XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 11-sinf · Davlat va huquq asoslari · 2-§

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini

I bo‘lim. Oila huquqi

15-may – Xalqaro oila kuni

Mamlakatimizda 1998-yil — «Oila yili», 2012-yil esa «Mustahkam oila yili» deb e’lon qilindi.

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega...

O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi,

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

• Oila huquqining konstitutsiyaviy asosi.

• O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi.

• Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar. • Oila huquqining subyektlari. Oilaviy munosabat-

larda fuqarolarning teng huquqliligi.

Oila huquqining konstitutsiyaviy asosi

Oila sohasidagi huquqiy munosabatlarning asosiy manbayi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Jamiyat va davlatning oilaga g‘amxo‘rligi ijtimoiy siyosatimizning muhim yo‘nalishiga aylangan.

Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir. Shuning uchun ham oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilib, bolaning shaxs sifatida shakllanishi, kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishi hamda ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishishida asosiy poydevor hisoblanadi.

Xalqimiz tarixiga nazar tashlasak, eng qadrli an’analar: halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-u oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, imon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.

Oila huquqining konstitutsiyaviy asosi

Oila munosabatlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida aks ettirilishi oilani yuksak axloqiy-ma’naviy normalar asosida mustahkamlashning yorqin namunasidir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida O‘zbekiston fuqarolari bolalarni voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, farzandlar ota-onalari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari va ularga yordam berishlari shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi

Oilaning jamiyatdagi rolini ta’minlashda, uning huquqiy muhofazasi va ijtimoiy mavqeyini mustahkamlashda Oila kodeksining roli kattadir. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi jahon hamjamiyatida umumiy e’tirof etilgan huquqiy normalarga to‘la mos ravishda tuzilgani holda, «oila — jamiyatning tayanch tuzilmasidir», degan g‘oyaga asoslangan.

Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir. Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikoh ittifoqini tuzishi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy teng huquqliligiga asoslanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi

«Agar bir mamlakat aholisi axloq- sizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va inti- zomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi».

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Matnni diqqat bilan o‘qing va munosabat bildiring. 2. «Oilaviy munosabatlarni zaif lashtirib yuborsa» deganda nimani tushundingiz? 3. Oilaning mus- tahkamligida milliy qadriyatlarning o‘rni nimada? 4. Oiladagi muammolarning jamiyat rivojiga ta’siri qanday bo‘lishi mumkin?

Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Tarixiy qadriya- timiz bo‘lgan «Avesto»da ayol kishi shaxsiy mulkka ega bo‘lishining huquqiy asoslari mavjud. Ayol kishi o‘z mulkidan xayriya maqsadlarida mustaqil foydalanishi; shuningdek, mustaqil ravishda da’vogar bo‘lishi va guvoh sifatida ko‘rsatuvlar berishi mumkin bo‘lgan. Nikoh zardushtiylik huquqiga ko‘ra unga kiruvchilar- ning ikki tomonlama xohishi natijasi bo‘lib, faqat shundan keyingina ota-onalar va vasiylar tomonidan tasdiqlangan.

Oilaviy huquqiy munosabatlar deganda fuqarolar o‘rtasida bo‘ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.

Oila huquqi oila a’zolari o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg‘ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi.

Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan umumiy mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi va mulkiy munosabatlar bilan tartibga solinadi.

Oilaviy-huquqiy munosabatlar o‘zining ba’zi bir belgilari bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga o‘xshab ketadi. Biroq bu o‘xshashlik faqat tashqi ko‘ri- nishdir. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning asosini mulkiy munosabatlar, oilaviy huquqiy munosabatlar asosini esa mulkiy bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar tashkil etadi. Oila huquqi birinchi navbatda shaxsiy munosabatlarni tartibga soladi.

Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi oila qonunlarida nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

• er-xotinning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; • ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va maj-

buriyatlari; • nikoh tuzishda teng huquqlilik;

• voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy)

huquqlari va majburiyatlari; • ota-onalar va bolalar, er-xotin, sobiq er-xotin, qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari; • nikohning tugatilish asoslari;

• er-xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish huquqi; • nikoh shartnomasini tuzishda er-xotinning huquqlari

Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar

va majburiyatlari; • farzandlikka olish tartibi;

• bolaning huquq va manfaatini himoya qilish bo‘yicha ota-onaning huquq va majburiyatlari; • ota-onaning bolani tarbiyalash hamda unga ta’lim

berishga doir huquq va majburiyatlari;

O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi,

18-modda

Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari nikoh tuzish, nikohning tugatilishi (tugashi) va uni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibini belgilaydi, oila a’zolari: er-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) o‘rtasidagi, oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada esa qarindoshlar hamda o‘zga shaxslar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga olish shakl va qoidalarini, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini belgilaydi.

Ijodiy faoliyat

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida mustahkamlangan qoidani «Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi» matni bilan qanday bog‘liqlik tomoni borligini aniqlang.

• ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari;

• vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi.

Ota-onalik huquqidan mahrum etish instituti oilaviy huquqiy munosabatlarda alohida o‘rin tutadi.

Oila huquqining subyektlari

Har qanday boshqa munosabatlarda bo‘lganidek, oilaviy huquqiy munosabatlarda ham uch element: subyekt, subyektiv huquq va majburiyatlarni ko‘rishimiz mumkin.

Oilaviy munosabatlarning subyekti bo‘lib, er-xotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh-urug‘lar hamda oila qonunlari sohasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar uyushmasi, muassasalar, organlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi.

Oila a’zolariga, oilaning sobiq a’zolariga tegishli qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadriyatlar yuzasidan oila huquqi subyektlari qabul qiladigan harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obyektlari bo‘lishi mumkin.

Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi

Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chog‘ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi

Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqlari faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa a’zolarning hamda o‘zga fuqarolarning axloqi, sha’ni, qadr-qimmati, sog‘lig‘i, huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zarur me’yordagina cheklanishi mumkin.

Ijodiy faoliyat

Berilgan rasmlardan oilaviy munosabatlarning subyektlarini aniqlang.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanliklari e’tirof etiladi. «Oilada teng huquqlilik» tushunchasi qanday munosabatlarga nisbatan ko‘proq ishlatiladi? 2. Oilaviy huquqiy munosabatlar deganda nimani tushundingiz? Hayotiy misollar keltiring. 3. Oilaviy huquqiy munosabatlar bilan fuqarolik huquqiy munosabatlarning bir-biridan farqi nimada? 4. Oilaviy huquqiy munosabatlar subyektlariga misol keltiring. 5. Nima uchun oila jamiyatning asosiy negizi deb ataladi? Fikringizni asoslang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘zbekistonda 1998-yil qanday nom bilan e’lon qilindi?
  1. «Sog‘lom avlod yili»
  2. «Inson manfaatlari yili»
  3. «Ayollar yili»
  4. «Oila yili»

To‘g‘ri javob: «Oila yili». Mamlakatimizda 1998-yil «Oila yili» deb e’lon qilingan.

O‘zbekistonda 2012-yil qanday nom bilan e’lon qilindi?
  1. «Ona va bola yili»
  2. «Mustahkam oila yili»
  3. «Sog‘lom bola yili»
  4. «Ayollar yili»

To‘g‘ri javob: «Mustahkam oila yili». Mamlakatimizda 2012-yil «Mustahkam oila yili» deb e’lon qilingan.

Mamlakatimizda qaysi yil «Mustahkam oila yili» deb e’lon qilindi?
  1. 1998-yil
  2. 2008-yil
  3. 2012-yil
  4. 2016-yil

To‘g‘ri javob: 2012-yil. 2012-yil «Mustahkam oila yili» deb e’lon qilingan (1998-yil esa «Oila yili»).

Oila jamiyat va davlat oldida qanday huquqqa ega?
  1. Faqat davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga
  2. Faqat jamoat tashkilotlari muhofazasida bo‘lish huquqiga
  3. Jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga
  4. Faqat qarindoshlar muhofazasida bo‘lish huquqiga

To‘g‘ri javob: Jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida bolaning qaysi jarayonida asosiy poydevor hisoblanadi?
  1. Bolaning faqat jismoniy rivojlanishida va uning sog‘lig‘ini mustahkamlashida
  2. Bolaning faqat maktab ta’limini tugatishida va oliy o‘quv yurtiga kirishida
  3. Bolaning faqat mulkiy huquqlarini himoya qilishida va merosni saqlab qolishida
  4. Bolaning shaxs sifatida shakllanishi va ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishishida

To‘g‘ri javob: Bolaning shaxs sifatida shakllanishi va ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishishida. Oila bolaning shaxs sifatida shakllanishi va ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishishida asosiy poydevordir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra fuqarolar bolalarni qachongacha boqish va tarbiyalashga majbur?
  1. Ular maktabni tugatgunlariga qadar
  2. Ular mehnatga layoqatli bo‘lgunlariga qadar
  3. Ular voyaga yetgunlariga qadar
  4. Ular nikohga kirgunlariga qadar

To‘g‘ri javob: Ular voyaga yetgunlariga qadar. Konstitutsiyada fuqarolar bolalarni voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi ko‘rsatilgan.

Konstitutsiyaga ko‘ra onalik va bolalik kim tomonidan muhofaza qilinadi?
  1. Faqat ota-onaning o‘zi tomonidan
  2. Faqat jamoat birlashmalari tomonidan
  3. Faqat mahalla tomonidan
  4. Davlat tomonidan

To‘g‘ri javob: Davlat tomonidan. Konstitutsiyada onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilangan.

Sardorbek ulg‘aygan va ish topgan, ammo keksa ota-onasini boqmaydi: «Mening zimmamda g‘amxo‘rlik majburiyati yo‘q», deydi. Konstitutsiyaga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Sardorbek haq: bunday g‘amxo‘rlik majburiyati faqat ota-onaga yuklangan, farzandga emas
  2. Sardorbek faqat sud qarori chiqqandan keyingina ota-onasiga yordam berishi shart bo‘ladi
  3. Majburiyat faqat voyaga yetmagan farzandlarga taalluqli, ulg‘aygan farzandlarga esa taalluqli emas
  4. Sardorbek noto‘g‘ri: farzandlar ota-onasi haqida g‘amxo‘rlik qilishi va ularga yordam berishi shart

To‘g‘ri javob: Sardorbek noto‘g‘ri: farzandlar ota-onasi haqida g‘amxo‘rlik qilishi va ularga yordam berishi shart. Konstitutsiyada farzandlarning ota-onalari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi va ularga yordam berishi shartligi belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatning huquqiy asosiKeyingi →Nikoh tuzish tartibi va shartlari