Jinoyat protsessi ishtirokchilari
V bo‘lim. Protsessual huquq
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Jinoyat protsessi quyidagilar bilan tavsiflanadigan bir nechta bosqichlardan iboratdir: a) jinoyat protsessining umumiy vazifalaridan kelib chiqadigan o‘zining alohida vazifalari bilan; b) ishtirokchilarning alohida tarkibi bilan; d) bu ishtirokchilarning o‘ziga xos harakatlari va huquqiy munosabatlari bilan; e) bu faoliyatga yakun yasaladi- gan o‘ziga xos hujjatlar bilan.
• Jinoyat protsessi ishtirokchilari.
• Protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar.
Jinoyat protsessida surishtiruvchi, tergovchi, sudya, sud majlisi kotibi, prokuror ishtirok etadi. Jinoyat ishini yuritishda jamoalar va ularning vakillari ham ishtirok etishi mumkin.
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Shuningdek, jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar, himoyachilar va vakillar ishtirok etadi. Bularga ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining qonuniy vakillari, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning va fuqaroviy javobgarning vakillari kiradi.
Jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sifatida guvoh, guvohning advokati, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolislarni olishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida jinoyat protsessida ishtirok etuvchilarning huquq va majburiyatlari alohida qayd etilgan.
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti:
1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa;
2) u ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning yoki Jinoyat protsessual kodeksning 76-moddasi birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
3) uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, o‘sha ishni kelgusida ko‘rishda qatnasha olmaydi. Birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) bekor qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 76, 79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi sababli o‘zini o‘zi rad etmasa, uni rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i yoki prokuror tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida qaror chiqariladi.
Xijolat va tortinchoqlik qayg‘u va yo- monlik tufayli tinchlikning buzilishidir. Bundan inson o‘zining o‘tmi- shi, hozirgi payti va kelajakdagi mavqeyi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zini o‘zi koyiydi.
Sino
Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Sino
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining o‘z protsessual majburiyatini bajarishi, basharti, ushbu ish qo‘shimcha tergov yuritish yoki sudda yangidan ko‘rish uchun yuborilgan bo‘lsa, ular tomonidan tegishlicha surishtiruv, dastlabki tergov yuritishga, shuningdek sud majlisi bayonnomasini tuzishga monelik qilmaydi.
Savol va topshiriqlar
1. Tezkor ma’lumotni o‘rganish maqsadida Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan M.A.ning yashash xonadoni tekshirilganda qurilishi bitmagan uyidan qog‘oz parchasiga o‘ralgan, og‘irligi 326,5 g bo‘lgan giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
2. 2018-yilning 16-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida A.T. hamda uning jinoiy sheriklari sifatida gumon qilinayotganlar ustidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sud majlisida jinoiy ish bo‘yicha sudlanuvchilar o‘zlarining so‘nggi so‘zlarini aytishdi. Ular Jinoyat kodeksi 177-moddasi 3-qismining «a» va «b» bandi, 188-moddasi, 189-moddasi, 190-moddasi 2-qismining «a» va «v» bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblandilar.
Savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1979-yilda — Tezkor ma’lumotni o‘rganish maqsadida Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan M.A.ning yashash xonadoni tekshirilganda qurilishi bitmagan uyidan qog‘oz parchasiga o‘ralgan, og‘irligi…
- 2018-yilning — 2018-yilning 16-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida A.T. hamda uning jinoiy sheriklari sifatida gumon qilinayotganlar ustidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
- 16-fevral — 2018-yilning 16-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida A.T. hamda uning jinoiy sheriklari sifatida gumon qilinayotganlar ustidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat protsessida qaysi shaxslar ishtirok etadi?
- Surishtiruvchi, tergovchi, sudya, sud majlisi kotibi, prokuror
- Faqat tergovchi va surishtiruvchi, sud va prokuror ishtirok etmaydi
- Faqat sudya, prokuror va sud ijrochisi hamda himoyachi
- Faqat himoyachi, guvoh, jabrlanuvchi va fuqaroviy javobgar
To‘g‘ri javob: Surishtiruvchi, tergovchi, sudya, sud majlisi kotibi, prokuror. Jinoyat protsessida surishtiruvchi, tergovchi, sudya, sud majlisi kotibi, prokuror ishtirok etadi.
Quyidagilardan qaysi biri jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslarga kiradi?
- Ekspert-mutaxassis
- Fuqaroviy da’vogar
- Guvoh-ko‘rsatuvchi
- Tarjimon-ishtirokchi
To‘g‘ri javob: Fuqaroviy da’vogar. O‘z manfaatlarini himoya qiluvchilarga ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va vakillar kiradi.
Quyidagilardan qaysi biri jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kiradi?
- Ayblanuvchi
- Fuqaroviy javobgar
- Tarjimon
- Jabrlanuvchi
To‘g‘ri javob: Tarjimon. Boshqa shaxslar: guvoh, guvohning advokati, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolislar.
Jinoyat protsessida ishtirok etuvchilarning huquq va majburiyatlari qaysi hujjatda alohida qayd etilgan?
- Fuqarolik protsessual kodeksida
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda
- Mehnat kodeksida
- Jinoyat-protsessual kodeksida
To‘g‘ri javob: Jinoyat-protsessual kodeksida. Ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari Jinoyat-protsessual kodeksida alohida qayd etilgan.
Quyidagi hollardan qaysi birida sudya jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim?
- Agar shu ish bo‘yicha ilgari guvoh sifatida ishtirok etgan bo‘lsa
- Agar ilgari boshqa ish bo‘yicha sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa
- Agar ayblanuvchi bilan bir shaharda doimiy yashab kelayotgan bo‘lsa
- Agar ish hajmi sudyaning joriy ish yuklamasidan katta bo‘lsa
To‘g‘ri javob: Agar shu ish bo‘yicha ilgari guvoh sifatida ishtirok etgan bo‘lsa. Shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, ekspert, guvoh, himoyachi va boshqalar sifatida ishtirok etgan yoki etayotgan shaxs rad qilinadi.
Quyidagi holatlardan qaysi biri jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni rad qilish asosi hisoblanadi?
- Ish ko‘rilayotgan shahardan boshqa shaharda doimiy yashash va u yerda ishlab kelish
- Shu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning qarindoshi bo‘lish
- Yoshi oltmishdan oshgan bo‘lishi va ish stajining sezilarli darajada uzoq bo‘lishi
- Ilgari boshqa ishda surishtiruvchi yoki tergovchi sifatida ishtirok etgan bo‘lish
To‘g‘ri javob: Shu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning qarindoshi bo‘lish. Ishni yuritishga mas’ul mansabdor shaxsning qarindoshi bo‘lish rad qilish asosidir.
Sud majlisi kotibi Nodira ilgari xuddi shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi sifatida ishtirok etgan. Hozir u shu ishda kotib bo‘lib ishtirok etmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Nodira ishtirok etishi mumkin, chunki kotib ishning mohiyatiga ta’sir qilmaydi
- Faqat sudyaning o‘zi qaror qiladi, rad qilinmaydi
- Nodira ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim
- Nodira faqat bayonnoma tuzmasdan ishtirok etadi
To‘g‘ri javob: Nodira ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim. Shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi sifatida ishtirok etgan yoki etayotgan kotib rad qilinishi lozim.
Quyidagilardan qaysi biri rad qilish asosi sifatida alohida ko‘rsatilgan?
- Shaxsning ish tajribasi kamligi va malakasi yetarli darajada emasligi
- Ishning murakkabligi va uni ko‘rish uchun ko‘p vaqt talab etilishi
- Uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar
- Xodimning ish stajining uzoqligi va yuqori mansabda ishlayotganligi
To‘g‘ri javob: Uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar. Xolislik va beg‘arazlikka shubha tug‘diruvchi holatlar ham rad qilish asosidir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash