O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi
Moddalar
46-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasini tuzish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini hal etishga doir konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-ko‘maklashuvchi organdir. Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya rais, rais o‘rinbosari, kotib va Komissiyaning boshqa a’zolaridan tarkib topadi.
Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari va boshqa a’zolari uning ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi.
Komissiya majlisida rais yo‘q bo‘lgan taqdirda uning vazifalari rais o‘rinbosarining zimmasiga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
47-modda. Komissiyaning asosiy vazifalari
Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga fuqarolik masalalari yuzasidan takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchiligi ijrosini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mazkur yo‘nalishda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar kiritish;
fuqarolik masalalari bo‘yicha xalqaro amaliyotni va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.
48-modda. Komissiyaning huquqlari
Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
yurituvida turgan ish yuzasidan tegishli davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar va materiallarni talab qilib olish;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish, tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborot olish uchun o‘z majlislariga davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillarini taklif etish.
Komissiya O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida ushbu Qonun 42-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaror qabul qiladi.
49-modda. Komissiyaning ishini tashkil etish va qarorlarini qabul qilish tartibi
Komissiyaning zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida ikki marta o‘tkaziladigan majlislari Komissiya ishining tashkiliy shaklidir.
Komissiyaning majlislari uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir.
Komissiya majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etishi hamda muhokama etiladigan masalalar yuzasidan ma’ruza qilishi mumkin.
Komissiya qarori majlisda hozir bo‘lgan Komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya a’zolarining ovozlari teng bo‘lib qolganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning majlisida ishtirok etgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni dastlabki tarzda ishlab chiqish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bilimingizni sinang
Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi necha yil muddatga tuziladi?
- Uch yil
- O‘n yil
- Yetti yil
- Besh yil
To‘g‘ri javob: Besh yil. Komissiya Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida besh yil muddatga tuziladi.
Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi qancha muddatga tuziladi?
- Uch yil muddatga
- Yetti yil muddatga
- Besh yil muddatga
- Muddatsiz
To‘g‘ri javob: Besh yil muddatga. 46-moddaga ko‘ra, Komissiya besh yil muddatga tuziladi.
Fuqarolik masalalari komissiyasi qanday organ hisoblanadi?
- Hukm chiqaruvchi sud organi, Prezident huzurida
- Qonun chiqaruvchi organ, Oliy Majlis tarkibida
- Prezident huzuridagi maslahat-ko‘maklashuvchi organ
- Nazorat qiluvchi prokuratura organi, Prezident huzurida
To‘g‘ri javob: Prezident huzuridagi maslahat-ko‘maklashuvchi organ. 46-moddaga ko‘ra, Komissiya Prezident huzuridagi maslahat-ko‘maklashuvchi organdir.
Fuqarolik masalalari komissiyasining tarkibini kim tasdiqlaydi?
- Vazirlar Mahkamasi
- Oliy Majlis
- Prezident
- Bosh vazir
To‘g‘ri javob: Prezident. 46-moddaga ko‘ra, Komissiya tarkibi Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya a’zosi Nigora o‘z ishi uchun maosh talab qilmoqda. Konstitutsiyaviy normaga ko‘ra Komissiya raisi, rais o‘rinbosari va boshqa a’zolari ishda qanday asosda ishtirok etadi?
- Doimiy maosh asosida
- Shartnoma asosida
- Faqat Vazirlar Mahkamasi qarori bilan
- Jamoatchilik asosida
To‘g‘ri javob: Jamoatchilik asosida. 46-moddaga ko‘ra, rais, o‘rinbosar va a’zolar jamoatchilik asosida ishtirok etadi.
Komissiya majlisida rais yo‘q. Majlisni kim olib boradi?
- Majlis bekor qilinadi
- Kotib
- Eng yoshi a’zosi
- Rais o‘rinbosari
To‘g‘ri javob: Rais o‘rinbosari. 46-moddaga ko‘ra, rais yo‘q bo‘lsa vazifalari rais o‘rinbosarining zimmasiga yuklatiladi.
Komissiyaning reglamentini kim tasdiqlaydi?
- Komissiya raisi
- Prezident
- Vazirlar Mahkamasi
- Ichki ishlar vaziri
To‘g‘ri javob: Prezident. 46-moddaga ko‘ra, reglament Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
«Fuqarolik to‘g‘risida» qonun — 47-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasini tuzish
- O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish muddatlari
- Komissiyaning asosiy vazifalari
- Nizolarni hal etish
To‘g‘ri javob: Komissiyaning asosiy vazifalari. 47-modda: Komissiyaning asosiy vazifalari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash