Huquq — shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi
I-bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasi — xalqaro huquq subyekti
SHAXS VA DAVLAT O‘ZARO MUNOSABATLARINING
KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSI Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy bog‘liqdir. Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchala asosiy qadriyat Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi g‘oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
SHAXS VA DAVLAT O‘ZARO MUNOSABATLARINING
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda.
O‘zbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, mansabdor shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda.
109-moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.
SHAXS VA DAVLAT O‘ZARO MUNOSABATLARINING
1-topshiriq. Kun davomida nima bilan mashg‘ul bo‘lishingizni eslang: maktabga borasiz, ta’lim olasiz, maktabning ijtimoiy hayotida (sport va boshqa to‘garaklarda) qatnashasiz, uyga qaytasiz. Qanday hollarda davlat bilan munosabatlarga kirishishingizni sanab o‘ting va bu sizga shaxsan qanday ta’sir ko‘rsatishini ayting.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI MAMLAKAT MUSTAQILLIGINING HUQUQIY ASOSI O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi. Har bir davlat Asosiy qonunida birinchi o‘rinda o‘zining boshqaruv shaklini ifoda etishi lozim. Chunki davlatning siyosiy-huquqiy maqomi belgilanmay turib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotining ustuvor yo‘nalishlariga oid qoidalarni aniqlashtirish mantiqsiz bo‘lar edi.
SHAXS VA DAVLAT O‘ZARO MUNOSABATLARINING
Konstitutsiyada respublikaning suvereniteti mustahkamlanishi bilan O‘zbekiston chinakam mustaqillikka va erkinlikka erishdi, yer, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy zaxiralar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlar milliy boylikka aylandi, o‘zbek xalqining asl tarixi va madaniyati qad rostladi, shoirlar, muallimlar, mutafakkirlar, davlat arboblarining pok nomlari tiklandi. Insonning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar tomonidan himoyalangan.
Davlat mustaqillikka erishgani, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lgani O‘zbekistonga mustaqil tashqi siyosat yuritish, xalqaro munosabatlar yo‘nalishlari va muhim tomonlarini belgilash imkonini berdi.
SHAXS VA DAVLAT O‘ZARO MUNOSABATLARINING
Konstitutsiyaning 1-moddasida mamlakatimiz suvereniteti xalqaro demokratik qadriyatlarga uzviy bog‘liqligi namoyon etildi va shuning uchun O‘zbekiston nafaqat suveren, shu bilan birga demokratik respublika deb e’lon qilindi.
HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS
VA DAVLAT BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017– 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi e’lon qilindi.
Strategiyaning ikkinchi yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud- huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlanadi. Mazkur yo‘nalishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:
HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS
— sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufu- zini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; — fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; — ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish; — jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish
tizimini takomillashtirish;
— sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash; — yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash uchun avvalo aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish zarur.
HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS
Huquqiy ong — jamoatchilik ongining bir sohasi bo‘lib, unda bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqqa munosabati shakllanadi. Huquqiy ong qanchalik yuqori bo‘lsa, huquqiy madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ma’naviyatli inson huquqqa oid bilimlarni shunchaki egallab qolmaydi. U mazkur bilimlarni mushohada qilib, huquqni to‘g‘ri tushunish va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni yo‘lga qo‘yadi. Agar kishi huquqning ahamiyatini to‘g‘ri baholasa va uning talablarini hurmat qilsa, u qonunni buzmaslikka harakat qiladi.
Agar kishi huquqqa hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lsa, u albatta qonunga zid harakat qiladi. Zero, huquq talablarini ozgina pisand qilmaslik ham huquq me’yorlarini buzishga olib keladi. Aynan shuning uchun huquqnu bilish katta ahamiyat kasb etadi.
HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS
Qonunlarni bilish o‘z-o‘zidan huquqiy madaniyatning yuqori saviyasidan darak bermaydi. Qonunlarni yaxshi bilish, lekin, shunga qaramay, ular talablarini bajarmaslik mumkin. Huquqiy madaniyatning mavjudligi faqat qonunlarni bilishnigina emas, balki ularga bo‘ysunishni ham nazarda tutadi.
2-topshiriq. Savolga o‘ylab ko‘rib, javob bering:
Qonunlarni biladigan kishi shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni yuridik jihatdan savodli himoya qilishga, shaxsiy huquqlari va erkinliklarining buzilishiga qarshi turishga qodir bo‘ladi. Biroq qonunni bilishning o‘zi unga amal qilish uchun yetarli emas. Shu o‘rinda, huquqiy madaniyat nimalardan tashkil topadi, degan savol o‘rinli bo‘ladi.
Axloqiy dunyoqarash va e’tiqod huquqiy madaniyatning poydevori hisoblanadi. Mazkur poydevor qanchalik pishiq va astoydil «qurilgan» bo‘lsa, huquqiy bilimlar sifati va ulardan oqilona foydalanish, qonunga munosabat (uni hurmat qilish), huquqiy normalarga rioya etishga tayyor turish, qonun va huquq ustuvor- ligiga erishishda faol qatnashish shunchalik kuchli o‘rin oladi.
2-topshiriq. O‘ylab ko‘rib, javob bering:
3-topshiriq. Quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqing va ularda bayon etilgan xatti-harakatlar qonun talablariga zid kelishi yoki kelmasligini aniqlang. O‘z fikringizni ayting.
1-vaziyat. Sud majlisi zalida fuqaro K. ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotgandi. Sud majlisi jarayonida K. ishni olib borayotgan sudya M.ni tinmay haqoratlar, uning obro‘yi va sha’nini kamsitib, so‘kinardi. Sudyaning sud majlisi zalida tartib saqlanishi haqidagi qonuniy talablariga amal qilmay, K. ozodlikka chiqqach, sudyaga nisbatan qotillik sodir etishini aytib po‘pisa qila boshladi. Faqat sud majlislari zalidan konvoy yordamida chiqarib yuborilganidan keyingina K.ning harakatlari tugatildi.
2-topshiriq. O‘ylab ko‘rib, javob bering:
2-vaziyat. Uyni topshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda, qurilish rahbari K. to‘plangan maishiy chiqindilarni olib borib o‘rmonga to‘kishga ko‘rsatma berdi. Chiqindilarni to‘kishga ulgurgan haydovchi V. o‘rmon qo‘riqchisi tomonidan qo‘lga olindi. Haydovchi V. maishiy chiqindilarni o‘rmonga to‘kish buyrug‘ini qurilish rahbaridan olganini tushuntirdi.
2-topshiriq. O‘ylab ko‘rib, javob bering:
4-topshiriq.
Quyidagi maqol va matallarni huquqiy ong bilan bog‘lang: • Qonun — qonundir. • Qonun bor joyda himoya ham bor.
Bilimingizni sinang!
Muhim sanalar
- 2017– 2021-yillarda — VA DAVLAT BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, mamlakatimizni…
Bilimingizni sinang
Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi nima deb ta’riflanadi?
- Davlat hokimiyatining yagona buyruqlar to‘plami
- O‘ziga xos ijtimoiy shartnoma
- Xalqaro huquq manbalarining umumiy majmui
- Fuqarolarning faqat majburiyatlari ro‘yxati
To‘g‘ri javob: O‘ziga xos ijtimoiy shartnoma. Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati munosabatlarini belgilovchi ijtimoiy shartnoma sifatida ta’riflanadi.
Davlat faoliyatining asosiy maqsadi nimadan iborat?
- Hokimiyat vakolatlarini kengaytirish
- Faqat iqtisodiy daromadni oshirish
- Fuqarolarning huquqlarini cheklash
- Xalqqa xizmat qilish
To‘g‘ri javob: Xalqqa xizmat qilish. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.
Davlat organlari va mansabdor shaxslar kimlar oldida mas’ul hisoblanadi?
- Faqat yuqori turuvchi organ oldida
- Faqat sud organlari oldida
- Faqat xalqaro tashkilotlar oldida
- Jamiyat va fuqarolar oldida
To‘g‘ri javob: Jamiyat va fuqarolar oldida. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
Konstitutsiya fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda qaysi g‘oyaga asoslanadi?
- Fuqarolarning umumiy teng huquqliligi va o‘zaro mas’ullik g‘oyasiga
- Davlat manfaatlarining fuqaro manfaatidan ustunligi g‘oyasiga
- Fuqarolarning huquq darajalari bo‘yicha tabaqalanishi g‘oyasiga
- Faqat fuqarolarning davlat oldidagi majburiyati g‘oyasiga
To‘g‘ri javob: Fuqarolarning umumiy teng huquqliligi va o‘zaro mas’ullik g‘oyasiga. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi va o‘zaro mas’ullik g‘oyasiga asoslanadi.
Tuman hokimligining bo‘lim boshlig‘i R. fuqaro D. ning murojaatiga javob bermadi va: «Biz faqat yuqori organ oldida javobgarmiz, Konstitutsiya bizni majburlay olmaydi», dedi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- R. to‘g‘ri fikrda: mansabdor shaxs faqat yuqori organ oldida javobgar bo‘ladi, jamiyat va fuqarolar oldida esa mas’ul emas, Konstitutsiya uni majburlay olmaydi
- R. to‘g‘ri fikrda: Konstitutsiya faqat fuqarolarga majburiyat yuklaydi, davlat organlari va mansabdor shaxslar esa unga muvofiq ish yuritishga majbur emas
- R. noto‘g‘ri fikrda, lekin mansabdor shaxsning fuqaro oldidagi mas’ulligi faqat sud orqali yuzaga keladi, boshqa hollarda Konstitutsiyaga rioya etish shart emas
- R. noto‘g‘ri fikrda: davlat organlari va mansabdor shaxslar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritishi hamda jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul bo‘lishi shart
To‘g‘ri javob: R. noto‘g‘ri fikrda: davlat organlari va mansabdor shaxslar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritishi hamda jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul bo‘lishi shart. Davlat organlari va mansabdor shaxslar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadi va jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’uldir.
O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi qanday tan olinadi?
- So‘zsiz tan olinadi
- Faqat xalqaro shartnomalar bilan cheklangan holda
- Prezident farmonlari belgilagan hollardagina
- Faqat davlat organlari uchungina
To‘g‘ri javob: So‘zsiz tan olinadi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Konstitutsiyaning 109-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili kim?
- Oliy Majlis Senati Raisi va Spikeri
- Konstitutsiyaviy sud raisi va a’zolari
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
- Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti. 109-moddaga muvofiq Prezident Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir.
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritish majburiyati kimlarga yuklangan?
- Faqat fuqarolar va jamoat birlashmalariga, davlat organlari va mansabdor shaxslarga esa yuklanmagan
- Davlat va uning organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarga
- Faqat davlat organlari va mansabdor shaxslarga, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarga esa yuklanmagan
- Faqat Prezident va hukumat organlariga, boshqa davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarga esa yuklanmagan
To‘g‘ri javob: Davlat va uning organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarga. Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritish davlat, organlar, tashkilotlar, mansabdorlar, institutlar va fuqarolar uchun majburiy.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash