XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 10-sinf · Huquq asoslari · 25-§

Ish vaqti va dam olish vaqti. mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish

V-bo‘lim. Mehnat huquqi asoslari

ISH VAQTI Hozirgi jamiyatda ishchi va xizmatchilar mehnati mazmuni va murakkabligi bilan farqlanadi. Hamma ishlayotganlarning ishini qanday bitta mezon bilan o‘lchash mumkin? Ish vaqti shunday mezonlardan biri hisoblanadi. Uni tartibga solar ekan, davlat muayyan mehnat natijalariga hamda ish vaqti davomiyligiga qarab rag‘batlantirish miqdorini belgilaydi va shu bilan Konstitutsiyaga yozilgan dam olish huquqining chinakamligini ta’minlaydi.

Xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasida haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

182-modda

Ish haftasining turlari: — besh kunlik — ikki kunlik dam olish kuni bilan; — olti kunlik — bir kunlik dam olish kuni bilan.

ISH VAQTI

— 6 kunlik ish haftasida — kuniga 7 soat; — 5 kunlik ish haftasida — kuniga 8 soat; — 15 dan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun — haftasiga uzog‘i bilan

24 soat; — 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun — haftasiga uzog‘i bilan

36 soat; — ish vaqtidan tashqari ishlar — surunkasiga ikki kun davomida uzog‘i bilan 4 soat; — surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi; — noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda — haftasiga 36 soat

(477-modda); — bayram (ishlamaydigan) kunlari arafasidagi ishning muddati 1 soatga qisqartiriladi (187-modda); — tungi vaqtdagi ish (22.00 dan 6.00 gacha) 1 soatga qisqartiriladi (188- modda).

ISH VAQTI

2-topshiriq. Korxona jamoasining 5 kunlik ish haftasida bayram arafasidagi ish grafigini tuzing. Korxona 2 smenada ishlaydi. Jamoa quyidagi yoshdagi xodimlardan iborat:

— 15 yoshgacha — 5 kishi; — 16 yoshgacha — 1 kishi; — 18 yoshgacha — 12 kishi; — 30 yoshdan yuqori — 20 kishi.

DAM OLISH VAQTI VA BAYRAM KUNLARI O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolarning mehnat huquqi dam olish huquqi bilan to‘ldiriladi. Dam olish huquqi deganda xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan va bundan ular o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqt tushuniladi. Dam olish huquqining aniq ko‘rinishiga qonun tomonidan belgilangan ish vaqti davomidagi tanaffuslar (ish boshlanganidan keyin uzog‘i bilan 4 soatdan keyin), kundalik dam olish (ish kunlari va smenalari orasida), haftalik dam olish kunlari, bayram (ishlamaydigan) kunlari va ta’til kiradi.

ISH VAQTI

Dam olish vaqti — xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir

Dam olish vaqti:

— dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (uzog‘i bilan 2 soat); — kundalik dam olish (kamida 12 soat); — dam olish kunlari (5 kunlik ish haftasida — ikki kun, 6 kunlik ish haftada — bir kun); — dam olish kunlari ishlash taqiqlanadi (ayrim xodimlarni alohida hollardagina ishga jalb etishga yo‘l qo‘yiladi, bunda mehnatga haq ikki hissa miqdorda to‘lanadi); — yillik ta’tillar (eng kami — 21, eng ko‘pi — 56 ish kuni); — bayram kunlari.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlari: — 1-yanvar — Yangi yil;

— — — — — — — —

8- mart — Xotin-qizlar kuni; 21-mart — Navro‘z bayrami; 9- may — Xotira va qadrlash kuni; 1-sentabr — Mustaqillik kuni; 1- oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; 8-dekabr — Konstitutsiya kuni; Ro‘za Hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni; Qurbon Hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

MEHNAT TA‘TILI

Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun uzluksiz olti oy o’tganidan keyin beriladi...

227-modda Quyidagilarga ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:

— o‘n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarga — o‘ttiz kalendar kun; — ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — o‘ttiz kalendar kun...

218-modda

Quyidagi masalalarni hal eting. 1-vaziyat. Ishchi A. tushlik tanaffusiga chiqmay ishlagani sababli ishdan bir soat oldin ketdi. Korxona ma’muriyati unga hayfsan e’lon qildi va mukofotdan mahrum etdi.

Mazkur holda ishchining huquqlari buzilganmi?

2-vaziyat. O‘quvchi N. ta’til vaqtida ishga qabul qilingan edi. Avtous- taxona egasi bilan kelishuvga binoan ishga qabul qilishni rasman rasmiylashtirmadi. Faqat bir oy uchun ish haqi summasi to‘g‘risida kelishib olishdi. Bu haqda N. va uning ota-onasi imzolari bo‘lgan shartnoma tuzilgan edi. Uch oy davomida, shu jumladan bayram va dam olish kunlari N. kattalar darajasida ishladi.

N.ning mehnat huquqi buzilgan edimi?

3-vaziyat. Ishchi A. maktab-litseyga yordamchi ishchi qilib qabul qilin- gandi. Tez orada maktab bo‘yicha buyruq chiqarilib, u 3 kun davomida ishga sababsiz kelmagani uchun ishdan bo‘shatildi. A. sudga murojaat qildi. Sud ishni ko‘rishi davomida shu narsa aniqlandiki, A. ishga yordamchi ishchi sifatida olingan, haqiqatda esa qorovul vazifasini bajargan, unga smenadan keyin ikkita dam olish kuni berilishi kerak edi.

Mazkur holda mehnat qonunlari A. ga nisbatan buzilganmi?

MEHNAT SHARTNOMASINING BEKOR QILINISHI Mehnat kodeksiga binoan (160-modda,) xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini o’n to’rt kalendar kun oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Agar shartnomada uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun neustoyka to‘lashi haqidagi o‘zaro majburiyatlari nazarda tutilgan bo‘lsa, unda ish beruvchi xodimdan shartlashilgan pul summasini to‘lashini talab qilishga haqli.

Mazkur holda mehnat qonunlari A. ga nisbatan buzilganmi?

Neustoyka (jarima) — qonun yoki shartnoma bilan belgilangan pul summasi bo‘lib, uni qarzdor kreditorga o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaganida to‘lashga majburdir.

Arizani berish kuni bo‘lib uni ish beruvchi olgan kun hisoblanadi, mehnat shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati ariza berilgan kundan keyingi kun hisoblanadi. Ogohlantirish muddati ish kunlarida emas, balki kalendar kunlarida hisoblanadi, ya’ni ikki hafta — bu 14 kundir.

Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishni davom etti- raversa, unda mehnat shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ariza o‘z kuchini yo‘qotadi. Shu bilan birga xodim ogohlantirish muddati davomida o‘zi bergan arizani, jumladan oxirgi ish kunida ham qaytarib olishga haqli, ish beruvchi esa unga buni rad etishga haqli emas.

Mazkur holda mehnat qonunlari A. ga nisbatan buzilganmi?

Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslariga quyidagilar kiradi: — o‘z ixtiyoriga ko‘ra; — shartnoma tuzilgan muddat tugashi; — ishchi yoki xizmatchining harbiy (muqobil) xizmatga chaqirilishi; — shartnomani ma’muriyat tashabbusiga ko‘ra bekor qilish; — xodimni uning roziligi bilan boshqa korxonaga o‘tkazish; — xodimning davlat boshqaruvi idorasidagi saylanadigan lavozimga o‘tishi; — sud hukmining qonuniy kuchga kirishi.

Mehnat shartnomasining bekor qilinishi korxona bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni mehnat daftarchani va mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berishi shart.

MEHNAT SHARTNOMASI ISH BERUVCHINING

TASHABBUSI BILAN BEKOR QILINISHI Mehnat kodeksiga binoan (161-modda) quyidagi sabablar mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘ladi:

1) tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;

2) texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining o‘zgarganligi;

MEHNAT SHARTNOMASI ISH BERUVCHINING

3) xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi;

4) xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi. Avval mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodim tomonidan takroran intizomiy nojo‘ya harakat sodir etilganligi mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzishdir;

5) xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi. Mehnat shartnomasining ish beruvchining biron bir boshqa sabablari bilan bekor qilinishi g‘ayriqonuniy bo‘ladi.

MEHNAT SHARTNOMASI ISH BERUVCHINING

Vaziyatlar bilan tanishib, buzilgan huquqlarni tiklash yo‘llarini taklif qiling.

1-vaziyat. 9-sinf o‘quvchisi A. sut zavodiga yuk ortuvchi qilib ishga qabul qilindi. Sutli qutini ortish vaqtida u toyib ketdi va yiqilib tushdi, natijada shishalarning кo‘pi sindi. Sut zavodi ma’muriyati yetkazilgan zarar qiymatini A.ning ish haqidan ushlab qoldi. A.ning ota-onasi pullarni qaytarishni hamda unga ishdan bo‘sha- tilgani to‘g‘risida yozuv bilan mehnat daftarchasini berishni talab qilishdi. Xodimlar bo‘limida buni bajarishmadi, u voyaga yetmagan va unga mehnat daftarchasi tutilmaydi deb tushuntirishdi.

Bu vaziyatda kim haq? Ushbu holda mehnat qonunlari qanday buzilgan?

2-vaziyat. 16 yoshli ishchi U. muntazam ravishda korxonada belgilangan normani bajarmadi, shu munosabat bilan ma’muriyat kasaba uyushmasi tashkiloti oldiga uni ishdan bo‘shatish masalasini qo‘ydi. Kasaba uyushmasi yig‘ilishi U.ni ishdan bo‘shatishga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi va u korxona bo‘yicha chiqarilgan buyruqqa binoan ishdan bo‘shatildi.

Mazkur holda mehnat qonunlari buzilganmi?

3-vaziyat. Meva-sabzavot bazasi ma’muriyati meva va sabzavotlarni yalpi yig‘ib-terish davrida dam olish kunlariga voyaga yetmagan S.ni yig‘ilgan mahsulotni ortish va tushirishga jalb etdi. Uchinchi yakshanba kuni S. ishga chiqmadi va ishni sababsiz qoldirgani uchun ishdan bo‘shatildi.

Bilimingizni sinang!

Savollar: 1. Ish vaqti va dam olish vaqti tushunchalariga nimalar kiradi? 2. Besh va olti kunlik ish haftalarida ish vaqti necha soatni tashkil etadi? 3. Voyaga yetmaganlar ishining xususiyati nimada? 4. Respublikada qaysi kunlar bayram kunlari deb belgilangan? 5. Kundalik dam olish necha soat davom etishi kerak? 6. Navbatdagi mehnat ta’tili necha oy ishlanganidan keyin beriladi? 7. Voyaga yetmaganlarga mehnat ta’tilini berish xususiyati nimadan iborat? 8. Qaysi hollarda xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish mumkin? 9. Mehnat shartnomasining bekor qilinishiga nimalar asos bo‘lib xizmat qiladi? 10. Voyaga yetmaganlarni ishdan bo‘shatishning xususiyati nimada?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasida haftasiga necha soatdan oshmasligi kerak?
  1. 36 soatdan
  2. 42 soatdan
  3. 48 soatdan
  4. 40 soatdan

To‘g‘ri javob: 40 soatdan. Ish vaqtining normal davomiyligi haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Ikki kunlik dam olish kuni bilan tashkil etiladigan ish haftasi turi qaysi?
  1. Olti kunlik
  2. Yetti kunlik
  3. Besh kunlik
  4. To‘rt kunlik

To‘g‘ri javob: Besh kunlik. Besh kunlik ish haftasi ikki kunlik, olti kunlik ish haftasi esa bir kunlik dam olish kuni bilan tashkil etiladi.

Besh kunlik va olti kunlik ish haftalari dam olish kunlari soni bilan qanday farqlanadi?
  1. Besh kunlik haftada bir kunlik, olti kunlik haftada ikki kunlik dam olish kuni bo‘ladi
  2. Ikkala haftada ham ikki kunlik dam olish kuni bo‘ladi
  3. Besh kunlik haftada ikki kunlik, olti kunlik haftada bir kunlik dam olish kuni bo‘ladi
  4. Besh kunlik haftada dam olish kuni bo‘lmaydi, olti kunlik haftada bir kun bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Besh kunlik haftada ikki kunlik, olti kunlik haftada bir kunlik dam olish kuni bo‘ladi. 182-moddaga ko‘ra besh kunlik hafta ikki kunlik, olti kunlik hafta bir kunlik dam olish kuni bilan.

Kunlik ish vaqti 6 kunlik va 5 kunlik ish haftasida qanday belgilangan?
  1. 6 kunlik haftada kuniga 8 soat, 5 kunlik haftada kuniga 7 soat
  2. Ikkala haftada ham kuniga 8 soat
  3. 6 kunlik haftada kuniga 6 soat, 5 kunlik haftada kuniga 9 soat
  4. 6 kunlik haftada kuniga 7 soat, 5 kunlik haftada kuniga 8 soat

To‘g‘ri javob: 6 kunlik haftada kuniga 7 soat, 5 kunlik haftada kuniga 8 soat. 6 kunlik ish haftasida kuniga 7 soat, 5 kunlik ish haftasida kuniga 8 soat.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun ish vaqti haftasiga eng ko‘pi bilan qancha?
  1. 36 soat
  2. 24 soat
  3. 30 soat
  4. 40 soat

To‘g‘ri javob: 24 soat. 15 dan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun haftasiga uzog‘i bilan 24 soat belgilangan.

Ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish bo‘yicha qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Surunkasiga ikki kun davomida uzog‘i bilan 4 soat; surunkasiga ikki smenada ishga jalb etish taqiqlanadi
  2. Surunkasiga ikki kun davomida uzog‘i bilan 8 soat; surunkasiga ikki smenada ishlash ruxsat etiladi
  3. Surunkasiga uch kun davomida uzog‘i bilan 4 soat; surunkasiga ikki smenada ishlash ruxsat etiladi
  4. Surunkasiga ikki kun davomida uzog‘i bilan 2 soat; surunkasiga ikki smenada ishlash majburiy hisoblanadi

To‘g‘ri javob: Surunkasiga ikki kun davomida uzog‘i bilan 4 soat; surunkasiga ikki smenada ishga jalb etish taqiqlanadi. Ish vaqtidan tashqari ish surunkasiga ikki kunda uzog‘i bilan 4 soat; ikki smenada ketma-ket jalb etish taqiqlanadi.

Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda ish vaqti haftasiga qancha belgilangan?
  1. 24 soat
  2. 36 soat
  3. 40 soat
  4. 42 soat

To‘g‘ri javob: 36 soat. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda haftasiga 36 soat belgilangan (477-modda).

Bayram (ishlamaydigan) kunlari arafasidagi ish muddati qanchaga qisqartiriladi?
  1. 30 daqiqaga
  2. 1 soatga
  3. 2 soatga
  4. 4 soatga

To‘g‘ri javob: 1 soatga. Bayram kunlari arafasidagi ish muddati 1 soatga qisqartiriladi (187-modda).

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnatga haq to‘lash va intizomKeyingi →Mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi