XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 1192–1199-m.

Kollizion normalar (4/4)

Vi Bo‘Lim. Xalqaro Xususiy Huquq Normalarini Fuqarolik-Huquqiy Munosabatlarga Nisbatan Tatbiq Qilish

1192-modda. Qo‘llaniladigan huquqning amal qilish doirasi

Ushbu paragrafning qoidalaridan kelib chiqib shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq:

shartnomaning talqinini;

taraflarning huquq va majburiyatlarini;

shartnomaning ijrosini;

shartnomani umuman yoki tegishli darajada ijro etmaslik oqibatlarini;

shartnomaning to‘xtatilishini;

shartnomaning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligi yoki haqiqiy emas deb topilishi oqibatlarini;

shartnoma munosabati bilan talablarning bahridan o‘tish va qarzni o‘tkazishni qamrab oladi.

Ijro etish usullari va tartibiga, shuningdek tegishli darajada ijro etilmagan taqdirda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar borasida qo‘llanilayotgan huquqdan tashqari ijro amalga oshirilayotgan mamlakatning huquqi ham e’tiborga olinadi.

6-§. Shartnomadan tashqari majburiyatlar

1193-modda. Bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlar

Bir taraflama harakatlardan (mukofotni oshkora va’da qilish, o‘zganing maqsadini ko‘zlab topshiriqsiz amalga oshiriladigan faoliyat va boshqalardan) iborat majburiyatlarga nisbatan ushbu bo‘limning 4-paragrafi qoidalari qo‘llanadi.

1194-modda. Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar

Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha huquq va majburiyatlar zararni undirishni talab qilish uchun asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holat yuz bergan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi.

Chet elda zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha huquq va burchlar, agar fuqarolar yoki yuridik shaxslar ayni bitta davlatdan bo‘lsalar, shu davlat huquqi bilan belgilanadi.

Agar zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab uchun asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holat O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bo‘yicha g‘ayriqonuniy bo‘lmasa, chet el huquqi qo‘llanmaydi.

1195-modda. Iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik

Tovarni sotib olish, ishni bajarish yoki xizmatni ko‘rsatish munosabati bilan iste’molchi ko‘rgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabga nisbatan iste’molchining xohishiga ko‘ra:

iste’molchining turar joyi joylashgan mamlakatning huquqi;

ishlab chiqaruvchi yoki ishni bajargan, xizmat ko‘rsatgan shaxsning turar joyi yoki manzili joylashgan mamlakatning huquqi;

iste’molchi tovarni sotib olgan, ish natijasini qabul qilgan yoki unga xizmat ko‘rsatilgan mamlakatning huquqi qo‘llanadi.

1196-modda. Asossiz boylik orttirish

Asossiz boylik orttirish natijasida vujudga keladigan majburiyatlarga nisbatan boylik orttirilgan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi.

Agar asossiz boylik orttirish mol-mulkni sotib olish yoki tejab qolishga doir asoslar bekor bo‘lishi natijasida vujudga kelsa, qo‘llaniladigan huquq bu asos bo‘ysundirilgan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi. Asossiz boylik orttirish tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining huquqi bo‘yicha belgilanadi.

7-§. Vorislik huquqi

1197-modda. Vorislikka doir munosabatlar

Vorislikka doir munosabatlar, basharti ushbu Kodeksning 1198 va 1199-moddalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, meros qoldiruvchi vasiyatnomada o‘zi fuqarosi bo‘lgan mamlakatning huquqini tanlagan bo‘lmasa, meros qoldiruvchi oxirgi doimiy turar joyga ega bo‘lgan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi.

1198-modda. Shaxslarning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish layoqati, vasiyatnomaning va uni bekor qilish hujjatining shakli

Shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish layoqati, shuningdek vasiyatnomaning va uni bekor qilish hujjatining shakli, agar meros qoldiruvchi vasiyatnomada o‘zi fuqarosi bo‘lgan mamlakatning huquqini tanlagan bo‘lmasa, hujjat tuzilayotgan paytda meros qoldiruvchi doimiy turar joyga ega bo‘lgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi. Biroq vasiyatnoma yoki uning bekor qilinishi, agar shakl hujjat tuzilgan joyning yoki O‘zbekiston Respublikasining huquqi talablarini qanoatlantirsa, shaklga rioya etilmaganligi natijasida haqiqiy emas deb topilmaydi.

1199-modda. Ko‘chmas mulkka va davlat reyestrida qayd etilishi lozim bo‘lgan mol-mulkka vorislik

Ko‘chmas mulkka vorislik mazkur mulk joylashgan mamlakat huquqi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining reyestrida qayd etilgan mol-mulkka vorislik esa, O‘zbekiston Respublikasining huquqi bo‘yicha belgilanadi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1192-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Shaxslarning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish layoqati, vasiyatnomaning va uni bekor qilish hujjatining shakli
  2. Ashyoviy huquqlarni himoya qilish
  3. Chet el ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq
  4. Qo‘llaniladigan huquqning amal qilish doirasi

To‘g‘ri javob: Qo‘llaniladigan huquqning amal qilish doirasi. 1192-modda: Qo‘llaniladigan huquqning amal qilish doirasi.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Qo‘llaniladigan huquqning amal qilish doirasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1198-modda
  2. 1191-modda
  3. 1188-modda
  4. 1192-modda

To‘g‘ri javob: 1192-modda. 1192-modda: Qo‘llaniladigan huquqning amal qilish doirasi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq quyidagilardan qaysi birini qamrab oladi?
  1. Shartnoma taraflarining fuqaroligini belgilashni
  2. Shartnomani umuman yoki tegishli darajada ijro etmaslik oqibatlarini
  3. Shartnoma bo‘yicha nizoni ko‘ruvchi sud tarkibini belgilashni
  4. Taraflarning soliq majburiyatlarini davlat byudjetiga o‘tkazish tartibini

To‘g‘ri javob: Shartnomani umuman yoki tegishli darajada ijro etmaslik oqibatlarini. 1192-moddaga ko‘ra qo‘llaniladigan huquq shartnoma talqini, taraflarning huquq-majburiyatlari, ijrosi va ijro etmaslik oqibatlarini qamrab oladi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shartnomaning ijro etish usullari va tartibiga nisbatan qo‘llanilayotgan huquqdan tashqari yana qaysi huquq e’tiborga olinadi?
  1. Da’vogar fuqarosi bo‘lgan mamlakat huquqi
  2. Sud joylashgan mamlakat huquqi
  3. Shartnoma tuzilgan mamlakat huquqi
  4. Ijro amalga oshirilayotgan mamlakatning huquqi

To‘g‘ri javob: Ijro amalga oshirilayotgan mamlakatning huquqi. 1192-moddaga ko‘ra ijro usullari va tartibiga doir ijro amalga oshirilayotgan mamlakat huquqi ham e’tiborga olinadi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1193-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi
  2. Bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlar
  3. Asossiz boylik orttirish
  4. Chet el ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquq

To‘g‘ri javob: Bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlar. 1193-modda: Bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlar.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1193-modda
  2. 1191-modda
  3. 1196-modda
  4. 1185-modda

To‘g‘ri javob: 1193-modda. 1193-modda: Bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlar.

O‘zbekistonlik haydovchi Anvar Turkiyada yo‘l-transport hodisasida turkiyalik piyodaga zarar yetkazdi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, zarar yetkazilganligidan kelib chiqadigan majburiyatlar qaysi huquq bo‘yicha belgilanadi?
  1. Zararni undirishga asos bo‘lgan harakat yuz bergan mamlakat — Turkiya huquqi bo‘yicha
  2. Haydovchi fuqarosi bo‘lgan mamlakat — O‘zbekiston huquqi bo‘yicha, hodisa joyidan qat’i nazar
  3. Jabrlanuvchi tanlagan har qanday mamlakat huquqi bo‘yicha, hodisa yuz bergan joydan qat’i nazar
  4. Avtomobil ishlab chiqarilgan mamlakat huquqi bo‘yicha, hodisa yuz bergan joydan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Zararni undirishga asos bo‘lgan harakat yuz bergan mamlakat — Turkiya huquqi bo‘yicha. 1194-moddaga ko‘ra zarar yetkazilganligidan kelib chiqadigan majburiyatlar harakat yuz bergan mamlakat huquqi bo‘yicha belgilanadi.

Ikki O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada turistik safarda edi va biri ikkinchisiga zarar yetkazdi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, ularning huquq va burchlari qaysi huquq bilan belgilanadi?
  1. Rossiya huquqi bilan, chunki zarar aynan shu mamlakatda yetkazilgan
  2. Jabrlanuvchi tanlagan mamlakat huquqi bilan, fuqaroligidan qat’i nazar
  3. O‘zbekiston huquqi bilan, chunki ikkalasi ayni bitta davlat fuqarosi
  4. Sud joylashgan mamlakat huquqi bilan, ikkalasining fuqaroligidan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston huquqi bilan, chunki ikkalasi ayni bitta davlat fuqarosi. 1194-moddaga ko‘ra chet elda zarar yetkazilganda fuqarolar ayni bitta davlatdan bo‘lsa, shu davlat huquqi qo‘llanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiKollizion normalar (3/4)