Mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi
V-bo‘lim. Mehnat huquqi asoslari
YAKKA MEHNAT NIZOLARINING TARAFLARI VA MAZMUNI
Mehnat nizolari — xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.
Mehnat nizolarini yakka va jamoa nizolariga ajratsa bo‘ladi. Yakka ni- zolarda muayyan xodim huquqlari, uning qonuniy manfaatlari talashiladi va himoya qilinadi. Jamoa nizolarida esa butun mehnat jamoasi yoki uning bir qismi huquqlari, manfaatlari, vakolatlari himoya qilinadi.
Buzilgan mehnat huquqini tiklash yoki himoya qilish maqsadida mehnat nizosi bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan shaxs da’vogar hisoblanadi. Javobgar — da’vo bo‘yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs.
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR
Barcha yakka nizolar avval mehnat nizolari komissiyalari (MNK) bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida кo‘rib chiqiladi. Agar MNK qarori kelishmovchiliklarni bartaraf etmasa, unda qaror ustidan sudga shikoyat qilinadi. Da’vogar da’vo arzini yozma shaklda tuman (shahar) sudiga beradi. 10 kunlik muddatda sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish mumkin. Qonun sud qarorining darhol bajarilishini nazarda tutadi. Sud qarori ma’muriyat tomonidan 3 kunlik muddatda bajariladi.
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI Ish beruvchi bilan korxona mehnat jamoasi o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, taraflar o‘z vakillaridan komissiyani shakllantiradi, bunda kelishuvga erishilmaganda ishni sudga oshiradilar.
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR
Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi, mehnat nizolari bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish tartibi — tuman (shahar) sudlarida amalga oshiriladi va Fuqarolik protsessual kodeksi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida xodimlarning mehnat huquqlarini buzganlik uchun ish beruvchi va korxonaning mansabdor shaxslarida javobgarlik bo‘lishi nazarda tutilgan. Ish beruvchiga xodimga zarar yetkazilgani uchun faqat moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin. Korxonaning mansabdor shaxslari intizomiy, moddiy, ma’muriy, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Topshiriq.
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR
Mehnat nizolarini hal etish bo‘yicha sudga berilgan da’vo materiallari bilan tanishib, mehnat nizolari komissiyasi majlisini o‘tkazing va qaror chiqaring. Yuqorida keltirilgan sxema asosida sud majlisining imitatsiyasini o‘tkazish mumkin.
10-sinf o‘quvchilari N. va S. yozgi ta’til vaqtida qurilish uchastkasiga yordamchi ishchi sifatida ishga qabul qilingan edi. Biroq tez orada ular mehnat samaradorligining pastligi va mehnat intizomini buzganliklari uchun ishdan bo‘shatildi. Ularga qiladigan ishlari zudlik bilan bajarilishi lozimligi, ya’ni keltirilgan qorishma va beton qurilish maydonchasiga tez tashib olinishi zarurligi aytilganiga qaramay, har kuni, jumladan shanba va yakshanba kunlari ham ishdan ikki soat oldin ketib qolishlari ta’kidlab o‘tildi.
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR
Ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ular to‘liq ish kuni ishlashga rozi ekanligi yozib qo‘yilgandi. Shartnoma N. bilan S. va ularning ota-onalari imzolari bilan tasdiqlangandi.
N. va S. ota-onalari ularni ishga tiklashni talab qilib, qurilish rahbariyati ustidan mehnat nizolari komissiyasiga shikoyat arizasi berishdi.
Mehnat nizolari komissiyasi majlisini o‘tkazayotganda sud ishida bayon etilgan dalillarga asoslaning.
MEHNAT NIZOLARI KOMISSIYASI ISHTIROKCHILARINING
YAZIFALARI Komissiya raisi: — majlisni boshqaradi; — ish mohiyatini ma’lum qiladi; — da’vogar va javobgardan ishga doir qo‘shimcha vaziyatlarni aniqlaydi; — guvohlarni so‘roq qiladi; — mehnat qonunlari hamda taraflar fikrini hisobga olib qaror qabul qiladi.
Kotib: — majlis bayonnomasini yuritadi; — mehnat nizolari komissiyasi majlisiga ishtirokchilar kelgan-kelmaganligini tekshiradi.
Da’vogar: — nizo mohiyatiga doir ko‘rsatmalar beradi; — buzilgan mehnat huquqini tiklash bo‘yicha talablar qo‘yadi.
Javobgar (ish beruychining vakili): — haqiqat qaror topishiga to‘sqinlik qilmaslikka majbur; — nizo mohiyatini va kelib chiqqan nizoni qonuniy hal etishga doir o‘z nuqtayi nazarini bayon qiladi.
MEHNAT NIZOLARI KOMISSIYASI ISHTIROKCHILARINING
Advokat: — jarayon ishtirokchilariga savollar beradi; — haqiqatni aniqlash va nizoni adolatli hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vositalardan foydalanadi; — ishni ko‘rishgacha va uning davomida da’vogarga zaruriy yuridik yordamni ko‘rsatadi; — dalillar qalbakilashtirilganda g‘ayriqonuniy harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ekspert: — uning oldiga qo‘yilgan masala bo‘yicha yozma xulosa berishga majbur.
Mehnat jamoasi rahbari: — sudga mazkur nizo bo‘yicha jamoa fikrini bayon etadi; — ish vaziyatlarini oydinlashtirishga ko‘mak beradi.
YAKUNLARNI CHIQARISH Mehnat nizosi ko‘rib chiqilganidan keyin quyidagi savollar bo‘yicha muhokama darsini o‘tkazing:
MEHNAT NIZOLARI KOMISSIYASI ISHTIROKCHILARINING
Bilimingizni sinang!
Bilimingizni sinang
Xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar nima deb ataladi?
- Mehnat nizolari
- Mehnat shartnomalari
- Intizomiy jazolar
- Mehnat shikoyatlari
To‘g‘ri javob: Mehnat nizolari. Mehnat nizolari — xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun hujjatlarini qo‘llash yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.
Mehnat nizolari deb nimaga aytiladi?
- Faqat ish haqi miqdori yuzasidan xodimlar o‘rtasida, ya’ni bir korxona ishchilari o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklarga
- Davlat organlari o‘rtasida mehnat siyosatini belgilash va uni amalga oshirish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklarga
- Xodim va uning oila a’zolari o‘rtasida mulkiy va shaxsiy munosabatlar yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklarga
- Xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklarga
To‘g‘ri javob: Xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklarga. Mehnat nizolari — xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.
Yakka va jamoa mehnat nizolarining farqi nimada?
- Yakka nizoda muayyan xodimning huquqlari, jamoa nizosida esa butun mehnat jamoasi yoki uning bir qismining huquqlari himoya qilinadi
- Yakka nizoda butun mehnat jamoasi yoki uning bir qismining huquqlari, jamoa nizosida esa muayyan xodimning huquqlari himoya qilinadi
- Yakka nizolar faqat sudda ko‘riladi, jamoa nizolari esa faqat mehnat nizolari komissiyasida ko‘rib chiqiladi, farq shunda
- Yakka nizolar faqat xodimlar o‘rtasida, jamoa nizolari esa faqat ish beruvchilar o‘rtasida yuzaga keladi va ko‘riladi
To‘g‘ri javob: Yakka nizoda muayyan xodimning huquqlari, jamoa nizosida esa butun mehnat jamoasi yoki uning bir qismining huquqlari himoya qilinadi. Yakka nizolarda muayyan xodim huquqlari, jamoa nizolarida esa butun jamoa yoki uning bir qismi huquqlari himoya qilinadi.
Mehnat nizosi bo‘yicha da’vogar va javobgar kim?
- Da’vogar — da’vo bo‘yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs; javobgar — buzilgan huquqini tiklash maqsadida ish qo‘zg‘atgan shaxs
- Da’vogar — nizoni hal qiluvchi sudya; javobgar — sud majlisi bayonnomasini yurituvchi majlis kotibi va ishtirokchilar
- Da’vogar — buzilgan huquqini tiklash maqsadida ish qo‘zg‘atgan shaxs; javobgar — da’vo bo‘yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs
- Da’vogar — faqat ish beruvchi hisoblanadi; javobgar — faqat xodim, chunki mehnat nizosi doimo shunday yuzaga keladi
To‘g‘ri javob: Da’vogar — buzilgan huquqini tiklash maqsadida ish qo‘zg‘atgan shaxs; javobgar — da’vo bo‘yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs. Buzilgan mehnat huquqini tiklash maqsadida ish qo‘zg‘atgan shaxs da’vogar, da’vo bo‘yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs javobgar hisoblanadi.
Mehnat nizosi bo‘yicha sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish uchun qancha muddat belgilangan?
- 15 kunlik
- 10 kunlik
- 30 kunlik
- 5 kunlik
To‘g‘ri javob: 10 kunlik. Sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga 10 kunlik muddatda shikoyat qilish mumkin.
Barcha yakka mehnat nizolari avval qayerda ko‘rib chiqiladi?
- Tuman (shahar) sudida, sudya tomonidan yakka tartibda va birinchi instansiya tartibida
- Mehnat nizolari komissiyasi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida
- Yuqori turuvchi sudning apellyatsiya hay’atida, taraflar va prokuror ishtirokida
- Ish beruvchi direktori huzuridagi intizomiy kengashda, kasaba uyushmasi qo‘mitasisiz
To‘g‘ri javob: Mehnat nizolari komissiyasi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida. Yakka nizolar avval MNK va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida ko‘riladi.
Mehnat nizolari komissiyasining qarori kelishmovchiliklarni bartaraf etmasa, qanday yo‘l tutiladi?
- Nizo yakuniy hal etilgan hisoblanadi
- Qaror ustidan sudga shikoyat qilinadi
- Nizo ish beruvchining buyrug‘i bilan hal qilinadi
- Nizo avval kasaba uyushmasining respublika qo‘mitasiga yuboriladi
To‘g‘ri javob: Qaror ustidan sudga shikoyat qilinadi. MNK qarori nizoni bartaraf etmasa, qaror ustidan sudga shikoyat qilinadi.
Mehnat nizosi bo‘yicha da’vo arizasi qaysi sudga va qanday shaklda beriladi?
- Viloyat sudiga og‘zaki shaklda
- Oliy sudga elektron xabar orqali, shaklidan qat’i nazar
- Tuman (shahar) sudiga faqat og‘zaki shaklda
- Tuman (shahar) sudiga yozma shaklda
To‘g‘ri javob: Tuman (shahar) sudiga yozma shaklda. Da’vogar da’vo arzini yozma shaklda tuman (shahar) sudiga beradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash