Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar
II bo‘lim. Jinoyat huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
• Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar. • Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibi. • Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishning huquqiy oqibati.
Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlarga:
• odam savdosi,
• ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning
erga tegishiga to‘sqinlik qilish, • odam o‘g‘rilash,
• zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlik-
dan mahrum qilish, • tuhmat,
• haqorat qilish kiradi. Ushbu jinoyatlarning obyekti shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi. Jinoyatlar to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi.
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Odam savdosi bugungi kunda eng global muammolardan biriga aylanib ulgurdi. Odam savdosi odamni olish-sotish yoxud undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishda
Odamlarni ekspluatatsiya qilish – boshqa shaxslardan o‘z niyatiga ko‘ra foydalanish yoki jinsiy majburlashning turlari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qulchilik, erkidan mahrum qilish yoki inson a’zo-to‘qimalarining transplan- tatsiyasi hisoblanadi.
namoyon bo‘ladi. Bunda odamlarni o‘g‘irlash zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Jinoyat shaxsning hayoti va sog‘lig‘i daxlsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan sodir etiladi. Jinoyat boylik orttirish va boshqa g‘arazli maqsadlarda aldash yo‘li bilan odam savdosini amalga oshirishda ifodalanadi.
Odam savdosiga odam oldi-sotdisi, ya’ni uni sotuvchiga berilgan ma’lum miqdordagi pul mablag‘i yoki boshqa mulkiy ekvivalent evaziga boshqa odam ixtiyoriga topshirish kiradi.
Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish
Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish, ayolning roziligisiz uylanish maqsadida uni o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish ham jinoyat sanaladi.
Mazkur jinoyatning sodir etilish motivi jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.
Barcha odamlar qonun oldida teng va hech qanday kamsitishlarsiz qonun bilan teng himoyalanish huquqiga egadirlar. Shu munosabat bilan har xil kamsitishlar qonun yo‘li bilan man etilishi va qonun barcha shaxslarga biron-bir belgi bo‘yicha, aytaylik, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy mavqeyi, tug‘ilishi yoki boshqa sharoitlar bo‘yicha kamsitishlarga qarshi teng va samarali himoyani kafolatlashi lozim.
Odam savdosi jinoyati bo‘yicha jabrlanuvchilarning ekspluatatsiya jarayoni
Ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik ishlarida foydalanish
Uy-ro‘zg‘or ishlarida foydalanish
Tilamchilikka majburlash
Sun’iy onalik va bola tug‘ishga majburlash
Majburiy nikoh, jinsiy erkinligiga qarshi harakatlar
Inson to‘qimalarini transplantatsiya qilish
Aksariyat hollarda jinoyat ayolning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari, yaqin qarindoshlari, kuyov tomonidan sodir etiladi.
Odam o‘g‘rilash
Mazkur jinoyatning obyekti odamning erkinligi, ya’ni istagan yerida bo‘lishi erkinligini kafolatlovchi ijtimoiy munisabatlar hisoblanadi.
Bu jinoyatga Jinoyat kodeksining 245-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari barcha turdagi odam o‘g‘rilashlar kiradi.
Odam shaxsiy erkinligidan mahrum qilingan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish
Ayolni erga tegishga yoki nikohda birga yashashni davom ettirishga majbur qilish deganda unga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik ishlatilishini tushunish lozim.
Tahlil etilayotgan jinoyatning obyekti jabrlanuvchining shaxsiy ozodligi hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv tomoni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda shaxsni harakat qilish erkinligidan mahrum etish, jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik ishlatish, uning
Odamni o‘g‘rilash deganda, odamning yashirincha, oshkora yoki aldash yoxud ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan shaxsiy erkinligidan mahrum qilinishini tushunish zarur.
qayerda bo‘lishini erkin tanlash huquqini cheklash kabi xatti-harakatlarni sodir etishda ifodalanadi.
Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish
Jabrlanuvchi ozodlikdan mahrum qilingan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi. Ushbu jinoyat to‘g‘ri qasd bilan ta’magirlik niyatida sodir etilishi bilan ajralib turadi.
Tuhmat
O‘rganilayotgan jinoyat uch qismdan iborat. Tuh- matning obyekti shaxsning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi. Sha’n insonning ichki axloqiy qadr-qimmati, halolligi, oliyjanobligi, vijdoni, umuman olganda, sha’n insonning ma’naviy va ijtimoiy fazilatlarini belgilovchi tushuncha. Jinoyat tuhmat yolg‘onligini bila turib, boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalarni tarqatish da ifodalanadi. Aniq dalillarga ishora qilinmagan umumiy ma’lumotlarni oshkor etish tuhmat hisoblanmaydi. Uydirmalarni tarqatish usuli har xil, masalan, og‘zaki, yozma, biror tasvir ko‘rinishidagi lavha va hokazo bo‘lishi mumkin. Jinoyat yolg‘onligi oldindan ayon bo‘lgan ma’lumotlar tarqatilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Tuhmat
Tuhmatchi bir soatda bir oyga tatigulik fitna qo‘zg‘atadi.
Alisher Navoiy
Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.
Haqorat qilish
Haqorat qilish shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlashdan iboratdir. Haqorat qilish og‘zaki yoki yozma ravishda bo‘lishi mumkin. Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan tahqirlashga qaratilgan xatti-harakat sodir etilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Haqorat qilish odatda bevosita sodir etiladi, ammo jabrlanuvchi bu haqda xabar topadi, degan taxmin bilan sirtdan sodir etilishi ham mumkin. Vositachi orqali haqorat qilingan hollar ham uchraydi. Xafa qilish har xil bo‘lishi mumkin, ammo ularning hammasi ham haqorat bo‘lavermaydi. Haqorat har doim ma’lum bir shaxsga qaratilgan bo‘ladi.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar
Insonning qadr-qimmati deganda dunyo qarashining darajasi, aql-za- kovati, turmush tarzi kabi insonning obyektiv jihatlarini tavsiflovchi ijobiy sifatlar yig‘indisini tushunish zarur.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar tarkibiga mamlakatimiz Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan huquqlarni buzish kabi jinoyatlar kiradi. Bular:
Ijodiy faoliyat
Aslida A. o‘zining telefonini sport kiyimining cho‘ntagida qoldirgan, telefoni esa quvvatsizlanib qolganligi uchun ishlamayotgandi.
Fuqarolar teng huquqliligining buzilishi ularga o‘z huquqlarini amalga oshirish imkonini bermaslik yoxud ularning o‘z huquqlarini amalga oshirishlariga to‘sqinlik qilish (masalan: jinsi, irqi, millati va h.k. kelib chiqib, ishdan bo‘shatish, istiqomat joyida ro‘yxatdan o‘tishiga, ishga qabul qilinishiga, o‘qishga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik)dan iborat bo‘lishi mumkin.
Ijodiy faoliyat
• fuqarolarning teng huquqliligini buzish;
• shaxsiy hayot daxlsizligini buzish;
• fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish;
• xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish; • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish; • vijdon erkinligini buzish;
• saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish; • saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish; • mehnat qilish huquqini buzish;
• mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish.
Fuqarolarning teng huquqliligini buzish
Mazkur jinoyatlarning obyekti fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklaridir.
Fuqarolarning teng huquqliligini buzish jinoyat jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyidan, kelib chiqishi- dan qat’i nazar fuqarolarning huquqlarini buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita afzalliklar berishda ifodalanadi.
Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish
Bu jinoyat shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatishda ifodalanadi.
Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
Jinoyat yashovchilarning erkiga qarshi zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda turar joyga bostirib kirishda ifodalanadi.
Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish
Jinoyat shaxslarning pochta-telegraf xabarlari yoki telefonda so‘zlashuvning mazmuni va hokazolar bilan g‘ayriqonuniy tanishuvida yoxud fuqarolarning xatlari, telegrammalari, telefaks orqali, elektron pochta va h.k. orqali xabar qilinayotgan ma’lumotlarni shu axborotlar egasining roziligisiz oshkor etilishida ifodalanadi.
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Mazkur modda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan ariza berish, davlat hokimiyat organlari, korxonalari, muassasalari va jamoat hayotining boshqa sohalari faoliyatini erkin tanqid qilish huquqini jinoyat huquqi tomonidan himoya qilishning muhim vositasi hisoblanadi.
Jinoyat fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunni buzishga qaratilgan har xil harakatlar bo‘lib, u
G‘ayriqonuniy ravishda bostirib kirish deganda, aybdor shaxsning turar joy egasining ruxsatisiz va ularning erkiga xilof ravishda, huquqiy asoslarsiz shaxsning turar joyiga kirishga qaratilgan xatti-harakatlarining (masalan, g‘ayriqonuniy ravishda ko‘chirish, ruxsatnomasiz tintuv o‘tkazish, o‘zganing turar joy maydoniga o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kirish va h.k.) sodir etilishini tushunish lozim.
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi,
31-modda
fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan muhofaza etiladigan huquqlariga jiddiy zarar yetkazishda ifodalanadi.
Vijdon erkinligini buzish
Jinoyat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilishda ifodalanadi. Vijdon erkinligi diniy faoliyatning faqat qonun doirasida amalga oshirilishidir.
Voyaga yetmagan shaxslarni diniy tashkilotlarga jalb etish, diniy tashkilot faoliyatida ishtirok etishga ko‘ndirishga qaratilgan qilmish sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan jinoyat, deb e’tirof etiladi.
Qonunga xilof ravishda diniy ta’limotga o‘qitish deganda voyaga yetmagan shaxslarga ularning xohishiga qarshi, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning xohish-irodasiga qarshi din to‘g‘risidagi bilimlarni singdirishning har xil ko‘rinishlarini tushunish lozim.
Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Fuqarolarning erkin ovoz berish huquqi, saylovlar yoki referendumlarni tashkil etish, o‘tkazishning belgilangan tartibiga qarshi harakat yoki harakatsizlikdir.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi...
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 32-moddasidan
Jinoyat: 1) ovoz berishning yashirinligini buzishga; 2) saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilash- tirishga; 3) saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritishga; 4) saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida berilgan ovozlarni ataylab noto‘g‘ri hisoblashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etishda ifodalanadi. Jinoyatning saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazishda ishtirok etuvchi mansabdor shaxs, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlar, saylov komissiyalari yoxud referendum komissiyalarining a’zolari tomonidan sodir etilishi mumkin.
Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish
Jinoyat obyekti – insonning saylash yoki saylanish, saylovoldi tashviqotini olib borish, referendumni o‘tkazishda ishtirok etish, saylovoldi tashviqot olib borish, nomzod shaxs ishonchli vakillarining o‘z vakolatlarini
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldam- chi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
Ijodiy faoliyat
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining maxsus qism VI–VII boblarida berilgan moddalarni o‘qing.
amalga oshirish huquqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Jinoyat zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan fuqarolarning o‘z saylash huquqlarini erkin amalga oshirishlariga to‘sqinlik qilishda yoki deputatlikka yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari o‘z vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishda ifodalanadi.
Mehnat qilish huquqini buzish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi kafolatlangan.
Ijodiy faoliyat
1. Berilgan vaziyatlardan inson sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlarni ajrating. 2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga asoslanib, mazkur jinoyatlarning subyektlarini aniqlang. 3. Jinoyatlar sodir etilishining subyektiv tomonlarini aniqlang. 1) Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha, Buxoro tumani, Gulshanobod QFYda yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan F.N. Kogon shahri, Istiqlol MFYda yashovchi fuqaro N.G‘. hamda Shofirkon tumani, Qalmaqon QFYda yashovchi, muqaddam sudlangan G.Y.larni Tailand davlatida behayolik orqali mo‘may daromad orttirishi mumkinligini bildirgan holda qiziqtirib, chet davlatga borishi, ya’ni u yerda yeb-ichish hamda ijaraga turishi uchun qilinadigan sarf-xarajatlarning hammasini o‘zi ko‘tarishini aytgan.
Ijodiy faoliyat
2) Tuman vakillik organlariga saylov oldi targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borayotgan N.ning ishonchli vakillari Gulobod mahallasidagi fuqarolarga N. ga ovoz berishlari evaziga turli oziq-ovqat mahsulotlarini ulashdi. Tuman vakillik organiga o‘z nomzodini qo‘ygan X. N. ning bu harakatlaridan norozi bo‘lib, sudga shikoyat qildi.
3) Voyaga yetmagan shaxslar Internet tarmog‘i orqali sinfdoshlari haqida bo‘xton ma’lumotlarni joylashtirib, ma’naviy zarar yetkazdilar.
Asosiy qonunning 37-moddasida: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir», deb belgilab qo‘yilgan.
Ijodiy faoliyat
Ushbu jinoyatning obyekti fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi hisoblanadi. Jinoyatning subyekti ishga qabul qilish yoki ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin.
Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish
Fuqaroning intellektual mulkini himoya qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi, xususan, mualliflik yoki ixtirochilik huquqining buzilishidir.
Jinoyat mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilinishida ifodalanadi.
Savol va topshiriqlar
Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Muhim sanalar
- 1969-yilda — 1) Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha, Buxoro tumani, Gulshanobod QFYda yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan F.N. Kogon shahri,…
Bilimingizni sinang
Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar qanday ayb shaklida amalga oshiriladi?
- To‘g‘ri qasd bilan
- Faqat ehtiyotsizlik bilan
- Faqat egri qasd bilan
- O‘z-o‘ziga ishonish oqibatida
To‘g‘ri javob: To‘g‘ri qasd bilan. Matnga ko‘ra bu jinoyatlar to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi.
Odam oldi-sotdisi deganda nima tushuniladi?
- Odamni o‘zining erkin roziligi bilan boshqa joyga qonuniy ishga yuborish
- Odamni pul yoki boshqa mulkiy ekvivalent evaziga boshqa odam ixtiyoriga topshirish
- Odamni qonuniy yo‘l bilan va rasmiy hujjatlar asosida chet elga olib chiqish
- Odamni ota-onasi yoki qarindoshlari roziligi bilan vaqtincha qarovga topshirish
To‘g‘ri javob: Odamni pul yoki boshqa mulkiy ekvivalent evaziga boshqa odam ixtiyoriga topshirish. Odam savdosiga odam oldi-sotdisi, ya’ni pul yoki mulkiy ekvivalent evaziga odamni boshqaning ixtiyoriga topshirish kiradi.
Gulnoza o‘z qarindoshini chet elda yaxshi ish bor deb aldab, pul olib uni boshqa kishining ixtiyoriga topshirdi. Qilmish qaysi jinoyat belgilariga ega?
- Haqorat qilish, chunki qarindoshning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilgan
- Tuhmat, chunki qarindosh haqida yolg‘on va sharmanda qiluvchi ma’lumot tarqatilgan
- Vijdon erkinligini buzish, chunki qarindosh diniy e’tiqodi bo‘yicha ishontirilgan
- Odam savdosi, chunki odam pul evaziga boshqa kishi ixtiyoriga topshirilgan
To‘g‘ri javob: Odam savdosi, chunki odam pul evaziga boshqa kishi ixtiyoriga topshirilgan. Odamni pul yoki mulkiy ekvivalent evaziga boshqa odam ixtiyoriga topshirish odam savdosiga kiradi.
Ayolni erga tegishga majbur qilish jinoyatini kvalifikatsiya qilishda uni sodir etish motivining ahamiyati qanday?
- Motiv asosiy belgi hisoblanadi
- Motiv ahamiyatga ega emas
- Motiv faqat jazoni yengillashtiradi
- Motiv faqat qarindoshlar uchun ahamiyatli
To‘g‘ri javob: Motiv ahamiyatga ega emas. Mazkur jinoyatning sodir etilish motivi jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.
Quyidagilardan qaysi biri ham ayolni erga tegishga majbur qilish jinoyati sanaladi?
- Ayolning o‘z roziligi bilan turmushga chiqishi
- Nikoh to‘yini ota-onaning roziligi bilan o‘tkazish
- Nikohni rasman ro‘yxatdan o‘tkazish
- Ayolning roziligisiz uylanish maqsadida uni o‘g‘rilash
To‘g‘ri javob: Ayolning roziligisiz uylanish maqsadida uni o‘g‘rilash. Ayolning roziligisiz uylanish maqsadida uni o‘g‘rilash ham jinoyat sanaladi.
Odam savdosi jabrlanuvchilarini ekspluatatsiya qilish shakllaridan qaysi biri keltirilgan?
- Ish haqini kechiktirib to‘lash yoki kam to‘lash
- Ta’til berishni rad etish yoki uni qisqartirish
- Sinov muddati belgilash va uni uzaytirish
- Sun’iy onalik va bola tug‘ishga majburlash
To‘g‘ri javob: Sun’iy onalik va bola tug‘ishga majburlash. Ekspluatatsiya shakllari qatorida sun’iy onalik va bola tug‘ishga majburlash ham sanalgan.
Odam o‘g‘rilash jinoyatining obyekti nima?
- Odamning istagan yerida bo‘lishi erkinligini kafolatlovchi ijtimoiy munosabatlar
- Odamning hayoti va sog‘lig‘i daxlsizligini kafolatlovchi ijtimoiy munosabatlar
- O‘zgalar mulki egaligi va undan foydalanish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlar
- Jamoat tartibini va fuqarolarning tinchligini saqlash bo‘yicha munosabatlar
To‘g‘ri javob: Odamning istagan yerida bo‘lishi erkinligini kafolatlovchi ijtimoiy munosabatlar. Odam o‘g‘rilashning obyekti odamning istagan yerida bo‘lishi erkinligini kafolatlovchi ijtimoiy munosabatlardir.
Odam o‘g‘rilash jinoyati qaysi paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi?
- Jabrlanuvchi ozod qilingan paytdan e’tiboran
- Jinoyatchi pul talab qilgan paytdan e’tiboran
- Odam shaxsiy erkinligidan mahrum qilingan paytdan
- Jinoyat rejalashtirilgan paytdan e’tiboran
To‘g‘ri javob: Odam shaxsiy erkinligidan mahrum qilingan paytdan. Odam shaxsiy erkinligidan mahrum qilingan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash