Jinoyat protsessual qonunchilikda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar
V bo‘lim. Protsessual huquq
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir.
Ma’lumotlar va narsalar tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina ulardan dalil sifatida foydalanish mumkin.
• Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar.
Dalillar va ularning turlari. • Isbot qilishning umumiy shartlari.
• So‘roq qilish va uning tartibi.
• Voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilish tartibi,
aybni e’lon qilish shartlari.
Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar
Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz berganmi yoki yo‘qligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi.
Bu ma’lumotlar guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.
Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar
Qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari Jinoyat protsessual kodeks normalariga muvofiq tekshiril- ganidan va baholanganidan so‘ng jinoyat ishi bo‘yicha dalillar deb e’tirof etilishi mumkin.
...Protsessual qonunchilikni jiddiy buzgan holda yoki noqonuniy uslublar bilan, shu jumladan:
jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llagan holda;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqini, shuningdek, tarjimon xizmatidan foydalanish huquqini buzgan holda;
Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar
jinoyat protsessida ishtirok etayotgan shaxsga huquq va majburiyatlarini tushuntirmaslik oqibatida uni chalg‘itgan holda;
mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan protsessual harakatlarni o‘tkazish oqibatida;
noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo‘lmagan manbadan;
dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sudda mavjud dalillar majmuyi bilan o‘z tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlaridan;
mavjud dalillar majmuyi bilan tasdiqlangan hollardan tashqari, jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining taxmin, faraz yoki mish-mishlarga asoslangan ko‘rsatuvlaridan olingan hamda tegishli ravishda yuridik kuchga ega bo‘lmagan ma’lumotlardan jinoyat ishlari bo‘yicha dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmasin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi
«Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
So‘roqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi.
Isbot qilishda quyidagilar taqiqlanadi: 1) shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etish;
2) zo‘rlik, po‘pisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar bilan ko‘rsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi
3) tungi vaqtda, ya’ni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izi yo‘qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yiladigan narsalar va hujjatlar tegishli bayonnomalarda aniq ko‘rsatiladi. Shu bilan birga narsa yoki hujjat egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning ko‘chirmasi topshirilib, tilxat olinadi. Ishga aloqasi bo‘lmagan narsa va hujjatlar qonuniy egasiga darhol qaytariladi. Fuqarolar saqlashi taqiqlangan narsa va hujjatlar yo‘q qilinadi yoki ularni saqlashga vakolati bo‘lgan va ularni tasarruf etadigan muassasalar yoki tashkilotlarga beriladi.
So‘roq qilish
Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq qilinuvchi qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda so‘roq qiladi.
Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim.
So‘roq qilish
So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi mumkinligini ham aniqlashtirishi lozim.
So‘roq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
So‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma’lumotlarga taalluqli bo‘lsa, u so‘roq jarayonida o‘zidagi yoki ishga qo‘shib qo‘yilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin.
So‘roq qilinuvchiga so‘roq qilish jarayonida o‘zidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni o‘qib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin.
So‘roq qilish
Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilinuvchidan so‘roq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qo‘shib qo‘yishi mumkin.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan o‘tkaziladi. Ko‘rsa-
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt kun davomida, dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak.
So‘roq qilish
Vaqtni «essiz», «qaniydi», «koshkiydi» lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.
Kubro
Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida so‘z eng xatarli va kuchli qurolligicha qolmoqda.
Paulo Koelyo
tilgan shaxslar so‘roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin.
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchi himoyachi ishtirokida so‘roq qilinadi.
So‘roq qilish chog‘ida surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishtirok etishi mumkin.
Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. So‘roq oxirida himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishish va u haqda o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidir.
Savol va topshiriqlar
Voyaga yetmagan Z. ismli shaxs Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi Qoplonbek postidan nar- kotik moddasini olib o‘tishda ishtirok etayotganida bojxona xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Bilimingizni sinang
Ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega holatlar haqidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash nima deb ataladi?
- Tergov harakati
- Dalillarni tasdiqlash
- So‘roq qilish
- Isbot qilish
To‘g‘ri javob: Isbot qilish. Isbot qilish haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat.
Jinoyat protsessida isbot qilish nimadan iborat?
- Gumon qilinuvchining aybsizligini isbotlash maqsadida, faqat himoya tomoni taqdim etgan dalillarni to‘plash va ularni sudga taqdim etishdan iborat faoliyat
- Ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun muhim holatlar haqidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan
- Sud hukmini ijro etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish, ularni ijro organlariga yuborish va ijro jarayonini nazorat qilishdan
- Jinoyat ishini yuritish uchun asos bo‘ladigan ariza va xabarlarni qabul qilish, ularni ro‘yxatga olish va dastlabki tekshiruv o‘tkazishdan
To‘g‘ri javob: Ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun muhim holatlar haqidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan. Isbot qilish dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat.
Tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilmagan ma’lumotlar va narsalarga nisbatan qaysi qoida amal qiladi?
- Ular guvohlar tomonidan tasdiqlansa, darhol dalil sifatida foydalanilishi mumkin
- Ular tergovchining og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra dalil sifatida qabul qilinadi
- Ular bayonnomada qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanilishi mumkin
- Ular faqat apellyatsiya bosqichida dalil sifatida ko‘rib chiqiladi
To‘g‘ri javob: Ular bayonnomada qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanilishi mumkin. Ma’lumot va narsalar bayonnomada qayd etilgandan keyingina dalil sifatida ishlatiladi.
Jinoyat-protsessual qonunchilikka ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha dalil nima hisoblanadi?
- Qilmish yuz berganmi, shaxs aybdormi va ish uchun muhim boshqa holatlarni aniqlashga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lumotlar
- Faqat ayblanuvchining o‘z aybiga iqrorligi to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlari va shu asosda tuzilgan tergov bayonnomalari mazmuni
- Prokuror tomonidan tasdiqlangan ayblov xulosasida keltirilgan va sud majlisida e’lon qilinadigan har qanday ma’lumotlar
- Surishtiruvchi va tergovchining ish yuzasidan shaxsiy xulosalari hamda ularning tergov jarayonidagi ichki fikr-mulohazalari
To‘g‘ri javob: Qilmish yuz berganmi, shaxs aybdormi va ish uchun muhim boshqa holatlarni aniqlashga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lumotlar. Qonunga ko‘ra dalil – holatlarni aniqlashga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lumotlardir.
Tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari qanday sharoitda jinoyat ishi bo‘yicha dalil deb e’tirof etilishi mumkin?
- Tezkor xodimning o‘zi ularni dalil deb e’lon qilib, ish materiallariga biriktirgan taqdirda, boshqa tekshiruvlarsiz
- Ular o‘tkazilishiga prokuror og‘zaki ruxsat bergan bo‘lsa va tergovchi buni bayonnomada qayd etmagan bo‘lsa ham
- Ular sudlanuvchining roziligisiz o‘tkazilgan bo‘lsa ham, o‘z-o‘zidan dalil hisoblansa va tekshirilishi shart bo‘lmasa
- Qonun talablariga rioya etib o‘tkazilgan bo‘lsa va Jinoyat protsessual kodeks normalariga muvofiq tekshirilib, baholangan bo‘lsa
To‘g‘ri javob: Qonun talablariga rioya etib o‘tkazilgan bo‘lsa va Jinoyat protsessual kodeks normalariga muvofiq tekshirilib, baholangan bo‘lsa. Natijalar qonunga rioya qilingan holda o‘tkazilib, tekshirilganidan va baholanganidan so‘ng dalil bo‘lishi mumkin.
Jinoyat-protsessual qonunchilikka ko‘ra, tarjimon xizmatidan foydalanish huquqining buzilishi dalillarga nisbatan qanday oqibat keltiradi?
- Dalillar to‘liq kuchga ega bo‘lib qoladi, faqat tarjimon almashtiriladi va tergovchiga hayfsan beriladi
- Dalillar faqat jabrlanuvchiga nisbatan yaroqsiz hisoblanadi, boshqa ishtirokchilarga nisbatan kuchini saqlaydi
- Shu tarzda olingan ma’lumotlardan jinoyat ishlari bo‘yicha dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi
- Dalillar o‘z kuchini saqlaydi, agar prokuror ularni dalil sifatida qabul qilishga rozilik bildirsa
To‘g‘ri javob: Shu tarzda olingan ma’lumotlardan jinoyat ishlari bo‘yicha dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tarjimon xizmatidan foydalanish huquqini buzib olingan ma’lumotlar dalil sifatida ishlatilmaydi.
Kazus. Dastlabki tergovda guvoh Bobur ish bo‘yicha ko‘rsatuv bergan, lekin sudda boshqa dalillar bu ko‘rsatuvni tasdiqlamadi. Ko‘rsatuvning dalil sifatidagi maqomi qanday?
- Ko‘rsatuv boshqa dalillar bilan tasdiqlanmasa ham eng kuchli dalil hisoblanadi, chunki u dastlabki tergovda berilgan
- Ko‘rsatuv sud tomonidan avtomatik ravishda, boshqa dalillar bilan solishtirilmasdan ayblov uchun asos qilib olinadi
- Mavjud dalillar majmuyi bilan o‘z tasdig‘ini topmagan dastlabki ko‘rsatuvdan dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi
- Ko‘rsatuv faqat tergovchining roziligi bilan bekor qilinadi, sud esa uni dalil sifatida rad etishga haqli emas
To‘g‘ri javob: Mavjud dalillar majmuyi bilan o‘z tasdig‘ini topmagan dastlabki ko‘rsatuvdan dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sudda dalillar majmuyi bilan tasdiqlanmagan dastlabki tergov ko‘rsatuvlaridan dalil sifatida foydalanilmaydi.
Kazus. Ish yuritish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs Sardor jinoyat ishi bo‘yicha guvohni so‘roq qilib, ko‘rsatuv oldi. Ushbu ko‘rsatuvga qanday baho beriladi?
- Ko‘rsatuv dalil bo‘ladi, chunki guvoh o‘z ixtiyori bilan gapirgan va ko‘rsatuv berishdan bosh tortmagan, shuning uchun u e’tirof etiladi
- Ko‘rsatuv dalil bo‘ladi, agar uni tergovchi keyinroq ko‘rib chiqib, bayonnomaga o‘z imzosini qo‘ysa va tasdiqlasa
- Ko‘rsatuv faqat sudlanuvchiga nisbatan dalil bo‘la olmaydi, boshqa shaxslarga nisbatan esa to‘liq kuchga ega bo‘ladi
- Ish yuritish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs o‘tkazgan protsessual harakat natijasida olingan ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi
To‘g‘ri javob: Ish yuritish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs o‘tkazgan protsessual harakat natijasida olingan ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi. Ish yuritish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs o‘tkazgan harakatlar natijasida olingan ma’lumotlar dalil bo‘lolmaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash