XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 8-sinf · Davlat va huquq asoslari · 34-dars

Ijodiy faoliyat

Voyaga yetmaganlarning huquq va burchlari

1. Quyida berilgan ta’riflarni javoblar bilan moslashtiring.

1 Axloq normalari — A

uzoq davr mobaynida amalda bo‘lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi.

2 Huquq normasi — B

qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat.

3 Huquqiy odat — D

yunoncha so‘z bo‘lib, “faraz qilish”, “fikr yuritish” degan ma’noni anglatadi, huquq normasi harakatga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bayon etiladi.

4 Normativ-huquqiy hujjat — E

bu huquqning ichki tuzilishi bo‘lib, huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarining qat’iy izchillikda joylashgan tartibi.

5 Gipoteza — F

huquq ijodkorligi faoliyatining natijasi bo‘lib, faqat vakolatli davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilinadi.

6 Huquq tizimi — G huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar.

7 Huquqiy munosabatlar — H

bu normalar doimiy ravishda kishilar amaliy faoliyati, ularning o‘zaro aloqalari jarayonida yuzaga keladi va rivojlanib boradi.

2. Quyidagi masala bo‘yicha shaxsiy fikrlaringizni bayon eting.

Dars mashg‘ulotlari davomida 8-sinf o‘quvchisi Farzona xalqaro shartnoma davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi kelishuv shaklida bo‘lishi mumkinligini bildirib o‘tdi.

Uning Javohir ismli sinfdoshi esa davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlar, hukumatlararo kelishuvlar, idoralararo shartnomalar, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi oddiy shartnomalarni ham o‘z ichiga olishi mumkinligini tushuntirib berdi.

120 120

Ammo Farzona oddiy shartnomalar xalqaro shartnoma bo‘la olmasligini, xalqaro shartnoma yangi normani yaratish xususiyatiga ega ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, ta’sir etish kuchi, o‘zaro majburiy xarakterga ega bo‘lishi, umumiy va majburiy tusdagi huquqiy normalarni o‘z ichiga olishi, nafaqat normalar, balki huquq prinsiplarini ham qamrab olishi mumkinligini qayd etib o‘tdi.

Xalqaro shartnomalar va jismoniy hamda yuridik shaxslar o‘rtasidagi oddiy shartnomalarning farqli jihatlarini tahlil eting. Xalqaro shartnomaning huquq manbasi sifatida belgilanish sabablarini muhokama eting.

3. Quyida berilgan ta’riflarni javoblar bilan moslashtiring.

120 120

1 Huquqiy xulq-atvor — A

mehnat intizomi, xizmat burchini bajarish, yoki bo‘ysunuvdagi ish faoliyati tartibining buzilishiga qaratilgan xatti-harakat yoki harakatsizlik.

2 Huquqbuzarlik — B

bila turib yolg‘on, boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish.

3 Intizomiy huquqbuzarlik — D

huquq-tartibotni saqlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar tizimi.

4 Tuhmat qilish — E

huquqbuzarlik sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan huquqiy oqibat.

120 120

5 Huquqbuzarliklar profilaktikasi — F ijtimoiy xavfli qilmish.

6 Yuridik javobgarlik — G

huquqbuzarlik sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan sud hukmi bilan qo‘llaniladigan majburlov chorasi.

7 Jazo — H

huquq subyektlarining huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan ongli xatti-harakati (harakatsizligi).

Bilimingizni sinang

Huquq nazariyasida uzoq davr mobaynida amalda bo‘lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi qanday ataladi?
  1. Normativ-huquqiy hujjat
  2. Axloq normasi
  3. Huquqiy odat
  4. Huquqiy munosabat

To‘g‘ri javob: Huquqiy odat. Huquqiy odat uzoq davr amalda bo‘lib shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy deb tan olingan qoidadir.

Huquq normasining qaysi qismida norma harakatga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bayon etiladi?
  1. Dispozitsiyada
  2. Sanksiyada
  3. Preambulada
  4. Gipotezada

To‘g‘ri javob: Gipotezada. Gipoteza huquq normasi harakatga kelishi uchun zarur shart-sharoitlarni bayon etadi.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri xalqaro shartnomaga to‘g‘ri tavsif beradi?
  1. Xalqaro shartnoma yangi normani yaratish xususiyatiga ega
  2. Xalqaro shartnoma jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi har qanday oddiy shartnomani anglatadi
  3. Xalqaro shartnoma faqat tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, majburiy kuchga ega emas
  4. Xalqaro shartnoma faqat huquq normalarini qamraydi, prinsiplarni qamramaydi

To‘g‘ri javob: Xalqaro shartnoma yangi normani yaratish xususiyatiga ega. Farzonaning ta’kidlashicha, xalqaro shartnoma yangi norma yaratish xususiyatiga ega, oddiy shartnomalar esa xalqaro shartnoma bo‘la olmaydi.

Ikki yuridik shaxs o‘zaro savdo shartnomasi tuzdi va uni xalqaro shartnoma deb atamoqchi. Farzonaning fikriga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Bu xalqaro shartnoma, chunki unda ikki yuridik shaxs tomon sifatida ishtirok etadi
  2. Bu xalqaro shartnoma, agar u yozma shaklda va o‘zaro kelishuv asosida tuzilgan bo‘lsa
  3. Bu xalqaro shartnoma emas, chunki oddiy shartnomalar xalqaro shartnoma bo‘la olmaydi
  4. Bu xalqaro shartnoma, chunki tomonlar shartlar bo‘yicha o‘zaro kelishib olishgan

To‘g‘ri javob: Bu xalqaro shartnoma emas, chunki oddiy shartnomalar xalqaro shartnoma bo‘la olmaydi. Farzona oddiy shartnomalar xalqaro shartnoma bo‘la olmasligini ta’kidlagan.

Mehnat intizomi, xizmat burchini bajarish yoki bo‘ysunuvdagi ish faoliyati tartibining buzilishiga qaratilgan xatti-harakat yoki harakatsizlik qanday huquqbuzarlik hisoblanadi?
  1. Jinoyat
  2. Intizomiy huquqbuzarlik
  3. Tuhmat qilish
  4. Huquqbuzarliklar profilaktikasi

To‘g‘ri javob: Intizomiy huquqbuzarlik. Mehnat intizomi va xizmat burchining buzilishi intizomiy huquqbuzarlik deb ataladi.

Huquqbuzarlik sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan huquqiy oqibat qanday ataladi?
  1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi
  2. Huquqiy xulq-atvor
  3. Huquqiy odat
  4. Yuridik javobgarlik

To‘g‘ri javob: Yuridik javobgarlik. Aybdorga jazo yoki boshqa ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan huquqiy oqibat yuridik javobgarlikdir.

Huquq-tartibotni saqlash, huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish, ularning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar tizimi nima deyiladi?
  1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi
  2. Yuridik javobgarlik choralari
  3. Huquqiy munosabatlar tizimi
  4. Intizomiy huquqbuzarlik turi

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Aynan shunday chora-tadbirlar tizimi huquqbuzarliklar profilaktikasi deb ataladi.

Karim o‘z hamkasbi Dilnozani obro‘sizlantirish maqsadida, yolg‘on ekanligini bila turib, uning haqida sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatdi. Karimning harakati qanday huquqbuzarlik hisoblanadi?
  1. Intizomiy huquqbuzarlik
  2. Tuhmat qilish
  3. Haqiqatni aytish
  4. Huquqbuzarliklar profilaktikasi

To‘g‘ri javob: Tuhmat qilish. Bila turib yolg‘on, boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish tuhmat qilish deb ataladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnat qonunchiligida voyagaKeyingi →Ayrim yuridik atamalarning izohli lug‘ati