Huquqiy munosabatlar
Huquq
Xalqning o‘zi to‘g‘ridan to‘g‘ri tasdiqlamagan qonun — haqiqiy emas.
Faollashtiruvchi savollar
Yodda tuting
Huquqiy munosabatlarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ularni fuqarolik, mehnat, jinoiy, ma’muriy, iqtisodiy va boshqa shu kabi turlarga ajratish mumkin. Masalan, oldi- sotdi bitimlari fuqarolik, jinoyat sodir etish jinoiy-huquqiy munosabatlarga misol bo‘la oladi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Huquqiy munosabatlar shaxslar o‘rtasidagi huquqiy aloqa bo‘lib, uning natijasida shaxslarda huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar “huquqiy munosabatlar” deyiladi. Ularning vujudga kelishi uchun yuridik fakt — hodisa (masalan, insonning tug‘ilishi yoki o‘lishi, yong‘in) yoki harakat (masalan, huquqbuzarlik) yuzaga kelishi lozim bo‘ladi.
Huquqiy munosabat ishtirokchilari o‘zlariga tegishli huquq va majburiyatlarni to‘liq bajarishlari lozim. Huquq va majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Huquqiy munosabatlar — kishilar o‘rtasidagi huquqiy aloqalardir. Huquqiy munosabatlarda kamida ikki tomon ishtirok etadi. Birinchi tomon — huquq egasi, ikkinchi tomon — majburiyatni bajaruvchi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etuvchi, ularning vujudga kelishi uchun zarur bo‘lgan tarkibiy qismlar mazkur munosabatlarning “tarkibiy qismlari” deb ataladi.
Huquqiy munosabatlarning tarkibiy qismlari: obyekt, subyekt, subyektiv huquq va yuridik majburiyat. Huquqiy munosabat ish tirokchilarining diqqati qaratilgan aniq narsa huquqiy munosabatlarning obyektidir. Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari — huquq va majburiyat egalari huquqiy munosabatlarning subyektlari hisoblanadilar. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli huquq normasiga asosan bajarishi lozim (bajarilishi o‘ziga bog‘liq bo‘lgan harakati) yoki ularning ma’lum harakatlarni amalga oshirilishini talab qilish vakolati subyektiv huquq tushunchasini ifodalaydi.
Yodda tuting
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari — huquq va majburiyat egalari huquqiy munosabatlarning subyektlari hisoblanadilar.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli huquqiy normaga asosan bir-birlari oldida bajarishlari lozim bo‘lgan burchi (majburiyati) yoki ba’zi harakatni sodir etishdan o‘zlarini tiyishlari yuridik majburiyat hisoblanadi.
Huquqiy munosabat
(oldi-sotdi misolida)
(masalan, tovar haqida ma’lumot
1. Sotuvchining majburiyati — sifatli tovarni taqdim qilish, huquqi — tovarning pulini olish. 2. Xaridorning huquqi — sifatli tovarni sotib olish, majburiyati — tovarning pulini to‘lash.
Hamkorlikda bajaramiz
Quyida keltirilgan har bir vaziyatdagi huquqiy munosabatlar ishtirokchilarini aniqlang.
Huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining subyektiv huquq hamda yuridik majburiyatlarini tahlil qiling.
Aziz 18 yoshga to‘lgan kuni otasi unga do‘konga sotuvchi bo‘lib ishga
kirishiga ruxsat berdi.
Farzona 8 yosh. U juda chiroyli
rasm chizadi. Ota-onasi uning
rasmlari ko‘rgazmasini tashkil
qilishga yordam berishdi.
Fayzulloh 14 yoshda. U yosh musi
qachilar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda birinchi o‘rinni egallab sovrindor bo‘ldi. Fayzulloh
o‘zining yakkaxon konsertini berish uchun tayyorlanmoqda. Konsertdan tushadigan mablag‘ni bolalar salomatligini tiklash bo‘yicha
Hamkorlikda bajaramiz
tashkil etilgan fondlarga o‘tkazishni
rejalashtirgan.
Shahlo 16 yoshga to‘lganida opasi unga mushuk bolasi (xumpar)ni sov
g‘a qildi. Shahloda qanday huquqiy
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar, ya’ni subyektlar huquq layoqatiga hamda muomala layoqatiga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, masalan, tibbiy yordam olish, turar joyga, o‘z ismi, familiyasiga ega bo‘lish huquqlariga ega. Aqli zaif va ruhiy kasallar ham huquqiy layoqatga ega. Ular ham yashash, davolanish, nafaqa olish, mulkdor bo‘lish huquqiga egadirlar. Ayrim davlatlarda hali tug‘ilmagan bola ham huquqiy layoqatga ega. U merosxo‘r bo‘la oladi.
Muomala layoqati yosh va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq. O‘zbekiston qonunlariga binoan, to‘la muomala layoqati fuqaro 18 yoshga to‘lgandan so‘ng boshlanadi. Lekin ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdan tortilishi mumkin. Boshqa bir misol, Oila kodeksi ayrim hollarda 18 yoshga to‘lmasdan turib nikohdan o‘tishga ruxsat beradi. Bunday fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan boshlab to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Qonun belgilaydi
Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 17-modda
Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 22-modda
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Hamkorlikda bajaramiz
Quyidagi holatlar qanday huquqiy munosabat ekanligini va ularning tarkibiy elementlarini tahlil eting.
1. Elyor ismli bola ingliz tilini o‘rganish uchun o‘quv markazidagi kurslarga qatnash moqda.
2. Zafar ismli bola svetoforning qizil chirog‘i yonib turgan bo‘lishiga qaramasdan, yo‘lni kesib o‘tdi.
3. Mohigul sport to‘garaklariga qatnashmoqda. 4. A’zamjon ismli bola maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olmoqda. 5. Ahrorjon ismli bola maktabga kech qolmaslik uchun jamoat transportida yo‘lga chiqdi.
6. “Ziyo-zukko umumta’lim maktabi” va ota-onalar o‘rtasida ta’lim xizmatlarini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma tuzildi.
Hamkorlikda bajaramiz
7. “Ziyo muallim pedagoglar rivojlanish markazi” nodavlat ta’lim muassasasi Saodat Shermuhamedova bilan bir yillik o‘quv kurslarida trening o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
8. Husniddin 144-umumta’lim maktabiga tarix o‘qituvchisi lavozimiga ishga kirish uchun shartnoma imzoladi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Quyida turli huquqiy munosabatlarga misol keltirish orqali ularning tarkibiy elementlariga e’tibor qaratib o‘tamiz:
Fuqaroviy-huquqiy munosabat — masalan, Bobur do‘kondan o‘quv qurollarini sotib olishi: Bunda Bobur va do‘kon sotuvchisi — subyekt, o‘quv qurollari — obyekt, Boburning o‘quv qurollar sifatini tekshirishi va mahsulot haqida ma’lumot olish huquqi — subyektiv huquq, to‘lovni amalga oshirishi — yuridik majburiyat hisoblanadi.
Jinoiy-huquqiy munosabat — masalan, Abdulla do‘kondan qimmatbaho o‘quv qurollarini o‘g‘irlab olishi: Bunda Abdulla — subyekt, qimmatbaho o‘quv qurollari (mulk huquqining buzilishi) — obyekt, do‘kon egasi o‘z mulkini qaytarib olishi yoki tovon puli olishi — subyektiv huquq, Abdullaga nisbatan ta’sir choralari (jazo)ni qabul qilib olish oqibati — yuridik majburiyat hisoblanadi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Ma’muriy huquqbuzarlik munosabatlari — masalan, Ulug‘bek ismli shaxs Shohista ismli qizni haqorat qildi: Bunda Ulug‘bek — subyekt, Shohista ismli qizning sha’ni, qadr-qimmati — obyekt, Shohista holat bo‘yicha Ulug‘bekni javobgarlikka tortish bo‘yicha murojaat qilishi — subyektiv huquq, Ulug‘bekka nisbatan qo‘llanilgan ta’sir choralari (jazo)ni qabul qilib olish oqibati — yuridik majburiyat hisoblanadi.
Mehnat munosabatlari — masalan, Jahongir ismli shaxs korxonada ishlab keladi: Bunda Jahongir va ish beruvchi — subyekt, mehnat qilish huquqi — obyekt, mehnat qilish natijasida ish haqi olish — subyektiv huquq, mehnat muhofazasi va xavfsizligiga rioya qilish — yuridik majburiyat hisoblanadi.
Izlanishda davom eting
3. O‘zingizga tegishli bo‘lgan huquqlaringiz ro‘yxatini tuzing. Bu huquqlarga qanday va qachondan boshlab ega bo‘lganingizni asoslang.
Quyidagi huquqiy munosabatlarning tarkibini tahlil qiling.
Huquqiy munosabat subyekti
Huquqiy munosabat obyekti
Subyektiv huquq
Yuridik majburiyat
Izlanishda davom eting
Furqat tumanida yashovchi fuqaro Akbarova “Qishloqqurilishbank” ATBning Qo‘qon filialidan qoramol sotib olish uchun 2 yil muddatga 10 million so‘m miqdorda kredit olib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Begimqul Raimqulovich orzusi” xususiy korxonasi rahbari Samandarov “Mikrokreditbank” ATB Sirdaryo viloyat filiali tomonidan kredit ajratilmayotgan ligidan norozi bo‘lib Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga murojaat qildi.
“Gold distribution” MCHJ huquqshunosi Mirzo Ulug‘bek tumani Savdo xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departa mentiga ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsat beradigan litsenziyani qayta rasmiy lashtirib berish yuzasidan murojaat qildi.
Izlanishda davom eting
Fuqarolar Akbarov va Hasanovalar 2024-yil 10-avgust kuni tuman FHDY bo‘limidan nikohdan o‘tdi.
“Adesign” shirkati o‘zining internet sahifasini yaratib berish uchun Abduvohid ismli dasturchi bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzdi.
Muhim sanalar
- 2024-yil — Fuqarolar Akbarov va Hasanovalar 2024-yil 10-avgust kuni tuman FHDY bo‘limidan nikohdan o‘tdi.
- 10-avgust — Fuqarolar Akbarov va Hasanovalar 2024-yil 10-avgust kuni tuman FHDY bo‘limidan nikohdan o‘tdi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat sodir etish qaysi turdagi huquqiy munosabatga misol bo‘ladi?
- Jinoiy-huquqiy munosabatga
- Fuqarolik huquqiy munosabatiga
- Mehnat huquqiy munosabatiga
- Iqtisodiy huquqiy munosabatga
To‘g‘ri javob: Jinoiy-huquqiy munosabatga. Jinoyat sodir etish jinoiy-huquqiy, oldi-sotdi bitimlari esa fuqarolik munosabatlariga misoldir.
Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar nima deyiladi?
- Axloqiy munosabatlar
- Odat munosabatlari
- Huquqiy munosabatlar
- Siyosiy munosabatlar
To‘g‘ri javob: Huquqiy munosabatlar. Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi.
Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar nima deb ataladi?
- Yuridik faktlar tizimi
- Huquqiy munosabatlar
- Huquqbuzarliklar tizimi
- Ijtimoiy aloqalar turi
To‘g‘ri javob: Huquqiy munosabatlar. Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar “huquqiy munosabatlar” deyiladi.
Huquqiy munosabatlarda kamida nechta tomon ishtirok etadi?
- Ikki tomon
- Bir tomon
- Uch tomon
- To‘rt tomon
To‘g‘ri javob: Ikki tomon. Huquqiy munosabatlarda kamida ikki tomon ishtirok etadi: huquq egasi va majburiyatni bajaruvchi.
Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun nima yuzaga kelishi lozim?
- Faqat yozma shartnoma tuzilishi
- Davlat organining ruxsati berilishi
- Yuridik fakt — hodisa yoki harakat
- Faqat sudning qarori chiqarilishi
To‘g‘ri javob: Yuridik fakt — hodisa yoki harakat. Munosabatlar vujudga kelishi uchun yuridik fakt — hodisa yoki harakat yuzaga kelishi lozim.
Quyidagilardan qaysi biri yuridik fakt-hodisaga misol bo‘ladi?
- Huquqbuzarlik sodir etish
- Yong‘in yuz berishi
- Qarz shartnomasini tuzish
- Arizaga imzo chekish
To‘g‘ri javob: Yong‘in yuz berishi. Insonning tug‘ilishi yoki o‘lishi, yong‘in hodisaga; huquqbuzarlik esa harakatga misoldir.
Huquqiy munosabat ishtirokchisi huquq va majburiyatlarni bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa, qanday oqibat yuz beradi?
- Munosabat o‘z-o‘zidan tugaydi
- Huquq layoqatini yo‘qotadi
- Muomala layoqati cheklanadi
- Javobgarlikka sabab bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Javobgarlikka sabab bo‘ladi. Huquq va majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etuvchi va vujudga kelishi uchun zarur bo‘lgan unsurlar mazkur munosabatlarning nimasi deb ataladi?
- Belgilari
- Yuridik faktlari
- Tarkibiy qismlari
- Manbalari
To‘g‘ri javob: Tarkibiy qismlari. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun zarur unsurlar ularning tarkibiy qismlari deb ataladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash