XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 1098–1105-m.

Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari (1/2)

Iv Bo‘Lim. Intellektual Mulk

1098-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquq

Yuridik shaxs tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda va o‘zining faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda, shuningdek mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida firma nomidan foydalanishda alohida huquqqa ega.

Yuridik shaxsning firma nomi uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Firma nomiga bo‘lgan huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e’tiboran yuzaga keladi.

Yuridik shaxsning firma nomi tegishli yuridik shaxslarni aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin bo‘lgan darajada avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomga o‘xshab ketadigan bo‘lsa, u ro‘yxatga olinishi mumkin emas.

1099-modda. Yuridik shaxsning firma nomidan tovar belgisida foydalanish

Yuridik shaxsning firma nomidan unga tegishli tovar belgisida foydalanilishi mumkin.

1100-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquqning amal qilishi

Yuridik shaxsning belgisi tariqasida O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan nomga bo‘lgan alohida huquq O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.

Chet davlatda ro‘yxatga olingan yoki umum e’tirof etgan nomga O‘zbekiston Respublikasi hududida alohida huquq qonunda nazarda tutilgan hollardagina amal qiladi.

Firma nomiga bo‘lgan huquqning amal qilishi yuridik shaxs tugatilishi bilan yoki uning firma nomi o‘zgarishi bilan bekor bo‘ladi.

1101-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish

Yuridik shaxsning firma nomiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish va o‘tkazishga faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hamda umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.

Firma nomiga bo‘lgan huquq egasi boshqa shaxsga o‘zining bu nomidan foydalanishga ruxsat etishi (litsenziya berishi) mumkin. Biroq bunda litsenziya shartnomasida iste’molchini chalg‘itib qo‘yishni istisno etuvchi choralar shart qilib qo‘yilishi lozim.

2-§. Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi)

1102-modda. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish

Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) uni ro‘yxatdan o‘tkazish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Tovar belgisiga bo‘lgan huquq tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

1103-modda. Tovar belgisidan foydalanish va uning daxlsizligi huquqi

Tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasi o‘ziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir.

Tovar belgisini Qonunda belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi.

Tovar belgisini nashr etganda, uni ko‘pchilik oldida ijro etganda yoki undan o‘zgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining o‘ziga ham, uning belgilariga ham biror-bir o‘zgartishlar kiritishga faqat unga bo‘lgan huquq egasining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Tovar belgisining daxlsizligiga bo‘lgan huquq tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir.

1104-modda. Tovar belgisidan foydalanmaganlik oqibatlari

Tovar belgisidan oxirgi uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo‘yicha sudning qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.

1105-modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi

Guvohnomada ko‘rsatilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarning barcha guruhlariga yoki bir qismiga nisbatan tovar belgisiga bo‘lgan huquqni uning egasi shartnoma asosida boshqa shaxsga berishi mumkin.

Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi haqida chalg‘ishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa, boshqa shaxsga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tovar belgisiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi, shu jumladan uni shartnoma asosida yoki huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga berish vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilmog‘i lozim.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1098-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi
  2. Firma nomiga bo‘lgan huquq
  3. Yuridik shaxsning firma nomidan tovar belgisida foydalanish
  4. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish

To‘g‘ri javob: Firma nomiga bo‘lgan huquq. 1098-modda: Firma nomiga bo‘lgan huquq.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Firma nomiga bo‘lgan huquq» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1099-modda
  2. 1098-modda
  3. 1097-modda
  4. 1102-modda

To‘g‘ri javob: 1098-modda. 1098-modda: Firma nomiga bo‘lgan huquq.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, yuridik shaxsning firma nomiga bo‘lgan huquq qachondan e’tiboran yuzaga keladi?
  1. Firma nomi ommaga e’lon qilingan vaqtdan
  2. Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan
  3. Firma nomi tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan
  4. Ta’sis hujjatlari loyihasi tuzilgan vaqtdan

To‘g‘ri javob: Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan. 1098-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan yuzaga keladi.

«Oltin Vodiy» MChJ ancha oldin ro‘yxatdan o‘tgan. Boshqa tadbirkor «Oltin-Vodiy» MChJ nomi bilan ro‘yxatdan o‘tmoqchi, bu nom ikki yuridik shaxsni aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Nom ro‘yxatga olinadi, chunki tire qo‘yilgan va nomlar o‘rtasida yozilishda farq bor
  2. Nom ro‘yxatga olinadi, agar tadbirkor boshqa shaharda joylashgan bo‘lsa va faoliyati farqli bo‘lsa
  3. Nom ro‘yxatga olinadi, agar birinchi MChJ buning uchun yozma ravishda rozilik bergan bo‘lsa
  4. Nom ro‘yxatga olinishi mumkin emas, chunki avval ro‘yxatdan o‘tgan nomga o‘xshab ketadi

To‘g‘ri javob: Nom ro‘yxatga olinishi mumkin emas, chunki avval ro‘yxatdan o‘tgan nomga o‘xshab ketadi. 1098-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, aynan bir deb hisoblashga olib keladigan o‘xshash nom ro‘yxatga olinishi mumkin emas.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri Fuqarolik kodeksining 1099-moddasiga muvofiq to‘g‘ri?
  1. Yuridik shaxsning firma nomidan unga tegishli tovar belgisida foydalanilishi mumkin
  2. Firma nomidan tovar belgisida foydalanish taqiqlanadi
  3. Firma nomidan tovar belgisida faqat sud ruxsati bilan foydalanish mumkin
  4. Firma nomidan faqat boshqa shaxsga tegishli tovar belgisida foydalanish mumkin

To‘g‘ri javob: Yuridik shaxsning firma nomidan unga tegishli tovar belgisida foydalanilishi mumkin. 1099-moddaga ko‘ra, yuridik shaxsning firma nomidan unga tegishli tovar belgisida foydalanilishi mumkin.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, firma nomiga bo‘lgan huquqning amal qilishi qachon bekor bo‘ladi?
  1. Firma nomi bir yil davomida ishlatilmasa yoki ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa
  2. Yuridik shaxs rahbari almashishi bilan yoki ustav kapitali o‘zgarishi bilan
  3. Yuridik shaxs tugatilishi bilan yoki uning firma nomi o‘zgarishi bilan
  4. Yuridik shaxs manzilini o‘zgartirishi bilan yoki yangi filial ochishi bilan

To‘g‘ri javob: Yuridik shaxs tugatilishi bilan yoki uning firma nomi o‘zgarishi bilan. 1100-moddaning oxirgi qismiga ko‘ra, huquq yuridik shaxs tugatilishi yoki firma nomi o‘zgarishi bilan bekor bo‘ladi.

«Navo» MChJ egasi korxonasini saqlab qolib, faqat firma nomini besh million so‘mga boshqa tadbirkorga sotmoqchi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Sotish mumkin, chunki firma nomi egasining mulki hisoblanadi va uni korxonasidan alohida holda istalgan shaxsga sotishga haqli
  2. Sotishga yo‘l qo‘yilmaydi, u faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina mumkin
  3. Sotish mumkin, agar sotib oluvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, firma nomi korxonadan alohida holda ham sotilishi mumkin
  4. Sotish mumkin, lekin faqat bozor narxining yarmida va vakolatli davlat organining roziligi bilan, korxonadan alohida

To‘g‘ri javob: Sotishga yo‘l qo‘yilmaydi, u faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina mumkin. 1101-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, firma nomini berishga faqat qayta tashkil etish yoki korxonani butunlay berish hollarida yo‘l qo‘yiladi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1102-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomaning shakli
  2. Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik
  3. Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish huquqi
  4. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish

To‘g‘ri javob: Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish. 1102-modda: Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilishKeyingi →Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari (2/2)