Huquqiy xulq-atvor
Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik
Haqqoniylik hamma joyda, ayniqsa, tarbiya masalasida eng muhim omildir.
Faollashtiruvchi savollar
1. Jamoat transportidan foydalanish tartibini daftaringizda to‘g‘ri ketma-ketlikda joy lashtiring.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Kishilarning xatti-harakati yoki harakatsizligiga qarab ularning umumiy ko‘rinishi ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Odatda, biz biror kimsani “odobli”, “xushmuomala” kabi ijobiy so‘zlar bilan ta’riflaymiz. Bunda biz o‘sha odamning odobi, fe’l-atvorini nazarda tutamiz va unga baho beramiz. Shaxsning bunday ijobiy ta’riflanishi va xulq-atvorining xususiyatlari axloqshunoslik fanlarida o‘rganiladi.
Xulq-atvor keng tushuncha bo‘lib, ijtimoiy xarakter kasb etadi. Chunki ijtimoiylik kishilarning boshqa shaxslar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Shu sababli xulq-atvorni “ijtimoiy hodisa” deb atash mumkin.
Xulq-atvorning ko‘plab ko‘rinishlari mavjud. Misol uchun, ijtimoiy xulq-atvor (masalan, boshqa shaxslar bilan muomala qilish), diniy xulq-atvor (masalan, ro‘zadorning xulq-atvori) va boshqalar.
Yodda tuting
Odob inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan tushunchalarni ifodalab, u muayyan bir shaxsga taalluqli bo‘ladi. Xulq-atvor esa kishining oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida o‘zgarish yasaydigan xatti-harakatlarini o‘z ichiga oladi.
Xulq-atvor, umuman olganda, mavhum axloqiy hodisa bo‘lib, u insonni boshqalar tomonidan baholashdagi mezonlardan biri bo‘lishi mumkin: ijobiy ma’noda — xushxulq lilik; salbiy ma’noda — odobsizlik.
Xulosa qiling
Demak, xulq-atvor keng tushuncha bo‘lib, huquqiy xulq-atvor uning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Huquqshunoslik fanida huquqiy xulq-atvor o‘rganiladi va uning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.
Huquqiy xulq-atvor — bu huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan, huquq subyektlarining ongli xatti-harakati (harakatsizligi) hisoblanadi.
Huquqiy xulq-atvor xususiyatlari
Ijtimoiy foydalilik — shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarida o‘zaro man faatlarning qondirilishiga xizmat qiladi. Jamiyatning rivojiga hissa qo‘shadi.
Huquq normalariga muvofiqlik — xatti-harakatlar qonuniy bo‘lib, nafaqat huquq normalariga mos keladi, balki umuminsoniy qadriyatlarga ham zid kelmaydi.
Onglilik va ixtiyoriylik — shaxsning muayyan maqsadlarga erishishi uchun qonuniy harakatlarning ongli ixtiyoriy xususiyatiga ega bo‘ladi.
Huquqiy oqibatlarga egalik — shaxsning harakatlari yoki harakatsizligi tufayli turli huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin.
Davlat tomonidan muhofaza etilishi — huquq normalari orqali davlat shaxslarning xulq-atvorini yo‘naltiradi, himoya qiladi, rag‘batlantiradi, muhofaza etadi.
Betaraf huquqiy
Huquqqa mos keluvchi huquqiy xulq-atvor deyilganda saylovlarda namunali ishtirok etish, yo‘l belgilariga, shuningdek, jamiyatdagi boshqa yurish-turish qoidalariga qat’iy amal qilish tushuniladi. Bunda shaxsning xulq-atvori huquq normalariga mos keladi. Bunday huquqiy xulq-atvorni jamiyat a’zolari va davlat rag‘batlantiradi.
Huquqqa zid keluvchi xulq-atvorga bezorilik qilish, o‘zgalarning qonuniy huquqlariga putur yetkazish, boshqa shaxslar, jamiyat va davlat mulkiga zarar yetkazish kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Huquqqa zid keluvchi xulq-atvor jamiyat va davlat tomonidan qoralanadi. Huquqqa zid keluvchi xulq-atvorga ega shaxslarning xatti-harakatlari uchun turli ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin.
Betaraf huquqiy
Betaraf huquqiy xulq-atvor — shaxsning xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida salbiy yoki ijobiy huquqiy oqibatlar kelib chiqmasligini nazarda tutadi. Misol uchun, saylovlarda ishtirok etmaslik. Chunki saylovda ishtirok etish shaxsning siyosiy huquqi bo‘lib, bu majburiyatni ifodalamaydi. Saylovda ishtirok etmaslik davlat tomonidan tegishli ta’sir choralarini qo‘llashga olib kelmaydi.
Xulosa qiling
Quyidagi davlatlarda saylovlarda ishtirok etmaslik turli jazo choralarini qo‘llashga olib keladi.
Belgiyada saylovga birinchi marta uzrli sababsiz kelmaganlik uchun jarima solinadi. Agar bunday qoidabuzarlik takroriy sodir etilsa, jarima miqdori oshiriladi.
Gretsiyada saylovda uzrli sababsiz ishtirok etmaslikka nisbatan jarimadan tashqari, hibsga olish va bir oydan bir yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish kabi jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
Sust huquqiy
bu shaxsning tashab buskorlik bilan amalga
oshiradigan, ma’lum maqsadga qaratilgan, qonunga mos harakatidir. Bunda shaxs faol harakat
qilib, harakatsizlikka yo‘l
qo‘ymaydi.
bu kundalik hayotda kishilarning huquq normalariga mos keladigan xulq-
atvori hisoblanadi. Bunda shaxslar o‘zlarining huquq
normalarida belgilangan huquq va majburiyatlarini kundalik hayotda takroriy ravishda amalga oshiradilar.
shaxslarning harakatsizligi
bilan ifodalanadigan majburiyatlarini nazarda tutadi. Bu fuqarolarning o‘z huquq
va erkinliklaridan foydalan masligida namoyon bo‘ladi. Masalan, fuqarolarning say
lovlarda ishtirok etmasligi.
G‘ayriijtimoiy xulq-atvor — shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi harakati yoki harakatsizligi.
Sust huquqiy
Huquqiy xulq-atvorning barcha shakllari shaxsning har tomonlama uyg‘unlashuviga muhim turtki bo‘ladi. Ular shaxsning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuksalishiga, komil inson sifatida shakllanishiga yordam beradi. Lekin huquqqa zid hamda g‘ayriijtimoiy xulq-atvor harakatlarini sodir etmaslik lozim. Aks holda, buning oqibatida tegishli jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
Hamkorlikda bajaramiz
4. Huquqiy xulq-atvorning faol va odatiy shakllariga misol keltiring va ularning o‘zaro farqlarini tushuntirib bering.
Quyidagi huquqiy xulq-atvorning shakllariga misollar keltiring:
№ Faol huquqiy xulq-atvor Odatiy huquqiy xulq-atvor Sust huquqiy xulq-atvor
1.
2.
3.
4.
5.
Bilimingizni sinang
Xulq-atvor ijtimoiylik xususiyatiga ega bo‘lgani sababli, uni qanday hodisa deb atash mumkin?
- ijtimoiy hodisa
- iqtisodiy omil
- siyosiy jarayon
- tabiiy hodisa
To‘g‘ri javob: ijtimoiy hodisa. Ijtimoiylik kishilarning o‘zaro munosabatida yuzaga keladi, shu sababli xulq-atvor ijtimoiy hodisa deyiladi.
Qaysi tushuncha inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otib, muayyan bir shaxsga taalluqli bo‘ladi?
- Odob
- Xulq-atvor
- Huquqiy xulq-atvor
- Sanksiya
To‘g‘ri javob: Odob. Odob inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan tushunchalarni ifodalaydi va muayyan shaxsga taalluqli bo‘ladi.
Huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali va huquq subyektlarining ongli xatti-harakati nima deb ataladi?
- Huquqiy madaniyat
- Huquqiy xulq-atvor
- Huquqiy munosabat
- Huquqiy ong
To‘g‘ri javob: Huquqiy xulq-atvor. Bunday ongli xatti-harakat (harakatsizlik) huquqiy xulq-atvor hisoblanadi.
Huquqiy xulq-atvor nima?
- Shaxsning odobi va fe’l-atvorini ijobiy tomondan ifodalovchi, jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan xulq-atvor
- Huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibat keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ongli xatti-harakat
- Har qanday ijtimoiy hodisa va jamiyatdagi o‘zgarish bo‘lib, yuridik oqibat keltirib chiqarmaydigan xatti-harakat
- Faqat huquqbuzarlikka olib keladigan, huquq normalariga zid bo‘lgan ongli xatti-harakat va uning oqibatlari
To‘g‘ri javob: Huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibat keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ongli xatti-harakat. Huquqiy xulq-atvor — huquq normalariga mos, yuridik oqibatlar keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali, huquq subyektlarining ongli xatti-harakati.
Xulq-atvor va huquqiy xulq-atvor o‘rtasidagi nisbat qanday?
- Ular bir-biriga mutlaqo bog‘liq emas
- Huquqiy xulq-atvor — keng tushuncha, xulq-atvor uning ko‘rinishi
- Ular aynan bir xil tushunchalar
- Xulq-atvor keng tushuncha, huquqiy xulq-atvor uning bir ko‘rinishi
To‘g‘ri javob: Xulq-atvor keng tushuncha, huquqiy xulq-atvor uning bir ko‘rinishi. Xulq-atvor keng tushuncha bo‘lib, huquqiy xulq-atvor uning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Huquqiy xulq-atvorning qaysi belgisi shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarida o‘zaro manfaatlarning qondirilishiga xizmat qiladi va jamiyat rivojiga hissa qo‘shadi?
- Onglilik va ixtiyoriylik
- Huquqiy oqibatlarga egalik
- Huquq normalariga muvofiqlik
- Ijtimoiy foydalilik
To‘g‘ri javob: Ijtimoiy foydalilik. Ijtimoiy foydalilik manfaatlar qondirilishiga xizmat qiladi va jamiyat rivojiga hissa qo‘shadi.
Huquqiy xulq-atvorning qaysi belgisiga ko‘ra xatti-harakat huquq normalariga mos keladi va umuminsoniy qadriyatlarga ham zid kelmaydi?
- Ijtimoiy foydalilik
- Davlat tomonidan muhofaza etilishi
- Huquqiy oqibatlarga egalik
- Huquq normalariga muvofiqlik
To‘g‘ri javob: Huquq normalariga muvofiqlik. Huquq normalariga muvofiqlik xatti-harakat qonuniy bo‘lib, umuminsoniy qadriyatlarga ham zid kelmasligini bildiradi.
Huquqiy xulq-atvorning qaysi belgisi shaxsning maqsadga erishish uchun qonuniy harakatlari ongli ixtiyoriy xususiyatga ega bo‘lishini bildiradi?
- Huquq normalariga muvofiqlik
- Onglilik va ixtiyoriylik
- Ijtimoiy foydalilik
- Davlat tomonidan muhofaza etilishi
To‘g‘ri javob: Onglilik va ixtiyoriylik. Onglilik va ixtiyoriylik belgisi qonuniy harakatlarning ongli ixtiyoriy xususiyatini ifodalaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash