XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 2-§

Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifi

I bo‘lim. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni

Mavzu ustida ishlash natijasida:

1. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi. 2. Muqaddima: maqsad va vazifalari. 3. Konstitutsiyada e’lon qilingan umuminsoniy qadriyatlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi.

QABUL QILINISHI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi 1990-yil 20-iyundan boshlab olim, jamoat namoyandalari va davlat boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan puxta ishlab chiqildi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Umumxalq muhokamasi jarayonida kelib tushgan 6 000 taklif asosida loyihaga 80 dan ortiq tuzatishlar kiritildi.

Keng umumxalq muhokamasi davomida bildirilgan ko‘p takliflar inobatga olingan holda komissiya tomonidan tayyorlangan Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo‘yildi. 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida bu loyiha ma’qullandi va O‘zbekiston Respublikasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi qabul qilindi.

QABUL QILINISHI

Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga kiritildi – 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.

2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING ASOSIY MUNDARIJASI

Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat va jamiyat qurilishi asoslarini belgilab beradi; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari tashkillashtirilishini tartibga solib turadi; saylov tizimini belgilaydi; fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat ramzlarini mustahkamlab qo‘yadi; Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi.

Konstitutsiya xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ijtimoiy-siyosiy tizim poydevorini qurib berdi. Xususiy mulk mulkchilikning boshqa shakllari qatorida davlat muhofazasi ostidadir.

Konstitutsiyada mafkuraviy xilma-xillik, ko‘ppartiyaviylik, ya’ni biror muhim muammoni hal etish bo‘yicha fikrlar xilma-xilligi ko‘zda tutiladigan siyosiy plyuralizm mustahkamlab qo‘yilgan.

2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING ASOSIY MUNDARIJASI

Konstitutsiya davlatni emas, balki insonni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatlar deb e’lon qilindi.

Konstitutsiya, shuningdek, fuqaro va davlatni o‘zaro huquqlar va burchlar bilan bog‘lovchi prinsipni ham mustahkamlab qo‘ydi.

3. MUQADDIMA: MAQSAD VA VAZIFALARI

Konstitutsiyaning kirish qismi Muqaddima (preambula; kirish)dir. Unda O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining maqsadlari, vazifalari va prinsiplari qisqacha shaklda sanab o‘tiladi.

Muqaddimaning muhimligi shundaki, Konstitutsiya matnida bayon etilgan barcha qoidalar unda e’lon qilingan quyidagi asoslar va prinsiplarga mos kelishi kerak, jumladan:

tirish; – demokratiya va ijtimoiy adolat ideallarini tan olish; – xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini tan olish; – insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish; – fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash.

Yodda tuting!

Konstitutsiya Muqaddimasi – Asosiy qonun qabul qilinishiga sabab bo‘lgan prinsiplar to‘g‘risida xalqning tantanali bayonotidir. Muqaddimada Konstitutsiya mamlakat xalqi nomidan e’lon qilinishi va uning orzu-armonlari, niyatlari va zimmasiga oladigan majburiyatlari aks ettiriladi.

3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING USTUNLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq, bizning davlatimizda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat va uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va u O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy aktlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul qilinadi. Ular Konstitutsiyaning normalari va prinsiplariga zid bo‘lishi mumkin emas. Bu shuni anglatadiki, davlatning barcha normativ hujjatlari Konstitutsiya normalariga muvofiqlashtirilgan holda qabul qilinishi shart.

Asosiy qonun belgilaydi

Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 16-modda.

Konstitutsiyaning jiddiy va e’tiborli xususiyati o‘zbek xalqi qadimiy madaniyati va milliy qadriyatlariga asoslanganligidir.

MUQADDIMA

1- bob. Davlat suvereniteti (1–6-moddalar);

prinsiplar. III bo’lim.

2- bob. Xalq hokimiyatchiligi (7–14-moddalar);

I bo’lim.

Asosiy

3-bob. Konstitutsiya va Qonunning ustunligi (15–16-moddalar);

4-bob. Tashqi siyosat (17–18-moddalar);

5-bob. Umumiy qoidalar (19–21-moddalar);

II bo’lim. Inson va fuqarolarning

6-bob. Fuqarolik (22–24-moddalar);

7- bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar (25–35-moddalar);

burchlari.

8- bob. Siyosiy huquqlar (36–40-moddalar);

9- bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar (41–53-moddalar);

10- bob. Inson hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari (54–58-moddalar);

11- bob. Fuqarolarning burchlari (59–64-moddalar);

12- bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari (65–68-moddalar);

Jamiyat va shaxs.

13- bob. Fuqarolik jamiyati institutlari (69–75-moddalar);

14- bob. Oila, bolalar, yoshlar (76–80-moddalar);

15- bob. Ommaviy axborot vositalari (81–82-modda).

IV bo’lim. Ma’mu-

davlat tuzilishi.

16- bob. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi (83–84-moddalar);

17- bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (85–90-moddalar).

1992-yil 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi;

Konstitutsiya mundarijasi:

Konstitutsiyada inson, uning hayoti va erkinliklari oliy qadriyat deb e’lon qilingan;

davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va shaxs oldidagi mas’uliyati nazarda tutilgan;

siyosiy plyuralizm;

inson manfaatlari davlat manfaatlariga nisbatan ustun;

Konstitutsiya – davlat va mamlakat aholisi o‘rtasidagi shartnoma;

Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni;

Muqaddima, 6 ta bo‘lim, 27 ta bob, 155 ta moddadan iborat.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qanday umuminsoniy qadriyatlar mustahkamlangan? 2. Siyosiy plyuralizm nima? 3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatda qandaydir davlat mafkurasining joriy etilishi nima uchun taqiqlangan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

1992-yil 8-dekabrda Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengashning nechanchi sessiyasida ma’qullandi?
  1. XI sessiya
  2. X sessiya
  3. IX sessiya
  4. XII sessiya

To‘g‘ri javob: XI sessiya. Loyiha 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida ma’qullandi va Konstitutsiya qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi qaysi sanadan boshlab olim, jamoat namoyandalari va davlat boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi?
  1. 1989-yil 20-oktabrdan
  2. 1991-yil 31-avgustdan
  3. 1992-yil 8-dekabrdan
  4. 1990-yil 20-iyundan

To‘g‘ri javob: 1990-yil 20-iyundan. Konstitutsiya loyihasi 1990-yil 20-iyundan boshlab ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining umumxalq muhokamasi qancha davom etdi?
  1. Bir oy
  2. Uch oy
  3. Olti oy
  4. Bir yil

To‘g‘ri javob: Uch oy. Loyihaning umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi.

Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi jarayonida kelib tushgan takliflar asosida loyihaga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?
  1. 6 000 taklif asosida 80 dan ortiq tuzatish kiritildi
  2. 600 taklif asosida 8 ta tuzatish kiritildi
  3. 60 000 taklif asosida 800 dan ortiq tuzatish kiritildi
  4. 6 000 taklif tushdi, ammo hech qanday tuzatish kiritilmadi

To‘g‘ri javob: 6 000 taklif asosida 80 dan ortiq tuzatish kiritildi. 6 000 taklif asosida loyihaga 80 dan ortiq tuzatishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi qachon va qaysi organ sessiyasida qabul qilindi?
  1. 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida
  2. 1991-yil 1-sentabrda Oliy Majlis sessiyasida
  3. 1993-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning X sessiyasida
  4. 1992-yil 2-martda Oliy Kengashning I sessiyasida

To‘g‘ri javob: 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida. Konstitutsiya 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida qabul qilindi.

8-dekabr O‘zbekistonda qanday kun deb e’lon qilindi?
  1. Konstitutsiya qabul qilingan kun, umumxalq bayrami
  2. Mustaqillik e’lon qilingan kun, umumxalq bayrami
  3. Xotira va qadrlash kuni, umumxalq xotirasi kuni
  4. O‘qituvchilar va murabbiylar kuni, kasbiy bayram

To‘g‘ri javob: Konstitutsiya qabul qilingan kun, umumxalq bayrami. 8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.

Biror muhim muammoni hal etish bo‘yicha fikrlar xilma-xilligini ko‘zda tutuvchi, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan tushuncha qaysi?
  1. Federalizm
  2. Siyosiy absolyutizm
  3. Unitarizm
  4. Siyosiy plyuralizm

To‘g‘ri javob: Siyosiy plyuralizm. Konstitutsiyada mafkuraviy xilma-xillik, ko‘ppartiyaviylik, ya’ni siyosiy plyuralizm mustahkamlab qo‘yilgan.

Konstitutsiya qanday iqtisodiy tizim poydevorini qurib berdi?
  1. Davlat monopoliyasi va markazlashgan boshqaruvga asoslangan ijtimoiy-siyosiy tizim
  2. Xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ijtimoiy-siyosiy tizim
  3. Faqat jamoa mulkiga va kolxoz xo‘jaliklariga asoslangan ijtimoiy-siyosiy tizim
  4. Rejali taqsimlashga va davlat buyurtmalariga asoslangan ijtimoiy-siyosiy tizim

To‘g‘ri javob: Xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ijtimoiy-siyosiy tizim. Konstitutsiya xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ijtimoiy-siyosiy tizim poydevorini qurib berdi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiKonstitutsiyaviy huquqKeyingi →O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari