadi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 718-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Kira haqi
  2. Yo‘lovchini jo‘natib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi
  3. Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik
  4. Transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish)

To‘g‘ri javob: Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik. 718-modda: Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik» qaysi moddada belgilangan?
  1. 716-modda
  2. 720-modda
  3. 718-modda
  4. 715-modda

To‘g‘ri javob: 718-modda. 718-modda: Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik.

Transport tashkiloti yo‘lovchi Karim bilan «tashuvchining qonunda belgilangan javobgarligini cheklash» haqida kelishuv tuzdi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bu kelishuv qanday baholanadi?
  1. Faqat bir yil muddatga haqiqiy
  2. Karim rozi bo‘lgani uchun haqiqiy
  3. Faqat yozma shaklda tuzilsa haqiqiy
  4. Haqiqiy emas

To‘g‘ri javob: Haqiqiy emas. 718-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra qonunda belgilangan javobgarlikni cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlar haqiqiy emas.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 719-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi
  2. Transport tashkilotlari o‘rtasidagi shartnomalar
  3. Charter (fraxtlash) shartnomasi
  4. Tashuvchining transport vositalarini bermaganlik, jo‘natuvchining esa berilgan transport vositalaridan foydalanmaganlik uchun javobgarligi

To‘g‘ri javob: Tashuvchining transport vositalarini bermaganlik, jo‘natuvchining esa berilgan transport vositalaridan foydalanmaganlik uchun javobgarligi. 719-modda: Tashuvchining transport vositalarini bermaganlik, jo‘natuvchining esa berilgan transport vositalaridan foydalanmaganlik uchun javobgarligi.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Tashuvchining transport vositalarini bermaganlik, jo‘natuvchining esa berilgan transport vositalaridan foydalanmaganlik uchun javobgarligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 719-modda
  2. 725-modda
  3. 723-modda
  4. 712-modda

To‘g‘ri javob: 719-modda. 719-modda: Tashuvchining transport vositalarini bermaganlik, jo‘natuvchining esa berilgan transport vositalaridan foydalanmaganlik uchun javobgarligi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, quyidagi holatlardan qaysi biri tashuvchi va jo‘natuvchini transport vositalarini bermaslik yoki ulardan foydalanmaslik uchun javobgarlikdan ozod qiladi?
  1. Yengib bo‘lmas kuch yoki boshqa stixiyali hodisalar, harbiy harakatlar
  2. Transport vositasining eskirganligi va texnik nosozligi, ta’mir kechikishi
  3. Tashuvchining xodimlari yetishmasligi va jadvaldagi qiyinchiliklar
  4. Jo‘natuvchining shartnomani unutib qo‘yishi va buyurtmani o‘z vaqtida bermasligi

To‘g‘ri javob: Yengib bo‘lmas kuch yoki boshqa stixiyali hodisalar, harbiy harakatlar. 719-moddaning ikkinchi qismida yengib bo‘lmas kuch, stixiyali hodisalar va harbiy harakatlar javobgarlikdan ozod qiladi.

Yo‘lovchi transport vositasining kechikkani uchun tashuvchi neustoyka to‘laydi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi tashishga bu qoida qo‘llanmaydi?
  1. Shaharlararo temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashishga
  2. Shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashishga
  3. Shaharlararo avtobus yo‘nalishida tashishga
  4. Shaharlararo havo yo‘llarida yo‘lovchi tashishga

To‘g‘ri javob: Shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashishga. 720-moddaning birinchi qismida shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish mustasno qilingan.

Poyezd jo‘nab ketishi kechiktirilgani sababli yo‘lovchi Nodira jo‘nashdan bosh tortdi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, tashuvchi nima qilishi shart?
  1. Kira haqining faqat yarmini qaytaradi, boshqa xarajatlarni emas
  2. Faqat chiptani boshqa sanaga almashtirib berishi shart
  3. Kira haqini va yo‘lovchi qilgan boshqa xarajatlarni qaytaradi
  4. Hech narsa qaytarmaydi, chunki yo‘lovchi o‘zi bosh tortgan

To‘g‘ri javob: Kira haqini va yo‘lovchi qilgan boshqa xarajatlarni qaytaradi. 720-moddaning uchinchi qismi kira haqi va boshqa xarajatlarni qaytarishni belgilaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYo‘lovchi, bagaj va yuk tashish (1/2)Keyingi →Transport ekspeditsiyasi