Yuridik atamalar lug‘ati
Agressiya (lotincha aggressio – hujum) – xalqaro huquqda BMT Ustavi nuqtayi nazaridan qurolli kuchlarning istalgan g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, ya’ni qurolli tajovuz.
Apatrid (grekcha apatris – vatanidan judo bo‘lgan, bevatan) – ayni mamlakat fuqarosi hisoblanmaydigan va qandaydir xorijiy davlatga mansub ekanligi borasida ham isbotga ega bo‘lmagan shaxs.
Apellatsiya (lotincha appelatio – murojaat, shikoyat) – qandaydir qaror ustidan ishni mohiyat yuzasidan qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan yuqori instansiyaga shikoyat qilinishi.
Argument (lotincha argumentum) – isbot asosi bo‘lib xizmat qiluvchi mantiqiy vaj.
Armiya (lotincha armare – qurollantirish) – davlat qurolli kuchlari to‘plami.
Budjet (inglizcha bougette – karmon) – davlatning muayyan muddatga qonuniy tartibda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlari ro‘yxati.
Davlat gerbi – davlatning rasmiy emblemasi. Davlat madhiyasi – davlatning rasmiy ramzi. Davlat huquqi (konstitutsiyaviy huquqqa mos keladi) – davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi asoslarini tartibga soluvchi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlab qo‘yuvchi hamda ayni davlat hokimiyati organlari tizimini belgilovchi huquq tarmog‘i.
Demokratiya (grekcha demokratia – xalq hokimiyati) – xalq hokimiyatchiligi, siyosiy plyuralizm, fuqarolar erkinligi va tengligi, inson huquqlari singari konstitutsiyaviy prinsiplarni e’tirof etishga asoslangan davlat tuzilishi shakli.
Deputat (lotincha deputatus – elchi; vakil) – davlatning qonun chiqaruvchi yoki qandaydir boshqa bir vakillik organiga saylangan shaxs, aholi ma’lum qismining vakili.
Federatsiya (lotincha foederare – ittifoq bilan mustahkamlamoq) – davlatlar birlashmasi bo‘lib, bunda birlashuvchi davlatlar qonun bilan belgilangan mustaqillikni saqlab qolgan holda yagona ittifoq fuqaroligiga, yagona ittifoq armiyasiga, yagona ittifoq davlat organlariga ega davlat birligini tashkil etadi.
Femida (grekcha Themis) – qadimgi grek mifologiyasida bir qo‘lida tarozi va boshqasida qilich, ko‘zlarida bog‘ich bilan (beg‘arazlik ramzi) tasvirlangan odil sudlov ilohasi; odil sudlov ramzi.
Fuqarolik jamiyati – insonning yalpi huquqlari kafolatlanadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan jamiyat tuzilishi.
Fuqarolik – shaxsning konkret davlat bilan barqaror huquqiy aloqalari.
Genotsid – aholi ayrim guruhlarining milliy, irqiy, diniy bahonalar bilan qirib tashlanishi.
Impichment (inglizcha impeachment – badnom qilish, ayblash) – davlat oliy mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortishning alohida tartibi.
Inauguratsiya (inglizcha inaguration – tantanali ochilish; lavozimni tantanali egallash) – yangi saylangan davlat boshlig‘ining lavozimni egallash tantanali marosimi.
Ishonch yorlig‘i – xorijiy davlatga tayinlanayotgan diplomatik vakilning maqomini rasman guvohlantiruvchi diplomatiya hujjati.
Kvorum (lotincha quorum – yetarlicha hozirlik) – yig‘ilish qatnashchilarining uning qarorlari haqiqiy deb tan olinadigan eng kam soni.
Legitimlik (lotincha legitimus – qonuniy) – qandaydir huquq yoki vakolat qonuniyligini tan olish yoki tasdiqlash.
Majoritar saylov tizimi (fransuzcha majoritarie – ko‘pchilik) – saylovchilarning ko‘pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadigan saylov tizimi.
Ma’muriyat (arabcha ma’muriyat – buyruqlar beruvchi uyushma, idora; shuningdek, kishilar obod qilgan, qo‘nim topgan, tabiatdan o‘zlashtirgan maskanlar, mamlakatlarning mushtarak nomi) – turli darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining eng keng tarqalgan atalishi (shaharda, tumanda, viloyatda, respublikada).
Muammo (arabcha muammo – yechilishi qiyin, chigal; yashiringan; shuningdek, kishi nomi yashiringan mumtoz she’riyat janri) – o‘rganish, tadqiq etishni talab qiluvchi murakkab nazariy yoki amaliy masala.
Muqobil saylovlar – mansabdor shaxsning qandaydir organga lavozim ustida o‘zaro raqobatlashayotgan ikki yoki undan ortiq nomzodlardan saylanishi.
Naturallashtirish, o‘zlashtirish (fransuzcha naturalisation – tabiiy) – ajnabiyni fuqarolikka qabul qilish.
Ombudsman (shvedcha hombuldsman – allakimningdir manfaatlari vakili) – davlat organlari tomonidan inson huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.
Parlament (inglizcha parliament, fransuzcha parler – so‘zlamoq) – davlatdagi oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organning nomlanishi.
Preambula (fransuzcha preambule – so‘zboshi) – qonun yoki boshqa huquqiy qarorning kirish yoki muqaddima qismi.
Prezident (lotincha praesidens – oldinda o‘tiruvchi; boshda turuvchi) – respublika boshqaruv shakliga ega mamlakatlarda davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i.
Prolongatsiya qilish (fransuzcha prolongation – uzaytirish) – shartnoma amali muddatini u tuzilayotganida nazarda tutilganidan uzaytirish.
Promulgatsiya qilish (lotincha promulgatio – ommaga e’lon qilish) – qandaydir davlat hujjati, qonunining u shundan keyin majburiy kuchga ega bo‘lishi uchun rasman chop etilishi, e’lon qilinishi.
Referendum (lotincha referendum – bildirilishi shart bo‘lgan narsa) – barcha fuqarolar ishtirok etadigan umumxalq so‘rovi yoki saylov huquqi; davlat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Saylovchilar bloki (ittifoqi) – davlat boshlig‘i, markaziy va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarda birgalikda nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida bir necha siyosiy partiyalar bitimi.
Standart (inglizcha standart) – norma, mezon, asos. Suverenitet (fransuzcha souverainete) – davlatning o‘z ichki ishlarida va tashqi munosabatlarida boshqa bir davlatdan to‘la mustaqilligi.
Senzura (lotincha sensura – davlat nazorati) – hokimiyat tomonidan ko‘ngilsiz yoki zararli deb topilgan g‘oyalar va ma’lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik yoki cheklab qo‘yish maqsadida bosma mahsulotlar, sahna asarlari va hokazolar mazmun-mundarijasi ustidan davlat nazorati.
Unitar (lotincha unitas – birlik, bir butun) – yagona, birlashgan, bir butunni tashkil etuvchi; davlat tuzilishi shakli.
Ustuvor, ustuvorlik – qandaydir narsaning birinchiligi, afzalligi, bir- lamchiligi ifodasi.
Veto (lotincha veto – taqiqlayman) – qandaydir organ qarorini to‘xtatib turadigan yoki kuchga kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan hujjat.
Viza (lotincha visus – o‘tkazilgan, ko‘zdan kechirilgan) – pasportda davlatning uning hududiga kelishga, ketishga, yashab turishga yoki u orqali o‘tishga maxsus ruxsatnomasini bildiruvchi belgi.
ME’YORIY HUJJATDAN NAMUNALAR
Qonunning to‘liq matnini olish uchun Smartfoningizda QR-kodni o‘qish uchun skaner-dastur (QR Droit Scanner, QR Code Reader, QR Barcode Scanner) o‘rnatishingizni tafsiya etamiz, Uning yordamida havola qilish orqali Saytga o‘tishingiz, matnli axborotni olishingiz mumkin. Smartfoningizda qaysi ilovani o‘rnatishingizdan qat’i nazar, Algoritm o‘xshash bo‘ladi:
1. Ilovani o‘rnating va ishga tushiring. 2. Kamera obyektivini QR-kodga to‘g‘rilang. Ilova kodni tanib olishini kutib turing. Kodda shifrlangan harakatni amalga oshiring. Endi Sizda darslarga tayyorgarlik ko‘rganda yoki sinfdan tashqari tadbirga hozirlan- ganda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘g‘risida darslikdan qo‘shimcha axborot o‘qib olish imkoniyati paydo bo‘ldi.
1. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi.
2. « O‘zbekiston Respublikasi Gerbi to‘g‘risidagi» Qonun.
3. « O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i to‘g‘risidagi» Qonun.
4. « O‘zbekiston Respublikasi Gimni to‘g‘risidagi» Qonun.
5. «Tashqi siyosat asosiy tamoyillari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
6. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
7. «Ta’lim to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
8. «Yuridik va jismoniy shaxslarning
Respublikasi Qonuni.
9. «Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi qa- rovsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
1. O‘zbekiston Respublikasi
10. «Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
11. «Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori.
12. O‘zbekiston Kodeksi.
Respublikasi Jinoyat
13. «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
14. «Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
15. «Me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
16. «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonun.
17. «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
18. «Sudlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
19. «Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
20. «Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
Respublikasi Jinoyat
21. «Prokuratura to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
22. «Ommaviy axborot vositalari» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
23. «Bank va bank faoliyati» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
M U N D A R I J A
Konstitutsiya olamiga sayohat................................................................................. 3
I bo‘lim. KONSTITUTSIYA – DAVLATNING ASOSIY QONUNI
1- §. Konstitutsiyaviy huquq.................................................................................... 5
2- §. Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifi.......................................................................................................... 12
3- §. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari....................... 18
4- §. Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati............................. 25
II bo‘lim. INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI,
ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
5- §. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari................................ 32 6–7-§. Amaliyot darsi. Inson va fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari....... 39
8- §. Amaliyot darsi. Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari.............. 48
9- §. Siyosiy huquqlar............................................................................................ 56
10 - §. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi................................................................ 61
11 - §. Inson huquqi va erkinliklari kafolatlari........................................................... 68
12 - §. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchlari................. 74
III bo‘lim. JAMIYAT VA SHAXS
13 - §. Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari faoliyati.......................... 82
14 - §. Siyosiy partiyalar faoliyati............................................................................. 89
15 - §. Oila jamiyatning buguni va kelajagi negizidir................................................. 94
16 - §. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi.............. 100
IV bo‘lim. DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI
17 - §. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi.................. 105
18 - §. Oliy Majlis va uning vakolatlari................................................................... 109
19 - §. Amaliyot darsi. Qonun loyihasini qabul qilamiz.......................................... 115
20 - §. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti............................................................. 119
21 - §. O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari...................... 125
22 - §. Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari.......................................... 130
23 - §. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.............................................. 134
IV bo‘lim. DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI
24 - §. O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi...................................................... 138
25 - §. O‘zbekiston Respublikasi sud organlari ish faoliyatini tashkil etish................. 145
26 - §. Amaliyot darsi. Konstitutsiyaviy sud majlisi................................................... 150
RIVOJLANTIRISH KAFOLATI
27 - §. O‘zbekiston Respublikasidagi saylov tizimi.................................................. 154
28 - §. Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatlari va senatorlari saylovi................................................................................... 160
29 - §. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari........................................... 163
30 - §. O‘zbekiston Respublikasida moliya va kredit................................................ 170
Xulosa........................................................................................................ 177
O‘z bilimlarini mustaqil tekshirish.............................................................. 179
RIVOJLANTIRISH KAFOLATI
Yakuniy takrorlash. Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni....................... 181
Lug‘at......................................................................................................... 188
QR-kod yordamida olinadigan huquqiy-me’yoriy hujjatdan namunalar........ 192
O‘quv nashri
G.M.TANSIKBAYEVA, V.A.KOSTETSKIY
HUQUQ ASOSLARI
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
9-sinfi uchun darslik
(O‘zbek tilida)
Tuzatilgan va to‘ldirilgan sakkizinchi nashr
«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati Toshkent – 2019
Tarjimon Barnobek Eshpo‘latov
Muharrir Rustam Yarlaqabov Badiiy muharrir Bahrom Bobojonov Texnik muharrir Rasuljon Nafasov
Sahifalovchi Mastura Atxamova Musahhihlar: Ma’mura Ziyamuhamedova, Sharofat Xurramova
Nashr litsenziyasi AI № 201, 28.08.2011
Bosishga ruxsat etildi 27.06.2019. Bichimi 70x90 1/.
16 Ofset bosma. «Times New Roman» garniturasi. Shartli bosma tabog‘i 14,6.
Nashriyot-hisob tabog‘i 12,5. Adadi 494082 nusxa. Buyurtma № 465.
«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi,
100000, Toshkent shahri, «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41.
Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval
№ O‘quvchining ismi, familiyasi
O‘quv yili
Darslikning olingandagi holati
Sinf rahbarining imzosi
Darslikning topshirilgan- dagi holati
Darslik ijaraga berilganda va o‘quv yili yakunida qaytarib olinganda yuqoridagi jadval sinf rahbari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan to‘ldiriladi:
Yangi Darslikning foydalanishga birinchi marotaba berilgandagi holati.
Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan. Barcha varaqlari mavjud, yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va chiziqlar yo‘q.
Yaxshi
Muqova ezilgan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan, darslikning asosiy qismidan ajralish holati bor, foydalanuvchi tomonidan qoniqarli ta’mirlangan. Ko‘chgan varaqlari qayta ta’mirlangan, ayrim betlariga chizilgan.
Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval
Qoniqarli
Muqova chizilgan, u yirtilgan, asosiy qismidan ajralgan yoki butunlay yo‘q, qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari yirtilgan, varaqlari yetishmaydi, chizib, bo‘yab tashlangan, darslikni tiklab bo‘lmaydi.
Qoniqarsiz
Bilimingizni sinang
Xalqaro huquqda BMT Ustavi nuqtayi nazaridan qurolli kuchlarning istalgan g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, ya’ni qurolli tajovuz qanday ataladi?
- Blokada
- Agressiya
- Intervensiya
- Okkupatsiya
To‘g‘ri javob: Agressiya. Agressiya (lotincha aggressio – hujum) qurolli kuchlarning g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, ya’ni qurolli tajovuzdir.
Ayni mamlakat fuqarosi hisoblanmaydigan va xorijiy davlatga mansubligini ham isbotlay olmaydigan shaxs qanday ataladi?
- Qochoq
- Muhojir
- Apatrid
- Bipatrid
To‘g‘ri javob: Apatrid. Apatrid (grekcha apatris – bevatan) hech bir davlat fuqarosi hisoblanmaydigan shaxsdir.
Qaror ustidan ishni mohiyat yuzasidan qayta ko‘rib chiqishga haqli yuqori instansiyaga shikoyat qilinishi nima deb ataladi?
- Amnistiya
- Apellatsiya
- Ekstraditsiya
- Kassatsiya
To‘g‘ri javob: Apellatsiya. Apellatsiya – qaror ustidan ishni qayta ko‘rib chiqishga haqli yuqori instansiyaga shikoyat qilishdir.
Xalqaro huquqda BMT Ustavi nuqtayi nazaridan «agressiya» nima?
- Qurolli kuchlarning istalgan g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, ya’ni qurolli tajovuz
- Davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy sanksiyalarning g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, savdo bosimi
- Qurolli kuchlarning tinchlik o‘rnatish maqsadida chiqarilishi va tinchlikparvar harakat
- Diplomatik aloqalarni bir tomonlama to‘xtatish va elchilarni chaqirib olish, bosim
To‘g‘ri javob: Qurolli kuchlarning istalgan g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, ya’ni qurolli tajovuz. Agressiya – qurolli kuchlarning istalgan g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, ya’ni qurolli tajovuz.
Apatrid kim?
- Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan va ularning birini tanlash huquqidan foydalanmagan shaxs
- Ayni mamlakat fuqarosi bo‘lmagan va xorijiy davlatga mansubligini isbotlay olmaydigan shaxs
- Xorijiy davlatda vaqtincha yashayotgan va o‘z davlati fuqaroligini saqlab qolgan shaxs, ya’ni fuqaro
- Fuqarolikka yangi qabul qilingan va hali pasport olmagan ajnabiy shaxs hamda uning oila a’zolari
To‘g‘ri javob: Ayni mamlakat fuqarosi bo‘lmagan va xorijiy davlatga mansubligini isbotlay olmaydigan shaxs. Apatrid – hech bir davlat fuqarosi hisoblanmaydigan va boshqa davlatga mansubligini isbotlay olmaydigan shaxs.
Apellatsiya nima?
- Sud hukmini darhol ijroga qaratish va uning qonuniy kuchga kirishini kutmasdan bajarish tartibi
- Sudga ariza bilan birinchi marta murojaat qilish va ishni birinchi instansiyada qo‘zg‘atish tartibi
- Qaror ustidan ishni mohiyat bo‘yicha qayta ko‘rishga haqli yuqori instansiyaga shikoyat qilish
- Guvohlarni sudga chaqirish va ularning ko‘rsatuvlarini sud majlisida eshitish hamda tinglash tartibi
To‘g‘ri javob: Qaror ustidan ishni mohiyat bo‘yicha qayta ko‘rishga haqli yuqori instansiyaga shikoyat qilish. Apellatsiya – qaror ustidan yuqori instansiyaga shikoyat qilinishi.
Karim hech bir davlat fuqaroligiga ega emas va boshqa davlatga mansubligini ham isbotlay olmaydi. Uni qanday atash to‘g‘ri?
- Naturalizatsiya qilingan shaxs
- Apatrid
- Deputat
- Ombudsman
To‘g‘ri javob: Apatrid. Mamlakat fuqarosi bo‘lmagan va boshqa davlatga mansubligini isbotlay olmaydigan shaxs apatriddir.
Lotincha armare – qurollantirish so‘zidan kelib chiqqan, davlat qurolli kuchlari to‘plamini bildiruvchi atama qaysi?
- Politsiya
- Milisiya
- Armiya
- Gvardiya
To‘g‘ri javob: Armiya. Armiya davlat qurolli kuchlari to‘plamidir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash