XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 1082–1090-m.

Sanoat mulkiga bo‘lgan huquq (ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga bo‘lgan huquq)

Iv Bo‘Lim. Intellektual Mulk

1082-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish

Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga bo‘lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo‘yiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda vakolatli davlat organining bunday hujjat berish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

1083-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi

Patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan o‘z xohishicha foydalanishdagi alohida huquq, shu jumladan muhofazalangan yechimlarni qo‘llangan holda mahsulot ishlab chiqarish, patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni o‘z ishlab chiqarishida qo‘llash, muhofazalangan yechimga ega bo‘lgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish, tegishli mahsulotlarni chetdan keltirish huquqi patent egasiga tegishlidir.

Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas, bunday foydalanish ushbu Kodeks yoki boshqa qonunga muvofiq patent egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.

Patentlangan ixtironi, foydali model yoki sanoat namunasini qo‘llangan holda mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llanish, chetdan olib kelish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlash, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llanish yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlash patent egasi alohida huquqining buzilishi hisoblanadi.

Boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi.

1084-modda. Patentga bo‘lgan huquqni tasarruf etish

Patent olish huquqi, talabnomani ro‘yxatdan o‘tkazishdan kelib chiqadigan huquqlar, patentga egalik huquqi va patentdan kelib chiqadigan huquqlar boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman berilishi mumkin.

1085-modda. Mualliflik huquqi

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga mualliflik huquqi va maxsus nom berish huquqi ixtiro, foydali model, sanoat namunasining muallifiga tegishlidir.

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga bo‘lgan mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy huquqlar patentga asoslangan huquqlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran vujudga keladi.

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi muallifini qonun maxsus huquqlar, imtiyozlar va ijtimoiy tusdagi afzalliklar bilan ta’min etishi mumkin.

Talabnomada muallif tariqasida ko‘rsatilgan shaxs boshqacha holat isbotlangunga qadar muallif hisoblanadi. Huquq yuzaga kelishidan avval mavjud bo‘lgan faktlar va holatlargina dalil tariqasida jalb etilishi mumkin.

1086-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasining hammualliflari

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hammualliflarining o‘zaro munosabatlari ular o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilab qo‘yiladi.

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini yaratishga noijodiy yordam berish (texnikaviy, tashkiliy yoki matematik yordam, huquqlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish va hokazolar) hammualliflikka sabab bo‘lmaydi.

1087-modda. Xizmat ixtirolari, foydali modellari, sanoat namunalari

Xodim o‘z xizmat majburiyatlarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish vaqtida yaratgan ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga (xizmat ixtirosiga) patent olish huquqi, basharti bu ular o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchiga tegishli bo‘ladi.

Xizmat ixtirosi, foydali modeli, sanoat namunasi uchun muallifga to‘lanadigan mukofot puli miqdori, to‘lov sharti va tartibi u bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilab qo‘yiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda qarorni sud chiqaradi. Basharti muallif va ish beruvchining xizmat ixtirosi, foydali modeli yoki sanoat namunasini yaratishga qo‘shgan hissasini aniq belgilashning iloji bo‘lmasa, ish beruvchi olgan yoki oladigan foydaning yarmisiga bo‘lgan huquq muallifniki deb e’tirof etiladi.

1088-modda. Patentga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaning shakli

Patentga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi (patentni berish to‘g‘risidagi) shartnoma yozma shaklda tuzilishi va vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Uni yozma shaklda tuzishga yoki ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.

1089-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish ruxsatnomasining (litsenziya- sining) shakli

Litsenziya shartnomasi va qo‘shimcha litsenziya shartnomasi yozma shaklda tuziladi va vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Uni yozma shaklda tuzishga yoki ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.

1090-modda. Patentni buzganlik uchun javobgarlik

Patentni buzish patent egasining talabi bilan to‘xtatilishi, qoidabuzar esa patent egasiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart. Patent egasi zararlarning qoplanishi o‘rniga qoidabuzardan qonunda belgilangan miqdorda va tartibda tovon to‘lashini talab qilishga haqlidir.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1082-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Patentga bo‘lgan huquqni tasarruf etish
  2. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
  3. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi
  4. Mualliflik huquqi

To‘g‘ri javob: Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish. 1082-modda: Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1085-modda
  2. 1083-modda
  3. 1082-modda
  4. 1084-modda

To‘g‘ri javob: 1082-modda. 1082-modda: Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish.

Muhandis Anvar yangi suv filtri qurilmasini ixtiro qildi, lekin patent olmadi. Boshqa kompaniya xuddi shunday qurilmani ishlab chiqarmoqda. Anvar «ixtiroga bo‘lgan huquqim buzildi», deb talab qilmoqchi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Anvarning huquqi buzilgan, chunki ixtiro unikidir va patent olinmagan taqdirda ham to‘liq muhofaza etiladi
  2. Ixtiroga bo‘lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi, shuning uchun Anvarda patent huquqi muhofazasi yo‘q
  3. Ixtiroga bo‘lgan huquq faqat ixtiro ommaga e’lon qilingan taqdirdagina muhofaza qilinadi, patent esa shart emas
  4. Ixtiroga bo‘lgan huquq faqat ixtiro uch yildan ortiq qo‘llangan taqdirdagina muhofaza qilinadi, patentsiz ham

To‘g‘ri javob: Ixtiroga bo‘lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi, shuning uchun Anvarda patent huquqi muhofazasi yo‘q. 1082-moddaga ko‘ra, ixtiroga bo‘lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1083-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Patentga bo‘lgan huquqni tasarruf etish
  2. Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari
  3. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasining hammualliflari
  4. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi

To‘g‘ri javob: Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi. 1083-modda: Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1086-modda
  2. 1084-modda
  3. 1079-modda
  4. 1083-modda

To‘g‘ri javob: 1083-modda. 1083-modda: Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri patent egasining alohida huquqiga kiradi?
  1. Boshqa patent egalarining mahsulotini ruxsatsiz tayyorlash va sotishga taklif etish
  2. Faqat patentni sotish yoki ijaraga berish, o‘zi undan foydalanish huquqisiz
  3. Muhofazalangan usulni barcha manfaatdor shaxslarga bepul taqdim etish majburiyati
  4. Muhofazalangan yechimga ega bo‘lgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish

To‘g‘ri javob: Muhofazalangan yechimga ega bo‘lgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish. 1083-moddaga ko‘ra, patent egasiga mahsulotni ishlab chiqarish, sotish yoki sotishga taklif etish, chetdan keltirish huquqi tegishli.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot qanday usul bilan tayyorlangan hisoblanadi?
  1. Patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi
  2. Boshqa usul bilan tayyorlangan hisoblanadi
  3. Qo‘l mehnati bilan tayyorlangan hisoblanadi
  4. Usuli noma’lum hisoblanadi, isbotlash patent egasiga yuklanadi

To‘g‘ri javob: Patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi. 1083-moddaning oxirgi qismiga ko‘ra, mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1084-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Seleksiya yutug‘i muallifining haq olish huquqi
  2. Ijrochining huquqlari
  3. Patentga bo‘lgan huquqni tasarruf etish
  4. Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari

To‘g‘ri javob: Patentga bo‘lgan huquqni tasarruf etish. 1084-modda: Patentga bo‘lgan huquqni tasarruf etish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTurdosh huquqlarKeyingi →O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq