Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar
II bo‘lim. Jinoyat huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Mulk – huquq subyekti tomonidan o‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarining to‘liq majmuyidir.
• O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish. Soxta tadbirkorlik. • Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash dan bo‘yin tovlash. • Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suv ta’minotidan
foydalanish qoidalarini buzish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi va davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan teng muhofaza etilishini kafolatlashi alohida qayd etiladi. Shu bilan birga xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida deb belgilab qo‘yilgan. Demak,
Ijodiy faoliyat
1. Mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har qanday tajovuz qonunga xilof deb hisoblanadi. Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida qayd etilganligini aniqlang. 2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining X, XI, XII, XIII, XIII1 boblarini diqqat bilan o‘qing. Boblarda berilgan iqtisodiyot sohasiga oid jinoyatlarni turkumlang.
Ijodiy faoliyat
o‘zganing mulkiga tajovuz qilish qonun doirasida javobgarlikka tortilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan jinoyatlar, iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar, xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar kiradi.
Ijodiy faoliyat
O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish. Talon-taroj qilish – bu birovning mulkini o‘zining yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun, mulkdorga yoki ushbu mulkning boshqa egasiga zarar keltirib, qonunga zid va haq to‘lamay undirishdir.
Obyektiv tomondan talon-taroj qilish o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda, tekinga o‘zi yoki boshqa shaxs foydasi uchun olishda ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonunlari talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar-
Qanoat – harom bilan halolning chegarasini belgilaydigan vijdon qozisi.
Hikmat
Talon-taroj qilishning yashirinligi deganda, jinoyat mol-mulk egasi yoki mol-mulk ishonib topshirilgan yoxud ixtiyorida turgan shaxsga sezdirmasdan yoki mulkdor yoxud mol-mulkning talon-taroj qilinishidan manfaatdor bo‘lmagan boshqa shaxslar yo‘q vaqtida sodir etilishi tushuniladi.
ga javobgarlikni belgilashda uning qaysi usulda sodir etilganligiga ko‘ra ajratadi. Masalan, bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish, firibgarlik, o‘g‘rilik. Har qanday talon-taroj qilishning zaruriy belgisi uning huquqqa xilofligidir.
O‘zganing mulkini talon-taroj qilishning tugallangan vaqti talon-taroj qilishning shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Hikmat
Talon-taroj qilish subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Motivi – g‘arazgo‘ylik.
Muomalaga layoqatli hamda qonunda ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan har qanday shaxs talon-taroj qilishning subyekti hisoblanadi.
Bosqinchilikning o‘ta ijtimoiy xavfliligi avvalo shu bilan bog‘liqki, bu jinoyat sodir etilganida jabrlanuvchilarning hayoti yoki sog‘lig‘iga ham ziyon yetkaziladi yoxud bunday ziyon yetkazilishi uchun real xavf vujudga keladi va o‘zganing mol-mulki egallab olinadi.
Obyektiv tomondan bosqinchilik o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida shu mulkning egallanishiga qarshilik ko‘rsatgan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan jismoniy zo‘rlik ishlatish yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib hujum qilishda ifodalanadi. Bosqinchilikning obyekti o‘zganing mol-mulki, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘idir.
Hikmat
Tovlamachilik mulkka qarshi g‘arazli jinoyatlardan biri hisoblanadi. Tovlamachilikning ijtimoiy xavflilik xususiyati uning nafaqat mulkchilikka, balki mulkchilik manfaatlarining mustaqil shakli sifatida namoyon bo‘luvchi boshqa (majburiyat yuklovchi, meros bo‘lib o‘tuvchi, uy-joy kabi) mulkiy munosabatlarga ham tajovuz qilishidan iborat.
Obyektiv tomondan tovlamachilik aybdorning mulkdordan bila turib, g‘ayriqonuniy ravishda o‘ziga yoki u ko‘rsatgan shaxslarga muayyan mulkni, mulkka bo‘lgan huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud ular foydasiga muayyan mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilishda ifodalanadi.
Hikmat
Talonchilikning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, bunda jinoyatchi mulkka tajovuz ochiqdan ochiq, shu bilan birga o‘rnatilgan tartibni, huquqiy va axloqiy qoidalarni va jamiyat qadriyatlarini mensimaslik bilan amalga oshiriladi.
Obyektiv tomondan talonchilik o‘zganing mulkini oshkora talon-taroj qilishda ifodalanadi.
O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish yoki o‘g‘rilik iqtisodiyot sohasidagi eng keng tarqalgan jinoyatlardan biridir.
Obyektiv tomondan o‘g‘rilik o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishda ifodalanadi.
Soxta tadbirkorlikka ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish kiradi.
Hikmat
Subyektiv tomondan jinoyat faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi.
O‘zganing mulki deganda, aybdorga qonuniy ravishda tegishli bo‘lmagan mulk tushuniladi.
Huquqqa xiloflik (g‘ayriqonuniy- lik) – egallana yotgan mulkka nisbatan hech qanday huquqi bo‘lmagan aybdor shaxs tomonidan bu mulkning egallanishidir.
Ijodiy faoliyat
Bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘g‘rilik jinoyatlarining ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlab ko‘ring. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasi qoidalariga murojaat qiling.
G‘arazgo‘ylik talon-taroj qilishning zaruriy belgisi hisoblanadi. G‘arazgo‘ylik – bu o‘zi uchun yoki boshqa shaxslar uchun moddiy manfaat undirish.
Insonning eng katta dushma- ni — bu uning nafsi.
Ijodiy faoliyat
Soxta bankrotlik jinoyati ham to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Bu jinoyat xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan e’lon berishi kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishda ifodalanadi.
Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyati foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishda, kamaytirib ko‘rsatishda, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashda ifodalanadi. Jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi.
Ijodiy faoliyat
Elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minotidan foydalanish qoidalarini buzish jinoyati umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashishda ifodalanadi. Jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi- dan yurtimiz hududida qanday umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar borligini aniqlang.
Ijodiy faoliyat
Matnni o‘qing, mulohaza qiling va munosabat bildiring.
1. A. ismli shaxs elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini orqaga surib qo‘ydi. 2. G. ismli shaxs ko‘cha boshidan o‘tgan gaz quvuriga yashirincha ulanib, issiqxonasini isita boshladi.
Ijodiy faoliyat
Tabiiy gaz va elektr energiyasi muhim moddiy texnika resurslarining strategik turlari hisoblanadi.
Samarqandga xizmat safari bilan yo‘lga chiqdik. Haydovchi mashinani 100-120 km/soat tezlikda hayday boshladi. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan, chamasi 60 yoshlarni qoralab qolgan otaxon: «O‘g‘lim, mashina tezligini oshirishingiz shart emas, Samarqand hech qayerga ket- maydi, joyida turaveradi», – dedi. Mashina haydovchisi esa otaxonning gapidan norozi bo‘lgandek bir qarab qo‘ydi-da, tezlikni kamaytirdi.
Ijodiy faoliyat
Yo‘lda tamaddi qilish uchun to‘xtadik. Choyxona- ga kirishda qo‘limizni yuvdik, lekin qo‘l yuvgichning jo‘mragi nosozligi tufayli suvni to‘xtata olmadik. Boya gi hamrohimiz jo‘mrakni tuzatishga kirishib ketdi. Biz yengil tamaddi qilishga ulgurdik hamki, otaxon suvning jo‘mragini tuzatish bilan ovora edi. Hamma mashinaga borib o‘tirdi, lekin otaxon hamon jo‘mrakni tuzatishdan bo‘shamasdi. Haydovchining toqati toq bo‘ldi, shekilli, yukxonadan allaqanday temir-tersaklarni olib, otaxonning oldiga bordi. Biz ham u kishiga yordam berish uchun beixtiyor mashinadan tushdik.
Nihoyat, qo‘l yuvgichning jo‘mragi tuzaldi. Otaxon mamnun ohangda: «Ana endi suv isrof bo‘lmaydi», deb tabassum bilan bizga o‘girildi. Biz yana yo‘lda davom etdik.
Ijodiy faoliyat
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan, ya’ni qonunda o‘rnatilgan tartib asosida vakolatli organ ruxsatisiz ulanish ijtimoiy xavfli hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar
1. Berilgan vaziyatlarni tahlil qiling. Ularning o‘xshash va o‘ziga xos tomonlarini aniqlang.
2. Ulardagi jinoyatlarning belgilarini, obyekti va subyektini, obyektiv va subyektiv tomonlarini aniqlang.
A) Denov tumanining «Buyuk Ipak yo‘li» mahallasida yashovchi A.S. ariza bilan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilib, kollej o‘qituvchisi J. M. uni 2000 AQSh dollari evaziga Rossiyadagi universi- tetlarning biriga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berganini bayon qiladi.
B) Termiz shahar IIB navbatchilik qismiga shahardagi bozorlarning birida joylashgan savdo do‘koniga notanish bir qiz kelib, o‘zini xaridordek tutib, uni hech kim kuzatmayotganiga ishonch hosil qilgach, do‘kon rastasida turgan 295 000 so‘mlik 3 dona ayollar ko‘ylagini o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar kelib tushadi.
Savol va topshiriqlar
D) Tunda soat to‘rt yarimlar atrofida Farg‘ona viloyatining Qo‘shte- pa tumanida uch nafar noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan va pichoq bilan qurollangan holda, Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning biriga devor orqali oshib tushib, xonadon egasi G‘.Y. va uning turmush o‘rtog‘i S. Y.lar uxlab yotgan xonaga bostirib kiradilar.
Uy egalari uyg‘onib qolganlarida G‘.Y.ni urib, tan jarohati yetkaza- dilar. S.Y. va ushbu xonadonda birga yashovchi qizi M.Y.ning qo‘l-oyoq larini arqon bilan bog‘lab, xonadagi sandiq ichidan 10 mln so‘m pul va 1,5 ming AQSh dollarilik turli zargarlik buyumlarini olib ketadilar. Manba: O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati
Bilimingizni sinang
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy mulk haqida qaysi qoida belgilab qo‘yilgan?
- Xususiy mulk davlat mulkiga nisbatan kamroq himoyalanadi
- Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida
- Xususiy mulk faqat maxsus ruxsat bilan daxlsiz bo‘ladi
- Xususiy mulk huquqiy jihatdan boshqa shakllar bilan teng emas
To‘g‘ri javob: Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida deb belgilab qo‘yilgan.
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar qatoriga kiradi?
- Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar
- Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
- Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar
- Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
To‘g‘ri javob: Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga iqtisodiyot asoslariga qarshi va xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi.
Jinoyat huquqida talon-taroj qilish nima?
- Mulkni egasining roziligi bilan ijaraga olish va undan haq to‘lab, shartnoma asosida muddatli foydalanish
- Mulkni qonuniy tarzda sotib olish va uning narxini egasi bilan kelishilgan miqdorda to‘liq to‘lash orqali egallash
- Egasi bilan kelishib, mulkni vaqtincha ishlatish va shartnomada belgilangan muddatda qaytarib berish
- Birovning mulkini o‘zi yoki boshqalar foydasi uchun, mulkdorga zarar keltirib, qonunga zid va haq to‘lamay undirish
To‘g‘ri javob: Birovning mulkini o‘zi yoki boshqalar foydasi uchun, mulkdorga zarar keltirib, qonunga zid va haq to‘lamay undirish. Talon-taroj qilish birovning mulkini mulkdorga zarar keltirib, qonunga zid va haq to‘lamay undirishdir.
Talon-taroj qilishning yashirinligi deganda nima tushuniladi?
- Jinoyat mulk egasiga yoki mulk ishonib topshirilgan shaxsga sezdirmasdan yoxud manfaatdor bo‘lmagan boshqa shaxslar yo‘q vaqtida sodir etilishi
- Jinoyatchining jinoyat sodir etayotganda yuzini niqob bilan yashirib, shaxsini aniqlatmaslikka urinishi va izlarini yo‘qotishi
- Jinoyat natijasida olingan mulkni yashirib qo‘yishi, uni boshqa shaxslarga topshirishi va sotib yuborishi hamda daromadni legallashtirishi
- Jinoyatning faqat tunda, qorong‘ulik vaqtida va hech kim ko‘rmaydigan joyda sodir etilishi hamda jabrlanuvchiga sezdirilmasligi
To‘g‘ri javob: Jinoyat mulk egasiga yoki mulk ishonib topshirilgan shaxsga sezdirmasdan yoxud manfaatdor bo‘lmagan boshqa shaxslar yo‘q vaqtida sodir etilishi. Yashirinlik — jinoyatning mulk egasiga sezdirmasdan yoki manfaatdor boshqa shaxslar yo‘q vaqtda sodir etilishi.
Quyidagilardan qaysi biri talon-taroj qilish usullaridan biri hisoblanadi?
- Soxta bankrotlik
- Soxta tadbirkorlik
- Firibgarlik
- Soliqlardan bo‘yin tovlash
To‘g‘ri javob: Firibgarlik. Talon-taroj qilish usullariga bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata, firibgarlik va o‘g‘rilik kiradi.
Har qanday talon-taroj qilishning zaruriy belgisi nima?
- Zo‘rlik ishlatilishi
- Huquqqa xilofligi
- Yashirin sodir etilishi
- Jabrlanuvchining jarohat olishi
To‘g‘ri javob: Huquqqa xilofligi. Har qanday talon-taroj qilishning zaruriy belgisi uning huquqqa xilofligidir.
Talon-taroj qilishning tugallangan vaqti nimaga bog‘liq bo‘ladi?
- Talon-taroj qilishning shakliga
- Jabrlanuvchining yoshiga
- Mulkning qiymatiga
- Sodir etilgan kunning haftalik kuniga
To‘g‘ri javob: Talon-taroj qilishning shakliga. Talon-taroj qilishning tugallangan vaqti uning shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Talon-taroj qilishning subyektiv tomoni qanday?
- Ehtiyotsizlik, motivi — beparvolik
- Egri qasd, motivi — qasos
- To‘g‘ri qasd, motivi — g‘arazgo‘ylik
- Xo‘jasizlik, motivi — manfaat
To‘g‘ri javob: To‘g‘ri qasd, motivi — g‘arazgo‘ylik. Talon-taroj qilish subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, motivi g‘arazgo‘ylikdir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash