O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatning huquqiy asosi
Ijodiy faoliyat
Davlat hokimiyati idoralarining vakolati, harakat doirasi inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari ko‘lami bilan cheklanadi. Ushbu fikrni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2, 13 va 14-moddalarida bayon etilgan qoidalarni o‘zaro bog‘lab tahlil etish orqali isbotlashga harakat qiling.
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatning huquqiy asosi. • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asosi.
Mamlakatlarning ichki boshqaruvi va mustaqilligi, suvereniteti uning konstitutsiyasi vositasida qonunlash- tiriladi. Bu esa davlat hokimiyatining konstitutsiya bilan cheklanganligini, tartibga solinishini ham anglatadi.
Ijodiy faoliyat
Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida konstitutsiya davlat hokimiyati bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonuniy mezonini o‘rnatuvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e’tirof etiladi. Demokratik huquq va erkinliklar konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. O‘z navbatida, davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar oldida mas’uldirlar. Mazkur konstitutsiyaviy qoidalar mazmunidan inson va fuqarolar huquqlari hamda erkinliklarining ustunligi prinsipi kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasining asosiy mavzusi inson huquqlari bo‘lib, xalqimiz va davlatimiz ana shu masalada inson huquqlariga sodiqligini e’lon qiladi.
Ijodiy faoliyat
Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi g‘oyasiga asoslanadi.
Konstitutsiyaviy qoidalar shaxs va davlatning o‘zaro munosabatlari qanday shakllanishi lozimligi va bu inson hayotida qanday ahamiyatga ega ekanligini tushunib olishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning huquqiy tartibini belgilab beradi. Bunga ko‘ra xalq, jamiyat, shaxs huquqi va manfaati birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
Ijodiy faoliyat
Agar shaxs va davlat munosabatida davlat o‘rniga e’tibor berilsa, davlat manfaatining mohiyati zamirida ham inson huquqi va erki himoyasi yotadi. Biz bunyod etayotgan davlatning insonparvarlik va xalqparvarlik mohiyati shunda aks etadi, ya’ni davlat faoliyatining asosiy maqsadi insonga xizmat qilish ekanligi to‘la e’tirof etiladi.
Har bir davlat o‘z hududida amal qilinadigan qonunlarini o‘zi yaratadi. Demak, qonunlar jamiyatdagi muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va xalqning xohish-irodasini ifoda etadi, turli siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalar, guruhlar manfaatlarining o‘zaro murosasini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi,
Ijodiy faoliyat
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asosi
O‘zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi,
1-modda
Jahling chiqqanida so‘zlaring- ga diqqat qil... Kattalardan oldin yurma. Birov gapirayot- ganida oraga gap suqma.
Hakim
Konstitutsiyaviy davlat deganda davlat hokimiyati idoralari konstitutsiyada belgilangan tartib va prinsiplar asosida shakllantiriladigan va konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etgan holda o‘z faoliyatini amalga oshiradigan davlat apparati tushuniladi. Konstitutsiyaviy davlat — mamlakatning butun hududida va davlat faoliyatining barcha sohalarida konstitutsiyaning hamda u asosida qabul qilingan qonunlarning ustunligini ta’minlaydigan va kafolatlaydigan davlatdir. Xalq suvereniteti oliy hokimiyat xalqqa tegishli ekanligini bildirsa, davlat suvereniteti mustaqil hokimiyat, ya’ni mamlakatning ichki va tashqi siyosatini xalq nomidan davlat amalga oshirishini anglatadi. Davlat hokimiyati xalq erki-irodasining mahsuli bo‘lib, bunday hokimiyatni amalga oshiruvchilar xalq tomonidan saylanadi.
Hakim
Konstitutsiyaviy davlatda qonun ustunligi prin- sipining mantiqiy davomi sifatida yana ikki prinsip: «qonun bilan taqiqlanmagan barcha narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) hamda «faqat qonunda mustahkamlangan narsagagina ruxsat etiladi» (davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun) amal qiladi.
Birinchi prinsip fuqarolarning harakatlanish erkinligi va imkoniyatlarini kengaytiradi. Qonunda man etilmagan, taqiqlanmagan har qanday xatti-harakatlarni sodir etish mumkin bo‘ladi va buning uchun yuridik javobgarlik kelib chiqmaydi.
Ikkinchi prinsipning ma’nosi shundaki, bunda davlat idoralari va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunda belgilangan vakolatlari doirasida, ularga aynan mos ravishda harakatlanishlari lozim bo‘ladi.
Hakim
Konstitutsiyaviy davlatda hokimiyatning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yiladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan hokimiyat organlarini tashkil etish mumkin emas. Konstitutsiyaviy davlat, eng avvalo, davlatning huquq bilan uzviy bog‘liqligidir.
Konstitutsiya inson va fuqaroning shu hokimiyat tomonidan kafolatlangan huquqlarini mustahkamlaydi va ana shu huquqlarga mutanosib tarzda davlat hokimiyatini cheklaydi. Boshqacha aytganda, Konstitutsiya — davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat yuritishining huquqiy rasmiylashtirilishi bo‘lib, bu hokimiyatning fuqarolik jamiyati boshqa subyektlari bilan munosabatini tartibga soladi.
Savol va topshiriqlar
Huquq tarixidan
Aksariyat mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda qonunning ustunligi demokratik konstitutsiyaviy davlatning asosiy prinsipi hisoblanadi. Bu yerda mazkur prinsip, avvalo, konstitutsiyaning ustunligini nazarda tutadi. Basharti, qonunni qo‘llovchi ijroiya hokimiyat organi (mansabdor shaxs) yoki sud ushbu qonun konstitutsiyaga zidligini aniqlasa, masalani bu qonun asosida emas, balki konstitutsiya asosida hal etishi lozim.
Bilimingizni sinang
Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida konstitutsiya qanday rol o‘ynaydi?
- Davlat hokimiyati bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonuniy mezonini o‘rnatuvchi asosiy vosita hisoblanadi
- Faqat davlat organlari o‘rtasidagi vakolat taqsimotini belgilaydi va inson huquqlariga tegmaydigan vosita hisoblanadi
- Fuqarolarning majburiyatlarinigina belgilaydigan va davlat hokimiyatini cheklamaydigan asosiy hujjat hisoblanadi
- Mamlakatning ichki ishlarini boshqa davlatlar tomonidan nazorat qilish va yo‘naltirish vositasi hisoblanadi
To‘g‘ri javob: Davlat hokimiyati bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonuniy mezonini o‘rnatuvchi asosiy vosita hisoblanadi. Konstitutsiya davlat hokimiyati bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarning qonuniy mezonini o‘rnatuvchi asosiy vositadir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nima oliy qadriyat deb e’tirof etiladi?
- Davlat hokimiyatining mustahkamligi, ijro intizomi va jamiyatdagi tartib
- Mamlakat iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari va aholi daromadlari darajasi
- Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari
- Jamoat birlashmalarining huquqlari, ularning faoliyat erkinligi va mustaqilligi
To‘g‘ri javob: Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari. Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e’tirof etiladi.
Konstitutsiyaning «ijtimoiy shartnoma» sifatidagi mohiyati nimada?
- U faqat siyosiy partiyalar o‘rtasidagi kelishuvni mustahkamlab, ularning hokimiyatga kelish tartibini belgilaydi, fuqarolar esa unda ishtirok etmaydi
- U davlatlar o‘rtasida tuziladigan va xalqaro tashkilotlar tomonidan kafolatlanadigan xalqaro shartnoma bo‘lib, ichki munosabatlarga tegishli emas
- U faqat davlat organlarining o‘zaro majburiyatlarini belgilaydi va fuqarolarning teng huquqliligi hamda mas’ullik g‘oyasiga aloqador emas
- U fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi va fuqarolarning teng huquqliligi hamda o‘zaro mas’ullik g‘oyasiga asoslanadi
To‘g‘ri javob: U fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi va fuqarolarning teng huquqliligi hamda o‘zaro mas’ullik g‘oyasiga asoslanadi. Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir.
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qarashlariga ko‘ra, davlat faoliyatining asosiy maqsadi nima?
- Davlat manfaatlarini inson manfaatlaridan ustun qo‘yish
- Siyosiy kuchlar manfaatlarini yagona qolipga keltirish
- Davlat hududini kengaytirish
- Insonga xizmat qilish
To‘g‘ri javob: Insonga xizmat qilish. Davlat manfaatining zamirida ham inson huquqi va erki himoyasi yotadi; davlat faoliyatining asosiy maqsadi insonga xizmat qilishdir.
O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rishi shart bo‘lganlar qatoriga qaysi biri kiradi?
- Faqat davlat organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vazirliklar xodimlari
- Faqat fuqarolar va jamoat birlashmalari hamda notijorat tashkilotlari
- Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari va fuqarolar
- Faqat sudlar, prokuratura va ichki ishlar organlari hamda ularning xodimlari
To‘g‘ri javob: Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari va fuqarolar. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston qanday davlat?
- Konstitutsiyaviy monarxiya
- Federativ respublika
- Suveren demokratik respublika
- Teokratik respublika
To‘g‘ri javob: Suveren demokratik respublika. O‘zbekiston — suveren demokratik respublika; «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» nomlari bir ma’noni anglatadi.
Konstitutsiyaviy davlat deganda nima tushuniladi?
- Konstitutsiyasi faqat bitta siyosiy partiya tomonidan qabul qilingan va shu partiyaning dasturiga muvofiq boshqariladigan hamda hokimiyat boshqa kuchlarga o‘tmaydigan davlat
- Hokimiyat idoralari konstitutsiyada belgilangan chegaralardan qat’i nazar o‘z vakolatlarini kengaytirish huquqiga ega bo‘lib, xalq irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda faoliyat yurituvchi davlat
- Qonunlari faqat odat huquqiga va an’anaviy qoidalarga asoslangan bo‘lib, yozma konstitutsiyaviy normalarga rioya etish talab qilinmaydigan, hokimiyat mustaqil bo‘lgan davlat
- Davlat hokimiyati idoralari konstitutsiyada belgilangan tartib va prinsiplar asosida shakllanib, konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etgan holda faoliyat yurituvchi davlat
To‘g‘ri javob: Davlat hokimiyati idoralari konstitutsiyada belgilangan tartib va prinsiplar asosida shakllanib, konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etgan holda faoliyat yurituvchi davlat. Konstitutsiyaviy davlatda hokimiyat idoralari konstitutsiyadagi tartib va prinsiplar asosida shakllanadi va uning normalariga qat’iy rioya etadi.
Xalq suvereniteti va davlat suvereniteti o‘rtasidagi farq nimada?
- Xalq suvereniteti tashqi siyosatni, davlat suvereniteti esa faqat ichki siyosatni bildiradi, ikkalasi o‘zaro bog‘liq emas va xalq nomidan amalga oshirilmaydi
- Xalq suvereniteti oliy hokimiyat xalqqa tegishli ekanligini, davlat suvereniteti esa ichki va tashqi siyosatni xalq nomidan davlat amalga oshirishini bildiradi
- Xalq suvereniteti oliy hokimiyat davlatga tegishli ekanligini, davlat suvereniteti esa ichki va tashqi siyosatni xalq nomidan emas, o‘z nomidan amalga oshirishini bildiradi
- Ikkalasi ham faqat sud hokimiyatiga tegishli tushuncha bo‘lib, ularning mazmunida xalq irodasi va oliy hokimiyat masalasi mutlaqo aks etmaydi, farq faqat nomda
To‘g‘ri javob: Xalq suvereniteti oliy hokimiyat xalqqa tegishli ekanligini, davlat suvereniteti esa ichki va tashqi siyosatni xalq nomidan davlat amalga oshirishini bildiradi. Xalq suvereniteti — oliy hokimiyat xalqda; davlat suvereniteti — mustaqil hokimiyat, ichki va tashqi siyosatni xalq nomidan davlat olib borishi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash