Huquq tarmoqlari (sohalari)
Huquq
Huquq — ezgulik va adolatlilik san’atidir.
Faollashtiruvchi savollar
Faollashtiruvchi savollar
Xulosa qiling
Huquq sohasi mavzusini yaxshi tushunish uchun, avvalo, huquq tizimi masalasiga oydinlik kiritish lozim. Chunki huquq sohasi huquq tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Har qanday jamiyatga shu jamiyat a’zolarining huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun ma’lum bir huquq tizimi zarur. Bu tizim turli-tuman, lekin o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan huquq normalari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Qaysi huquq normasini qaysi obyektga nisbatan ishlatish kerakligini aniqlashtirish uchun ularni turlarga ajratish lozim. Huquq tizimi, avvalambor, “huquq tarmoqlari” (“sohalari”) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajratiladi.
Yodda tuting
Huquq tizimi — bu huquqning ichki tuzilishi
bo‘lib, huquq normalari,
huquq institutlari va huquq sohalarining qat’iy
Bunda davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning xilmaxilligi e’tiborga olinadi.
izchillikda joylashgan
Ijtimoiy munosabatlarning mehnat munosabatlari, ijtimoiy ta’minot, moliya va h.k. kabi turlari alohida huquqiy normalar orqali tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin:
tartibidir.
HUQUQ TIZIMI
Mamlakatning ichki huquq tizimi tarmoqlari Xalqaro huquq tizimi tarmoqlari
Moddiy huquq tarmoqlari Protsessual huquq tarmoqlari
fuqarolik huquqi konstitutsiyaviy
huquq fuqarolik protsessual huquqi xalqaro tashkilotlar huquqi
jinoyat huquqi ma’muriy huquq
mehnat huquqi oila huquqi jinoyat-protsessual huquqi xalqaro xavfsizlik huquqi bank huquqi soliq huquqi iqtisodiy protsessual huquq
diplomatik va konsullik huquqi
ekologiya huquqi moliya huquqi
ma’muriy protsessual huquq
xalqaro dengiz huquqi va boshq.
va boshqalar
Fikrimizni tasdiqlaymiz
“Tizim” so‘zi o‘zaro bog‘liq va uzviy tartibda bo‘lgan narsa-hodisalar birligi, majmuyini anglatadi. Huquq normalarining rivojlanishi natijasida huquq institutlari vujudga keladi. Huquq institutlari, o‘z navbatida, huquq sohalariga birlashadi. Natijada barcha tarkibiy qismlar birgalikda huquq tizimini tashkil etadi. Huquq institutlari deganda oliy ta’lim muassasalari yoki boshqa tashkilotlar emas, tegishli huquq sohalarining ichki tarkibiy qismlari tushuniladi.
Huquq institutlari — bu o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari guruhi.
Masalan, fuqarolik huquqi sohasiga mulk huquqi institutini misol qilib keltirish mumkin. Mulk huquqi instituti mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning mustaqil guruhini tashkil etadi.
Yodda tuting
Milliy huquq sohalari
Jinoyat huquqi sohasiga davlatga qarshi jinoyatlar instituti misol bo‘la oladi. U davlatga qarshi jinoyat qilishdan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning mustaqil guruhini tashkil etadi.
ikki asosiy guruhga ajratiladi. Ular moddiy
va protsessual huquq sohalari hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq sohasi — prezidentlik, fuqarolarning huquq va erkinliklari instituti, jinoyat huquqi sohasi — javobgarlik instituti, oila huquqi — nikoh instituti va boshqalarni qamrab oladi.
Moddiy huquq huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq
va majburiyatlarini, protsessual huquq
Yodda tuting
Huquq sohasi — bu ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi huquq normalari va huquq institutlarining yig‘indisi. Masalan, moliyaviy munosabatlar moliya huquqi sohasi bilan, mehnat munosabatlari mehnat huquqi sohasi bilan, yer bilan bog‘liq munosabatlar yer huquqi sohasi bilan tartibga solinadi va hokazo.
sohasi huquq va majburiyatlarni amalga oshirish tartibini belgilab
beradi.
O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimi ko‘plab so halardan tashkil topgan bo‘lib, bu sohalarni shartli ravishda ichki va xalqaro huquq sohalariga ajratish qabul qilingan.
Har bir huquq o‘z sohasiga tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning qoidalarini bayon etadi. Mulkiy huquqlarni fuqarolik huquqi belgilab bersa, mulkiy nizolar kelib chiqqanda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish tartibi, ishni sud tomonidan ko‘rib chiqish jarayonini fuqarolik protsessual huquqi tartibga soladi.
Moddiy huquq sohalari va ularni tartibga solish doirasi quyidagilar:
Mehnat huquqi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga soladi.
Fuqarolik huquqi mulk bilan aloqador hamda nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Oila huquqi oila va nikoh bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Ekologiya huquqi tabiatni muhofaza qilish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Jinoyat huquqi qanday xatti-harakatlar jinoyat ekanligini belgilaydi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishini va bu borada yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga ko‘ra, protsessual huquq sohasi to‘rtta guruhga ajratiladi:
- • Fuqarolik protsessual huquqi normalari sudlarning fuqarolik, oilaviy, mehnat, yer bilan bog‘liq va moliyaviy munosabatlar kabi bir qator sohalardagi faoliyatini tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqi ishtirokchilari, asosan, jismoniy shaxslar hisoblanadi.
- • Iqtisodiy protsessual huquqda ham yer, agrar, moliyaviy, ekologiya sohalariga oid huquqiy munosabatlarni sudlar orqali tartibga solish ko‘zda tutilgan. Ammo unda, asosan, yuridik shaxslar o‘rtasidagi nizolarni sud tartibida hal qilish nazarda tutiladi.
- • Jinoyat-protsessual huquqi sudlov, tergov, prokuratura organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish faoliyatini tartibga soladi.
- • Ma’muriy protsessual huquq davlat boshqaruvi sohasidagi alohida ko‘rsatilgan ishlarni hal qilish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat organlari va ayrim boshqa subyektlarning faoliyatini tartibga soluvchi soha.
Hamkorlikda bajaramiz
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Xalqaro huquqning fan sifatidagi rivojlanishiga golland huquqshunosi, davlat arbobi va adib Hyugo Grotiyus katta hissa qo‘shgan.
U “Urush va tinchlik huquqi” asarida xalqaro huquqning asoslari va prinsiplarini ishlab chiqqan.
Xalqaro huquq davlatlar, xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi xalqaro huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
Xalqaro huquq tarixi davlatlarning rivojlanishi va ular o‘rtasidagi munosabatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, qadimgi davlatlarning o‘zaro munosabatlari natijasida rivojlanib borgan.
Xalqaro huquqning mustaqil huquq tizimi sifatida shakllanishi jarayonida xalqaro shartnomalar huquqi, tashqi munosabatlar huquqi vujudga kelgan.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Xalqaro huquq tizimi quyidagi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi: xalqaro tashkilotlar huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqalar.
Izlanishda davom eting
Quyidagi huquq institutlari qaysi huquq sohalariga taalluqli ekanligini tahlil qiling:
1. Jinoiy javobgarlik. 2. Mualliflik huquqini himoya qilish. 3. Diplomatik munosabatlar va elchilik. 4. Iste’molchilar huquqini himoya qilish. 5. Mehnat muhofazasi. 6. Nikoh. 7. Mulkiy majburiyatlar.
Bilimingizni sinang
Huquq tizimi, avvalambor, qanday nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajratiladi?
- Huquq manbalari
- Huquq tarmoqlari
- Huquq normalari
- Huquq institutlari
To‘g‘ri javob: Huquq tarmoqlari. Huquq tizimi avvalo huquq tarmoqlari (sohalari) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajratiladi.
Huquq tizimi, avvalambor, qanday alohida qismlarga ajratiladi?
- Huquq institutlariga (bo‘limlariga)
- Huquq normalariga (qoidalariga)
- Huquqiy munosabatlarga (turlariga)
- Huquq tarmoqlariga (sohalariga)
To‘g‘ri javob: Huquq tarmoqlariga (sohalariga). Huquq tizimi avvalo “huquq tarmoqlari” (“sohalari”) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajratiladi.
Huquqning ichki tuzilishi, ya’ni normalar, institutlar va sohalarning izchil joylashuvi nima deb ataladi?
- Huquqiy munosabat
- Huquq sohasi
- Huquq tizimi
- Huquq manbasi
To‘g‘ri javob: Huquq tizimi. Huquq tizimi huquqning ichki tuzilishi bo‘lib, normalar, institutlar va sohalarning izchil tartibidir.
Huquqning ichki tuzilishi bo‘lib, huquq normalari, institutlari va sohalarining qat’iy izchillikda joylashgan tartibi nima deb ataladi?
- Qonunchilik tizimi
- Huquq tizimi
- Huquqiy munosabat
- Huquqiy madaniyat
To‘g‘ri javob: Huquq tizimi. Huquq tizimi — huquqning ichki tuzilishi bo‘lib, normalar, institutlar va sohalarning qat’iy izchillikdagi tartibidir.
O‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari guruhi nima deb ataladi?
- Huquq sohasi
- Huquq tizimi
- Huquq manbasi
- Huquq instituti
To‘g‘ri javob: Huquq instituti. Bunday normalar guruhi huquq instituti deyiladi, masalan mulk huquqi instituti.
Mulk huquqi instituti qaysi huquq sohasiga misol bo‘ladi?
- Mehnat huquqi
- Jinoyat huquqi
- Oila huquqi
- Fuqarolik huquqi
To‘g‘ri javob: Fuqarolik huquqi. Fuqarolik huquqi sohasiga mulk huquqi instituti misol bo‘ladi.
Huquq instituti nima?
- O‘zaro bog‘liq bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari guruhi
- Oliy ta’lim muassasasi yoki boshqa tashkilot bo‘lib, huquqshunoslarni tayyorlovchi o‘quv yurti
- Barcha huquq normalarining umumiy yig‘indisi bo‘lib, huquq tizimining butun mazmunini qamrab oladi
- Qonunlarni qabul qiluvchi davlat organi bo‘lib, huquq normalarini tasdiqlash vakolatiga ega
To‘g‘ri javob: O‘zaro bog‘liq bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari guruhi. Huquq institutlari — o‘zaro bog‘liq bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari guruhi.
Huquq normalarining rivojlanishi natijasida nima vujudga keladi?
- Huquq sohalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri
- Huquq institutlari
- Huquqiy munosabatlar
- Xalqaro shartnomalar
To‘g‘ri javob: Huquq institutlari. Normalarning rivojlanishi natijasida huquq institutlari, ular birlashib huquq sohalari, barchasi huquq tizimini tashkil etadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash