Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari faoliyati
III bo‘lim. Jamiyat va shaxs
Mavzu ustida ishlash natijasida: – demokratik davlatdagi mafkuraviy va siyosiy qarashlar xilma-xilligini;
- – demokratiyaning tarkibiy qismi sifatida jamoat birlashmalarining faoliyatini;
- – ommaviy axborot vositalarining faoliyat tamoyillarini bilib olasiz.
3. Ommaviy axborot vositalari.
1. JAMOAT BIRLASHMALARI NIMA UCHUN KERAK?
Jamoat birlashmalari – bu, o‘z manfaatlari va istaklari, o‘z qobili- yatlari va iqtidorlarini namoyish qilish imkoniyatidan kelib chiqqan holda turli guruhlarga birlashish yo‘li bilan jamiyat hayotida ishtirok etish uchun mamlakat aholisi birlashmalarning amalda paydo bo‘lishidir.
1-topshiriq
Jamoat birlashmalari mushtarak manfaat asosida fuqarolarning ixtiyoriy belgilashlari natijasida vujudga kelgan tuzilmadir.
Jamoat birlashmalari quyidagi shakllarda bo‘ladi: jamoat tashkilotlari, ommaviy harakatlar, jamoat jamg‘armalari va boshqa nohukumat muassasalar.
O‘zbekiston Respublikasida shunday jamoat tashkilotlari bor, jumladan, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro jamg‘armasi, «Yoshlar ittifoqi», «Sen yolg‘iz emassan» Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, «Nuroniy» faxriylar Kengashi, «Mahalla» jamg‘armasi va boshqalar.
2-topshiriq
Jadvalni to‘ldiring.
Jamoat birlashmalari Nomi Kasaba uyushmalari Siyosiy partiyalar Nogironlar tashkilotlari Ijodiy uyushmalar Jamoatchilik xayriya fondlari
Xotin-qizlar, bolalar tashkilotlari
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 39-modda.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 70-modda.
2. JAMOAT BIRLASHMALARINI TUZISH VA FAOLIYATINI YURITISH PRINSIPLARI
Davlat tashkilotlari bilan bir qatorda mamlakatning mehnat qilayotgan aholisi huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari yurtimizdagi eng ommaviy jamoat birlashmalari hisoblanadi. Bugungi kunda kasaba uyushmalari tashkilotlari davlat boshqaruv organlaridan mustaqildirlar hamda faqat xodimlar va jamoa manfaatlari uchun faoliyat ko‘rsatadilar.
Asosiy qonun belgilaydi
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 73-modda.
Barcha jamoat birlashmalari o‘z ustavlari asosida va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida ish ko‘radilar.
Asosiy qonun belgilaydi
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga ko‘ra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 71-modda.
Asosiy qonun belgilaydi
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.
2. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (81-modda) va O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»- gi Qonuniga muvofiq har bir fuqaroga so‘z erkinligi: radio orqali, matbuotda, televideniyeda va boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqi beriladi.
Asosiy qonun belgilaydi
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 81-modda.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 82-modda.
Yodda tuting!
Senzura – mafkuraviy jihatdan zararli hisoblangan maqolalarni taqiqlash maqsadida gazetalar, jurnallar va boshqa nashrlarning chop etish oldidan ko‘zdan kechirilishi.
Har kim haqida uning roziligisiz axborot yig‘ish, saqlash va foydalanish taqiqlangan. Faqat qonunda belgilangan hollar bundan mustasnodir.
Agar ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri bo‘lgan, shuningdek, inson qadr-qimmati va obro‘sini tahqirlovchi ma’lumotlar e’lon qilingan bo‘lsa, u ana shu ma’lumotlarni chop etgan nashrda bunday ma’lumotlar uchun raddiya berishga haqlidir.
3-topshiriq
O‘z faoliyatida odamlarni uning xatti-harakatlariga qarshi yo‘naltir- gan ba’zi bir gazetalarni hukumat ma’lum vaqt yopib qo‘yadi.
Jamiyat va har bir odamning axborot olishi – iqtisodiy va ma’naviy yuksalish garovidir. Ammo soxtalashtirilgan, jamoatchilik fikri shakllan- masligi uchun axborot tarqatish davlat yoki bir guruh shaxslarning mono- poliyasi bo‘lib qolmasligi lozim.
Doniyorbek Isoqov @Tarix_Ilm_Nuri
Demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy shartlaridan biri – matbuot va axborot erkinligidir. Ammo so‘z va matbuot erkinligi mutlaq bo‘la olmaydi. Chunki televizor ekranida yangragan, gazetada e’lon qilingan axborotni millionlab odamlar eshitadi, o‘qiydi. Agar ma’lum bir shaxs, korxona, ishlab chiqarish tarmog‘i haqida yanglish ma’lumotlar aytilsa, bu bilan ularning nufuziga putur yetkaziladi, huquqlari buziladi. Bo‘hton ma’lumotlar, zo‘ravonlik xatti-harakatlariga da’vat etish va boshqa xatti-harakatlar uchun ularni e’lon qilgan ommaviy axborot vositalari amaldagi qonunga muvofiq sud oldida javobgarlikka tortiladi.
4-topshiriq
mavjud tuzumni, O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishni da’vat etish maqsadida bo‘lsa;
Qonunga muvofiq quyidagi hollarda
urush va zo‘ravonlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni tashviq qilish maqsadida bo‘lsa;
davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni tarkib toptiruvchi ma’lumotlarni oshkora qilish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotlar tarqatish;
ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ish faoliyatidagi obro‘siga dog‘ tushiruvchi axborotlar tarqatish, ularning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi. Shuningdek, tergov va prokuratura organlarining ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e’lon qilish ham taqiqlanadi.
Yakunlarni chiqaramiz
maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etish;
Jamoat birlashmalari,
jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar;
xayriya jamg‘armalari;
kasaba uyushmalari;
ro‘yxatdan o‘tish majburiydir;
ixtiyoriylik;
siyosiy plyuralizm; OAVda – senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi;
bo‘hton uchun – sud javobgarligi;
axborot olish – yuksalish garovi;
«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun.
O‘zingizni sinang!
Bilimingizni sinang
Mushtarak manfaat asosida fuqarolarning ixtiyoriy belgilashlari natijasida vujudga kelgan tuzilma nima deb ataladi?
- Fuqarolar yig‘inlari
- Davlat muassasalari
- Mahalliy hokimiyat organlari
- Jamoat birlashmalari
To‘g‘ri javob: Jamoat birlashmalari. Jamoat birlashmalari mushtarak manfaat asosida fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi natijasida vujudga kelgan tuzilmadir.
Jamoat birlashmalari qaysi shakllarda bo‘ladi?
- Jamoat tashkilotlari, ommaviy harakatlar, jamoat jamg‘armalari va boshqa nohukumat muassasalar
- Davlat organlari, hokimliklar, sudlar va ijro hokimiyatining boshqa idoraviy muassasalari
- Faqat siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va davlat tomonidan tuzilgan korxonalar
- Tijorat tashkilotlari, xususiy korxonalar, banklar va foyda ko‘rishga qaratilgan boshqa tuzilmalar
To‘g‘ri javob: Jamoat tashkilotlari, ommaviy harakatlar, jamoat jamg‘armalari va boshqa nohukumat muassasalar. Matnga ko‘ra jamoat birlashmalari jamoat tashkilotlari, ommaviy harakatlar, jamoat jamg‘armalari va boshqa nohukumat muassasalar shaklida bo‘ladi.
Jamoat birlashmalari qanday asosda vujudga keladi?
- Davlat organining buyrug‘i asosida, hokimiyat tomonidan majburiy ravishda tuziladi
- Mushtarak manfaat asosida fuqarolarning ixtiyoriy birlashishi natijasida
- Faqat chet el tashkilotlarining tashabbusi va moliyaviy ko‘magi natijasida
- Fuqarolarning majburiy a’zoligi va hokimlik qarori asosida hosil bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Mushtarak manfaat asosida fuqarolarning ixtiyoriy birlashishi natijasida. Jamoat birlashmalari mushtarak manfaat asosida fuqarolarning ixtiyoriy birlashishi natijasida vujudga kelgan tuzilmadir.
Quyidagilardan qaysi biri O‘zbekistondagi jamoat tashkilotlariga kiradi?
- Oliy sud
- «Nuroniy» faxriylar Kengashi
- Markaziy saylov komissiyasi
- Konstitutsiyaviy sud
To‘g‘ri javob: «Nuroniy» faxriylar Kengashi. Jamoat tashkilotlari qatorida «Nuroniy» faxriylar Kengashi, «Mahalla» jamg‘armasi va boshqalar sanab o‘tilgan.
Konstitutsiyaning 39-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qaysi huquqqa ega?
- Faqat siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish va ularning ommaviy harakatlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishga
- Davlat organlarini o‘zi tuzish va ularning faoliyatini bevosita boshqarish hamda ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazish huquqiga
- Kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga
- Faqat nodavlat tashkilotlar tuzish va ularga a’zo bo‘lish, ammo kasaba uyushmalariga va partiyalarga uyushish huquqisiz
To‘g‘ri javob: Kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga. 39-moddada fuqarolarning kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish va ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi belgilangan.
Quyidagilardan qaysi biri Konstitutsiyaning 70-moddasiga ko‘ra jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi?
- Prokuratura organlari
- Hokimliklar
- Soliq organlari
- Olimlarning jamiyatlari
To‘g‘ri javob: Olimlarning jamiyatlari. 70-moddada kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlar jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar, yoshlar tashkilotlari va boshqalar jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.
Kasaba uyushmalari tashkilotlari davlat boshqaruv organlariga nisbatan qanday maqomda va kimning manfaatlari uchun ishlaydi?
- Davlat boshqaruv organlaridan mustaqil bo‘lib, faqat xodimlar va jamoa manfaatlari uchun faoliyat ko‘rsatadi
- Davlat boshqaruv organlariga bo‘ysunadi va faqat davlat manfaatlari hamda rasmiy ko‘rsatmalar uchun ishlaydi
- Davlat organlaridan mustaqil bo‘lib, faqat ish beruvchilar va tadbirkorlar manfaatlari uchun faoliyat ko‘rsatadi
- Davlat organlaridan mustaqil bo‘lib, faqat siyosiy partiyalar va ularning rahbarlari manfaati uchun ishlaydi
To‘g‘ri javob: Davlat boshqaruv organlaridan mustaqil bo‘lib, faqat xodimlar va jamoa manfaatlari uchun faoliyat ko‘rsatadi. Kasaba uyushmalari davlat boshqaruv organlaridan mustaqil bo‘lib, faqat xodimlar va jamoa manfaatlari uchun faoliyat ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 73-moddasiga ko‘ra, kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lish qanday?
- Majburiy
- Ixtiyoriy
- Faqat davlat xodimlari uchun majburiy
- Faqat ish beruvchi roziligi bilan
To‘g‘ri javob: Ixtiyoriy. 73-moddaga ko‘ra kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash