Siyosiy partiyalar faoliyati
III bo‘lim. Jamiyat va shaxs
Mavzu ustida ishlash natijasida: – demokratik huquqiy davlatda partiyalar faoliyatining ahamiyati haqida;
- – O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faoliyati va ularning dasturlari haqida bilib olasiz.
1. Fuqarolarning davlatni boshqarishdagi ishtiroki. 2. O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi.
1. FUQAROLARNING DAVLATNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI Kishilar hayotida turli-tuman muammolar mavjud. Ana shu muammolardan ayrimlarini odamning o‘zi, boshqalarini esa faqatgina o‘zgalar bilan uyushgan holda hal etish mumkin. Masalan, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar – tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish, kredit olish, soliqqa tortish, tashqi bozorga chiqish muammolarini hal qilish uchun tadbirkorlar uyushmasi tuziladi. Shuningdek, boshqa guruhlar: pensionerlar, imkoniyati cheklanganlar, yoshlar, o‘qituvchilar, shifokorlar va hokazolar ham o‘z muammolarini hal qilish maqsadida uyushadilar.
1-topshiriq
To‘rt guruhga bo‘lining. Sizning guruhingiz eng uyushgan va jipslashgan ekanligini, shuning uchun ham uning vakillari qonun chiqaruvchi organ deputatlari orasida ko‘pchilikka ega bo‘lishi kerakligini isbotlashga harakat qilib ko‘ring.
Mana, demokratik jamiyatda davlat hokimiyati organlarida ana shu guruhlardan faqat bittasining vakillari bo‘lishining imkoni yo‘qligiga o‘zingiz ham ishonch hosil qildingiz.
2-topshiriq
Olti guruhga bo‘lining: ikki guruh siyosiy partiyalarni, qolganlari esa pensio - nerlar, yoshlar, fermerlar va ayollar birlashmalari vakillarini ifodalasin.
Siyosiy partiyalarning vakillari dasturlar ishlab chiqib, ularda yuqorida aytib o‘tilgan guruhlar manfaatlarini inobatga olgan holda o‘z maqsad va vazifalarini belgilaydilar hamda qo‘llab-quvvatlashlariga erishish uchun ular o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yuritadilar.
Pensionerlar, yoshlar, fermerlar va ayollar guruhlari o‘zlariga xos bo‘lgan muammolarni aniqlaydilar.
Targ‘ibot ishlari davomida ana shu partiyalardan qaysi birini afzal ko‘rishlari aniqlanishi lozim.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KO‘PPARTIYAVIYLIK TIZIMINING SHAKLLANISHI
Yodda tuting!
Siyosiy partiya – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasi.
O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonuni, 1-modda.
Tarixiy jarayon yakkapartiyaviylik tizimi davlatda diktatura o‘rnatilishiga olib kelishini tasdiqladi. Ko‘ppartiyaviylik tizimi esa fuqarolarga turli partiyalardan nomzodlarni tanlab olishga va jamiyatni rivojlantirish borasidagi u yoki bu dasturga afzallik berishga imkon yaratadi.
Asosiy qonun belgilaydi
Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 74-modda.
Har bir fuqaroda o‘zining fikricha uning manfaatlarini ifodalaydigan, mamlakat taraqqiyotiga imkon yaratib beradigan partiyadan nomzodni tanlab olishi uchun demokratik huquqiy davlatda kamida ikkita partiya bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida beshta siyosiy partiya vakillari ishtirok etmoqda. Ular qonunchilikni shakllantirish va iqtisod, madaniyat va ijtimoiy sohalarda davlat siyosatini yuritishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Maqsadi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) 1991-y Ijtimoiy adolat, mamlakat taraqqiyoti va ma’naviy yangilanishini ta’minlash.
«Adolat» sotsial-demokratik
partiyasi 1995-y. Huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtimoiy adolat o‘rnatish.
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi 1995-y. Davlatning umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tiklanishi.
Tadbirkorlar va ishbilar- monlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik
(O‘zLiDeP) partiyasi
2003-y.
O‘rta sinf, kichik biznes namoyandalari, ishbilarmon kishilar, ishlab chiqarish va boshqaruvning yuqori malakali mutaxassislarining manfaatlarini himoyalash.
partiyasi 2019-y. Atrof-muhitni muhofaza qilishda jamoatchilik faolligini har tomonlama oshirish.
Maqsadi
O‘zbekiston Ekologik
Siyosiy partiyalar
maqsad – ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal qilish; fikrlarning siyosiy va mafkuraviy rang-barangligi; ko‘ppartiyaviylik – fikrlar xilma-xilligi;
partiya – davlat hokimiyatini shakllantiradi, o‘z vakillari orqali davlatni boshqaradi; «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonun; «Davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun.
O‘zingizni sinang!
SIYOSIY PARTIYALAR TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QONUNI (Ko‘chirma)
2-modda. Siyosiy partiyalar faoliyati huquqiy asoslari Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek o‘z ustavlari asosida amalga oshiradilar.
3-modda. Siyosiy partiyalar tuzish va faoliyati prinsiplari Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi. Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi:
SIYOSIY PARTIYALAR TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi;
O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi;
urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi; xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalar.
4-modda. Siyosiy partiyalarda a’zolik Siyosiy partiyalarda a’zo bo‘la olmaydilar: Quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar: sudyalar; prokurorlar va prokuratura tergovchilari; ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari; harbiy xizmatchilar; xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Bilimingizni sinang
O‘zbekiston fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashma nima?
- Ommaviy harakat
- Siyosiy partiya
- Jamoat jamg‘armasi
- Kasaba uyushmasi
To‘g‘ri javob: Siyosiy partiya. Siyosiy partiya fuqarolarning qarashlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.
Siyosiy partiyaning ta’rifi O‘zbekiston Respublikasining qaysi qonunida, qaysi moddada berilgan, 1-modda qaysi qonunga tegishli?
- Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi Qonun
- Saylov kodeksi
- Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi Qonun
- Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi Qonun
To‘g‘ri javob: Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi Qonun. Siyosiy partiya ta’rifi «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida keltirilgan.
Siyosiy partiya nima?
- Fuqarolarning qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda ishtirok etuvchi ko‘ngilli birlashma
- Davlat hokimiyatining ijro etuvchi organi bo‘lib, qonunlarni bajarish va hududlarni boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan davlat tuzilmasi, uni Vazirlar Mahkamasi tuzadi
- Faqat tadbirkorlar manfaatini himoya qiluvchi, foyda olishga qaratilgan va davlat hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etmaydigan tijorat tashkiloti
- Sud hokimiyatiga bo‘ysunuvchi, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va nizolarni hal etish uchun tuzilgan davlat tuzilmasi, uning a’zolari sudyalardir
To‘g‘ri javob: Fuqarolarning qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda ishtirok etuvchi ko‘ngilli birlashma. «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasiga ko‘ra partiya fuqarolarning mushtarak qarash, manfaat va maqsadlari asosida tuzilgan ko‘ngilli birlashmadir.
Tarixiy jarayon yakkapartiyaviylik tizimi davlatda nimaga olib kelishini tasdiqladi?
- Iqtisodiy yuksalishga
- Diktatura o‘rnatilishiga
- Fuqarolar faolligi oshishiga
- Ko‘ppartiyaviylik shakllanishiga
To‘g‘ri javob: Diktatura o‘rnatilishiga. Tarixiy jarayon yakkapartiyaviylik tizimi davlatda diktatura o‘rnatilishiga olib kelishini tasdiqlagan.
Ko‘ppartiyaviylik tizimi fuqarolarga qanday imkon yaratadi?
- Faqat bitta dasturga ovoz berish va jamiyatni rivojlantirishning yagona yo‘nalishiga rioya qilish imkonini
- Davlat rahbarini partiyalarsiz, bevosita tayinlash va jamiyatni rivojlantirishning yagona dasturini belgilash imkonini
- Turli partiyalardan nomzodlarni tanlab olish va jamiyatni rivojlantirishning u yoki bu dasturiga afzallik berish imkonini
- Partiyalar faoliyatini sud orqali taqiqlash va ularning dasturlaridan birini majburiy tarzda tanlash imkonini
To‘g‘ri javob: Turli partiyalardan nomzodlarni tanlab olish va jamiyatni rivojlantirishning u yoki bu dasturiga afzallik berish imkonini. Ko‘ppartiyaviylik fuqarolarga turli partiyalardan nomzodlarni tanlash va rivojlanish dasturiga afzallik berish imkonini yaratadi.
Konstitutsiyaning 74-moddasiga ko‘ra, siyosiy partiyalar davlat hokimiyatini tuzishda qanday ishtirok etadilar?
- O‘z a’zolarini bevosita lavozimlarga tayinlash orqali, saylovsiz
- Davlat organlariga bevosita ko‘rsatma berish orqali, vakilsiz
- Saylovlar natijasini sud orqali bekor qilish orqali, vakilsiz
- O‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali
To‘g‘ri javob: O‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali. 74-modda: partiyalar demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadi.
Fuqaro o‘zi ma’qul ko‘rgan partiyadan nomzodni tanlashi uchun demokratik huquqiy davlatda kamida nechta partiya bo‘lishi kerak?
- Kamida ikkita
- Kamida bitta
- Kamida uchta
- Kamida o‘nta
To‘g‘ri javob: Kamida ikkita. Tanlov imkoni bo‘lishi uchun demokratik huquqiy davlatda kamida ikkita partiya bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nechta siyosiy partiya vakillari ishtirok etmoqda?
- Uchta
- Beshta
- Yettita
- Oltita
To‘g‘ri javob: Beshta. Matnga ko‘ra Qonunchilik palatasida beshta siyosiy partiya vakillari ishtirok etmoqda.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash