XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 10-§

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi

II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,

Mavzu ustida ishlash natijasida: – fuqarolik nima va u inson uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini; – fuqarolikka qabul qilish asoslari va uni to‘xtatish shartlarini bilib olasiz.

Savollar: 1. Insonga fuqarolik nima uchun kerak? 2. Fuqaro va davlat. 3. Biometrik pasport. O‘zbekiston fuqarosining huquqiy maqomi.

1. INSONGA FUQAROLIK NIMA UCHUN KERAK?

Savollar: Fuqarolik nimaligini bilasizmi? U yoki bu mamlakat fuqarosi bo‘lish inson uchun nimani anglatishi xususida o‘ylab ko‘rganmisiz?

1-topshiriq

O‘z mamlakatini tark etish va xorijda yashash uchun ko‘chib ketishni orzu qiluvchi bolalar uchrab turadi.

Guruhlarga bo‘lingan holda o‘zga mamlakatda yashashga «rozi» va «qarshi» bo‘lgan beshta asosiy sabablarni shakllantiring. Ularning har biri o‘zi haq ekanligini izohlasin.

Yodda tuting!

Fuqarolik – bu insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyosiy aloqalaridir. Davlat o‘z qonunlarida insonning huquqiy maqomini, ya’ni insonning davlatga, uning organlariga va boshqa shaxslarga nisbatan maqomini belgilaydi.

Fuqaro hisoblangan shaxs o‘z davlati hududida ham, xuddi shuningdek, undan tashqarida ham davlat muhofazasida va shafeligida bo‘ladi hamda fuqaroga nisbatan mustahkamlab qo‘yilgan barcha huquqlardan to‘laligicha foydalanadi. O‘z navbatida, fuqarolar o‘z davlati qonunlariga rioya etishlari, o‘z fuqarolik burchlari va majburiyatlarini bajarishlari shart.

Fuqaro nafaqat saylab qo‘yiladigan organlarga o‘z vakillarini sayla- shi, qolaversa, o‘zi ham ana shu organlarga saylanishi mumkin. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bunday huquqqa ega bo‘lmaydi.

Yodda tuting!

Bordi-yu, armiyada xizmat qilish fuqaro uchun fuqarolik burchi va majburiyati sanalsa, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan esa bunday majburiyat qonun bilan tatbiq etilmaydi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar partiyalar a’zosi ham bo‘la olmaydilar, davlat organlarining rahbarlik lavozimlarida ishlolmaydilar, saylovlarda ishtirok etolmaydilar.

Yodda tuting!

Diskriminatsiya – jinsiga, qaysi millatga mansubligiga, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko‘ra, ma’lum bir guruhdagi fuqarolar huquqlarini noma’lum tarzda cheklash yoki mahrum qilish.

E’tibor qarating!

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (apatridlar) – xalqaro huquqiy hujjatlar insonga havola etadigan barcha asosiy huquqlardan foydalanadilar (saylovlarda qatnashish va mamlakatning qurolli kuchlarida xizmat qilish huquqi bundan mustasno). Ayni shu davlatning fuqarolari kabi bu fuqarolar ham uning qonunlariga rioya etishlari shart.

«Fuqarolik to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, lekin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va o’zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxslar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisoblanishi qayd etilgan. Ikki mamlakat fuqarosi bo‘lish taqiqlangan.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 24-modda.

2. FUQARO VA DAVLAT

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi ishlarni idora qiluvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi:

Savollar: Fuqarolikni olish uchun nima asos bo‘la oladi?

Yodda tuting!

tug’ilganlik bo’yicha;

O’zbekiston fuqaroligi

bola farzandlikka olinganda;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida;

O‘zbekistonning Res xalqaro shartnomalari bilan nazarda tutilgan va boshqa qonuniy asoslarga ko‘ra;

«O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun,

13-modda.

3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING BIOMETRIK VA XORIJIY PASPORTI

Biometrik pasport – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining fuqaroligini va shaxsini tasdiqlovchi, pasport egasining personal biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlariga ega elektron axborot (chip) tashuvchi hujjat.

2019-yil 1-yanvardan boshlab, stikerlar, ya’ni chet elga chiqish uchun «chiqish vizasi» berilishi to‘xtatildi va 10 yilga beriladigan yangi biometrik xorijiy pasportlar olinadigan bo‘ldi. Chet el pasportlari xalqaro standartlarga mos keladi. 15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ota-onalari, vasiylari (boquvchilari) voyaga yetmagan o‘spirinning mustaqil chetga chiqishiga oid notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga kattalarning hamrohligisiz chiqishlari mumkin.

3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING BIOMETRIK VA XORIJIY PASPORTI

Pasport belgilangan namunada beriladi hamda o‘zbek va ingliz tillarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun qoraqalpoq, o‘zbek va ingliz tillarida personallashtiriladi, ya’ni to‘ldiriladi.

2-topshiriq

Savollar: 1. Agar sizga o‘z mamlakatingiz fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etishni ixtiyoringizga berishsa, kimlarga rad javobini bergan bo‘lardingiz va nima uchun?

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 22-modda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, fuqarolikni qayta tiklash va fuqarolikdan chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan rasmiylashtiriladi.

fuqaroning xorijiy davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati organlariga, politsiyaga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati organlariga ishga kirishi oqibatida; basharti, xorijiy mamlakatda doimiy yashab turgan fuqaro yetti yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobida turmagan bo‘lsa;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlarni taqdim etish natijasida qo‘lga kiritilgan bo‘lsa; basharti, fuqaro xorijiy davlat foydasiga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullangan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat va davlat manfaatlariga ziyon yetkazgan bo‘lsa;

fuqaro xorijiy mamlakat fuqaroligiga o‘tgan taqdirda.

3-topshiriq

Quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqing va qo‘yilgan savollarga javob bering.

1- vaziyat. Poytaxt shifoxonalarining biridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, gul butasi ostiga kimdir tashlab ketgan chaqaloq topib olindi. Bolaning kimli- gini aniqlash uchun bironta yozuv ham, hujjat ham uning yonida yo‘q edi.

3 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari 65

Tabiiyki, chaqaloqni fuqarolik holati hujjatlarida qayd etish masalasi paydo bo‘ldi. Familiyasi, ismi, otasining ismi ro‘yxatga olgan shaxslar ixtiyoriga ko‘ra belgilandi.

Bolaning fuqaroligi masalasini hal qilishda muammolar kelib chiqdi, negaki, ma’lumotlar yo‘qligi tufayli bola tug‘ilgan joyni aniqlash imkoniyati bo‘lmadi.

3-topshiriq

Savollar: Sizningcha, bu bolaning fuqaroligi to‘g‘risidagi masalani qanday hal qilish kerak?

2- vaziyat. Er-xotin U.lar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi (FHDQEO)ga o‘z farzandini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishdi.

Ariza ko‘rib chiqilayotganda FHDQEO xodimlari er-xotin U.lar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ekanligini aniqlashdi va bolani ro‘yxatga olishni rad etishdi. Ular o‘z rad javobini ota-onasi singari bola ham fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sanaladi, shuning uchun O‘zbekiston fuqarosi sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin emas, deya izohlashdi.

Savollar: Sizningcha, FHDQEO xodimlari haqmi? Er-xotin U. ning FHDQEOga murojaati munosabati bilan vujudga kelgan masalaga «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunning qaysi qoidalaridan javob topish mumkin?

Normativ hujjat!

Sizga ma’lummi, ya’ni: – tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, fuqaroga 16 yoshga to‘lganida beriladigan pasport fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi;

Yakunlarni chiqaramiz

insonning davlat bilan huquqiy aloqalari, inson va fuqarolarning davlat tomonidan muhofaza qilinishi; fuqarolarning qonunlarga rioya qilish burchi; fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar: davlat hokimiyati organlariga saylanmaydilar, saylovlarda ishtirok etmaydilar, armiyada xizmat qilmaydilar, siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lmaydilar; pasport – 16 yoshdan; fuqarolikka ega bo‘lish: • tug‘ilgan zahoti; • qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga ko‘ra; «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida» Qonun.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. Fuqarolik nima? Insoniyat tarixida fuqarolik instituti hamma vaqt mavjud bo‘lganmi? 2. Sizningcha, fuqarolar huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni kim ta’minlashi lozim? 3. Fuqaro va davlat o‘rtasida qanday o‘zaro bog‘liqlik vujudga keladi? 4. Hozirgi demokratik davlat fuqarosi qanday normalar himoyasi panohida bo‘ladi? 5. O‘zbekistonda fuqarolikka ega bo‘lish uchun qanday qonuniy asoslar nazarda tutilgan? 6. Demokratik jamiyatda fuqaro va davlatning o‘zaro munosabatlari qanday prinsiplarga asoslanadi? 7. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqaroligi bo‘lgan shaxslar bilan bir xildagi huquqlarga ega bo‘ladilarmi? 8. «Insonning huquqiy maqomi» tushunchasiga izoh bering, uning xususiyatlarini sanab bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyosiy aloqasi nima deb ataladi?
  1. Huquqiy maqom
  2. Millatga mansublik
  3. Fuqarolik
  4. Fuqarolik jamiyati

To‘g‘ri javob: Fuqarolik. Fuqarolik – insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyosiy aloqasidir.

Fuqarolik nima?
  1. Insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyosiy aloqalari
  2. Insonning bir necha davlat bilan teng huquqiy aloqalari
  3. Insonning faqat yashash joyi bo‘yicha davlatga bog‘liqligi
  4. Insonning davlat oldidagi faqat soliq majburiyati

To‘g‘ri javob: Insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyosiy aloqalari. Fuqarolik — insonning muayyan davlat bilan huquqiy va siyosiy aloqasi.

Fuqaro hisoblangan shaxs o‘z davlati hududidan tashqarida bo‘lganda qanday himoyada bo‘ladi?
  1. Faqat xalqaro tashkilotlar himoyasida
  2. Davlat muhofazasi va shafeligida
  3. Faqat yashayotgan davlat himoyasida
  4. Hech qanday himoyada bo‘lmaydi

To‘g‘ri javob: Davlat muhofazasi va shafeligida. Fuqaro o‘z davlati hududida ham, tashqarisida ham davlat muhofazasi va shafeligida bo‘ladi.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs T. mahalliy kengashga deputatlikka saylanish va saylovda ovoz berishni xohlaydi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Bu mumkin emas: fuqaroligi bo‘lmagan shaxs saylovlarda ishtirok eta olmaydi va davlat organlariga saylanmaydi
  2. Bu mumkin: T. doimiy yashagani uchun mahalliy kengashga saylanish va saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi
  3. Bu qisman mumkin: T. faqat ovoz berishi mumkin, ammo deputatlikka saylanishi mumkin emas, chunki fuqaro emas
  4. Bu mumkin, agar T. siyosiy partiya a’zosi bo‘lsa va O‘zbekistonda o‘n yildan beri doimiy yashayotgan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Bu mumkin emas: fuqaroligi bo‘lmagan shaxs saylovlarda ishtirok eta olmaydi va davlat organlariga saylanmaydi. Fuqaro saylanishi mumkin, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bunday huquqqa ega bo‘lmaydi.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar quyidagilardan qaysi birini bajara olmaydilar?
  1. Xalqaro hujjatlardagi asosiy huquqlardan foydalanish va qonunlarga rioya qilish
  2. O‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish hamda qonunlarga rioya qilish
  3. Siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish va davlat organlarining rahbarlik lavozimlarida ishlash
  4. Mehnat qilish, mulkka egalik qilish va o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish

To‘g‘ri javob: Siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish va davlat organlarining rahbarlik lavozimlarida ishlash. Fuqaroligi bo‘lmaganlar partiya a’zosi bo‘la olmaydi, rahbarlik lavozimlarida ishlolmaydi, saylovlarda ishtirok etolmaydi.

Jinsi, millatga mansubligi, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko‘ra ma’lum bir guruh fuqarolarning huquqlarini cheklash yoki mahrum qilish nima deb ataladi?
  1. Deportatsiya
  2. Migratsiya
  3. Apatridlik
  4. Diskriminatsiya

To‘g‘ri javob: Diskriminatsiya. Diskriminatsiya – jinsi, millati, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko‘ra ma’lum guruh fuqarolarining huquqlarini cheklash yoki mahrum qilish.

Diskriminatsiya nima?
  1. Davlat organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan muddatda ko‘rib chiqish va ularga asoslangan javob berish
  2. Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini berishning qonunda belgilangan tartibi
  3. Barcha fuqarolarga qonun oldida teng huquq va teng imkoniyatlar berilishini davlat tomonidan kafolatlash tamoyili
  4. Jinsi, millati, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko‘ra ma’lum guruh fuqarolarining huquqlarini cheklash yoki mahrum qilish

To‘g‘ri javob: Jinsi, millati, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko‘ra ma’lum guruh fuqarolarining huquqlarini cheklash yoki mahrum qilish. Diskriminatsiya — ma’lum belgilarga ko‘ra guruh fuqarolari huquqlarini cheklash yoki mahrum qilish.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xalqaro huquqiy hujjatlarda qanday atama bilan ataladi?
  1. Migrantlar
  2. Repatriantlar
  3. Apatridlar
  4. Bipatridlar

To‘g‘ri javob: Apatridlar. Chet el fuqarolari bilan birga fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar apatridlar deb ataladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSiyosiy huquqlarKeyingi →Inson huquqi va erkinliklari kafolatlari