XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 11-sinf · Davlat va huquq asoslari · 9-§

Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi

II bo‘lim. Jinoyat huquqi

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

• Jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligi.

• Jazo tushunchasi va uning turlari.

Jinoiy oqibat deganda ijtimoiy xavfli qilmish natijasida jinoiy-huquqiy qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar (ziyon) yetkazish tushuniladi.

Jinoyat huquqiga oid munosabat bu jinoyat huquqi normalari orqali tartibga solinadigan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs va davlat orasidagi munosabatdir.

Jinoyatni har doim aniq jismoniy shaxslar sodir etadi. Shuning uchun ham jinoyat sodir etgan shaxs jinoyatning subyekti deb tan olinadi. Jinoyat subyektining yo‘qligi jinoyat tarkibi va jinoyatning o‘zi mavjud emasligini bildiradi.

Jinoyatga oid qonunlarda subyektga nisbatan aybdor, mahkum, jinoyat sodir etgan shaxs, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxs kabi tushunchalar ishla- tiladi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Yuridik shaxslar, ya’ni tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va jamoat birlashmalari jinoyat subyekti bo‘la olmaydi. Shuning uchun ijtimoiy xavfli harakat davlat korxonasi, muassasa, tashkilot va jamoat birlashmalarida xizmat yoki ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq holda sodir etilsa, mazkur vazifaga mas’ul bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar yoki boshqa xizmatchilar jinoyat subyektiga aylanadi.

Jinoyat subyektining aqli raso bo‘lishi shart, ya’ni u o‘z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan bo‘lishi va ularni boshqara olishi shart.

Aqli rasolik ayb va jinoiy javobgarlikning zaruriy shartidir. Faqat o‘z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxslar, aybdorni tuzatish maqsadida, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Shaxsning qonun bilan belgilangan jinoiy javobgarlik yoshiga yetganligi jinoyat subyektining zaruriy belgilaridan biri hisoblanadi.

Qonunda yosh chegarasi aniq tartibga solinganligi jinoyat sodir etgan shaxsning yoshini (kun, oy, tug‘ilgan yilini) to‘g‘ri belgilash zaruratini tug‘diradi. Bu zarurat Jinoyat-protsessual kodeksining 314-moddasida qayd etilgan.

Jinoyat kodeksida mustahkamlangan fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi konstitutsiyaviy prinsipning takrori bo‘lmay, balki uning joriy etilishidir.

Jinoyat kodeksiga binoan ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Jinoyatda ishtirokchilik avvaldan til biriktirish, qasddan sodir etish kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Jinoyat qonunida to‘rt turdagi jinoyat ishtirokchilari farqlanadi: bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi. Mazkur turlarni ajratish asosiga obyektiv mezon qo‘yilgan bo‘lib, u har bir ishtirokchining jinoyat sodir etishda ishtirok etish darajasi va xususiyati bilan bog‘liq.

Jinoyatni bajaruvchilar deb: a) bevosita o‘zlari to‘liq yoki qisman jinoyat sodir etgan shaxslar; b) bevosita o‘zlari jinoyat sodir etmagan, biroq shu maqsadda jinoyat qonunlariga muvofiq, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan foydalangan shaxslar tan olinadi.

Yoshi yoki aqli norasoligi tufayli jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lmagan yoki ehtiyotsizlik yoxud aybsiz harakat qilgan shaxslarni qasddan jinoyat sodir etishga jalb etgan shaxs sodir etilgan jinoyatning ishtirokchisi deb tan olinadi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.

Jismoniy shaxslarning javobgarligi Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n uch yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari (97-moddaning ikkinchi qismi) uchungina javobgarlikka tortiladilar...

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi,

17-modda

Jinoyatning subyekti deb jinoyat qonunida ko‘rsatilgan, ijtimoiy xavfli harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan, ma’lum yoshga to‘lgan, aqli raso, alohida hollarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli normalarida ko‘rsatilgan maxsus belgilarga ega bo‘lgan jismoniy shaxsga aytiladi.

Tug‘ilgan kunining ertasi soat 00:00 dan boshlab shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan hisoblanadi.

Jinoyat sodir etishda rahbarlik qilish bajaruvchilar va hamkor bajaruvchilar kuchini bevosita jinoiy qilmishni bajarishga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyatni bildiradi.

Dalolatchilik boshqa shaxsni jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyatda ishtirok etishga undashda o‘z aksini topadi. Undash dalolatchining boshqa shaxslarda jinoyat sodir etishda ishtirok etish yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish ishtiyoqini shakllantirishga qaratilgan faol va tashabbuskor xatti-harakatidan iborat.

17-modda

Jinoyatni sodir etishda ko‘maklashgan shaxs yordamchi hisoblanadi.

Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburiy chorasidir.

Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek, boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi.

17-modda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.

O‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar maj muyi tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki yilgacha tayinlanadi.

O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmuyi tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o‘n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.

17-modda

Jinoyat sodir etish paytida o‘n uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati o‘n besh yildan oshmasligi kerak.

Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan og‘ir jinoyat uchun — olti yilgacha, o‘ta og‘ir jinoyat uchun — o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.

Jinoyat sodir etishga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi.

Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.

Huquq tarixidan

Shu yilning o‘zida mahalla fuqarolari yig‘inlari kafilligi asosida – 152 nafar, Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida – 18 nafar, xotin-qizlar qo‘mitalari kafilligi asosida – 3 nafar, jami 173 nafar fuqaroga nisbatan jazo tayinlashda jamoatchilik kafilligi e’tiborga olindi. Bu fuqarolarning 38 nafarini yoshlar, 18 nafarini voyaga yetmaganlar, 11 nafarini ayollar tashkil etadi. Masalan, birgina Shayxontohur tumanida 15 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlashda mahalla fuqarolar yig‘inlarining kafilligi e’tiborga olindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan

Huquq tarixidan

Jarima aybdordan davlat daromadiga qonunda belgilangan miqdorda pul undirishdir.

Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan og‘ir jinoyat uchun — yetti yilgacha, o‘ta og‘ir jinoyat uchun — o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.

Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

Hukm chiqarish paytida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi.

Savol va topshiriqlar

Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilish.

Berilgan vaziyatlarni o‘qing va jinoyat ishtirokchilarini aniqlang.

1. N.B. IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs uning mobil telefonini qo‘lidan tortib olib qochganini ma’lum qildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni N. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi. 2. Noma’lum shaxs tadbirkor U.X.ga qo‘ng‘iroq qilib, undan katta miqdorda pul va 6 ta qopda un mahsulotini qarzga olgan. U tez orada bu unni bir korxonaga sotishi va qarzni qaytarib berishini bildirgan. Ammo na pulni, na unni qaytargan. U.X. bu haqda ichki ishlar organlarini xabardor qilgach, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Q. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Savol va topshiriqlar

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar

boshqarmasi ma’lumotlari asosida

T/r Afv Amnistiya

1. Muayyan shaxslar uchun, ularning shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlarni (yoshi, sog‘ligining holati, oilaviy ahvoli) inobatga olib jazodan ozod qilish hisoblanadi.

Amnistiya aniq shaxslarga emas, umumiy toifalarga e’lon qilinadi. Bunda amnistiyaga necha kishi tushishi, kimlar tushishi oldindan aniq bo‘lmaydi.

2 Afv faqat sud hukmi bilan jazo tayinlangan mahkumlarga e’lon qilinadi

Amnistiya jinoyat jarayonining istalgan bosqichida – dastlabki tergov, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va hattoki jinoyat ishini qo‘zg‘atishgacha bo‘lgan bosqichda ham qo‘llanilishi mumkin.

3 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga binoan afv faqat Prezident tomonidan e’lon qilinadi.

T/r Afv Amnistiya

Amnistiya akti Prezident taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisning Senati tomonidan e’lon qilinadi.

4 Afvni qo‘llash uchun odatda jinoyat sodir etgan shaxslarning iltimosnomasi asos bo‘ladi. Afvni qo‘llash masalasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya hal qiladi.

Amnistiya aktini qo‘llashda hech qanday iltimosnoma talab etilmaydi. Amnistiya aktlarini qo‘llash masalasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari va sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. 2008-yildan boshlab, amnistiya aktini qo‘llashga oid yakuniy qarorni faqat sudlar chiqarishi belgilab qo‘yilgan.

Xalqaro e’tirof

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi. Tahlil davomida 135 ta mamlakat maydoni, xavfsizlik holati, qonun ustuvorligi va tartib kabi bir necha toifalar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilib, baholandi. Mamlakatlar 100 ball tizimida baholandi. Ro‘yxatning 1-o‘rnini 97 ball bilan Singapur egalladi. O‘zbekiston 95 ball bilan 2-o‘rinda joylashdi. Islandiya 92 ball bilan 3-o‘rinda. Dunyoning eng xavfli mamlakati deb esa Venesuela e’lon qilindi.

T/r Afv Amnistiya

5 Afvni qo‘llash qabul qilinishi bilan darhol ijro etiladi, Buning uchun yana alohida bosqichlardan o‘tish shart emas.

Amnistiya akti chiqqandan keyin, uni kimlarga qo‘llash masalasini hal qilish uzoqqa cho‘ziladi va ko‘plab tashkiliy jarayonni o‘z ichiga oladi.

6 Afv huquqiy oqibatlari kamroq bo‘ladi. Bular: 1) asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod etiladi; 2) jazodan muddatdan ilgari shartli ravishda ozod etiladi; 3) umrbod ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa o‘talmagan jazoni nisbatan yengilroq jazo bilan almashtiriladi; 4) sudlanganlik olib tashlanadi.

Amnistiya aktining huquqiy oqibatlari kengroq bo‘ladi: 1) shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi; 2) mahkum asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ozod etiladi; 3) mahkumga tayinlangan asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazo qisqartiriladi (kamaytiriladi); 4) mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi; 5) mahkumga tayinlangan jazoning o‘talmagan qismi yengilrog‘i bilan almashtiriladi; 6) jinoyat sodir etgan shaxsdan sudlanganlik muddatidan ilgari olib tashlanadi.

T/r Afv Amnistiya

Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tir- maydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.

Quyidagi jadvalni daftaringizga chizing va to‘ldi- ring. Amnistiya va afvning asosiy farqlari bo‘yicha savollarga javob bering.

Savollar: Savollar Avf Amnistiya Kim qabul qiladi? Kimlarni qamrab oladi? Kimlarga qo‘llanadi? Kechirim hujjatining tashabbuskori kim bo‘ladi? Shaxsiy omillar (tavsif) qarorga ta’sir qiladimi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Jinoiy oqibat deganda nima tushuniladi?
  1. Jinoyat sodir etgan shaxsning jazoni o‘tab bo‘lgandan keyingi huquqiy holati va sudlanganligi
  2. Jinoyat sodir etgan shaxs va davlat o‘rtasida yuzaga keladigan jinoiy-huquqiy munosabat
  3. Ijtimoiy xavfli qilmish natijasida jinoiy-huquqiy qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazish
  4. Jinoyat sodir etish uchun tayyorgarlik ko‘rish yoki unga qasd qilish bosqichidagi harakatlar

To‘g‘ri javob: Ijtimoiy xavfli qilmish natijasida jinoiy-huquqiy qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazish. Jinoiy oqibat — ijtimoiy xavfli qilmish natijasida qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar (ziyon) yetkazishdir.

Davlat korxonasi yoki muassasasida xizmat faoliyati bilan bog‘liq holda ijtimoiy xavfli harakat sodir etilsa, jinoyat subyekti kim bo‘ladi?
  1. Mazkur vazifaga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar yoki boshqa xizmatchilar
  2. Korxonaning o‘zi, yuridik shaxs sifatida va uning ustav kapitali doirasida
  3. Korxonaning barcha ishchilari birdek, ularning lavozimidan qat’i nazar
  4. Korxona joylashgan hudud hokimi va tegishli vazirlik boshlig‘i birgalikda

To‘g‘ri javob: Mazkur vazifaga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar yoki boshqa xizmatchilar. Yuridik shaxslar jinoyat subyekti bo‘la olmaydi, shuning uchun mas’ul mansabdor shaxslar yoki xizmatchilar subyektga aylanadi.

Davlat korxonasida ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq holda xavfsizlik qoidalari buzilib, ijtimoiy xavfli oqibat yuz berdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Korxonaning o‘zi jinoyat subyekti sifatida javobgar bo‘ladi, mansabdor shaxslar esa javobgar bo‘lmaydi
  2. Korxonaning o‘zi emas, shu vazifaga mas’ul mansabdor shaxslar yoki xizmatchilar jinoyat subyekti bo‘ladi
  3. Hech kim javobgar bo‘lmaydi, chunki xavfsizlik qoidalari buzilgan harakat korxona nomidan sodir etilgan
  4. Faqat korxona ustavida ko‘rsatilgan shaxsgina javobgar bo‘ladi, boshqa mansabdor shaxslar emas

To‘g‘ri javob: Korxonaning o‘zi emas, shu vazifaga mas’ul mansabdor shaxslar yoki xizmatchilar jinoyat subyekti bo‘ladi. Tashkilotlar jinoyat subyekti bo‘la olmaydi; mas’ul mansabdor shaxslar yoki xizmatchilar subyektga aylanadi.

Ishtirokchilik deb nima topiladi?
  1. Bir shaxsning qasddan bir necha marta jinoyat sodir etishi va uni takrorlashi
  2. Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi
  3. Ikki shaxsning ehtiyotsizlik oqibatida birgalikda zarar yetkazishda qatnashishi
  4. Jinoyatni sodir etgan shaxsning uni yashirishga urinishi va jinoyat izlarini yo‘qotishi

To‘g‘ri javob: Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.

Jinoyat qonunida jinoyat ishtirokchilarining qaysi to‘rt turi farqlanadi?
  1. Bajaruvchi, tashkilotchi, guvoh va jabrlanuvchi
  2. Subyekt, bajaruvchi, yordamchi va ayblanuvchi
  3. Tashkilotchi, dalolatchi, mahkum va guvoh
  4. Bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi

To‘g‘ri javob: Bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi. Qonunda bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi farqlanadi.

Quyidagilardan qaysi biri jinoyatning bajaruvchisi deb tan olinadi?
  1. Bevosita o‘zi to‘liq yoki qisman jinoyat sodir etgan shaxs
  2. Boshqa shaxsni jinoyat sodir etishga undagan shaxs
  3. Jinoyat sodir etishda faqat ko‘maklashgan shaxs
  4. Jinoyat sodir etilishiga faqat rahbarlik qilgan shaxs

To‘g‘ri javob: Bevosita o‘zi to‘liq yoki qisman jinoyat sodir etgan shaxs. Bajaruvchilar — bevosita o‘zlari to‘liq yoki qisman jinoyat sodir etgan shaxslar.

Aziz o‘n ikki yoshli Botirni begonaning mol-mulkini o‘g‘irlashga jalb etdi, Botir esa o‘g‘rilikni o‘zi sodir etdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Aziz sodir etilgan jinoyatning ishtirokchisi deb tan olinadi, chunki yoshi tufayli javobgar bo‘lmagan shaxsni jalb etgan
  2. Aziz javobgar emas, chunki Botir javobgarlik yoshiga yetmagan va o‘g‘rilikni o‘zi mustaqil, hech kimning ta’sirisiz sodir etgan
  3. Aziz jabrlanuvchi hisoblanadi, chunki Botir o‘g‘rilik sodir etib, Azizning ishonchi va mulkiga zarar yetkazgan
  4. Aziz faqat ma’muriy javobgarlikka tortiladi, chunki voyaga yetmaganni jalb etish jinoyat emas, huquqbuzarlik hisoblanadi

To‘g‘ri javob: Aziz sodir etilgan jinoyatning ishtirokchisi deb tan olinadi, chunki yoshi tufayli javobgar bo‘lmagan shaxsni jalb etgan. Yoshi tufayli javobgarlikka tortib bo‘lmaydigan shaxsni qasddan jinoyat sodir etishga jalb etgan shaxs ishtirokchi deb tan olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra, jinoyat sodir etgunga qadar necha yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladi?
  1. o‘n olti yoshga
  2. o‘n to‘rt yoshga
  3. o‘n besh yoshga
  4. o‘n sakkiz yoshga

To‘g‘ri javob: o‘n olti yoshga. Umumiy qoidaga ko‘ra jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJinoyat belgilariKeyingi →Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar