XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Fuqarolik to‘g‘risida» qonun · 50–58-m.

Yakunlovchi qoidalar

Moddalar

50-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari zimmasiga, xorijda yashaydigan shaxslarga nisbatan esa Tashqi ishlar vazirligi va tegishli konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi.

O‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan shaxs bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.

51-modda. Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi:

ichki ishlar organi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

konsullik muassasasi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.

52-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasi

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha manfaatdor davlat organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, shuningdek hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

53-modda. Nizolarni hal etish

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

55-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish

1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda):

5-moddasining 6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida beriladigan arizalardan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

22-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga ilovaning 6-bandi “i” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risida arizalar berish uchun” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizalardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

55-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:

55-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

56-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

57-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

58-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 6, 45-moddalari va 55-moddasining 1-bandi 2020-yil 1-apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 13-mart,

O‘RQ-610-son

Bilimingizni sinang

Fuqarolikka qabul qilish, tiklash yoki undan chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan shaxs qaror kuchga kirgan kundan qancha muddatda xabardor qilinadi?
  1. Bir oylik
  2. Uch kunlik
  3. O‘n kunlik
  4. O‘n besh kunlik

To‘g‘ri javob: O‘n besh kunlik. Shaxs Prezident qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda xabardor qilinadi.

«Fuqarolik to‘g‘risida» qonun — 50-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash
  2. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasini tuzish
  4. Komissiyaning huquqlari

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar. 50-modda: O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar.

«Fuqarolik to‘g‘risida» qonun: «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 46-modda
  2. 50-modda
  3. 43-modda
  4. 48-modda

To‘g‘ri javob: 50-modda. 50-modda: O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar.

«Fuqarolik to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish kimning zimmasiga yuklatilgan?
  1. Tashqi ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari
  2. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari
  3. Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari
  4. Prokuratura organlari va ularning tegishli bo‘linmalari

To‘g‘ri javob: Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari. 50-moddaga ko‘ra, doimiy yashovchilarga nisbatan qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning bo‘linmalari zimmasiga yuklatiladi.

Prezident fuqarolikni olish haqida qaror qabul qildi va qaror 1-iyunda kuchga kirdi. Shaxs bu haqda qanday muddatda va kim tomonidan xabardor qilinadi?
  1. Qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda sud tomonidan, ariza beruvchi so‘ramagan holda ham
  2. Qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda prokuratura organi tomonidan yozma xabarnoma bilan
  3. Qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan
  4. Qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oylik muddatda Prezident Administratsiyasi tomonidan, shaxsiy xat bilan

To‘g‘ri javob: Qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan. 50-moddaga ko‘ra, shaxs qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.

«Fuqarolik to‘g‘risida» qonun — 51-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
  2. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
  3. Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasini tuzish

To‘g‘ri javob: Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar. 51-modda: Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar.

«Fuqarolik to‘g‘risida» qonun: «Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 51-modda
  2. 46-modda
  3. 56-modda
  4. 58-modda

To‘g‘ri javob: 51-modda. 51-modda: Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar.

Fuqarolikni olgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan qaysi hujjat beriladi?
  1. Xorijga chiqish uchun biometrik pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat
  2. Yashash guvohnomasi yoki doimiy yashashga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat
  3. Identifikatsiyalovchi karta yoki fuqarolik mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat
  4. Harakatlanish hujjati yoki vaqtincha yashashga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat

To‘g‘ri javob: Identifikatsiyalovchi karta yoki fuqarolik mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat. 51-moddaga ko‘ra, ichki ishlar organi ID-karta yoki fuqarolikni tasdiqlovchi boshqa hujjat beradi; konsullik muassasasi biometrik pasport beradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi