XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 8-sinf · Davlat va huquq asoslari · Lug‘at

Ayrim yuridik atamalarning izohli lug‘ati

Adliya (arabcha “adolat”, “to‘g‘rilik”, “xolislik”, “haqqoniylik”) — huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning faoliyatini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasida Adliya organlari faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlik qiladi.

Advokat (lotincha “yordamga chaqirish”) — yuridik va jismoniy shaxslarga malakali huquqiy yordam ko‘rsatuvchi shaxs.

Agressiya (lotincha “hujum”) — xalqaro huquqda BMT nizomi nuqtayi nazaridan, qurolli kuchlarning g‘ayriqonuniy qo‘llanilishi, ya’ni davlatlarga nisbatan qurolli tajovuz.

Aliment (lotincha “ta’minotdagi”, “qaramog‘idagi”) — bir shaxsning boshqa shaxsga to‘laydigan nafaqasi. Aliment to‘lash majburiyatlari, asosan, nikoh, qarindoshlik aloqalari asosida belgilanadi.

Amnistiya (yunoncha “unutish”, “kechirish”) — jinoyat sodir etganlarni jazodan ozod etish yoki uni yumshatish. Sudlanganlarning bir qismini qonun asosida to‘la yoki qisman ozodlikka chiqarish.

Apellatsiya (lotincha “murojaat”, “shikoyat”) — sud qarori ustidan shikoyat qilish shakllaridan biri, bunda ishni ikkinchi instansiya sudi tomonlarning shikoyatlari bo‘yicha ko‘rib chiqadi.

Apatrid (yunoncha “vatandan judo bo‘lgan”, “bevatan”) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, mamlakat fuqarosi hisoblanmaydigan va boshqa xorijiy davlatga mansub ekanligi borasida ham isbotga ega bo‘lmagan shaxs.

Aqli norasolik — ruhiy kasallik yoki aqliy zaiflik holati bo‘lib, shaxsning o‘z harakatlariga baho bera olmasligi yoki ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish paytida ularni boshqara olmasligi.

Aqli rasolik — odamning ruhiy jihatdan sog‘lom holati hisoblanadi. Jinoyat huquqida shaxsning sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishini jinoyat deb hisoblash va jinoiy javobgarlikka tortishning huquqiy shartlaridan biri. Aqli raso shaxs har qanday jinoyatni sodir qilganda o‘z harakat yoki harakatsizligining jinoyat ekanligini anglaydi va undan kelib chiqadigan oqibatni biladi.

Armiya (lotincha “qurollantirish”) — davlat qurolli kuchlari bo‘lib, jangovar amaliyotlar olib borishga mo‘ljallangan bir nechta harbiy tuzulmalarning birlashmasi tushuniladi.

Auditor (lotincha “tinglovchi”, “o‘quvchi”) — tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazuvchi, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs.

Aybsizlik prezumpsiyasi (lotincha “praesumptio” — “taxmin”, “gumon”) — aybi sud tomonidan isbotlab berilguniga qadar ayblanuvchi yoki sudlanuvchi aybsiz deb hisoblanadigan qoida.

Bezorilik — jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga zarar yetkazish.

Bitim — jismoniy yoki yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari.

Bosqinchilik — o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan jinoyat.

122 122

Budjet (inglizcha “karmon”) — davlatning muayyan muddatga qonuniy tartibda tasdiqlangan daromad va xarajatlari ro‘yxati.

Da’vo — fuqaroviy huquqlarni himoya qilish haqida sudga qilingan murojaat. Da’vogar — buzilgan huquqini himoya qilish uchun sudga murojaat etgan yuridik yoki jismoniy shaxs.

Deklaratsiya (lotincha “e’lon”, “bayonot”) — 1) tavsiya kuchiga ega bo‘lgan huquqiy hujjat (xalqaro deklaratsiya); 2) bojxona deklaratsiyasi — moddiy boyliklarni chegara orqali olib o‘tish chog‘ida tuziladigan hujjat; 3) soliq deklaratsiyasi — shaxsning soliqlarni to‘lash uchun o‘z daromadi miqdori to‘g‘risidagi hujjat; 4) siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjati yoki umume’tiboriga yetkazuvchi bayonot.

122 122

Demokratiya (yunoncha “xalq hokimiyati”) — xalq hokimiyatchiligi, siyosiy pluralizm, fuqarolar erkinligi va tengligi, inson huquqlari singari konstitutsiyaviy prinsiplarni e’tirof etishga asoslangan siyosiy tartibot shakli.

Deputat (lotincha “elchi”, “vakil”) — davlatning qonun chiqaruvchi yoki boshqa bir vakillik organiga saylangan shaxs.

Diskriminatsiya (lotincha “farqlash”) — xalqaro yoki milliy munosabatlarda biror davlatning, yuridik yoki jismoniy shaxsning huquq va imtiyozlarini boshqalarga nisbatan cheklash, kamsitish.

Ekspertiza (lotincha “tajribali”) — muayyan masalalarning ekspertlar tomonidan tekshirib o‘rganilishi.

122 122

Emansipatsiya (lotincha “qaramlikdan ozod bo‘lish”) — fuqarolik huquqida voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish.

Federatsiya (lotincha “ittifoq bilan mustahkamlamoq”) — davlatlar birlashmasi bo‘lib, bunda birlashuvchi davlatlar qonun bilan belgilangan mustaqillikni saqlab qolgan holda yagona ittifoq fuqaroligiga, yagona ittifoq armiyasiga, yagona ittifoq davlat organlariga ega davlat birligini tashkil etadi.

Firibgarlik — aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish.

Fuqarolik — shaxsning aniq davlat bilan barqaror siyosiy-huquqiy aloqalari. Fuqarolik jamiyati — insonning barcha huquqlari kafolatlanadigan, mafkuraviy pluralizm ta’minlanadigan, yuksak huquqiy madaniyatga ega shaxslardan iborat jamiyat.

122 122

Genotsid (yunoncha “genos” — “urug‘”, “qabila” va lotincha “caedo” — “o‘ldira- man”) — aholi ayrim guruhlarini milliy, irqiy, diniy bahonalar bilan qirib tashlash.

Guvoh — ro‘y bergan hodisani shaxsan o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, bilganlarini aytib berish uchun sudga chaqirilgan kishi. Mazkur ishga doir aniqlanishi kerak bo‘lgan qandaydir holatlar unga ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs.

Haqorat qilish — kishining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan, beodob shaklda kamsitishda ifodalanadigan huquqbuzarlik.

Hukm — jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ayblanuvchiga jazo berish yoki uni oqlash to‘g‘risida chiqargan qarori.

123 123

Huquqiy munosabat — ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga solingan qismi.

Huquq layoqati — shaxsning huquqlar va burchlarga ega bo‘lish imkoniyati. Immunitet (lotincha “biror narsadan ozod qilish”) — alohida mavqeni egallagan shaxslarga taqdim etiladigan ba’zi umumiy qonunlarni istisno qiluvchi mutlaq huquq. Masalan, sudya, deputat, senator va davlat boshlig‘iga beriladigan daxlsizlik huquqi.

Intellektual mulk — ijodiy faoliyat natijalariga doir maxsus huquqlarning majmuyi. Ishsizlar — ish va ish haqiga ega bo‘lmagan, o‘zlariga to‘g‘ri keladigan ishni izlash maqsadida bandlik xizmatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar.

123 123

Jabrlanuvchi — jinoiy harakati natijasida zarar ko‘rgan shaxs. Jarima — aybdordan davlat daromadiga qonunda belgilangan miqdorda undiriladigan pul summasi.

Jazo — huquqbuzar deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi asosida qo‘llaniladigan, muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat majburlov chorasi.

Jinoyat — qonun bilan taqiqlangan, jazoga loyiq, ijtimoiy xavfli qilmish. Jismoniy shaxs — fuqaro, chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs. Kassatsiya (lotincha “bekor qilish”) — kuchga kirgan sud qarori yoki hukm ustidan yuqori sudga shikoyat qilish.

Kodeks (lotincha) — huquqning biror tarmog‘iga oid qonun-qoidalar to‘plami. Kompensatsiya (lotincha “to‘lash”) — fuqarolik-huquqiy majburiyatlar buzilishi natijasida yuzaga kelgan zararni to‘lash.

123 123

Konstitutsiya (lotincha “tuzilish”) — davlat tuzilishi, organlar tizimi, davlatning ijtimoiy-siyosiy tuzilishi, fuqarolarning asosiy huquq va burchlarini belgilab beradigan asosiy qonun.

Konvensiya (lotincha “kelishuv”) — xalqaro shartnoma turlaridan biri bo‘lib, majburiy ahamiyat kasb etadi.

Korrupsiya (lotincha “aynish”, “sotilish”) — mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste’mol qilishi.

Kvorum (lotincha “yetarlicha hozirlik”) — yig‘ilish qatnashchilarining uning qarorlari haqiqiy deb tan olinadigan eng kam soni.

Legitimlik (lotincha “qonuniy”) — huquq yoki vakolat qonuniyligini tan olish yoki tasdiqlash.

123 123

Litsenziya (lotincha “ruxsatnoma”, “huquq”) — vakolatli davlat organlari tomonidan tegishli faoliyat olib borish uchun beriladigan ruxsatnoma.

Mayda bezorilik — jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik.

Meros — vafot etgan shaxsning qarindoshlari va boshqa yaqin kishilari ixtiyoriga o‘tadigan mulk.

Muomala layoqati — fuqarolarning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquq va maj

124 124

buriyatlarini olish va amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini yaratish va ularni bajarish layoqati.

Naturallashtirish (fransuzcha “tabiiy”) — xorijiy shaxsni fuqarolikka qabul qilish. Notarius — notarial harakatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs. Ombudsman (shvedcha “allakimningdir manfaatlari vakili”) — davlat organlari tomonidan inson huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.

Parlament (inglizcha va fransuzcha “so‘zlamoq”) — davlatning oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organining nomlanishi. O‘zbekistonda Oliy Majlis.

Preambula (fransuzcha “so‘zboshi”) — qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatning kirish qismi.

124 124

Prezident (lotincha “oldinda o‘tiruvchi”, “boshda turuvchi”) — respublika boshqaruv shakliga ega mamlakatlarda davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i.

Qasamyod — ont ichish, biror narsani bajarishga rasmiy yoki tantanali ravishda va’da berish. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyodi.

Qasd — aybning shakllaridan biri. Bunda jinoyatchi o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglaydi, zararli oqibatlarini biladi va unga ongli ravishda qo‘l uradi.

Qonun — eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat.

124 124

Referendum (lotincha “bildirilishi shart bo‘lgan narsa”) — barcha fuqarolar ishtirok etadigan umumxalq so‘rovi.

Sanksiya (lotincha “qat’iy qaror”) — huquqbuzarga nisbatan davlat tomonidan qo‘llaniladigan ehtiyot chorasi.

Sessiya (lotincha “yig‘ilish”) — majlis, kengash, vakolatli organlarning tashkiliy- huquqiy faoliyat shakli.

Senzura (lotincha “davlat nazorati”) — davlat tashkiloti tomonidan ko‘ngilsiz yoki zararli deb topilgan g‘oyalar va ma’lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik yoki cheklab qo‘yish maqsadida bosma nashrlar, sahna asarlari va hokazolar mazmuni ustidan davlat nazorati.

Standart (inglizcha “norma”, “mezon”, “asos”) — standartlashtirish obyektiga nisbatan talablarni belgilaydigan normativ-texnik qoidalar.

124 124

Suverenitet (fransuzcha “oliy hokimiyat”) — davlatning mamlakat ichidagi va uning tashqi munosabatlardagi mustaqilligi.

Talonchilik — mol-mulkni ochiqdan ochiq talon-taroj qilish. Terrorizm (lotincha “qo‘rquv”, “dahshat”) — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablash tirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining

125 125

Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar.

Tovlamachilik — zo‘rlik ishlatish tahdidi bilan mol-mulkni berishni talab qilishga qaratilgan jinoyat.

Tuhmat — boshqa shaxsni badnom qiladigan yolg‘on ma’lumotlarni qasddan tarqatish.

Umumiy mulk — qonunchilikka ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsga tegishli mulk. Umumiy saylov huquqi — qonunda belgilangan yoshga yetgan barcha fuqarolar hokimiyatning vakolat organlariga bo‘ladigan saylovlarda qatnashish huquqi.

Unitar (lotincha “oddiy”, “yagona”) — yagona, birlashgan, bir butunni tashkil etuvchi; davlat tuzilish shakli.

125 125

Ushlab turish, hibs — jinoiy qilmishni sodir etishda shubhalanayotgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, ushlangan shaxsning jinoyatga daxldorligini aniqlash va uni qamoqqa olish mumkinligi masalasini hal etish maqsadida 48 soatdan oshmaydigan qisqa muddatli majburlov chorasi.

Vijdon erkinligi — shaxslarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi.

Voyaga yetmaganlar — 18 yoshga to‘lmagan shaxslar. Viza (lotincha “o‘tkazilgan”, “ko‘zdan kechirilgan”) — pasportda davlatning hududiga kelishga, undan ketishga va davlat hududida yashab turishga bo‘lgan maxsus ruxsatni bildiruvchi belgi. Pasportdagi belgi davlatning kelish, chiqish, hudud orqali o‘tishga yoki yashashga ruxsatini anglatadi.

125 125

Yuridik javobgarlik — jazoga tortish, yuridik majburiyatlarni buzgan shaxs, aybdorga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan sanksiyalarni qo‘llash.

Yuridik faktlar — huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish bilan bog‘liq harakat va hodisalar.

Yuridik shaxs — o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot.

125 125

Shartnoma — ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi.

Ijaraga beriladigan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval

O‘quvchining ismi va familiyasi

O‘quv yili

Darslikning olingandagi

Sinf rahbarining holati imzosi

Darslikning topshirilgan dagi holati

Sinf rahbarining imzosi

Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida qaytarib olinganda yuqoridagi jadval sinf rahbarlari tomonidan quyidagi baholash

Yangi Darslikning birinchi marta foydalanishga berilgandagi holati.

Yaxshi Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan. Barcha varaqlari bor, yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va chiziqlar yo‘q.

Muqova ezilgan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan, darslikning asosiy qismidan ajralish holati bor, lekin qoniqarli ta’mirlangan. Ko‘chgan varaqlari qayta joylangan, ayrim betlariga chizilgan.

Qoniqarli

Muqova yirtilgan, ustiga chizilgan, asosiy qismidan ajralgan yoki butunlay yo‘q, qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari yirtilgan, varaqlari yetishmaydi, chizib, bo‘yab tashlangan. Darslikni tiklab bo‘lmaydi.

Bilimingizni sinang

Yuridik va jismoniy shaxslarga malakali huquqiy yordam ko‘rsatuvchi shaxs kim?
  1. Prokuror
  2. Notarius
  3. Sudya
  4. Advokat

To‘g‘ri javob: Advokat. Advokat (lotincha “yordamga chaqirish”) yuridik va jismoniy shaxslarga malakali huquqiy yordam ko‘rsatuvchi shaxsdir.

O‘zbekiston Respublikasida Adliya organlari faoliyatiga kim rahbarlik qiladi?
  1. Adliya vazirligi
  2. Bosh prokuratura
  3. Oliy sud
  4. Ichki ishlar vazirligi

To‘g‘ri javob: Adliya vazirligi. Adliya organlari faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlik qiladi.

Yuridik atamalar lug‘atiga ko‘ra, advokat kim?
  1. Notarial harakatlarni bajaruvchi va hujjatlarni tasdiqlovchi mansabdor shaxs
  2. Tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiruvchi va tasdiqlovchi shaxs
  3. Sud majlisida hukm chiqaruvchi va ish bo‘yicha qaror qabul qiluvchi shaxs
  4. Yuridik va jismoniy shaxslarga malakali huquqiy yordam ko‘rsatuvchi shaxs

To‘g‘ri javob: Yuridik va jismoniy shaxslarga malakali huquqiy yordam ko‘rsatuvchi shaxs. Advokat yuridik va jismoniy shaxslarga malakali huquqiy yordam ko‘rsatuvchi shaxsdir.

Xalqaro huquqda BMT nizomi nuqtayi nazaridan agressiya nimani anglatadi?
  1. Davlat chegarasini ruxsatsiz kesib o‘tish, ya’ni fuqarolarning boshqa davlat hududiga kirib borishi
  2. Fuqarolarning ommaviy noroziligi, ya’ni davlat hokimiyatiga qarshi namoyishlar va ko‘cha yurishlari
  3. Qurolli kuchlarning g‘ayriqonuniy qo‘llanilishi, ya’ni davlatlarga nisbatan qurolli tajovuz
  4. Davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy cheklovlar joriy etilishi, ya’ni savdo va moliya sohasidagi taqiqlar

To‘g‘ri javob: Qurolli kuchlarning g‘ayriqonuniy qo‘llanilishi, ya’ni davlatlarga nisbatan qurolli tajovuz. Agressiya — qurolli kuchlarning g‘ayriqonuniy qo‘llanilishi, ya’ni qurolli tajovuz.

Aliment to‘lash majburiyatlari, asosan, qanday asoslarda belgilanadi?
  1. Savdo shartnomasi asosida
  2. Ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi asosida
  3. Mulkchilik huquqi asosida
  4. Nikoh va qarindoshlik aloqalari asosida

To‘g‘ri javob: Nikoh va qarindoshlik aloqalari asosida. Aliment to‘lash majburiyatlari asosan nikoh, qarindoshlik aloqalari asosida belgilanadi.

Jinoyat sodir etganlarni jazodan ozod etish yoki jazoni yumshatish qanday nomlanadi?
  1. Apellatsiya
  2. Amnistiya
  3. Kompensatsiya
  4. Reabilitatsiya

To‘g‘ri javob: Amnistiya. Amnistiya — jinoyat sodir etganlarni jazodan ozod etish yoki uni yumshatish.

Sud qarori ustidan shikoyat qilish shakllaridan biri bo‘lib, ishni ikkinchi instansiya sudi tomonlarning shikoyatlari bo‘yicha ko‘rib chiqishi qanday ataladi?
  1. Immunitet
  2. Deklaratsiya
  3. Apellatsiya
  4. Reabilitatsiya

To‘g‘ri javob: Apellatsiya. Apellatsiya — sud qarori ustidan shikoyat shakli, ishni ikkinchi instansiya sudi ko‘radi.

Amnistiya nimani anglatadi?
  1. Sud qarori ustidan yuqori sudga shikoyat qilish va uni bekor qilish
  2. Jinoyat sodir etganlarni jazodan ozod etish yoki uni yumshatish
  3. Ayblanuvchini hibsga olish va unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash
  4. Sud hukmini qayta ko‘rib chiqmaslik va uni o‘z kuchida qoldirish

To‘g‘ri javob: Jinoyat sodir etganlarni jazodan ozod etish yoki uni yumshatish. Amnistiya — jinoyat sodir etganlarni jazodan ozod etish yoki uni yumshatish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIjodiy faoliyat