XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 11-sinf · Davlat va huquq asoslari · 13-§

Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar

II bo‘lim. Jinoyat huquqi

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

• Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar. • O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishning huquqiy oqibatlari.

Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar

G‘ofil odam ko‘z yumib g‘aflat uyqusiga botadi, ey, irodali mard, g‘ofil bo‘lma, hushyor bo‘l.

Hojib

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VIII bobi «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar», IX bobi esa «O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» deb nomlanadi. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga urushni targ‘ib qilish, agressiya, urushning qonun va udumlarini buzish, genotsid, chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish, terrorizm, tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish, terrorizmni moliyalashtirish, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishlar kiradi.

Hojib

Ushbu jinoyatlarning obyekti har qanday davlat taraqqiyoti va hayotiy faoliyatini amalga oshirishning sharti bo‘lgan tinchlik va tinch-totuv yashash, insoniyatning yashash huquqi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarga davlatga xoinlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, josuslik, qo‘poruvchilik, davlat sirlarini oshkor qilish, davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish kabilar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish Jinoyat kodeksining «O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» bobiga kiritilganligi bejiz emas, chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir.

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar

Jinoyat obyekti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatidir. Prezidentni ko‘pchilik oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar sodir etilgan paytdan e’tiboran tugallangan jinoyat deb hisoblanadi.

Jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motivi va maqsadi uning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatli emas.

Ijodiy faoliyat

Savollar: Berilgan rasmlardagi insonlarning hayoti va faoliyati tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning obyekti bo‘la oladimi?

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «konstitutsiyaviy tuzum» atamasining qo‘llanilishi zamonaviy konstitutsiyaviy huquq fanida e’tirof etilgan ushbu ter- mindan aksariyat davlatlarda keng foydalanilayotganligi bilan izohlanadi.

Konstitutsiyaviy tuzumni tavsiflashda mamlakatning iqtisodiy ahvoli, jamiyat a’zolarining turmush tarzi va ijtimoiy holati, mavjud milliy an’analar va qadriyatlar

Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki, u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi.

Jan Jak Russo

mazmuni, davlat hokimiyatining mohiyati, boshqaruv shakli va usullari, inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan munosabat, fuqarolik institutlarining rivojlanish darajasi, xalqning siyosiy-huquqiy ongi va tafakkuri hamda inson kamoloti kabi qator omillar xizmat qiladi.

Konstitutsiyaviy tuzum mohiyatan Konstitutsiyada belgilangan normalarning tabiatiga mos kelib, ularning amalda bo‘lishi konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligini ta’minlaydi.

Konstitutsiyaviy normalar asosida konstitutsiyaviy tuzum himoya qilinadi, ya’ni qonunlar orqali mustahkamlab qo‘yilgan jamiyat hayotiga oid barcha ijtimoiy munosabatlar uzviylikda davom etadi.

Jan Jak Russo

Konstitutsiyaviy tuzumning huquqiy kafolati bo‘lgan konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi, xalqaro huquqning umum e’tirof

159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish — eng kam oylik ish haqining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi...

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

etilgan normalarining tan olinishi kabi qoidalar bugungi kunda konstitutsionalizmning asosi sifatida qaralmoqda.

Konstitutsiyaviy tuzumga qaratilgan jinoiy harakatlar obyekti respublikamizning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari, davlat hokimiyati tuzilishi va faoliyatining tartibi hisoblanadi.

Jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini o‘zgartirishdir. Jinoyat motivlari turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni mavjud konstitutsiyaviy tuzumga, qonuniy saylab qo‘yilgan davlat arboblariga nafrat bilan qarash va hokazo. Bu harakatlar chet el davlatining topshirig‘iga binoan sodir etilgan taqdirda aybdor davlatga xoinlik qilganlik uchun ham javobgar bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash

Yaxshilar mas’uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo‘lmaydilar. Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo‘l topadilar.

159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish

...Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik — eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi...

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

Fitna – ikki yoki undan ortiq shaxslarning hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlashga qaratilgan jinoiy harakatni sodir etish uchun o‘z kuchlarini birlashtirishga kelishishidir.

uchun jinoiy guruh tuzilgan paytdan e’tiboran, jinoiy maqsadga erishishga qaratilgan harakat sodir etilgan yoki etilmaganidan qat’i nazar, fitna tugallangan jinoyat deb hisoblanadi. Berilgan moddada davlat uchun xavfli oqibatlar yuzaga kelishini bartaraf etish, ya’ni hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlashning oldini olish maqsadida fitna to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar berish rag‘batlantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

Josuslik, qo‘poruvchilik, davlat sirlarini oshkor qilish, davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish kabi jinoyatlar ham mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar turkumiga kiradi.

159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish

...Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlagan holda sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish — o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Fitna to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti, ko‘rilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

«Bunday xalqni yengib bo‘lmaydi» Frans Kafka: — Qanaqa kitob o‘qiyapsiz? — «Toshkent — non shahri»… — Ajoyib kitob. Yaqinda men uni bir oqshomda o‘qib chiqdim. — Menimcha, bu kitob san’at asaridan ko‘ra ko‘proq hujjatga o‘xshaydi.

— Har qanday chinakam san’at — hujjat, guvohnoma. Bunday bolalari bor xalqni, xuddi bu kitobdagiday, yengib bo‘lmaydi.

— Biroq gap, harqalay, sonda bo‘lmasa kerak. — Aksincha! Materiyaning ko‘rinishi atomdagi elektronlar soni bilan belgilanadi. Ommaning saviyasi sanoqli kishilarning ongliligiga bog‘liq.

Chexiyalik musiqachi va adabiyotchi Gustav Yanouxning

«Kafka bilan suhbatlar» asaridan parcha.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Yuqorida berilgan matndagi «Bunday bolalari bor xalqni, xuddi bu kitobdagiday, yengib bo‘lmaydi», degan jumlani izohlab ko‘ring. Fikringizni bag‘rikenglik, insonparvarlik, kengfe’llik, mehri daryolik kabi tushunchalar orqali izohlang. 2. Davlatga xiyonat qilish nimalarda ifodalanadi? 3. Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish deganda nimani tushundingiz? 4. Tinchlikni asrashda sizning qanday ulushingiz bor? 5. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar deganda nimani tushundingiz? Jinoyat uchun qanday jazo belgilangan? 6. Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar qanday sodir etiladi?

Bilimingizni sinang

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VIII bobi qanday nomlanadi?
  1. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar turkumi
  2. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
  3. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar va tartib buzilishi
  4. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar va mansab jinoyatlari

To‘g‘ri javob: Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Jinoyat kodeksining VIII bobi «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar», IX bobi esa «O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» deb nomlanadi.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar turkumiga kiradi?
  1. Davlatga xoinlik jinoyati
  2. Josuslik faoliyatini olib borish
  3. Terrorizmni moliyalashtirish
  4. Qo‘poruvchilik harakatlari

To‘g‘ri javob: Terrorizmni moliyalashtirish. Terrorizmni moliyalashtirish tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar qatoriga kiradi; qolganlari O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlardir.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar qatoriga kiradi?
  1. Genotsid
  2. Urushni targ‘ib qilish
  3. Terrorizm
  4. Josuslik

To‘g‘ri javob: Josuslik. Josuslik davlatga xoinlik, qo‘poruvchilik va davlat sirlarini oshkor qilish bilan birga O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarga kiradi.

Nima uchun Prezidentga tajovuz qilish Jinoyat kodeksining «O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» bobiga kiritilgan?
  1. Prezident fuqarolar huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafili bo‘lgani uchun
  2. Prezident barcha sudyalarni o‘zi saylagani va ularning faoliyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgani uchun
  3. Prezident qonunlarni yagona o‘zi qabul qilgani va ularni xohlagan vaqtda o‘zgartirish huquqiga egaligi uchun
  4. Prezident davlat sirlarining yagona egasi bo‘lgani va ularni saqlash tartibini belgilovchi shaxs ekanligi uchun

To‘g‘ri javob: Prezident fuqarolar huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafili bo‘lgani uchun. Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir.

Prezidentni ko‘pchilik oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish jinoyati qaysi paytdan e’tiboran tugallangan hisoblanadi?
  1. Oqibat yuz bergan va jabrlanuvchi zarar ko‘rgan paytdan e’tiboran
  2. Haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega harakatlar sodir etilgan paytdan
  3. Sud hukm chiqargan va hukm qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran
  4. Prezident arz qilgan va tegishli organga murojaat qilgan paytdan

To‘g‘ri javob: Haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega harakatlar sodir etilgan paytdan. Bu jinoyat haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega harakatlar sodir etilgan paytdan e’tiboran tugallangan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish jinoyatining obyekti nima?
  1. Prezidentning mulki, moddiy boyliklari va oilasi
  2. Prezidentning vakolat muddati va qayta saylanish huquqi
  3. Prezidentning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati
  4. Hokimiyat organlarining tuzilishi va ular faoliyati tartibi

To‘g‘ri javob: Prezidentning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati. Jinoyat obyekti Prezidentning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatidir.

Prezidentga tuhmat qilish jinoyatining sub’ektiv tomoni haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Jinoyat qasddan sodir etiladi, motiv va maqsad kvalifikatsiya uchun ahamiyatli emas
  2. Jinoyat ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladi, motiv esa ahamiyatga ega emas
  3. Motiv kvalifikatsiya uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va qasd shakli ahamiyatsiz
  4. Jinoyat faqat chet davlat topshirig‘i bilan va siyosiy maqsadda sodir etiladi

To‘g‘ri javob: Jinoyat qasddan sodir etiladi, motiv va maqsad kvalifikatsiya uchun ahamiyatli emas. Jinoyat qasddan sodir etiladi, jinoyatning motivi va maqsadi uning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatli emas.

Kazus. J. shaxsiy g‘azabi tufayli ko‘pchilik oldida Prezidentni haqoratladi va unga tuhmat qildi. U «mening maqsadim siyosiy emas, shaxsiy g‘azab edi» deb himoyalanmoqda. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Maqsad siyosiy bo‘lmagani uchun jinoyat yo‘q, chunki shaxsiy g‘azab jinoyat tarkibini istisno etadi
  2. Jinoyat faqat oqibat yuz bergandagina tugallanadi, ya’ni Prezidentning sha’niga zarar yetganda
  3. Jinoyat ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgani uchun javobgarlik yengillashadi va jazo kamayadi
  4. Jinoyat harakat sodir etilgan paytdan tugallangan, motiv va maqsad kvalifikatsiya uchun ahamiyatsiz

To‘g‘ri javob: Jinoyat harakat sodir etilgan paytdan tugallangan, motiv va maqsad kvalifikatsiya uchun ahamiyatsiz. Jinoyat qasddan sodir etiladi, motivi va maqsadi kvalifikatsiya uchun ahamiyatli emas, harakat sodir etilgan paytdan tugallangan hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlarKeyingi →Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar