XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 1184–1191-m.

Kollizion normalar (3/4)

Vi Bo‘Lim. Xalqaro Xususiy Huquq Normalarini Fuqarolik-Huquqiy Munosabatlarga Nisbatan Tatbiq Qilish

1184-modda. Ashyoviy huquqlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risidagi umumiy qoidalar

Ko‘chmas va ko‘char mol-mulkka nisbatan mulk huquqi hamda boshqa ashyoviy huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi.

Mol-mulkning ko‘chmas yoki ko‘char ashyolarga mansubligi, shuningdek mol-mulkning boshqacha yuridik baholanishi ana shu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi.

1185-modda. Ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi

Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi yoxud bekor bo‘lishi uchun asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holat sodir bo‘lgan paytda bu mol-mulk turgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi.

Bitim narsasi bo‘lgan mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu bitim bo‘ysundirilgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi.

Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mol-mulkka nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tugagan paytda mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bilan aniqlanadi.

1186-modda. Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim bo‘lgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar

Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim bo‘lgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar bu transport vositalari yoki mol-mulk ro‘yxatga olingan mamlakat huquqi bo‘yicha belgilanadi.

1187-modda. Yo‘lda bo‘lgan ko‘char mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar

Bitim bo‘yicha yo‘lda bo‘lgan ko‘char mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bu mol-mulk jo‘natilgan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi.

1188-modda. Ashyoviy huquqlarni himoya qilish

Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan ariza beruvchining tanlovi bo‘yicha mol-mulk turgan mamlakatning huquqi yoki sud qaysi mamlakatga qarashli bo‘lsa, o‘sha mamlakatning huquqi qo‘llanadi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan bu mulk turgan mamlakatning huquqi qo‘llanadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat reyestrida qayd etilgan mol-mulkka nisbatan O‘zbekiston Respublikasining huquqi qo‘llanadi.

5-§. Shartnoma majburiyatlari

1189-modda. Shartnoma taraflarining kelishuviga ko‘ra huquqni tanlash

Shartnoma, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflarning kelishuviga ko‘ra tanlangan mamlakat huquqi bilan tartibga solinadi.

Shartnoma taraflari qo‘llaniladigan huquqni umuman shartnoma uchun ham, uning alohida qismlari uchun ham tanlab olishlari mumkin.

Qo‘llaniladigan huquq taraflar tomonidan shartnoma tuzilayotganda ham, undan keyin ham istalgan vaqtda tanlanishi mumkin. Taraflar, shuningdek istalgan vaqtda shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquqni o‘zgartirish to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin.

1190-modda. Taraflarning kelishuvi bo‘lmagan taqdirda shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq

Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida shartnoma taraflarining kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, bu shartnomaga nisbatan:

oldi-sotdi shartnomasida — sotuvchi;

hadya shartnomasida — hadya qiluvchi;

ijara (mulk ijarasi) shartnomasida — ijaraga beruvchi;

mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomasida — ssuda beruvchi;

pudrat shartnomasida — pudratchi;

yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasida — tashuvchi;

transport ekspeditsiyasi shartnomasida — ekspeditor;

qarz shartnomasida yoki boshqa kredit shartnomasida — kreditor;

topshiriq shartnomasida — ishonchli vakil;

vositachilik shartnomasida — vositachi;

omonat saqlash shartnomasida — saqlovchi;

sug‘urta shartnomasida — sug‘urtalovchi;

kafillik shartnomasida — kafil;

garov to‘g‘risidagi shartnomada — garovga qo‘yuvchi;

pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasida — mijoz;

alohida huquqlardan foydalanish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasida — litsenziar hisoblanuvchi taraf ta’sis etilgan, turar joyga ega bo‘lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo‘lgan mamlakat huquqi qo‘llaniladi.

Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida shartnoma taraflarining kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, ushbu modda birinchi qismining qoidalaridan qat’i nazar:

ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan — bu mulk turgan mamlakatning huquqi;

birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga va qurilish pudrati shartnomasiga nisbatan — ana shunday faoliyat amalga oshirilayotgan yoki shartnomada nazarda tutilgan natijalar yaratilayotgan mamlakatning huquqi;

1190-modda. Taraflarning kelishuvi bo‘lmagan taqdirda shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq (davomi)

kimoshdi savdosida, tanlov bo‘yicha yoki birjada tuzilgan shartnomaga nisbatan — kimoshdi savdosi, tanlov o‘tkazilayotgan yoki birja joylashgan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatib o‘tilmagan shartnomalarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida taraflarning kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, bunday shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ijroni amalga oshirayotgan taraf ta’sis etilgan, turar joyga ega bo‘lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo‘lgan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi. Shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ijroni aniqlashning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, shartnoma eng uzviy bog‘langan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi.

1191-modda. Chet el ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq

Chet el ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakat huquqi qo‘llaniladi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1184-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim bo‘lgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar
  2. Yo‘lda bo‘lgan ko‘char mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar
  3. Ishonchnoma
  4. Ashyoviy huquqlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risidagi umumiy qoidalar

To‘g‘ri javob: Ashyoviy huquqlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. 1184-modda: Ashyoviy huquqlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risidagi umumiy qoidalar.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Ashyoviy huquqlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risidagi umumiy qoidalar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1182-modda
  2. 1187-modda
  3. 1186-modda
  4. 1184-modda

To‘g‘ri javob: 1184-modda. 1184-modda: Ashyoviy huquqlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risidagi umumiy qoidalar.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ko‘chmas va ko‘char mol-mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar qaysi huquq bo‘yicha aniqlanadi?
  1. Mulkdor fuqarosi bo‘lgan mamlakat huquqi bo‘yicha
  2. Bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha
  3. Sud joylashgan mamlakat huquqi bo‘yicha
  4. Mol-mulk sotib olingan mamlakat huquqi bo‘yicha

To‘g‘ri javob: Bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha. 1184-moddaga ko‘ra ashyoviy huquqlar mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, mol-mulkning ko‘chmas yoki ko‘char ashyolarga mansubligi qaysi huquq bo‘yicha aniqlanadi?
  1. Mulkdorning fuqaroligi bo‘lgan mamlakat huquqi bo‘yicha
  2. Sud mamlakatining huquqi bo‘yicha
  3. Taraflar tanlagan mamlakat huquqi bo‘yicha
  4. Mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha

To‘g‘ri javob: Mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha. 1184-moddaga ko‘ra mol-mulkning ko‘chmas yoki ko‘char ashyolarga mansubligi mol-mulk joylashgan mamlakat huquqi bo‘yicha aniqlanadi.

Karim Qozog‘istondagi yer uchastkasiga o‘n besh yil egalik qildi va egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tugadi. Muddat tugagan paytda mol-mulk Qozog‘istonda joylashgan edi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, mulk huquqining vujudga kelishi qaysi huquq bilan aniqlanadi?
  1. Qozog‘iston huquqi — muddat tugagan paytda mol-mulk joylashgan mamlakat huquqi
  2. O‘zbekiston huquqi, chunki Karim O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi va shaxsiy qonuni shu
  3. Karim xohlagan istalgan mamlakat huquqi, mol-mulk joylashgan joydan qat’i nazar
  4. Sud joylashgan mamlakatning huquqi, mol-mulk joylashgan joydan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Qozog‘iston huquqi — muddat tugagan paytda mol-mulk joylashgan mamlakat huquqi. 1185-moddaga ko‘ra bunday muddat tufayli mulk huquqining vujudga kelishi muddat tugagan paytda mol-mulk joylashgan mamlakat huquqi bilan aniqlanadi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bitim narsasi bo‘lgan mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi, taraflar kelishuvida boshqacha tartib bo‘lmasa, qaysi huquq bo‘yicha aniqlanadi?
  1. Sotuvchi fuqarosi bo‘lgan mamlakat huquqi bo‘yicha
  2. Mol-mulk ro‘yxatga olingan mamlakat huquqi bo‘yicha
  3. Ushbu bitim bo‘ysundirilgan mamlakatning huquqi bo‘yicha
  4. Xaridor turar joyi mamlakatining huquqi bo‘yicha

To‘g‘ri javob: Ushbu bitim bo‘ysundirilgan mamlakatning huquqi bo‘yicha. 1185-moddaga ko‘ra bitim narsasi bo‘lgan mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar bitim bo‘ysundirilgan mamlakat huquqi bo‘yicha aniqlanadi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1186-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish
  2. Da’vo muddati
  3. Ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi
  4. Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim bo‘lgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar

To‘g‘ri javob: Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim bo‘lgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar. 1186-modda: Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim bo‘lgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim bo‘lgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1179-modda
  2. 1183-modda
  3. 1186-modda
  4. 1185-modda

To‘g‘ri javob: 1186-modda. 1186-modda: Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim bo‘lgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiKollizion normalar (2/4)Keyingi →Kollizion normalar (4/4)