Umumiy qoidalar
Vi Bo‘Lim. Xalqaro Xususiy Huquq Normalarini Fuqarolik-Huquqiy Munosabatlarga Nisbatan Tatbiq Qilish
1158-modda. Chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik- huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqni belgilash
Chet el fuqarolari yoki chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi yoxud chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq ushbu Kodeks, boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalar va e’tirof etilgan xalqaro taomillar asosida, shuningdek taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi.
Taraflarning huquqni tanlashga doir kelishuvi ochiq ifodalangan bo‘lishi yoki bevosita shartnoma talablaridan va ishning ko‘rib chiqilayotgan barcha holatlaridan kelib chiqishi lozim.
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan eng uzviy bog‘langan huquq qo‘llanadi.
Chet el huquq normasi ommaviy-huquqiy xususiyatga ega bo‘lganligiga asoslanibgina uni qo‘llashni cheklash mumkin emas.
1159-modda. Huquqiy baho berish
Yuridik tushunchalarga sud yoki boshqa davlat organi tomonidan huquqiy baho berilishida, agar qonunda boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, bunday yuridik tushunchalarni nizo ko‘rib chiqilayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston Respublikasining huquqiga muvofiq sharhlashga asoslanadi.
Agar yuridik tushunchalar nizo ko‘rib chiqilayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston Respublikasining huquqiga noma’lum bo‘lsa yoki boshqa nom yoxud boshqa mazmun bilan ma’lum bo‘lsa va O‘zbekiston Respublikasining huquqi bo‘yicha talqin etish orqali aniqlanishi mumkin bo‘lmasa, ularga huquqiy baho berishda chet davlat huquqi ham qo‘llanishi mumkin.
1160-modda. Chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash
Chet el huquqini qo‘llanishda sud yoki boshqa davlat organi uning normalari mazmunini bu normalarning tegishli xorijiy davlatda rasmiy talqin etilishi, qo‘llanish amaliyoti va doktrinasiga muvofiq aniqlaydi.
Sud yoki boshqa davlat organi chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida yordam va tushuntirishlar so‘rab Adliya vazirligiga va boshqa milliy vakolatli organlar hamda muassasalarga, shu jumladan chet eldagi organlar va muassasalarga murojaat etishi yoxud ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar o‘z talablari yoki e’tirozlarini asoslash uchun o‘zlari vaj keltirayotgan chet el huquqi normalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishga va bu normalarning mazmunini aniqlashda sudga yoki boshqa davlat organlariga boshqacha tarzda yordamlashishga haqlidirlar.
Agar ushbu moddaga muvofiq ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, chet el huquqi normalarining mazmuni oqilona muddatlarda aniqlanmasa, O‘zbekiston Respublikasining huquqi qo‘llaniladi.
1161-modda. Qarshi tomon va uchinchi mamlakat huquqiga havola etish
Ushbu bo‘lim qoidalariga muvofiq, chet el huquqiga har qanday havola etish tegishli mamlakatning kollizion huquqiga emas, balki moddiy huquqiga havola etish deb qaralishi lozim, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Chet el huquqi ushbu Kodeksning 1168-moddasiga, 1169-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga, 1171 va 1174-moddalariga muvofiq qo‘llanilgan hollarda qarshi tomon sifatida O‘zbekiston Respublikasi huquqiga va uchinchi mamlakat huquqiga havola etish qabul qilinadi.
1162-modda. Qonunni chetlab o‘tish oqibatlari
Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining ushbu bo‘limning qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqqa doir qoidalarini chetlab o‘tib, tegishli munosabatlarni boshqa huquqqa bo‘ysundirishga qaratilgan kelishuvlari va boshqa harakatlari haqiqiy emas. Bunday holda tegishli davlatning ushbu bo‘limga muvofiq tatbiq etilishi lozim bo‘lgan huquqi qo‘llaniladi.
1163-modda. Huquqni o‘zarolik asosida qo‘llash
Sud yoki boshqa davlat organi o‘zi ko‘rib chiqayotganiga o‘xshash munosabatlarga nisbatan tegishli chet davlatda O‘zbekiston Respublikasining huquqi qo‘llanishi yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar, ana shu chet davlatning huquqini qo‘llayveradi, O‘zbekiston Respublikasi qonunida chet el huquqini o‘zarolik asosida qo‘llash nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar chet el huquqini qo‘llash o‘zarolikka bog‘liq bo‘lsa, boshqacha holat isbotlanmaganligi sababli u mavjud deb taxmin qilinadi.
1164-modda. Ommaviy tartib to‘g‘risidagi izoh
Chet el huquqini qo‘llanish O‘zbekiston Respublikasining huquq-tartiboti asoslariga (ommaviy tartibga) zid keladigan hollarda chet el huquqi qo‘llanilmaydi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasining huquqi qo‘llaniladi.
Tegishli chet el davlatining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimi O‘zbekiston Respublikasining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimidan farqlanishigina chet el huquqini qo‘llashni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
1165-modda. Qat’iy normalarni qo‘llash
Ushbu bo‘lim qoidalari O‘zbekiston Respublikasi huquqining tegishli munosabatlarni, qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqdan qat’i nazar, tartibga soluvchi qat’iy normalari amal qilishiga daxldor emas.
Biron-bir mamlakatning huquqi ushbu bo‘lim qoidalariga muvofiq qo‘llanilganda, agar ana shu mamlakatning huquqiga ko‘ra bunday normalar qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqdan qat’i nazar, tegishli munosabatlarni tartibga solishi lozim bo‘lsa, sud boshqa mamlakatning ana shu munosabatlar bilan uzviy aloqada bo‘lgan qat’iy huquq normalarini qo‘llashi mumkin. Bunda sud bunday normalarning vazifasini va xususiyatini, shuningdek ularni qo‘llash oqibatlarini e’tiborga olishi lozim.
1166-modda. Huquqiy tizimlari ko‘p bo‘lgan mamlakatning huquqini qo‘llash
Bir necha hududiy yoki boshqa huquqiy tizim amal qilib turgan mamlakatning huquqini qo‘llash lozim bo‘lgan hollarda huquqiy tizim shu mamlakat huquqiga muvofiq holda qo‘llaniladi.
1167-modda. Retorsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlariga maxsus cheklovlar qo‘ygan davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan javob tariqasida cheklovlar (retorsiyalar) belgilashi mumkin.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquq qaysi asoslarda belgilanadi?
- Kodeks, boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalar, e’tirof etilgan xalqaro taomillar va taraflarning kelishuvi asosida
- Faqat sud mulohazasiga ko‘ra, taraflarning kelishuvi va xalqaro shartnomalarga e’tibor bermagan holda
- Faqat chet el fuqarosining shaxsiy qonuniga ko‘ra, Kodeks, boshqa qonunlar va xalqaro shartnomalarga qaramasdan
- Faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra, xalqaro shartnomalar va taraflar kelishuviga qaramasdan
To‘g‘ri javob: Kodeks, boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalar, e’tirof etilgan xalqaro taomillar va taraflarning kelishuvi asosida. 1158-moddaga ko‘ra qo‘llaniladigan huquq Kodeks, qonunlar, xalqaro shartnomalar, xalqaro taomillar va taraflar kelishuvi asosida belgilanadi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarga qo‘llanishi lozim bo‘lgan huquqni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, qaysi huquq qo‘llanadi?
- O‘zbekiston Respublikasining huquqi
- Sud joylashgan joy huquqi
- Munosabatlar bilan eng uzviy bog‘langan huquq
- Da’vogar fuqaroligi bo‘lgan davlat huquqi
To‘g‘ri javob: Munosabatlar bilan eng uzviy bog‘langan huquq. 1158-moddaga ko‘ra huquqni aniqlash imkoni bo‘lmasa, munosabatlar bilan eng uzviy bog‘langan huquq qo‘llanadi.
O‘zbekistondagi sud chet davlatning bir normasini qo‘llashdan, u ommaviy-huquqiy xususiyatga ega ekanligi sababli bosh tortdi va bundan boshqa asos keltirmadi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, sudning bu harakati haqida qaysi xulosa to‘g‘ri?
- To‘g‘ri, ommaviy-huquqiy xususiyatga ega chet el normalari O‘zbekistonda hech qachon qo‘llanilmaydi
- To‘g‘ri, agar taraflar chet el normasini qo‘llashdan bosh tortishga rozilik bergan bo‘lsalar
- Noto‘g‘ri, normani faqat ommaviy-huquqiy xususiyatga ega bo‘lganligi sababli qo‘llashni cheklash mumkin emas
- Noto‘g‘ri, chunki chet el normalari faqat xalqaro shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsagina qo‘llaniladi
To‘g‘ri javob: Noto‘g‘ri, normani faqat ommaviy-huquqiy xususiyatga ega bo‘lganligi sababli qo‘llashni cheklash mumkin emas. 1158-moddaga ko‘ra chet el normasini faqat ommaviy-huquqiy xususiyatga ega ekanligiga asoslanib qo‘llashni cheklash mumkin emas.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1159-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Huquqiy baho berish
- Ommaviy tartib to‘g‘risidagi izoh
- Egasiz qolgan mol-mulk
- Meros hisobidan to‘lanishi lozim bo‘lgan xarajatlar
To‘g‘ri javob: Huquqiy baho berish. 1159-modda: Huquqiy baho berish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Huquqiy baho berish» qaysi moddada belgilangan?
- 1157-modda
- 1159-modda
- 1155-modda
- 1164-modda
To‘g‘ri javob: 1159-modda. 1159-modda: Huquqiy baho berish.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, yuridik tushunchalarga huquqiy baho berilganda, qonunda boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular qaysi huquqqa muvofiq sharhlanadi?
- Chet el davlati huquqiga muvofiq
- Xalqaro odat huquqi normalariga ko‘ra
- Taraflar tanlagan huquqqa binoan
- O‘zbekiston Respublikasining huquqiga
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining huquqiga. 1159-moddaga ko‘ra yuridik tushunchalar nizo ko‘rib chiqilayotgan mamlakat — O‘zbekiston huquqiga muvofiq sharhlanadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1160-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Huquqiy tizimlari ko‘p bo‘lgan mamlakatning huquqini qo‘llash
- Chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik- huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqni belgilash
- Meros ulushlarining ortishi
- Chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash
To‘g‘ri javob: Chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash. 1160-modda: Chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash» qaysi moddada belgilangan?
- 1160-modda
- 1166-modda
- 1154-modda
- 1158-modda
To‘g‘ri javob: 1160-modda. 1160-modda: Chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash