XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 1140–1144-m.

Qonun bo‘yicha vorislik (2/2)

V Bo‘Lim. Vorislik Huquqi

1140-modda. Taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik

Taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga o‘tishini nazarda tutadi, bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun bo‘yicha merosxo‘r bilan bir xil darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Bola, nevara, chevara, evara merosxo‘rligida taqdim qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi, yon qarindoshlik bo‘yicha merosxo‘rlikda taqdim qilish huquqiga meros qoldiruvchining tug‘ishgan aka-ukalari (opa-singillari) nomidan uning jiyanlari yoxud meros qoldiruvchining tug‘ishgan amakisi (tog‘asi) yoki ammasi (xolasi) nomidan uning amakivachchalari (tog‘avachchalari) va ammavachchalari (xolavachchalari) ega bo‘ladilar.

1140¹-modda. Merosni qabul qilib olish huquqining o‘tishi (meros transmissiyasi)

Agar vasiyatnoma bo‘yicha yoki qonun bo‘yicha vorislikka chaqirilgan merosxo‘r meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan bo‘lsa, unga tegishi kerak bo‘lgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan bo‘lsa, uning vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlariga o‘tadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxo‘rning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.

Vafot etgan merosxo‘rga tegishli merosni qabul qilib olish huquqi uning merosxo‘rlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin.

Merosxo‘rning ushbu Kodeksning 1142-moddasida nazarda tutilgan merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi uning merosxo‘rlariga o‘tmaydi.

1141-modda. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari

Meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog‘ida bo‘lgan va u bilan birgalikda yashagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasiga kiradi. Qonun bo‘yicha boshqa merosxo‘rlar bo‘lgan taqdirda, mehnatga qobiliyatsiz boqimlar vorislikka chaqirilayotgan navbatning merosxo‘rlari bilan birgalikda meros oladilar.

Ushbu Kodeksning 1136 –– 1138-moddalarida ko‘rsatilgan qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasiga mansub bo‘lgan, biroq vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo‘rlari doirasiga kirmaydigan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar, meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan-yashamaganliklaridan qat’i nazar, agar meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog‘ida turgan bo‘lsalar, ana shu vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo‘rlari bilan birgalikda meros oladilar.

Qonun bo‘yicha boshqa merosxo‘rlar bo‘lgan taqdirda, ushbu modda asosida vorislikka chaqiriladigan shaxslarning hammasi birgalikda ko‘pi bilan merosning to‘rtdan bir qismini meros qilib oladilar.

1142-modda. Merosdan majburiy ulush olish huquqi

Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qat’i nazar, qonun bo‘yicha voris bo‘lganlarida ulardan har biriga tegishi lozim bo‘lgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.

Majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘r biron-bir asos bo‘yicha merosdan oladigan hamma narsa, shu jumladan oddiy uy jihozlari va ro‘zg‘or buyumlaridan iborat mol-mulkning qiymati ham, bunday merosxo‘r foydasiga qilingan vasiyat majburiyatining qiymati ham majburiy ulushga qo‘shiladi.

Merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘r uchun vasiyatnomada belgilangan har qanday cheklashlar va shartlar unga tegadigan merosning majburiy ulushdan ortiqcha qismiga nisbatangina haqiqiydir.

1143-modda. Meros olishda erning (xotinning) huquqi

Vasiyatnoma yoki qonun bo‘yicha erga (xotinga) tegishli bo‘lgan vorislik huquqi uning meros qoldiruvchi bilan nikohdagi holatiga bog‘liq boshqa mulkiy huquqlariga, shu jumladan nikohda bo‘lib, birgalikda orttirilgan mol-mulkning muayyan qismiga nisbatan bo‘lgan mulk huquqiga daxl qilmaydi.

1144-modda. Qonun bo‘yicha meros olinganida merosni muhofaza qilish va uni boshqarish

Mol-mulkning bir qismi vasiyatnoma bo‘yicha meros qilib olingan taqdirda, meros qoldiruvchi tomonidan tayinlangan vasiyatnoma ijrochisi butun merosni, shu jumladan uning qonun bo‘yicha vorislik tartibida o‘tadigan qismini ham muhofaza qiladi va boshqaradi.

Ushbu Kodeksning 1131-moddasiga muvofiq vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar yoki sud tomonidan tayinlangan vasiyatnoma ijrochisi, agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar merosning qonun bo‘yicha vorislik qilish tartibida o‘tadigan qismiga nisbatan ko‘rsatilgan majburiyatlarni ijro etish uchun meros boshqaruvchisini tayinlashni talab qilmasalar, umuman butun merosni muhofaza qilish hamda uni boshqarish majburiyatlarini amalga oshiradi.

Merosni boshqaruvchi qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan bir yoki bir nechtasining iltimosiga binoan meros ochilgan joydagi notarius tomonidan tayinlanadi. Merosni boshqaruvchi tayinlanishiga yoki bu ish uchun tanlangan nomzodga rozi bo‘lmagan qonun bo‘yicha merosxo‘r merosni boshqaruvchi tayinlanishiga qarshi sudga murojaat etishga haqli.

Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar bo‘lmasa yoki noma’lum bo‘lsa, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini so‘rab notariusga murojaat etishi lozim. Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar hozir bo‘lganlari taqdirda, ularning talabi bilan merosni boshqaruvchi meros hisobidan zarur bo‘lgan xarajatlar va oqilona haq to‘langan holda chaqirib olinishi mumkin.

1144-modda. Qonun bo‘yicha meros olinganida merosni muhofaza qilish va uni boshqarish (davomi)

Merosni boshqaruvchi ushbu Kodeksning 1131-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni, agar qonun bo‘yicha vorislik xususiyatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, vasiyatnomani ijro etishga nisbatan amalga oshiradi.

Merosni boshqaruvchi merosni muhofaza qilish va uni boshqarishga doir zarur xarajatlarni meros hisobidan undirish, agar merosxo‘rlar bilan kelishuvida boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, haq ham olish huquqiga egadir.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik nimani nazarda tutadi?
  1. Qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etsa, unga tegishli ulush uning avlodlariga o‘tishini
  2. Merosxo‘rning o‘z ulushini meros ochilgach boshqa merosxo‘rga topshirishi va uning ulushi shu merosxo‘rga o‘tishini
  3. Merosxo‘r merosni qabul qilmasdan vafot etganda uning huquqi va ulushi davlatga o‘tishini hamda egasiz hisoblanishini
  4. Vasiyat qiluvchi o‘z mol-mulkini hayotligida o‘z avlodlariga taqdim etib, merosni oldindan taqsimlab qo‘yishini

To‘g‘ri javob: Qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etsa, unga tegishli ulush uning avlodlariga o‘tishini. 1140-moddaga ko‘ra qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etsa, uning ulushi avlodlariga o‘tadi.

Rustam vasiyat qoldirmay vafot etdi; uning rafiqasi va ota-onasi tirik emas. O‘g‘li Jahongir tirik, ikkinchi o‘g‘li Bahrom esa Rustamdan oldin vafot etgan va uning ikki farzandi bor. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, Bahrom ulushi qanday taqsimlanadi?
  1. Butun ulush Jahongirga o‘tadi, chunki Bahrom oldinroq vafot etgan
  2. Bahromning ulushi davlatga o‘tadi, chunki u merosni qabul qilmagan
  3. Bahromning ulushi uning ikki farzandi o‘rtasida teng taqsimlanadi
  4. Bahromning ulushi faqat to‘ng‘ich farzandiga to‘liq o‘tib ketadi

To‘g‘ri javob: Bahromning ulushi uning ikki farzandi o‘rtasida teng taqsimlanadi. 1140-moddaga ko‘ra ulush taqdim qilinayotgan merosxo‘r bilan bir xil darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, yon qarindoshlik bo‘yicha merosxo‘rlikda taqdim qilish huquqiga kimlar ega bo‘ladi?
  1. Faqat meros qoldiruvchining bolalari, ya’ni o‘g‘il-qizlari va ularning avlodlari nomidan nevaralari hamda evaralari va chevaralari
  2. Meros qoldiruvchining har qanday uzoq qarindoshlari, qarindoshlik darajasi va navbatidan qat’i nazar, barcha vorislar nomidan
  3. Eri (xotini) nomidan uning ota-onasi, shuningdek, tug‘ishgan aka-ukalari nomidan ularning amakivachchalari va ammavachchalari
  4. Tug‘ishgan aka-ukalari (opa-singillari) nomidan jiyanlari, amakisi (tog‘asi), ammasi (xolasi) nomidan amakivachchalari va ammavachchalari

To‘g‘ri javob: Tug‘ishgan aka-ukalari (opa-singillari) nomidan jiyanlari, amakisi (tog‘asi), ammasi (xolasi) nomidan amakivachchalari va ammavachchalari. 1140-moddaga ko‘ra yon qarindoshlikda taqdim qilish huquqi jiyanlar va amakivachcha (tog‘avachcha), ammavachcha (xolavachcha)larga beriladi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bola, nevara, chevara, evara merosxo‘rligida taqdim qilish huquqi qanday amal qiladi?
  1. Faqat ikkinchi darajagacha amal qiladi, undan keyin yo‘q
  2. Qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi
  3. Faqat vasiyat bo‘yicha vorislikda amal qiladi, qonunda emas
  4. Faqat sud ruxsati bilan amal qiladi, har bir holda alohida

To‘g‘ri javob: Qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi. 1140-moddaga ko‘ra bola, nevara, chevara, evara merosxo‘rligida taqdim qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1140¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Merosni qabul qilib olish huquqining o‘tishi (meros transmissiyasi)
  2. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari
  3. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish
  4. Qonun bo‘yicha meros olinganida merosni muhofaza qilish va uni boshqarish

To‘g‘ri javob: Merosni qabul qilib olish huquqining o‘tishi (meros transmissiyasi). 1140¹-modda: Merosni qabul qilib olish huquqining o‘tishi (meros transmissiyasi).

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Merosni qabul qilib olish huquqining o‘tishi (meros transmissiyasi)» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1146-modda
  2. 1141-modda
  3. 1144-modda
  4. 1140¹-modda

To‘g‘ri javob: 1140¹-modda. 1140¹-modda: Merosni qabul qilib olish huquqining o‘tishi (meros transmissiyasi).

Karim vafot etdi, uning merosiga o‘g‘li Sardor chaqirilgan edi. Sardor merosni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etdi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, merosni qabul qilish huquqi kimga o‘tadi?
  1. Sardorning qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga o‘tadi (meros transmissiyasi)
  2. Karimning boshqa qarindoshlariga o‘tadi, Sardorning merosxo‘rlariga emas
  3. Davlatga o‘tadi, chunki Sardor merosni qabul qilishga ulgurmagan
  4. Bekor bo‘ladi va meros qoldiruvchining mol-mulki egasiz hisoblanadi

To‘g‘ri javob: Sardorning qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga o‘tadi (meros transmissiyasi). 1140¹-moddaga ko‘ra qabul qilish huquqi vafot etgan merosxo‘rning qonun bo‘yicha (vasiyat bo‘lsa, vasiyat bo‘yicha) merosxo‘rlariga o‘tadi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, meros transmissiyasida vafot etgan merosxo‘rning merosxo‘rlariga quyidagi huquqlardan qaysi biri o‘tmaydi?
  1. Merosni umumiy asoslarda qabul qilib olish huquqi, shu jumladan muddat bo‘yicha
  2. Meros tarkibiga kiruvchi mol-mulkni olish huquqi, qabul qilinganlik asosida
  3. Merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi
  4. Merosdan voz kechish huquqi, qonunda belgilangan tartib va muddat doirasida

To‘g‘ri javob: Merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi. 1140¹-moddaga ko‘ra majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi merosxo‘rning merosxo‘rlariga o‘tmaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQonun bo‘yicha vorislik (1/2)Keyingi →Merosni egallash (1/2)