XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 1-§

Konstitutsiyaviy huquq

I bo‘lim. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni

Mavzu ustida ishlash natijasida: – «konstitutsiyaviy huquq» tushunchasi haqida; – uning boshqa huquq tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘liqligi haqida; – «Huquqshunoslik» tizimida tutgan o‘rni haqida bilib olasiz. Jamiyatga Konstitutsiya nega kerak? 1. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy huquq. 2. Konstitutsiyaviy huquq – huquqning yetakchi tarmog‘i. 3. Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartibi.

1. KONSTITUTSIYA VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Siz har qanday madaniyatli va taraqqiyparvar jamiyat hayotida Asosiy qonun bo‘lgan Konstitutsiya muhim rol o‘ynashini yaxshi bilib oldingiz. Chunki Konstitutsiyada davlat tomonidan eng barqaror, doimiy huquqlar va jamiyat hayoti me’yorlari mustahkamlab qo‘yilgan.

«Konstitutsiya» lotincha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, «belgilash», «tuzilish» degan ma’nolarni anglatadi, ya’ni Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda ularning ish faoliyati asosiy prinsiplari va vakolatlarini, fuqarolar asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi.

1. KONSTITUTSIYA VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir me’yoriy hujjati Konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi. Konstitutsiya jamiyat hayotining barcha sohalariga, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy, mehnat faoliyati, shaxsiy hayotga va boshqalarga ta’sir o‘tkazadi.

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

Yodda tuting!

Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni, unda inson va fuqaroning huquq va erkinliklari e’lon qilinadi, e’tirof etiladi va kafolatlanadi, davlat boshqaruvi shakli va hududiy tuzilishi, hokimiyat markaziy va joylardagi mahalliy organlarni tashkil etish tizimi va ularning vakolatlari belgilab qo‘yiladi, shuningdek, qonunchilik, ijro organlari va sud hokimiyati organlarini tuzish tartibga solib turiladi, saylov tizimi, davlat ramzlari va Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartibi belgilanadi.

KONSTITUTSIYA

Davlat asoslari mus-

Inson va fuqaro huquq

Oliy yuridik kuchga tahkamlab qo‘yilgan

va erkinliklari mustahkamlab qo‘yilgan

ega bo‘lgan Qonun

Qonun

Qonun

Mamlakatda bironta Qonun Konstitutsiyaga

Huquqiy asoslar

Boshqaruv shakli, davlatning ma’muriy

zid bo‘lishi mumkin

Iqtisodiy asoslar emas

tuzilishi, hokimiyat organlari tizimi mus-

tahkamlab qo‘yilgan

Butun qonunchilik

Siyosiy asoslar

Qonun tizimi poydevori hisoblanadi

Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o‘rtasidagi farq shundaki, Konstitutsiya konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i, o‘quv fani sifatida konstitutsiyani o‘rganish predmetining asosiy negizi hisoblanadi, ya’ni konstitutsiyaviy huquq – huquq tarmog‘i, Konstitutsiya esa ana shu tarmoq manbayi.

1-topshiriq

Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling. Mamlakatda huquq-tartibot, qonunlar va huquq normalari bekor qilingan. Odamlar qonunga rioya etmay qo‘ygan, boshqa fuqarolar huquqlarini hurmat qilmay qo‘yishdi, jinoyatga jazo tayinlash va jazodan ozod qilish huquqini o‘z ixtiyorlariga olganlar.

Savollar: Nima deb o‘ylaysiz, bunday vaziyatda davlatda qanday hodisalar ro‘y beradi? Qonunlar mavjud emasligidan kim ko‘p jabr ko‘radi?

2-topshiriq

Savollar: Mamlakatdagi huquq tartiboti qanday shart-sharoitga bog‘liq deb o‘ylaysiz?

2. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ – HUQUQNING YETAKCHI TARMOG‘I Huquq o‘zida umummajburiy normalar tizimini mujassamlashtiradi. Bu normalar davlatda kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni tartibga solib turadi. Jumladan, ba’zi normalar oilaviy turmush sohasida vujudga keladigan munosabatlarni, ba’zilari esa mehnat yoki mulkiy munosabatlarni tartibga soladi.

Yodda tuting!

Huquq – davlat tomonidan qonunlarda va boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan va davlatning majburlash kuchi bilan muhofaza qilinadigan, mamlakat barcha aholisi uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalari tizimi.

Huquqiy tartibot – jamiyatdagi munosabatlarning ma’lum bir holati bo‘lib, unga mamlakatning Asosiy qonuni – Konstitutsiya va boshqa huquqiy me’yorlariga majburiy ravishda hamma rioya qilishi, shaxs huquq va erkinliklari ta’minlanishi natijasida erishiladi.

Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimida huquqning yetakchi tarmog‘idir, chunki eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiya uning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

Yodda tuting!

Ma’muriy huquq Konstitutsiyaviy huquq Jinoyat huquqi

Fuqarolik huquqi

Mehnat huquqi

O‘zbekiston Respublikasi asosiy huquq tarmoqlari

Moliyaviy huquq

Ekologik huquq

Oila huquqi Yer huquqi

Yodda tuting!

Konstitutsiya butun huquqiy tizimning asosi bo‘lib xizmat qiladi, negaki huquqning rivojlanishi Konstitutsiyadan boshlanadi, aynan uning o‘zi boshqa barcha qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarga hayot baxsh etadi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchi ham mana shunda namoyon bo‘ladi. Qolgan barcha huquqiy hujjatlar Asosiy qonun – Konstitutsiyadan kelib chiqadi va unga muvofiq bo‘lishi kerak.

Huquq tizimini piramida ko‘rinishida tasavvur qilib ko‘ring. Konstitutsiya ana shu piramida cho‘qqisida turadi, desak, uning cho‘qqi- sidan eng quyi qismigacha bo‘lgan yonbag‘irlarida boshqa barcha normativ hujjatlar – qonunlar, kodekslar, qarorlar, farmonlar, tarmoqqa oid normativlar va hokazolar joy olganligini yaqqol ko‘rasiz.

Yodda tuting!

Konstitutsiyaviy huquq normalari qolgan barcha yuridik normalar, huquqning har bir tarmog‘i, har qaysi qonun va qonunosti hujjatining poydevori sanaladi. Shuning uchun ham konstitutsiyaviy huquq har bir mamlakat milliy huquq tizimida yetakchi mavqega ega.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Palatalari Qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmonlari, Qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining Qarorlari Vazirliklar va Davlat qo‘mitalari Qarorlari

Joylardagi mahalliy davlat boshqaruvi organlari qarorlari

Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi – Konstitutsiya. Ammo konstitutsiyaviy huquq faqat Konstitutsiyadan iborat bo‘lmaydi. Boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham huquqning ana shu tarmog‘i manbalari hisoblanadi.

3. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida uning barqarorligini ta’minlash, tez-tez o‘zgartirishlar kiritilishiga monelik qilish bo‘yicha himoya choralari nazarda tutilgan. Ular Asosiy qonunning VI bo‘limida bayon etilgan bo‘lib, unda o‘zgartirishlar kiritish tartibi va shartlari keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar, basharti faqat tegishincha Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan ovoz berilsa yoki O‘zbekiston Respublikasi referendumi jarayonida kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi. Qonunchilik organi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin.

3. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI

Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.

Barcha davlat organlari o‘z aktlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi uchun mas’uldir. Ular Konstitutsiyaga muvofiq ish yuritishlari shart.

3-topshiriq

Savollar: O‘ylang va javob bering: 1. Mahalliy hokimiyat organlarining buyruq va qarorlarida mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lmagan qoidalar bo‘lishi mumkinmi?

2. Konstitutsiya huquqiy munosabatlarni aniq tartibga solib turishi uchun qaysi huquq tarmoqlariga yo‘naltirilishini aytib bering.

Savollar: 3. Nima deb o‘ylaysiz, «insonning huquqqa munosabati» deganda nima ko‘zda tutiladi?

4-topshiriq

Quyidagi vaziyatlar bilan tanishing. Ularda qonunchilik asoslari yoki axloq normalari buzilganligini aniqlang.

1- vaziyat. Piton (bo‘g‘ma ilon) bilan bog‘liq ish

Sirkda hayvonlarni o‘rgatuvchi er-xotin M. nafaqaga chiqishgach, o‘z xususiy uylarini 9 qavatli uydagi kvartiraga almashtirishdi. Ularning kvartirasi birinchi qavatda joylashgani bois baland to‘siq bilan o‘ralgan hovlida hayvonlarni sevuvchilar klubini tashkil etishdi. U yerda bolalar hayvonlarni parvarish qilish va o‘rgatish bilan bepul shug‘ullanishardi. Er- xotin M. sirkdan tomosha ko‘rsata olmaydigan bo‘g‘ma ilon, maymun va bir nechta kuchukni keltirishgandi.

Tez orada ushbu ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchilardan sudga shikoyat tushdi. Istiqomat qiluvchilarning shikoyatida er-xotin M. shug‘ullanayotgan hayvonlar hovlida yig‘ilgan bolalarni qo‘rqitayotgani, atrofni ifloslantirayotgani, hayvonlarni o‘rgatish chog‘ida shovqin solib, aholiga xalaqit berishayotganligi haqida ma’lum qilingandi.

1- vaziyat. Piton (bo‘g‘ma ilon) bilan bog‘liq ish

2- vaziyat. Yo‘l harakati hodisasi Yengil avtomashina haydovchisi I. betob xotinini zudlik bilan shifoxonaga olib borish zaruriyatidan tezlikni oshirdi. Piyodalar o‘tish joyida tormozni bosishga ulgurmay ko‘chani kesib o‘tayotgan U. va S. ni turtib yubordi. Bu yo‘lovchilar jarohat olishmadi. Lekin S. qo‘rqib hushi- dan ketgani uchun «Tez yordam» chaqirishga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, jabrlanuvchilar yiqilganlarida kiyimlari iflos bo‘lgandi. Haydovchi I. jabrlanuvchi S. birozdan so‘ng hushiga kelganini va hech kim jarohatlan- maganini ko‘rgach, mashinasida jo‘nab ketdi.

Yakunlarni chiqaramiz

Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni; huquq – davlatdagi umummajburiy normalar tizimi; konstitutsiyaviy huquq – huquqning oliy tarmog‘i; konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi – Konstitutsiya; konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyat va davlat tuzilishi asoslarini mustahkamlab qo‘yadi.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. Insonga Konstitutsiya nima uchun kerak? Nega uni Asosiy qonun deb ataydi- lar? 2. Konstitutsiyaviy huquq nima? Konstitutsiyaviy huquqning Konstitutsiyadan farqi nimada? 3. Huquqning boshqa tarmoqlari bilan konstitutsiyaviy huquqning o‘zaro bog‘liqligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 4. Huquq tizimida konstitutsiyaviy huquq qanday o‘rin tutadi? 5. Konstitutsiyaviy huquq nima uchun huquqning yetakchi tarmog‘i hisoblanadi? 6. Konstitutsiyaviy huquq normalarini qaysi manbalardan topish mumkin?

Bilimingizni sinang

Davlat tomonidan eng barqaror, doimiy huquqlar va jamiyat hayoti me’yorlari qaysi hujjatda mustahkamlab qo‘yilgan?
  1. Konstitutsiyada
  2. Jinoyat kodeksida
  3. Mehnat kodeksida
  4. Fuqarolik kodeksida

To‘g‘ri javob: Konstitutsiyada. Konstitutsiyada davlat tomonidan eng barqaror, doimiy huquqlar va jamiyat hayoti me’yorlari mustahkamlab qo‘yilgan.

Konstitutsiya atamasi olingan lotincha constitutio so‘zining ma’nolaridan biri qaysi?
  1. himoya
  2. kelishuv
  3. tuzilish
  4. hokimiyat

To‘g‘ri javob: tuzilish. Constitutio so‘zi «belgilash», «tuzilish» degan ma’nolarni anglatadi.

«Konstitutsiya» so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’nolarni anglatadi?
  1. Lotincha «constitutio» so‘zidan, «belgilash», «tuzilish» ma’nolarida
  2. Yunoncha so‘zdan olingan, «xalq hokimiyati», «boshqaruv» ma’nolarida
  3. Arabcha so‘zdan olingan, «adolat», «tenglik» va «qonun» ma’nolarida
  4. Fransuzcha so‘zdan olingan, «so‘zboshi», «kirish», «muqaddima» ma’nolarida

To‘g‘ri javob: Lotincha «constitutio» so‘zidan, «belgilash», «tuzilish» ma’nolarida. Konstitutsiya lotincha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, «belgilash», «tuzilish» ma’nolarini anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasida qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar qanday tarzda qabul qilinadi?
  1. Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda
  2. Faqat referendum orqali, parlament ishtirokisiz
  3. Konstitutsiyadan mustaqil ravishda va alohida
  4. Faqat Vazirlar Mahkamasi ruxsati asosida

To‘g‘ri javob: Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda. Barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq qabul qilinadi.

Konstitutsiya jamiyat hayotining qaysi sohalariga ta’sir o‘tkazadi?
  1. Faqat siyosiy sohaga, ya’ni davlat boshqaruvi va saylov tizimiga, boshqa sohalarga ta’sir qilmaydi
  2. Faqat iqtisodiy va mehnat sohasiga, ya’ni mulk va tadbirkorlik munosabatlariga, boshqa sohalarga emas
  3. Faqat shaxsiy hayotga, ya’ni oila va maishiy munosabatlarga, siyosiy va iqtisodiy sohalarga emas
  4. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy, mehnat faoliyati, shaxsiy hayot kabi barcha sohalarga

To‘g‘ri javob: Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy, mehnat faoliyati, shaxsiy hayot kabi barcha sohalarga. Konstitutsiya jamiyat hayotining barcha sohalariga ta’sir o‘tkazadi.

Mamlakatimizda nima ustunligi so‘zsiz tan olinadi?
  1. Prezident farmonlari ustunligi, boshqa hujjatlardan oldinligi
  2. Xalqaro odatlar ustunligi, ichki qonunlardan ham oldinligi
  3. Mahalliy qarorlar ustunligi, umumdavlat hujjatlaridan oldinligi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi. Mamlakatda Konstitutsiya va qonunlar ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

Quyidagilardan qaysi biri Konstitutsiyada belgilanadi?
  1. Faqat jinoyat uchun jazo turlari va ularni tayinlash tartibi, boshqa narsalar belgilanmaydi
  2. Faqat soliq stavkalari va ularni undirish muddatlari, boshqa masalalar belgilanmaydi
  3. Faqat korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va ularning faoliyat shartlari
  4. Saylov tizimi, davlat ramzlari va Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartibi

To‘g‘ri javob: Saylov tizimi, davlat ramzlari va Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartibi. Konstitutsiyada saylov tizimi, davlat ramzlari va Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartibi belgilanadi.

Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni sifatida inson va fuqaroning huquq va erkinliklariga nisbatan nima qiladi?
  1. Ularni faqat qonun chiqaruvchi organga topshiradi
  2. Ularni faqat sud hukmi bilan belgilaydi
  3. Ularni e’lon qiladi, e’tirof etadi va kafolatlaydi
  4. Ularni vaqtincha cheklaydi

To‘g‘ri javob: Ularni e’lon qiladi, e’tirof etadi va kafolatlaydi. Konstitutsiyada inson va fuqaroning huquq va erkinliklari e’lon qilinadi, e’tirof etiladi va kafolatlanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifi