XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 8-sinf · Davlat va huquq asoslari · 1–2-dars

Shaxs

Shaxs, jamiyat va davlat

Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

Faollashtiruvchi savollar

Savollar: 1. Rasmlarda tasvirlangan odamlar jismoniy, moddiy, aqliy, ma’naviy jihatlari bilan bir-biridan qanchalik farq qiladi deb o‘ylaysiz?
Savollar: 2. Sizning fikringizcha, rasmlardagi odamlarning qanday umumiy jihatlari bor?
Savollar: 3. “Odam”, “inson” va “shaxs” tushunchalari bir-biridan o‘zaro farq qiladimi?
Savollar: 4. Shaxs jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lishi lozim?

5. Inson huquqlari hammaga tug‘ilganidan boshlab berilishini asoslang.

6. Har qanday inson uchun eng qadrli bo‘lgan narsalarni sanab bering.

7. Alohida toifadagi insonlar uchun qadrli bo‘lgan, lekin boshqalar uchun uncha ahamiyatli hisoblanmaydigan narsalarga misol keltiring.

Faollashtiruvchi savollar

Savollar: 8. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘xshash jihatlarini misollar yordamida aytib bering. Mazkur qadriyatlarning inson uchun ahamiyati yuqori bo‘lishi bu inson haqida qanday tasavvur uyg‘otadi?

Fikrimizni tasdiqlaymiz

“Odam” tushunchasi biologik tushuncha bo‘lib, unga jonli tabiatning bir elementi sifatida qaraladi. “Inson” tushunchasi esa ijtimoiy tushuncha bo‘lib, undan kundalik so‘zlashuvda keng foydalaniladi. Shuningdek, o‘zaro suhbatlarda “kishi”, “kimsa” so‘zlarini ham qo‘llab turamiz. Biroq huquqshunoslik fanida hamda yuridik adabiyotlar da “odam”, “inson”, “kishi” yoki “kimsa” so‘zlaridan emas, balki aynan “shaxs” tushun chasidan foydalaniladi.

“Shaxs” tushunchasi “inson” tushunchasining yuksak ko‘rinishi, oliy maqomidir. Shu bilan birga, “odam” yoki “inson” tushunchalariga huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi sifatida qaralmaydi. Ular shaxs maqomidan tashqari holatda huquqiy munosabatlarning to‘la ishtirokchisi bo‘la olmaydi.

Yodda tuting

Shaxs — ongli ravishda o‘z faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan, huquqiy munosabat ishtirokchisi sifatida muayyan huquq va majburiyatlarga ega inson.

INSON

Umumijtimoiy tushuncha bo‘lib, muayyan jamiyatda insoniy fazilatlarga ega ekanlikni ifoda etadi.

ODAM

Biologik jihatdan fikrlash, so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, shu tufayli jonli tabiatning boshqa hamma jonzotlardan ustun turuvchi bir qismi.

Huquqiy munosabatlarning alohida ishtirokchisi bo‘lib, inson tushunchasining yuksak ko‘rinishidir.

Hamkorlikda bajaramiz

Savollar: Xo‘sh, inson qanday qilib jamiyatga hissa qo‘shadigan shaxsga aylanadi? Qanday insonni biz buyuk shaxs deb atashimiz mumkin?

Shaxs ham, albatta, odam, inson, individ. Lekin unda tabiiy xususiyatlar, ehtiyojlar, his-hayajon, tuyg‘ulardan tashqari, bir qadar ahamiyatliroq bo‘lgan jihatlar ham mavjud. Masalan, shaxs uchun qator qadriyatlar muhim. Bu qadriyatlarga misol qilib o‘z uyi — oilasi, mamlakati — vatani, mahallasi — qo‘ni-qo‘shnisi, o‘quv dargohi — sinfdoshlari yoki kursdoshlari, ishxonasi — hamkasblari kabilarni keltirish mumkin. Bu qadriyatlarga erishish, ularni saqlash va e’zozlash uning hayotining maqsadi, mazmuni bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs faqat o‘z-o‘zi bilan ovora emas. U atrofdagilar, hayot, mahalla, mamlakat, vatan haqida doimo o‘ylaydi, qayg‘uradi, g‘amxo‘rlik qiladi. Insonning shaxs sifatida shakllanishida oila, maktab, qo‘ni-qo‘shni, mahalla va do‘stlarning ta’siri katta.

Hamkorlikda bajaramiz

Biz Abu Nasr Forobiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi ajdodlarimizni tilga olganimizda ularni buyuk shaxslar deb ulug‘la shimiz ham shaxs tushunchasiga e’tibor qaratishni talab etadi.

“Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi…”

Abu Nasr Forobiy, “Fozil odamlar shahri”

Alisher Navoiy 1464–1469-yillarda Samarqandda bo‘lgan paytla rida, bir necha yil mashhur faqih (huquqshunos) Xoja Fazlulloh Abul lays huzurida fiqh (huquq) ilmidan dars olgan.

Bu haqda shoir “Majolis un-nafois” asarida shunday yozadi: “Faqir ikki yil alarning qoshida saboq o‘qub erdim, ancha iltifotlari bor erdi kim, “farzand” der erdilar”.

HIDOYA

Burhoniddin Marg‘inoniyning “Kitob al-Hidoya” (qisqacha nomi “Hidoya” — “To‘g‘ri yo‘l”) kitobida oilaviy munosabatlarga oid, shuningdek, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko‘p murakkab muammolar islomiy huquq nuqtayi nazaridan hal etib berilgan. Bu kitob fiqh ilmi bo‘yicha eng aniq, izchil, mukammal asar bo‘lib, undan bugungi kunda ham islom huquqshunosligi bo‘yicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qo‘llanma sifatida foydalaniladi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Shaxsning jamiyatdagi o‘rni Shaxsni jamiyatdan, jamiyatni shaxsdan ajratib bo‘lmaydi. Shaxs boshqalar bilan turli munosabatlarga kirishmasdan jamiyatda faoliyat olib bora olmaydi. Jamiyat va shaxs o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy va huquqiy munosabatlarga kirishishi mumkin.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar

Mehnat munosabatlari. Mulkiy munosabatlar v.b.

Ma’naviy munosabatlar

Bilim olishga oid munosabatlar. Tarixiy meros, ilmiy va texnik yutuqlardan foydalanish munosabatlari v.b.

Siyosiy munosabatlar

Davlat organlariga murojaat qilish bilan bog‘liq munosabatlar. Turli jamoat birlashmalari bilan bog‘liq munosabatlar v.b.

Huquqiy munosabatlar Shartnomaviy munosabatlar.

Shaxs va davlat munosabatlarining huquqiy asoslari

Shaxs va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlar bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Davlat tomonidan mustahkamlab qo‘yilgan shaxsiy huquq va erkinliklar daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.

Davlatning asosiy maqsadi fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qilishdir. Jumladan, davlatning eng dastlabki vazifasi shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy darajasini oshirishga yordam berish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, tinchlikni mustahkamlash hisoblanadi.

Jismoniy va yuridik shaxs Huquqshunoslik fanida shaxs tushunchasi ikki ma’noda, ya’ni jismoniy va yuridik shaxs sifatida ifodalanadi.

Shaxs va davlat munosabatlarining huquqiy asoslari

Savollar: Xo‘sh, jismoniy va yuridik shaxsning o‘zaro farqli jihatlari nimalardan iborat? Javob topish uchun, avvalo, mazkur ikki tushunchaning ta’riflariga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Qonun belgilaydi

Jismoniy shaxslar deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.

Xorijiy davlatlarning

Alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol- mulk bilan javob beradigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.

Demak, yuridik shaxs deganda, asosan, korxona, tashkilot va muassasalar tushuniladi.

Yuridik shaxslarning quyidagi turlari mavjud: • Tijorat tashkilotlari (foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan korxona va tashkilotlar: sotuv bo‘limlari, quruvchi tashkilotlar, ulgurji savdo do‘konlari v.b.)

Xulosa qiling

Ma’lum bir axloqiy sifatlarga ega bo‘lmasdan, munosib inson bo‘lmay turib, ijtimoiy hayotda harakat qilib bo‘lmaydi.

Hamkorlikda bajaramiz

Berilgan vaziyatni diqqat bilan o‘qing va savollarga javob bering.

Savollar: Alisher dars mashg‘uloti davomida ulgurji do‘konlar jismoniy shaxslar tomonidan yuritilishini, ular hech qanday tashkilot yoki korxona bo‘la olmasligini tushuntirib berdi. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar tashkilot emas, ular jismoniy shaxslar ekanligini isbotlashga harakat qildi. Sizningcha, Alisherning fikri to‘g‘rimi? Uning fikriga nima uchun qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik lozim?

Izlanishda davom eting

Savollar: 1. Shaxs va jamiyat o‘zaro qanday munosabatlarga kirishishi mumkin? 2. Siz qachon o‘zingizni yetuk shaxs deb hisoblay olasiz? 3. Shaxs uchun qadriyatlarning qanday ahamiyati bor? 4. Shaxs uchun e’tiborli bo‘lgan qadriyatlarga misollar keltiring. 5. Qanday tarixiy zotlarni “buyuk shaxslar” deb atashimiz mumkin? Siz bunday shaxslardan kimlarning nomlarini aytib bera olasiz? 6. Shaxsning shakllanishida davlatning qanday ahamiyati bor? 7. Shaxs davlat bilan qanday munosabatlarga kirishishi mumkin? 8. Jismoniy shaxs bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘la oladimi? Nima uchun?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Huquqshunoslikda «odam» tushunchasi qanday xarakterga ega?
  1. Biologik tushuncha bo‘lib, odamga jonli tabiatning bir elementi sifatida qaraladi
  2. Ijtimoiy tushuncha bo‘lib, kundalik so‘zlashuvda keng qo‘llaniladi
  3. Huquqiy munosabatlarning to‘la ishtirokchisini bildiradigan yuridik tushuncha
  4. Davlat tomonidan beriladigan huquqiy maqomni ifodalovchi atama

To‘g‘ri javob: Biologik tushuncha bo‘lib, odamga jonli tabiatning bir elementi sifatida qaraladi. «Odam» tushunchasi biologik tushuncha bo‘lib, unga jonli tabiatning bir elementi sifatida qaraladi.

«Shaxs» va «inson» tushunchalari o‘zaro qanday munosabatda?
  1. Shaxs inson tushunchasining eng quyi, dastlabki bosqichidir
  2. Ikkala tushuncha bir xil ma’noni bildiradi va farqlanmaydi
  3. Inson shaxs tushunchasining tor ma’nodagi ko‘rinishidir
  4. Shaxs inson tushunchasining yuksak ko‘rinishi, oliy maqomidir

To‘g‘ri javob: Shaxs inson tushunchasining yuksak ko‘rinishi, oliy maqomidir. «Shaxs» tushunchasi «inson» tushunchasining yuksak ko‘rinishi, oliy maqomidir.

«Inson» tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
  1. Biologik tushuncha bo‘lib, jonli tabiatning bir elementini bildiradi
  2. Ijtimoiy tushuncha bo‘lib, undan kundalik so‘zlashuvda keng foydalaniladi
  3. Faqat huquqiy munosabatlar ishtirokchisini ifodalovchi atama
  4. Yuridik adabiyotlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan rasmiy atama

To‘g‘ri javob: Ijtimoiy tushuncha bo‘lib, undan kundalik so‘zlashuvda keng foydalaniladi. «Inson» ijtimoiy tushuncha bo‘lib, undan kundalik so‘zlashuvda keng foydalaniladi.

Huquqshunoslikda «shaxs» deb kim tushuniladi?
  1. Biologik jihatdan fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, jonli tabiatning boshqa jonzotlaridan ajralib turuvchi tirik mavjudot
  2. Muayyan jamiyatda yashab, barcha insoniy fazilatlarni namoyon etadigan, ammo huquqiy munosabatlarda ishtirok etmaydigan har qanday kishi
  3. Ongli ravishda o‘z faoliyatini boshqara oladigan, huquqiy munosabat ishtirokchisi sifatida muayyan huquq va majburiyatlarga ega inson
  4. Mol-mulkka ega bo‘lib, o‘z nomidan sudda da’vogar yoki javobgar bo‘la oladigan, ro‘yxatdan o‘tgan har qanday kishilar guruhi yoki birlashmasi

To‘g‘ri javob: Ongli ravishda o‘z faoliyatini boshqara oladigan, huquqiy munosabat ishtirokchisi sifatida muayyan huquq va majburiyatlarga ega inson. Ta’rifga ko‘ra shaxs — ongli ravishda o‘z faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega, huquqiy munosabat ishtirokchisi sifatida huquq va majburiyatlarga ega inson.

1464–1469-yillarda Samarqandda bo‘lgan paytida mashhur faqih Xoja Fazlulloh Abullays huzurida fiqh ilmidan dars olgan buyuk shoir kim?
  1. Lutfiy
  2. Zahiriddin Muhammad Bobur
  3. Abdurahmon Jomiy
  4. Alisher Navoiy

To‘g‘ri javob: Alisher Navoiy. Alisher Navoiy Samarqandda bo‘lgan yillarida faqih Xoja Fazlulloh Abullays huzurida fiqh (huquq) ilmidan saboq olgan.

Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida faqih Xoja Fazlulloh Abullays qoshida necha yil saboq o‘qiganini yozadi?
  1. Ikki yil
  2. Uch yil
  3. Bir yil
  4. Besh yil

To‘g‘ri javob: Ikki yil. Navoiy “Majolis un-nafois”da faqih qoshida ikki yil saboq o‘qiganini va ustozi uni farzand deb atashini yozgan.

Alisher Navoiy Samarqandda faqih Xoja Fazlulloh huzurida fiqh ilmidan dars olgan davr qaysi yillarga to‘g‘ri keladi?
  1. 1414–1419-yillar
  2. 1484–1489-yillar
  3. 1464–1469-yillar
  4. 1494–1499-yillar

To‘g‘ri javob: 1464–1469-yillar. Navoiy 1464–1469-yillarda Samarqandda bo‘lgan paytida fiqh (huquq) ilmidan dars olgan.

Burhoniddin Marg‘inoniyning fiqh ilmi bo‘yicha eng aniq, izchil va mukammal asari, islom huquqshunosligida nufuzli manba hisoblangan kitob qaysi?
  1. Kitob al-Hidoya
  2. Kitob al-Muxtasar
  3. Kitob al-Mabsut
  4. Kitob al-Xiroj

To‘g‘ri javob: Kitob al-Hidoya. Marg‘inoniyning Kitob al-Hidoya asari fiqh ilmi bo‘yicha eng mukammal asar bo‘lib, islom huquqshunosligida asosiy qo‘llanma sifatida foydalaniladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Jamiyat