Kollizion normalar (1/4)
Vi Bo‘Lim. Xalqaro Xususiy Huquq Normalarini Fuqarolik-Huquqiy Munosabatlarga Nisbatan Tatbiq Qilish
1168-modda. Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni
Jismoniy shaxs qaysi mamlakatning fuqarosi bo‘lsa, shu mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi. Shaxs ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo‘lgan taqdirda u qaysi mamlakat bilan eng ko‘p uzviy bog‘langan bo‘lsa, uning uchun o‘sha mamlakat huquqi shaxsiy qonun hisoblanadi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs qaysi mamlakatda doimiy yashab turgan bo‘lsa, o‘sha mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi.
Qochoqqa unga boshpana bergan mamlakatning qonuni shaxsiy qonun hisoblanadi.
1169-modda. Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari
Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari uning shaxsiy qonuni bilan belgilanadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik huquq layoqatidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadilar, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxsning bitimlar va zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan fuqarolik muomala layoqati bitimlar tuzilgan yoki zarar yetkazilishidan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzaga kelgan mamlakat huquqi bo‘yicha belgilanadi.
Jismoniy shaxsning xususiy tadbirkor bo‘lish hamda bu bilan bog‘liq huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘lish layoqati jismoniy shaxs xususiy tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan mamlakat huquqi bo‘yicha belgilanadi. Ro‘yxatga olish mamlakati bo‘lmaganda, xususiy tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan asosiy joy bo‘lgan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi.
Jismoniy shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish sud qaysi mamlakatniki bo‘lsa, shu mamlakat huquqiga bo‘ysunadi.
1170-modda. Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va uni vafot etgan deb e’lon qilish
Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va uni vafot etgan deb e’lon qilish sud qaysi mamlakatniki bo‘lsa, o‘sha mamlakat huquqiga bo‘ysunadi.
1171-modda. Jismoniy shaxsning ismi-sharifi
Jismoniy shaxsning ismga, undan foydalanishga va uni himoya qilishga bo‘lgan huquqi, agar ushbu Kodeks 19-moddasining to‘rtinchi va yettinchi qismlarida, 1179 va 1180-moddalarida nazarda tutilgan qoidalardan boshqacha tartib kelib chiqmasa, uning shaxsiy qonuni bilan belgilanadi.
1172-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi qo‘llaniladi.
1173-modda. Fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlat organlari tomonidan berilgan hujjatlarni tan olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tegishli davlatlarning qonunlari bo‘yicha tuzilgan fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan berilgan hujjatlar legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.
1174-modda. Vasiylik va homiylik
Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsizlar yoki muomala layoqati cheklangan voyaga yetgan shaxslar ustidan vasiylik yoki homiylik sud qaysi mamlakatga tegishli bo‘lsa, o‘sha mamlakat huquqi bo‘yicha belgilanadi va bekor qilinadi.
Vasiyning (homiyning) vasiylikni (homiylikni) qabul qilish majburiyati uning vasiy (homiy) tomonidan belgilanadigan shaxsiy qonuni bo‘yicha aniqlanadi.
Vasiy (homiy) va vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar muassasasi vasiyni (homiyni) tayinlagan mamlakat huquqi bo‘yicha aniqlanadi. Biroq vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining huquqi, basharti bu mazkur shaxs uchun qulayroq bo‘lsa, qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ustidan belgilangan vasiylik (homiylik), agar O‘zbekiston Respublikasi tegishli konsullik muassasasining vasiylik (homiylik) belgilanishiga yoki uning tan olinishiga qarshi qonunga asoslangan e’tirozlari bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.
1175-modda. Yuridik shaxsning qonuni
Yuridik shaxs qaysi mamlakatda ta’sis etilgan bo‘lsa, shu mamlakatning huquqi mazkur yuridik shaxsning qonuni hisoblanadi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1168-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlat organlari tomonidan berilgan hujjatlarni tan olish
- Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari
- Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni
- Vasiylik va homiylik
To‘g‘ri javob: Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni. 1168-modda: Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni» qaysi moddada belgilangan?
- 1168-modda
- 1173-modda
- 1174-modda
- 1169-modda
To‘g‘ri javob: 1168-modda. 1168-modda: Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni.
Aziz ham O‘zbekiston, ham Qozog‘iston fuqarosi. U Qozog‘istonda tug‘ilgan, doimiy yashaydi, ishlaydi va oilasi o‘sha yerda. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, Azizning shaxsiy qonuni qaysi mamlakat huquqi hisoblanadi?
- U eng ko‘p uzviy bog‘langan mamlakat — Qozog‘iston huquqi
- O‘zbekiston huquqi, chunki Aziz O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi
- U tanlagan istalgan mamlakat huquqi, fuqaroligidan qat’i nazar
- Ikkala mamlakat huquqi bir vaqtda, teng ulushda qo‘llaniladi
To‘g‘ri javob: U eng ko‘p uzviy bog‘langan mamlakat — Qozog‘iston huquqi. 1168-moddaga ko‘ra ikki fuqarolikka ega bo‘lgan shaxs uchun u eng ko‘p uzviy bog‘langan mamlakat huquqi shaxsiy qonun hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsiy qonuni qaysi mamlakat huquqi hisoblanadi?
- Tug‘ilgan mamlakat huquqi
- So‘nggi fuqaroligi bo‘lgan mamlakat huquqi
- U doimiy yashab turgan mamlakat huquqi
- O‘zi tanlagan mamlakat huquqi
To‘g‘ri javob: U doimiy yashab turgan mamlakat huquqi. 1168-moddaga ko‘ra fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy yashab turgan mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi.
Chet el fuqarosi Jon O‘zbekistonda fuqarolik huquq layoqatidan foydalanmoqchi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
- U huquq layoqatidan faqat sudning oldindan ruxsati bilan, chet el fuqarolari uchun belgilangan tartibda foydalanadi
- U O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi, qonun yoki xalqaro shartnomada boshqacha hol belgilanmagan bo‘lsa
- U fuqarolik huquq layoqatidan foydalana olmaydi, qonun yoki xalqaro shartnomada boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lsa ham
- U faqat ikki yil yashagandan keyin O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi, shartnomada boshqacha hol bo‘lmasa
To‘g‘ri javob: U O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi, qonun yoki xalqaro shartnomada boshqacha hol belgilanmagan bo‘lsa. 1169-moddaga ko‘ra chet el fuqarolari O‘zbekistonda fuqarolik huquq layoqatidan fuqarolar bilan teng foydalanadilar, belgilangan istisnolar bundan mustasno.
Yusuf Turkiyada xususiy tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, uning xususiy tadbirkor bo‘lish layoqati qaysi mamlakat huquqi bo‘yicha belgilanadi?
- Yusuf fuqarosi bo‘lgan mamlakat huquqi, ro‘yxatga olingan joydan qat’i nazar
- O‘zbekiston Respublikasining huquqi, chunki shartnoma shu yerda tuzilgan
- Shartnoma tuzilgan joy huquqi, ya’ni faoliyat amalga oshirilgan mamlakat
- U xususiy tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan mamlakat — Turkiya huquqi
To‘g‘ri javob: U xususiy tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan mamlakat — Turkiya huquqi. 1169-moddaga ko‘ra xususiy tadbirkor bo‘lish layoqati u ro‘yxatga olingan mamlakat huquqi bo‘yicha belgilanadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1170-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlat organlari tomonidan berilgan hujjatlarni tan olish
- Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
- Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va uni vafot etgan deb e’lon qilish
To‘g‘ri javob: Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va uni vafot etgan deb e’lon qilish. 1170-modda: Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va uni vafot etgan deb e’lon qilish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va uni vafot etgan deb e’lon qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 1168-modda
- 1173-modda
- 1170-modda
- 1172-modda
To‘g‘ri javob: 1170-modda. 1170-modda: Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va uni vafot etgan deb e’lon qilish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash