XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 10-sinf · Huquq asoslari · 2-§

Xalqaro huquq

I-bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasi — xalqaro huquq subyekti

ULARNING PRINSIPLARI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga muvofiq davlatimiz xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

...Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va

ULARNING PRINSIPLARI

ulardan ajralib chiqishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 17-modda.

Xalqaro huquq urug‘-qabila munosabatlari parchalanib, birinchi davlatlar yuzaga kelganida paydo bo‘ldi. U davrda qadimgi odamlarda ushbu munosabatlarni tartibga soladigan va urf-odatlarda mahkamlangan muayyan qoidalar shakllanib ulgurgandi. Ibtidoiy-jamoa jamiyatida urug‘ va qabila o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan ushbu qoidalar to‘plamini davlatlarga qadar bo‘lgan qabilalararo «huquq» deb atash mumkin. So‘ngra taraqqiy etib, u xalqaro huquqqa aylandi.

Xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga soladi.

ULARNING PRINSIPLARI

Xalqaro shartnoma — bir yoki bir necha hujjatlarda tuzilgani va qanday nomlanganidan qat’i nazar davlatlar yoki boshqa xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan bitim bo‘lib, tomonlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini o‘z ichiga oladi.

Xalqaro huquq funksiyalari deganda xalqaro huquqning xalqaro-huquqiy tartibga solish predmeti bo‘lgan munosabatlarga ta’sirining asosiy yo‘nalishlarini tushunish lozim.

Quyidagi funksiyalar alohida ajratib ko‘rsatiladi: 1) barqarorlashtiruvchi — xalqaro huquqiy normalar jahon hamjamiyatini uyushtirishi, muayyan xalqaro huquqiy tartibni belgilashi, uni mustahkamlashi va yanada barqarorlashtirishi lozim;

ULARNING PRINSIPLARI

2) tartibga soluvchi — uni amalga oshirish orqali xalqaro huquqiy tartibga erishiladi, tegishli ravishda, ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi;

3) muhofaza etuvchi — xalqaro huquqiy munosabatlarning tegishli ravishda muhofaza etilishi demakdir. Xalqaro majburiyatlar buzilganida xalqaro huquqbuzarliklar subyektlari xalqaro huquq tomonidan ruxsat etilgan javobgarlik choralari va sanksiyalarni qo‘llashga haqli;

4) axborot-tarbiyalovchi — davlatlarning oqilona harakatlari bilan bog‘liq to‘plangan tajribasini tarqatish, huquqdan foydalanish imkoniyatlarini targ‘ib qilish, huquqni hurmat qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini muhofaza etish ruhida tarbiyalashdan iborat.

ULARNING PRINSIPLARI

XALQARO MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI.

XALQARO HUQUQ MANBALARI

Xalqaro huquq subyektlar o‘rtasida kelishuv orqali yaratilgan va davlatlararo munosabatlarni tartibga soladigan normalardan iborat.

Xalqaro huquqda ikkita asosiy manba: xalqaro shartnoma va xalqaro rasm- rusum ajratiladi. Biroq xalqaro huquqning ushbu ikki asosiy manbasidan tashqari xalqaro tashkilotlar, xalqaro konferensiyalar va majlislar hujjatlari mavjud. Bunday hujjatlar xalqaro tashkilotlar va boshqa subyektlarning o‘zlari uchun majburiy hulq qoidalarini belgilab bersa, xalqaro huquqning qo‘shimcha manbalariga aylanadi.

Xalqaro huquqning tartibga solish predmeti suveren va bir biridan mustaqil subyektlarning munosabatlari hisoblanadi. Davlat ichki huquqi alohida davlat ichidagi subyektlar o‘rtasidagi, odatda, bitta davlat hududi chegarasida va ichki vakolati doirasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Davlatlar, millatlar va xalqlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyektlariga kiradi.

XALQARO HUQUQ MANBALARI

Xalqaro huquq prinsiplari — xalqaro munosabatlar subyeklarining davlatlar tomonidan xalqaro munosabatlar sohasida ishlab chiqilgan xalqaro hayotning dolzarb masalalari bo‘yicha eng muhim va umum tan olingan hulq normalari hisoblanadi.

Xalqaro huquq prinsiplari mazmuni: — kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyili; — xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyili; — davlatlarning ichki vakolatiga kiradigan ishlarga aralashmaslik tamoyili; — xalqlar teng huquqliligi va o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilashi tamoyili; — xalqaro huquq majburiyatlarini vijdonan bajarish tamoyili; — davlat chegalarining daxlsizligi tamoyili; — davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyili; — inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish tamoyili. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va prinsiplariga mos keladi. Jumladan:

XALQARO HUQUQ MANBALARI

— Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga; — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga; — Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga; — Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining Xelsinki Yakunlovchi aktiga.

XALQARO MUNOSABATLAR

Xalqaro munosabatlar — tinchlik va hamkorlik o‘rnatish maqsadida xalqaro maydonda faoliyat yuritadigan davlatlar va xalqaro tashkilotlar, davlat va jamoatchilik tashkilotlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa aloqalarning o‘zaro munosabatli majmuyidir.

«O‘zbekiston — xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektidir» konstitutsiyaviy prinsipi O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy olamdagi o‘rnini ko‘rsatibgina qolmay, davlatimiz jahon hamjamiyatining ajralmas qismi ekanini amalda tasdiqlaydi.

XALQARO OMMAVIY VA SHAXSIY HUQUQ

Zamonaviy xalqaro huquq ommaviy va shaxsiy qismlarga bo‘linadi. Xalqaro ommaviy huquq davlatlar va ommaviy hukumatni taqdim etadigan siyosiy tashkilotlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Shaxsiy huquq xorijiy, jismoniy va yuridik shaxslar qatnashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, turli davlatlarga tegishli firmalar o‘rtasidagi munosabatlar, turli mamlakatlar fuqarolarining nikoh tuzishi va hokazolar.

Xalqaro huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarda qatnashish uchun yuridik maqomga ega shaxslar xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadi.

XALQARO OMMAVIY VA SHAXSIY HUQUQ

BMT Bosh Assambleyasi Rezolyutsiyasining 1-moddasida aytilishicha, bir davlat tomonidan boshqa davlatning suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi harbiy kuch qo‘llashi yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustaviga zid keladigan boshqa tazyiq o‘tkazishi agressiya deb nomlanadi.

1-topshiriq. Xalqaro huquq subyektlariga va ba’zi mamlakatlarning agressiyasiga misollar keltiring.

JAHONNING HUQUQIY XARITASI

Hozirgi dunyoda rang-barang huquq tizimlarini uchratish mumkin. Zero, har bir davlat o‘zining milliy huquq tizimini barpo etadi. Ularning har biri o‘z xususiyatlari bilan ajralib turadi, lekin shu bilan birga ular ko‘pgina umumiy jihatlarga ham egadir.

«Davlat va huquq asoslari» fanida turli huquq tizimlarini ularning o‘xshashligiga qarab yagona «huquqiy oila»ga birlashtirish qabul qilingan.

Roman-german yoki kontinental «huquqiy oila» (Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya va boshqalar) sudlarning qonun yaratish huquqini tan olmaydi. U sudlarning qonun chiqaruvchiga aylanishiga qarshi. Shuning uchun asosiy huquq manbayi sifatida u faqat qonunni, konstitutsiyaga va qonunga asosan qabul qilingan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarnigina e’tirof etadi.

JAHONNING HUQUQIY XARITASI

Ingliz-Amerika «huquqiy oilasi» yoki «umumiy huquq» tizimi (AQSh, Kanada, Avstriya, Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari va boshqalar) kontinental «huquqiy oila»dan farq qilib, asosiy huquq manbayi sifatida qonunni emas, balki sud pretsedentini, ya’ni sud qarorida mavjud bo‘lgan qoidani e’tirof etadi.

Diniy-an’anaviy «huquqiy oila» (Yaponiya, Hindiston, Xitoy va hokazo) asosiy huquq manbayi sifatida diniy qoidalarni e’tirof etadi.

Garchi ushbu «huquqiy oilalar» bir holda faqat qonunlarga, boshqa holda — pretsedentlarga, ya’ni sud qarorlariga, uchinchi holda diniy-huquqiy me’yorlarga asoslansa-da, hayot ularga nisbatan shunday talablarni qo‘yadiki, ularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Shuning uchun «huquqiy oilalar» qonunlarini sud pretsedenti qoidalari bilan, diniy-huquqiy me’yorlarni esa qonun va kodekslar bilan ancha moslashuvchan holda biriktiradi. Mazkur hodisalar davlat qonunlarni yaratar ekan, hayot talablari bilan hisoblashishga majburligi va shartligini isbotlaydi.

JAHONNING HUQUQIY XARITASI

Har qanday jamiyatda va davlatda huquq tizimi obyektiv ravishda yaratiladi, zero, birorta qonun chiqaruvchi buni shaxsiy xohishi va ixtiyori bilan amalga oshira olmaydi. Bunday o‘zboshimchalikni hayotning o‘zi rad etadi.

Huquq kishilar foydasi uchun xizmat qilishga da’vat etilgani sababli, uning tizimi qonun tomonidan hayotda haqiqatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq holda quriladi.

Qo‘llanilayotgan huquq normalari ommaviy tartibga, ya’ni mazkur huquqiy tizimning umumiy prinsiplariga zid kelgan ba’zi hollarda xalqaro huquqni qo‘llash cheklanadi. Bu qoida ommaviy tartib haqidagi qo‘shimcha shart deb nomlanadi.

JAHONNING HUQUQIY XARITASI

Tashqi savdo bitimlaridan (masalan, xorijiy element bilan oldi-sotdi shartnomasidan) kelib chiqadigan majburiyatlarni yanada samarali ijro etish uchun xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar — bunday shartnomalar tomonlari- ning huquqiy maqomini aniqlash zarurati vujudga keladi. Ularga nisbatan odatda quyidagi tartib turlari qo‘llaniladi:

— milliy tartib, bunda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy maqomi o‘z fuqarolari va yuridik shaxslari maqomiga tenglashtiriladi; — eng katta qulaylik tug‘dirish tartibi, bunda qonunlar orqali turli xorijiy davlatlar rezidentlarining huquqiy holati uchun o‘xshash huquqiy holat belgilanadi. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

JAHONNING HUQUQIY XARITASI

1) universal tusga ega (ya’ni inson huquqlari va barcha asosiy erkinliklari hurmat qilinadi); 2) umum qabul qilingan (ya’ni barcha davlatlarda rioya qilinadi); 3) irqi, jinsi, dini, tili va boshqalardan qat’i nazar hammaga ta’sir qiladi; 4) qonunlarda ushbu masala yuzasidan milliy modellarni ishlab chiqish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi.

BO‘YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI» TASHQI

SIYOSATDA Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasida ustuvor yo‘nalishlardan biri — chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilishga alohida e’tibor beradi.

Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil etish; fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash; davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

BO‘YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI» TASHQI

atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga zarar yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish ushbu sohaning asosiy yo‘nalishlari sifatida tayinlandi.

Bilimingizni sinang! 1. Zamonaviy xalqaro huquq normalarining xususiyatlarini sanab o‘ting. 2. Xalqaro munosabatlar qanday prinsiplar asosida quriladi? 3. Xalqaro huquqning manbalarini ayting. 4. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari qanday qonunlar bilan tartibga solinadi? 5. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplarini sanab o‘ting. 6. Xalqaro shaxsiy huquqning xalqaro ommaviy huquqdan farqini tushuntiring. 7. Qanday me’yoriy hujjatlar xorijiy fuqarolar va ular birlashmalarining boshqa davlatda bo‘lishi tartibi haqidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi? 8. «2017–2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi»da tashqi siyosatning qanday choralari nazarda tutilgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Konstitutsiyaning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda qanday maqomga ega?
  1. Xalqaro munosabatlarning kuzatuvchi subyekti
  2. Xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti
  3. Faqat mintaqaviy ittifoqlarning a’zosi
  4. Xalqaro munosabatlarning cheklangan huquqli ishtirokchisi

To‘g‘ri javob: Xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti. 17-moddada davlatimiz xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti deb belgilangan.

Konstitutsiyaga ko‘ra O‘zbekistonning tashqi siyosati quyidagi qoidalardan qaysi biriga asoslanadi?
  1. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish huquqi
  2. Nizolarni kuch ishlatish orqali hal etish
  3. Davlatlarning huquqiy tengsizligi
  4. Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish

To‘g‘ri javob: Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish. Tashqi siyosat chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, ichki ishlarga aralashmaslik qoidalariga asoslanadi.

Konstitutsiyaga muvofiq respublika ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin. Bu qanday maqsadda amalga oshiriladi?
  1. Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida
  2. Faqat iqtisodiy foyda olish va savdo hajmini oshirish maqsadida, xavfsizlik inobatga olinmagan holda
  3. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga ta’sir o‘tkazish va ularning siyosatini nazorat qilish maqsadida
  4. Hududiy chegaralarni kengaytirish va yangi hududlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olish maqsadida

To‘g‘ri javob: Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida. Respublika oliy manfaatlar, farovonlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.

Davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tizimi nima deb ataladi?
  1. Xalqaro huquq
  2. Konstitutsiyaviy huquq
  3. Fuqarolik huquqi
  4. Milliy huquq

To‘g‘ri javob: Xalqaro huquq. Xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi turli munosabatlarni tartibga soladi.

Xalqaro huquq qachon paydo bo‘lgan?
  1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilib, shartnomalar qabul qilina boshlaganida
  2. Konstitutsiyalar qabul qilina boshlagan va milliy davlatlar yuzaga kelgan paytda
  3. Urug‘-qabila munosabatlari parchalanib, birinchi davlatlar yuzaga kelganida
  4. Ikkinchi jahon urushi tugagan, yangi xalqaro tartib o‘rnatilgan paytda

To‘g‘ri javob: Urug‘-qabila munosabatlari parchalanib, birinchi davlatlar yuzaga kelganida. Xalqaro huquq urug‘-qabila munosabatlari parchalanib, birinchi davlatlar yuzaga kelganida paydo bo‘lgan.

Xalqaro huquq kimlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi?
  1. Faqat jismoniy shaxslar o‘rtasidagi
  2. Davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi
  3. Faqat bitta davlat ichidagi organlar o‘rtasidagi
  4. Faqat tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi

To‘g‘ri javob: Davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi. Xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Xalqaro huquqning xalqaro-huquqiy tartibga solish predmeti bo‘lgan munosabatlarga ta’sirining asosiy yo‘nalishlari nima deb yuritiladi?
  1. Xalqaro shartnomalar
  2. Xalqaro huquq prinsiplari
  3. Xalqaro huquq funksiyalari
  4. Xalqaro huquq subyektlari

To‘g‘ri javob: Xalqaro huquq funksiyalari. Xalqaro huquq funksiyalari deganda xalqaro huquqning tartibga solish predmeti bo‘lgan munosabatlarga ta’sirining asosiy yo‘nalishlari tushuniladi.

Xalqaro shartnoma nima?
  1. Davlatlar o‘rtasida og‘zaki tuzilgan, tomonlarga hech qanday majburiyat yuklamaydigan va yozma shaklga ega bo‘lmagan oddiy kelishuv
  2. Faqat bitta hujjatda tuzilgan va aniq «shartnoma» deb nomlangan, boshqa nomdagi hujjatlarni o‘z ichiga olmaydigan davlatlararo bitim
  3. Faqat xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi tavsiyaviy bayonot va deklaratsiya bo‘lib, tomonlarga majburiyat yuklamaydigan hamda kuchga ega bo‘lmagan hujjat
  4. Davlatlar yoki boshqa xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan, tomonlarning huquq va majburiyatlarini o‘z ichiga olgan bitim

To‘g‘ri javob: Davlatlar yoki boshqa xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan, tomonlarning huquq va majburiyatlarini o‘z ichiga olgan bitim. Xalqaro shartnoma — nomlanishidan qat’i nazar subyektlar o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan bitim.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHuquq — shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosiKeyingi →Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va vazifalari