Merosni egallash (1/2)
V Bo‘Lim. Vorislik Huquqi
1145-modda. Umumiy qoidalar
Merosxo‘r o‘ziga tegishi lozim bo‘lgan merosni yoki uning bir qismini (ulushini) olish huquqiga, agar u keyinchalik merosdan voz kechmasa, vorislik huquqidan mahrum etilmasa va uni merosxo‘r etib tayinlash to‘g‘risidagi vasiyat farmoyishi haqiqiy emas deb topilishi natijasida meros olish huquqini yo‘qotmasa, meros ochilgan vaqtdan e’tiboran ega bo‘ladi.
1146-modda. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish
Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berishi shart.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi.
Qonun bo‘yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo‘yicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
1147-modda. Merosdan voz kechish huquqi
Merosxo‘r meros ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.
Merosdan voz kechish merosxo‘r tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi.
Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maxsus nazarda tutilgan bo‘lsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin.
Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.
1148-modda. Merosdan voz kechish huquqining cheklanishi
Agar merosxo‘r vasiyatnoma bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan merosdan voz kechishga haqli.
Merosxo‘r ulushning ortishi huquqi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qat’i nazar, voz kechishga haqli.
Merosxo‘r merosdan voz kechganida vasiyatnoma bo‘yicha yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasidan bo‘lmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini ko‘rsatishga haqli.
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qo‘yib voz kechilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
1149-modda. Vasiyat majburiyatini qabul qilib olishdan voz kechish huquqi
Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi vasiyat majburiyatidan voz kechishga haqli. Qisman voz kechishga, izohotlar bilan, shartlar qo‘yib yoki boshqa shaxsning foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquq ayni bir paytning o‘zida ham merosxo‘r, ham vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi hisoblangan shaxsning merosdan voz kechish huquqiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Agar vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi ushbu moddada nazarda tutilgan huquqdan foydalangan bo‘lsa, zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxo‘r bu majburiyatni bajarishdan ozod bo‘ladi.
1150-modda. Merosning taqsimlanishi
Merosni qabul qilib olgan qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan istalgan biri merosning taqsimlanishini talab qilishga haqli.
Merosni taqsimlash merosxo‘rlarning kelishuviga ko‘ra o‘zlariga tegishli ulushlarga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud tartibida amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning qoidalari barcha meros yoki uning bir qismi merosxo‘rlarga ulushlarda muayyan mol-mulk ko‘rsatilmasdan vasiyat qilingan hollarda merosni vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlashga nisbatan qo‘llaniladi.
1151-modda. Hozir bo‘lmagan merosxo‘rlarning huquqlari
Agar merosxo‘rlar orasida turgan joyi noma’lum shaxslar bo‘lsa, qolgan merosxo‘rlar, vasiyatnomani ijro etuvchi (meros boshqaruvchisi) va notarius ularning turgan joyini aniqlash hamda ularni vorislikka chaqirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rishlari shart.
Agar turgan joyi aniqlanib, meros olishga chaqirilgan-u, lekin hozir bo‘lmagan merosxo‘r merosdan voz kechmagan bo‘lsa, qolgan merosxo‘rlar merosni taqsimlash niyatlari to‘g‘risida uni xabardor qilishlari shart. Agar hozir bo‘lmagan merosxo‘r xabar qilingan paytdan e’tiboran uch oy ichida qolgan merosxo‘rlarni merosni taqsimlash haqidagi kelishuvda ishtirok etish istagi to‘g‘risida xabardor qilmasa, qolgan merosxo‘rlar hozir bo‘lmagan merosxo‘rga tegishli bo‘lgan ulushni ajratib, o‘zaro kelishuvga ko‘ra meros taqsimotini amalga oshirishga haqlidirlar.
Agar hozir bo‘lmagan merosxo‘rning turgan joyi meros ochilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida aniqlanmasa va uning merosdan voz kechishi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, qolgan merosxo‘rlar meros taqsimotini ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari bo‘yicha amalga oshirishga haqlidirlar.
Homila bo‘lgan, biroq hali tug‘ilmagan merosxo‘r bo‘lsa, merosni taqsimlash bunday merosxo‘r tug‘ilganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Agar homila holida bo‘lgan, biroq hali tug‘ilmagan merosxo‘r tirik tug‘ilsa, qolgan merosxo‘rlar unga tegishli bo‘lgan meros ulushini ajratgan holdagina merosni taqsimlashni amalga oshirishga haqlidirlar. Meros taqsimotida chaqaloqning manfaatlarini himoya qilish uchun vasiylik va homiylik organining vakili taklif etilishi lozim.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, merosxo‘r o‘ziga tegishli merosni olish huquqiga qaysi vaqtdan e’tiboran ega bo‘ladi?
- Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma olingan kundan
- Merosni qabul qilgan kundan
- Meros ochilgan vaqtdan
- Meros ochilgan kundan olti oy o‘tganidan
To‘g‘ri javob: Meros ochilgan vaqtdan. 1145-moddaga ko‘ra merosxo‘r meros olish huquqiga meros ochilgan vaqtdan e’tiboran ega bo‘ladi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran qancha muddat o‘tgach beriladi?
- olti oy
- bir yil
- uch oy
- bir oy
To‘g‘ri javob: olti oy. Guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach beriladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1146-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Merosdan majburiy ulush olish huquqi
- Qonun bo‘yicha beshinchi navbatdagi vorislik
- Vasiyat majburiyatini qabul qilib olishdan voz kechish huquqi
- Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish
To‘g‘ri javob: Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish. 1146-modda: Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish» qaysi moddada belgilangan?
- 1146-modda
- 1149-modda
- 1142-modda
- 1139-modda
To‘g‘ri javob: 1146-modda. 1146-modda: Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma odatda meros ochilgan kundan e’tiboran qancha vaqt o‘tganidan keyin beriladi?
- Olti oy
- Uch oy
- Bir yil
- O‘n kun
To‘g‘ri javob: Olti oy. 1146-moddaga ko‘ra guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi.
Meros ochilganidan ikki oy o‘tgach, Dilfuza notariusga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishni so‘rab murojaat qildi. Notarius Dilfuzadan boshqa merosxo‘r yo‘qligi haqida ma’lumotga ega. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qanday xulosa to‘g‘ri?
- Guvohnoma faqat bir yil o‘tgach beriladi, boshqa merosxo‘r bo‘lmasa ham
- Guvohnoma berish uchun sud qarori talab etiladi, notarius bermaydi
- Notarius guvohnoma berishni rad etishi shart, muddat tugamaguncha
- Guvohnoma olti oylik muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin
To‘g‘ri javob: Guvohnoma olti oylik muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin. 1146-moddaga ko‘ra boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi haqida ma’lumot bo‘lsa, guvohnoma muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1147-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Merosdan voz kechish huquqining cheklanishi
- Merosdan voz kechish huquqi
- Merosni qabul qilib olish huquqining o‘tishi (meros transmissiyasi)
- Vasiyat majburiyatini qabul qilib olishdan voz kechish huquqi
To‘g‘ri javob: Merosdan voz kechish huquqi. 1147-modda: Merosdan voz kechish huquqi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Merosdan voz kechish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
- 1147-modda
- 1149-modda
- 1148-modda
- 1140¹-modda
To‘g‘ri javob: 1147-modda. 1147-modda: Merosdan voz kechish huquqi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash