XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 11-§

Inson huquqi va erkinliklari kafolatlari

II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,

Mavzu ustida ishlash natijasida: – inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari haqida; – inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi haqida; – o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun qaysi idoralarga murojaat etish zarurligi haqida bilib olasiz.

Savollar: 1. O‘z huquqlarini himoya qilish uchun qayerga murojaat qilish kerak? 2. Inson huquqi va erkinligi kafolatlari. 3. Inson huquqlari himoyasi bo‘yicha milliy institutlar.
Savollar: 1. O‘Z HUQUQLARINI HIMOYA QILISH UCHUN QAYERGA MUROJAAT QILISH KERAK? Afsuski, inson ayrim hollarda kamsitish va haqoratlarga duchor bo‘ladi. Inson huquqlariga putur yetkazilgan barcha hollarda u o‘z huquqlari himoya qilinishiga ehtiyoj sezadi.

Hozirgi kunda qonunlari, sud va huquq-tartibot organlari orqali davlat ana shunday himoyachi rolida namoyon bo‘ladi.

Asosiy qonun belgilaydi

Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 55-modda.

Ushbu huquq malakali yuridik yordamga muhtoj bo‘lgan har bir odam advokatga murojaat qilib, ana shunday yordamdan foydalanishi mumkinligini nazarda tutadi. Biron-bir vaziyatda, hatto agar jinoiy ishda ayblangan taqdirda ham, insonga yordam berishni rad etishga hech kimning haqqi yo‘q.

Davlatimizda voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalar alohida himoyalanadilar.

Asosiy qonun belgilaydi

Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 57-modda.

2. INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI

Huquqiy davlatda inson huquqlariga rioya etilishini kafolatlovchi ko‘pgina usullar mavjud bo‘ladi. Ular orasida alohida o‘rin sud himoyasiga tegishlidir. Bu himoya shaklidan har bir odam foydalanishi mumkin. Buning uchun sudga sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ariza bilan murojaat qilish kifoyadir.

Huquqiy davlatda sud mustaqil odil sudlov organi bo‘lgani tufayli har qanday bahsli ishni hal qiluvchi sudya faqat qonunga bo‘ysunadi.

Sudya ish faoliyati davomida xolis bo‘lishi, ya’ni o‘zining shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Hech kim, hattoki, hokimiyat va oliy boshqaruv organlari ham sud faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Jamoat birlashmalari, ka-

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat qilish kafolatlanadi.

3. INSON HUQUQLARI BO‘YICHA MILLIY INSTITUTLAR

O‘zbekiston mustaqil rivojlanish yillarida inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha inson huquqlari himoyasi mexanizmini kengaytirishga yo‘naltirilgan yangi milliy institutlar tashkil qilindi.

Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: – Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha Vakillik instituti –

Ombudsman; – O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz.

Ombudsman

Inson huquqlari bo‘yicha Vakillik instituti – Ombudsman 1995-yilda qonun chiqaruvchi hokimiyat tizimida, ya’ni Oliy Majlis huzurida tashkil qilingan bo‘lib, sudlovchi sanalmaydi. Ombudsman davlat organlari tomonidan inson huquqlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

shikoyatlarni ko‘rib chiqish;

Ombudsmanning huquqlari:

ariza beruvchi o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan vositalar va yo‘llarni ko‘rsatish;

shikoyat arizasini mohiyat yuzasidan hal qilish vakolati bo‘lgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga berish;

ariza beruvchini huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;

rad etish sabablarini majburiy tarzda ko‘rsatgan holda shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etish;

qonunchilikka xilof bo‘lmagan boshqacha choralar qo‘llash.

Ombudsman huzurida konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarga rioya etilishi bo‘yicha komissiya tuzilgan. U fuqarolar va tashkilotlardan o‘z nomiga kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi.

Ombudsmanning huquqlari:

O‘z qonuniy huquqlari buzilganligi haqida shikoyat bilan har bir kishi (respublika fuqarosi, ajnabiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) Ombudsmanga shikoyat yuzasidan tekshiruv natijalari asosida u quyidagilarni bajarishi lozim:

tashkilot yoki shaxs uni ko‘rib chiqishi va bir oydan oshmagan muddatda asoslangan javob jo‘natishi lozim.

Ombudsmanning huquqlari:

Vakil xulosasida quyidagi tavsiyalar bo‘lishi mumkin: tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan ish oxirigacha yetkazilishi shart; tashkilot yoki mansabdor shaxs qarori o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi lozim; tashkilot yoki mansabdor shaxs qarorini asoslash lozim; tashkilot yoki mansabdor shaxs qo‘shimcha qaror qabul qilishi kerak.

Milliy markazi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 1996-yil 31-oktabrda ijroiya hokimiyati tizimi tarkibida tashkil qilingan. U mamlakatda huquqni himoya qilish faoliyatini tashkil etuvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning asosiy vazifalari:

1-topshiriq

Tasavvur qiling, siz kimyo kombinati joylashgan shaharda yashay- siz. Mazkur korxona bir necha yillar davomida ishlab kelayotir. Ana shu davr davomida aholi o‘rtasida yurak-tomir va o‘pka kasalliklari ko‘pay- di. Aholi salomatligini tekshirish natijasida kasallikning ko‘payib borishi atrof-muhitning ifloslantirilishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Korxona ma’muriyati tozalash inshootlarini o‘rnatish borasidagi va’dasini bajar- mayapti.

Savollar: Jamoatchilik ushbu muammoni qanday hal qilishi mumkin? Ushbu holda qanday harakatlar samarali bo‘ladi?

2-topshiriq

Savollar: Quyidagi vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishning qaysi me- xanizmlaridan foydalanish mumkin?
Savollar: 1. Sizni ta’qib qilishmoqda, sizga jazolash bilan tahdid solishmoqda, tinimsiz qo‘ng‘iroq qilishyapti, haqoratlashmoqda. Nima qilmoq kerak?
Savollar: 2. Sizni jinoyat sodir etganlikda ayblashyapti. Qaysi tashkilotning himoyasiga tayanishingiz mumkin? Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak?
Savollar: 3. Siz adolatsiz jabrlanganingizga, sizni xafa qilishganiga, haqoratlash- ganiga ishonch hosil qildingiz. Nima qilmoq kerak?
Savollar: 4. Kechqurun o‘rtog‘ingiz bilan mashg‘ulotlardan qaytyapsiz. Sizni militsioner to‘xtatdi, militsiya bo‘limiga olib ketmoqchi bo‘lib turibdi. Bunday vaziyatda o‘zingizni qanday tutishingiz kerak?

Huquq va erkinlik-

inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi: sudlar, prokuratura, militsiya, advokatura; inson huquqlarining amalga oshirilishi monitoringi; «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun; Ombudsman; 1996-yil – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. «Konstitutsiyaviy kafolat» degan tushunchaning mazmun-mohiyatini tushuntirib bering. 2. O‘zbekistonda inson huquqlarining qanday qo‘shimcha milliy mexanizmlari yaratilgan? Ular qaysi vazifalarni bajaradi? 3. Nima uchun insonga kasbiy bilimlar bilan birgalikda huquqiy bilimlar ham zarur?

RESPUBLIKASI QONUNI

(Ko‘chirma) 6-modda. Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

RESPUBLIKASI QONUNI

Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin.

Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin. Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.

Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi har kimga qaysi huquqni kafolatlaydi?
  1. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqini
  2. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlarini sudsiz tartibda o‘zi bekor qilish va ularni ishdan chetlatish huquqini
  3. Faqat jinoiy ishda ayblangan taqdirdagina davlat organlari va mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan sudga murojaat qilish huquqini
  4. Mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari va harakatsizligi ustidan faqat yuqori turuvchi organga shikoyat qilish hamda javobni kutish huquqini

To‘g‘ri javob: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqini. Konstitutsiyaning 55-moddasi har kimga huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish hamda qonunga xilof qaror, harakat va harakatsizlik ustidan sudga shikoyat qilish huquqini kafolatlaydi.

Malakali yuridik yordamga muhtoj har bir odam shu yordamdan qanday foydalanishi mumkin?
  1. Faqat prokuraturaga murojaat qilib
  2. Advokatga murojaat qilib
  3. Faqat sud majlisi vaqtida sudya orqali
  4. Faqat mahalla fuqarolar yig‘ini orqali

To‘g‘ri javob: Advokatga murojaat qilib. Sud orqali himoya qilish huquqi malakali yuridik yordamga muhtoj har bir odamga advokatga murojaat qilib yordamdan foydalanish imkonini beradi.

Jinoiy ishda ayblangan Anvar advokat yordamiga murojaat qildi, ammo bir advokat «ayblanuvchiga yordam bermayman» dedi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Ayblangan shaxsga yordamni rad etish mumkin, chunki jinoiy ishda ayblangan odamga advokat yordam berishga majbur emas
  2. Ayblangan shaxsga yordam faqat sud ruxsati bilan berilishi mumkin, ruxsatsiz advokat uni rad etishga haqli
  3. Yordam faqat sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin ko‘rsatiladi, undan oldin advokat rad etishi mumkin
  4. Biron-bir vaziyatda, hatto jinoiy ishda ayblangan taqdirda ham, insonga yordam berishni rad etishga hech kimning haqqi yo‘q

To‘g‘ri javob: Biron-bir vaziyatda, hatto jinoiy ishda ayblangan taqdirda ham, insonga yordam berishni rad etishga hech kimning haqqi yo‘q. Hatto jinoiy ishda ayblangan taqdirda ham insonga yuridik yordam berishni rad etishga hech kimning haqqi yo‘q.

Konstitutsiyaning 57-moddasiga ko‘ra, qaysi shaxslarning huquqlari davlat himoyasida bo‘ladi?
  1. Faqat ishsizlar, pensionerlar va ko‘p bolali oilalar a’zolarining
  2. Mehnatga layoqatli, ammo ishlamayotgan shaxslar va talabalarning
  3. Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning
  4. Faqat harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va nafaqaxo‘rlarning

To‘g‘ri javob: Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning. 57-moddada mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari huquqlari davlat himoyasida ekani yozilgan.

Huquqiy davlatda sud mustaqil odil sudlov organi bo‘lgani uchun sudya har qanday bahsli ishni hal qilishda nimaga bo‘ysunadi?
  1. Yuqori turuvchi boshqaruv organining ko‘rsatmasiga
  2. Jamoatchilik fikriga
  3. Prokuratura xulosasiga
  4. Faqat qonunga

To‘g‘ri javob: Faqat qonunga. Sud mustaqil odil sudlov organi bo‘lgani tufayli bahsli ishni hal qiluvchi sudya faqat qonunga bo‘ysunadi.

Sud himoyasidan foydalanish uchun sudga nima bilan murojaat qilish kifoya?
  1. Sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ariza bilan
  2. Mahalla yig‘ini tavsiyanomasi va prokuratura ruxsatnomasi bilan
  3. Ombudsmanning xulosasi va hokim tavsiyasi bilan birga
  4. Prokuratura bergan ruxsatnoma va yuqori sud ko‘rsatmasi bilan

To‘g‘ri javob: Sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ariza bilan. Sud himoyasidan foydalanish uchun sud muhokamasiga asos bo‘ladigan ariza bilan murojaat qilish kifoya.

Sudya ish faoliyati davomida xolis bo‘lishi nimani anglatadi?
  1. Yuqori sudning ko‘rsatmalariga so‘zsiz amal qilishni
  2. Jamoatchilik talabi va OAV fikriga muvofiq qaror chiqarishni
  3. O‘zining shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishni
  4. Taraflardan birining fikriga ko‘proq e’tibor berishni

To‘g‘ri javob: O‘zining shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishni. Xolislik sudyaning shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishi hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligini anglatadi.

Viloyat hokimi sud majlisi boshlanishidan oldin sudyaga qo‘ng‘iroq qilib, ish bo‘yicha qanday qaror chiqarishni ko‘rsatdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Hokimning bunday aralashuvi qonunga zid: hech kim, hattoki hokimiyat organlari ham sud faoliyatiga aralashishga haqli emas
  2. Hokimning bunday aralashuvi qonunga mos: ijroiya hokimiyati vakili sifatida u sudya faoliyatiga aralashishga haqli
  3. Hokim faqat fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya faoliyatiga aralasha oladi, jinoyat ishlariga esa aralasha olmaydi
  4. Hokim sudyaning roziligi bilan aralashishi mumkin, chunki sud mustaqilligi faqat yuqori organlarga taalluqli

To‘g‘ri javob: Hokimning bunday aralashuvi qonunga zid: hech kim, hattoki hokimiyat organlari ham sud faoliyatiga aralashishga haqli emas. Hech kim, hattoki hokimiyat va oliy boshqaruv organlari ham sud faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiKeyingi →O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchlari